«Tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


shakllantirishning zaruriyati



Download 355,8 Kb.
bet8/33
Sana07.07.2022
Hajmi355,8 Kb.
#755592
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
111магистр-иши

1.3. Pedagog faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish va yaratuvchilik motivlarini
shakllantirishning zaruriyati

O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan yagona va uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etuvchi 7 ta ta’lim turi-maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limi, maktabdan tashqari ta’lim kabilar orasida oliy ta’lim turi malakali mutaxassislar va xalq xo‘jaligi hamda jamiyat hayotining turli jabhalarida xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashning samarali «o‘chog‘i» sifatida alohida o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham bu ta’lim turiga alohida va jiddiy e’tibor berilishi hayotiy zaruratimiz darajasiga ko‘tarilgan. Oliy ta’limning mazmuni va uning hajmini standartlashtirish masalasi 2001yilning 16 avgustida Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan rasmiy vazifa tarzida tasdiqlandi. Shundan keyingi o‘tgan tarixan qisqa vaqt mobaynida ushbu ta’lim turi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar va ularning mutasaddilari tomonidan ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi. Fanlar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini yaratish, o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturlarini barpo etish, darslik va boshqa o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini nashrga tayyorlash va ularni o‘quv amaliyotiga kiritish kabi ishlar shu jumladandir.
Ta’lim mazmunini chuqurlashtirish, ta’limning amaliy tamoyillarini
takomillashtirish, ta’lim jarayonlarini intensivlashtirish, ta’lim texnologiyalarini mukammallashtirish, ta’lim va tarbiyaning birligini kuchaytirish, xususan, ushbu ta’lim turining mazmuniga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
Bunday ulkan vazifalarning maqsadga muvofiq tarzda bajarilishi ko‘pgina omillarga bog‘liqdir. Ularni ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro‘yobga chiqarishi mumkin:
­ faoliyat turlari (moddiy, amaliy, ijtimoiy, ma’naviy);
­ ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar);
­ ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);
­ moddiy, ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib qoldirilgan boyliklar).
Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavhumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o‘rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, «Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish-mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarini hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo‘nalish ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan yangi avlodni shakllantirishni ta’minlaydi».
Kadrlar tayyorlash sohasida hozirga qadar amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar faqat mavjud ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan edi. U shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlari bilan kasbiy tayyorgarlikning amaldagi tizimi o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etishni ta’minlamas edi. Xalqaro tajribani, mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ahvoli va muammolarini tahlil qilish asosida uning prinsip jihatidan yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash tizimi yangi modelining mohiyati va o‘ziga xos xususiyati unga asosiy tarkibiy qismlar sifatida quyidagi komponentlar kiritilganligidadir:
­ shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti, ta’limga oid
­ xizmatlarning iste’molchisi va ularning yaratuvchisi;
­ uzluksiz ta’lim – kadrlar tayyorlashning poydevori asosi;
­ fan – yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi va ularning
iste’molchisi;
­ ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning istiqbolini belgilashni, ularning tayyorgarlik darajasi sifatini baholashni, shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimini qisman moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minlashni amalga oshiruvchi asosiy buyurtmachi;
­ davlat va jamiyat – kadrlarning tayyorgarligi sifatini nazorat qilish va baholashni amalga oshiruvchi, kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning bosh kafillari.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» umumiy madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi hayotga moslashtirish, kasb-korga va ta’limga oid dasturlarni ongli ravishda tanlash hamda keyinchalik ro‘yobga chiqarish uchun ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik-pedagogik va boshqa shartsharoitlarni yaratishni, oila va jamiyat, davlat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglovchi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur’atlar bilan kirib borish jarayoni respublikamiz aholisi uchun ta’lim darajasini oshiruvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu birinchi navbatda bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog‘liq bo‘lib, u jarayon bilim darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari ustuvor bo‘lgan va xalq xo‘jaligining rivojlangan tarmoqlariga, ta’lim tizimining takomillashuvi va kadrlar tayyorlashga bog‘liq bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlash muammosining samarali yechimi birinchi navbatda bugungi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat, huquqshunoslik va shunga o‘xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga, har tomonlama chuhur bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar tayyorlanishi bilan bog‘liqdir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida ta’kidlab o‘tganidek: «Domlalar, professorlar, kafedra mudirlari o‘z ustida ishlamasa, o‘z sohasi bo‘yicha chet mamlakatlarga ilmiy safarlarga borib kelmasa, tajriba almashtirilmasa, albatta, bunday ahvol o‘quv jarayoniga va uning samarasiga salbiy ta’sir qiladi».

Download 355,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish