2.“Milliy g’oya fanini o’qitish metodikasi” fani bo`yicha ma'ruza va seminar mashg`ulotlarda o`qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari
O`zbekiston milliy taraqqiyotning eng ma'suliyatli bosq`ichi – ijtimoiy, siyosiy va iq`tisodiy hayotning keskin burilish davrini boshidan kechirmoq`da. Jamiyatimiz har bir fuq`arosi XXI asri ibtidosida, ortda q`olgan yillarni sarhisob q`ilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.
Bunday hollarda jamiyat ijtimoiy rivojining ilmiy asoslangan istiq`boli rejasini tuzib, uning ustuvor yo`nalishlarini belgilab olish hal q`iluvchi ahamiyatga ega. Arastu o`z vaq`tida aytganidek, har doim va har joyda ezgulikka erishish ikki shartning bajarilishiga:
1. Har qanday faoliyat yakunidagi maqsadni to`g`ri belgilashga;
2.Pirovard maq`sadga erishish chora-tadbirlarini izlab topishga bog`liq`dir.
Ilmiy tilda buni faoliyatning metodologik asosini aniq`lash va maq`sadga etishish, usul va uslublarini to`g`ri belgilash deyiladi.
«Vatan, millat taq`diri hal bo`ladigan q`altis vaziyatlarda to`g`ri yo`lni tanlay olish uchun avvalo tarixni va hayotning achchiq`-chuchugini bilish kerak», degan edi Islom Karimov.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti ta'lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuq`tai nazardan yondashib, uni q`uyidagicha ta'riflaydi: «Ta'lim O`zbekiston xalq`i ma'naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o`tadi».
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimiz taraqqiyotining yaqin kelajagidagi maqsad va vazifalarini ko`rsatadi. U o`z nutq`ida jamiyat rivojining etti asosiy yo`nalishini birma-bir tavsiyalab, ularning istiq`bolga q`aratilgan maq`sad va vazifalarini belgilab berdi. Dolzarb masalalar ichida ustuvor yo`nalishlar q`atoriga siyosat, davlat q`urilishi va iq`tisodiyot sohalaridan keyin ta'lim-tarbiyani q`o`ydi va uning maq`sadi hamda unga etishishi chora-tadbirlarini belgilab berdi. Ta'lim sohasidagi birinchi masala q`ilib «…milliy q`adriyatlarimizni tiklash, o`zligimizni anglash, milliy g`oya va mafkurani shakllantirish, muq`addas dinimizning, ma'naviy hayotimizdagi o`rnini va hurmatini tiklash kabi mustaq`illik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, uni yangi bosq`ichga ko`tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir»- dedi. Prezidentimizning ushbu ko`rsatmalari ijtimoiy sohada faoliyat ko`rsatayotganlarga, shu jumladan ta'lim-tarbiya bilan shug`ullanuvchilarga ham, umumiy metodo-logik asos vazifasini o`taydi.
Mas’uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida q`abul q`ilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiq`arish orq`ali bajariladi. Bu dasturning tarkibiy q`ismi sifatida ta'limning yangi modeli yaratildi. Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'lim-tarbiya modelini Seminarotga tatbiq` etish o`q`uv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog`liq`dir. Shu boisdan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O`q`uv-tarbiyaviy jarayonni ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» uning ikkinchi va uchinchi bosq`ichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosq`ichi ta'lim jarayonidagi sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, ya'ni jahon andozalariga mos, raq`obatbardosh, yuq`ori saviyaga ega bo`lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni echimini topib ularni amalda keng q`o`llash oliy ta'lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq` vazifalar sifatida bevosita o`q`uv jarayonini yaxshilash, o`q`uv dastur-larini yanada takomillashtirish, o`q`itishning zamonaviy pedagogik texnolo-giyalarini amalga joriy q`ilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o`q`itishni keng joriy q`ilishdan iboratdir.
Ta'lim sifati va usuliga q`arab bilim hosil bo`ladi. Bu o`q`ituvchining mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-xohishi, q`obiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta'lim uzoq` davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta'limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo`lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo`lsa, ta'lim umumiylikka egadir. Ta'lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob'ektiv borliq`dagi voq`ea-hodisalarning in'ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo`ladigan tushunchalar yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Ta'limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo`ladi. Ta'limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo`lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta'lim bir xildir. O`q`ituvchi bilim emas, balki ta'lim beradi. Talaba esa ana shu ta'lim jarayonida bilimga ega bo`ladi. Buning uchun u mustaq`il o`q`iydi, tayyorlanadi, mushohada q`iladi, tasavvurlarga ega bo`ladi, eshitganlari va o`q`itganlarini sintez q`iladi. Natijada bilimga ega bo`ladi.
O`q`uv jarayoni bilan bog`liq` ta'lim sifatini belgilovchi holatlar q`uyidagilar: yuq`ori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o`q`ish, darslarni savol-javob tarzida q`iziq`arli tashkil q`ilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va multimedia q`o`llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga q`o`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloq`ot yuritishga, ijodiy fikrlashga o`rgatish, ilmiy izla-nishga jalb q`ilish va boshq`a tadbirlar ta'lim ustuvorligini ta'minlaydi.
Aytilganlardan kelib chiq`gan holda «Milliy g`oya fanini o’qitish metodikasi» kursi bo`yicha ta'lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz:
Shaxsga yo`naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o`z mohiyatiga ko`ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laq`onli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o`q`ish maq`sadlaridan kelib chiq`gan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jaryonning mantiq`iyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo`naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va inten-sivlashtirish, o`q`uv jaryonida uning barcha q`obiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta'limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`q`uv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o`zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o`rtasidagi sub'ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maq`sad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni q`aratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taq`dim q`ilish orq`ali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'ektiv q`arama-q`arshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, Seminar faoliyatga ularni ijodiy tarzda q`o`llashni mustaq`il ijodiy faoliyati ta'minlanadi.
Axborotni taq`dim q`ilishning zamonaviy vositalari va usullarini q`o`llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o`q`uv jarayoniga q`o`llash.
O`q`itishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, Seminar ishlash usuli.
O`q`itishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloq`ot hamkorlik va o`zaro o`rganishga asolangan frontal, kollektiv va guruh.
O`q`itish vositalari o`q`itishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir q`atorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloq`aga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so`rov, oraliq` va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`q`itish diagnostikasi.
Boshq`arish usullari va vositalari: o`q`uv mashg`uloti bosq`ichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko`rinishidagi o`q`uv mashg`ulotlarini rejalashtirish, q`o`yilgan maq`sadga erishishda o`q`ituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaq`at auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashq`ari mustaq`il ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o`q`uv mashg`ulotida ham butun kurs davomida ham o`q`itishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriq`lari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |