"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor



Download 2,39 Mb.
bet47/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

Differentsial ta'lim

O’quvchilarni layoqati, qiziqish va qobiliyatini aniqlash uchun qulay sharoitlarni yaratish

Turli o’zlashtirish darajalari bo’yicha majburiy me'yor(standart)dan kam bo’lmagan xajmdagi dastur materialini o’zlashtirish

Induvidual ta'lim metodi.

Faol (majmuaviy) o’qitish

O’quvchilar faolligini tashkillashtirish

Bo’lajak kasbiy faoliyatni predmetli va ijtimoiy mazmunini modellashtirish

Faol o’qitish metodlari

O’yin texnolo-giyalari

Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning shaxsiy faoliyat tavsifida bo’lishini ta'minlash

O’quvaxborotlariniqaytaishlashvao’zlashtirishgayo’naltirilganmustaqilbilishfaoliyati

O’quvchilarniijodiyfaoliyatgajaletishningo’yinmetodlari.



Nazorat savollari:
1.Ta'lim texnologiyasi tushunchasiga ta'rif bering.
2.O’qitish texnologiyalari haqida nimalar bilasiz?
3.Ta'lim texnologiyalari, pedagogik texnologiya, o’qitish texnologiyalari tushunchalarini farqlab bering.


MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI FANI XONASINING O’QITUVCHI TOMONIDAN ILMIY-METODIK JIHOZLANISH TALABLARI
Reja:

  1. Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fani xonasining o’qituvchi tomonidan jihozlanishi

  2. Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fani xonasining o’qituvchi tomonidan jihozlanishining ilmiy-metodik jihatlari.

8-sinfda “Davlat va huquq asoslari” fanidan o’quvchilar huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalar; davlat organlari, idora va tashkilotlari, ularning asosiy vazifalari hamda tizimi; davlat shakllari, davlat tuzilishi shakli, davlat boshqaruv shakli, davlat boshqaruvini amalga oshirishning demokratik va g’ayridemokratik usullari, ularning o’ziga xos xususiyatlari; axloq tushunchasi, axloqning jamiyat hayotida tutgan o’rni, axloq va huquqning o’zaro munosabatlari hamda ular orasidagi farq; huquqning paydo bo’lishi, huquq normalarini hayotga tatbiq yetish, davlat va huquqning o’zaro bog’liqligi; huquq me’yorlarining mazmuni, huquq me’yorlariga amal qilish, huquq me’yorlariga amal qilmaslik oqibatlari, huquq me’yorlarining amal qilish muddatlari to’g’risidagi tushunchalarini; demokratik-huquqiy davlat tushunchasi, uning o’ziga xos xususiyatlari; fuqarolik jamiyati tushunchasini; Prezident asarlaridagi davlat va huquqqa, davlat va jamiyat hayotiga, davlat va uning organlarini isloh qilish va rivojlanishiga oid asosiy g’oyalarni; huquq tizimlarini, uning sohalarga bo’linishi, bu sohalarning huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini; huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yo’llari va muammolarini, O’zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini; davlat boshlig’i va O’zbekiston Respublikasi Parlamentining konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza qilishi, milliy davlat tuzilishi masalalariga oid qarorlarni ro’yobga chiqarishi borasida zarur chora-tadbirlar belgilashini, xalqaro munosabatlarda Respublika nomidan ish ko’rishini; O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida bola huquqlari kafolatlarining belgilanishini; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlar tushunchasi, ularga qo’llaniladigan huquqiy aktlarni; O’zbekiston Respublikasi fuqarolik, oila, mapmuriy, fuqarolik protsessual, jinoyat, jinoyat protsessual kodekslarida voyaga yetmaganlarning huquqiy holatlari, jinoyati belgilarini; oilada (bola) voyaga yetmaganlarning huquqlari, fuqarolik tushunchalari, fuqarolar murojaatlari to’g’risidagi bilimlarni egallashlari zarur.
SHuningdek, o’quvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’tiladigan darslarda davlat boshqaruvi shakllarining o’zaro farqini ajratish; davlat boshqaruvi va tuzilishi shakllarining farqini tushunish; davlat va huquqning o’zaro bog’liqligini asoslay olish, fikrini misollar bilan to’ldira bilish; davlat organlarini va ularning tizimiga oid tushunchalar orqali ularning farqini bilish; Prezident asarlarida ilgari surilgan O’zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish to’g’risidagi asosiy g’oyalar haqida tushunchalarga ega bo’lish; huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalarni amaliy faoliyatda qo’llay olish; davlat boshqaruvi va tuzilish shakllarini mustaqil tahlil qila olish; hozirgi zamondagi davlatlar boshqaruvi va tuzilishi shakllarining o’ziga xos xususiyatlarini ajrata olish; axloq va huquq normalarining o’zaro munosabatlari va ularning farqlarini bilish, o’z hatti-harakatlarini ularga binoan amalga oshirish; milliy huquqning rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallash; voyaga yetmaganlarning huquqlari, burchlari, majburiyatlariga oid kazuslarni yecha olish; iqtisodiy, siyosiy, mapnaviy, maprifiy sohalarga oid qonunlarning mazmunini bilish va ulardan hayotda foydalana olish kabi huquqiy ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari lozim.
9-sinfda o’quvchilar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixiy shart-sharoitlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat mustaqilligining asosiy belgisi, Konstitutsiyaviy huquq – huquq sohasining asosi, Konstitutsiyaning o’ziga xos xususiyatlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi; inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, burchlari, O’zbekiston Respublikasida fuqarolik, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari, ularning kafolatlari; jamiyat va shaxs, shaxsning jamiyatdagi o’rni; mulk shakllari; O’zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog’iston Respublikasi va uning huquqiy holati; O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va uning tashkil etilishi, faoliyati; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning huquqiy maqomi; fuqarolarning huquqlari, burchlari va majburiyatlari, inson huquqlari va erkinliklarining kafolati; ta’lim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari haqida huquqiy bilimlarni o’zlashtirishlari lozim.
SHuningdek, huquq me’yorlari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’lish va ularga mos xatti-harakatlarni anglash; inson va fuqarolarning huquqlari va burchlariga oid huquqiy hodisalarni tushunib, tahlil qilish; Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan olgan bilimlari asosida referatlar tayyorlay olish; zarur hollarda davlat hokimiyati tarmoqlari: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga murojaat etish; Konstitutsiyaviy huquqqa oid tushunchalarni amaliy faoliyatda qo’llay olish; alohida shaxs va fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini tahlil qila olish; mulk va mulkchilik shakllarining o’ziga xos xususiyatlarini ajrata olish; o’z hatti-harakatlarini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshirish; davlat hokimiyati va uning tarmoqlari funksiyalarini tahlil qila olish kabi huquqiy ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203-sonli Qaroriga ko’ra umumta’lim maktablarining o’qitish dasturlarini, jumladan, huquq fanlari dasturlarini isloh qilish, to’qqiz yillik umumiy o’rta ta’limning sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, uning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan davomiyligini va uzviy bog’liqligini ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan.
Huquq fanlari dasturlari o’quvchilarning muntazam bilim olishini, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirishni, asosiy o’quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirishni; o’quvchilarda mehnat ko’nikmalari, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilishni; milliy va umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashni, o’z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishni; 1-9-sinflar o’quv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi o’qitish dasturlari bilan o’zaro uzviy bog’lanishini ta’minlashi lozim.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizomiga muvofiq o’qish muddati 11 yil bo’lgan umumiy o’rta ta’lim (maktabning 1-9 sinflari), majburiy hisoblanadi. U boshlang’ich ta’limni (1-4 sinflar) qamrab oladi hamda uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’limning ushbu turi maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, psixologik-pedagogik, uslubiy, moddiy-texnikaviy va sanitar-maishiy shart-sharoitlar yaratiladi. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash hamda o’quvchilarning ta’lim olish huquqini ro’yobga chiqarish umumiy o’rta ta’limning maqsadi hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim barcha bilimlar kabi huquqiy bilimlar zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari va huquqiy xulq-atvor, amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasb yo’nalishini va ta’limning keyingi bosiqichini tanlashga ko’maklashadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, umumiy o’rta ta’limda huquq fanlarini o’qitishning quyidagi vazifalari belgilangan:
Birinchidan, o’quvchilar tomonidan muntazam huquqiy bilimlar olinishini ta’minlash, ularda huquqiy bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, tayanch o’quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;
Ikkinchidan, o’quvchilarda ongli mehnat intizomi ko’nikmalarini, ijodiy mustaqil, huquqiy fikrlashni, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilish;
Uchinchidan, milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o’quvchilarda yuksak ma’naviy-huquqiy fazilatlarni tarbiyalash, o’z Vataniga va xalqiga sodiq huquqiy savodxon fuqaroni shakllantirish;
To’rtinchidan, ta’limning uzluksizligini va izchilligini, maktab o’quv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi “Huquqshunoslik”, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” o’quv dasturlari bilan uzviy o’zaro bog’lanishini ta’minlash.
O’quv fanlari va umumiy ta’lim dasturlari ro’yxati umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
O’quvchilar bilimi sifatini va o’qitish natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat - so’rovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar tarzida o’quvchilarning bilimlari, malaka va ko’nikmalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat - chorak tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangandan keyin o’quvchilarning bilimlari, malaka va ko’nikmalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida o’tkaziladi;
bosqichli nazorat - o’quv yili tamom bo’lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o’quvchini navbatdagi sinfga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilinadi;
yakuniy nazorat - o’qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida o’tkaziladi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish