Motivatsiya o’qitishda ichki motivatsiyadan kelib chiqish kerak. O’quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch - o’quvchi uchun ham, o’qituvchi uchun ham ichki motivatsiya bo’lishi kerak. Ichki motivatsiya - bu diqqatni tortish, ichki tuyg’u, astak, zaruratni shakllantirish.
Jahon pedagogik leksikoni qatoridan "Innovatsiya" tushunchasi o’rin olgan. Hozirgi davrga kelib innovatika fani shakllandi. Pedagogik innovatika - pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirish, nihoyat uni amaliyotda qo’llash haqidagi ta`limot sifatida qaraladi. Bu ta`limot 3 yo’nalishni o’z ichiga oladi:
1.Pedagogik neologiya (yunoncha "neo" - yangi va "logos" - ta`lim, ya`ni yangilik haqidagi ta`limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o’rganiladi, umumlashtiriladi.
2. Pedagogik aksiologiya (yunoncha "aksioma" isbotlanmaydigan ta`limot ma`nosini anglatadi) deb nomlanib, bunda pedagogik yangiliklar ichida eng samaralilari tanlab olinadi.
3. Pedagogik praksiologiya (yunoncha "prake" harakat va "logos" ta`lim, ya`ni amaliyotda qo’llash hakidagi ta`limot ma`nosini anglatadi) deyiladi, bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llash, muayyan samaraga erishish masalalari tushuniladi.
Pedagogik texnologiya, o’quvchilar qay tarzda, qanday usullar bilan o’qitilsa, natija samarali bo’ladi, degan savolga javob beradi. U o’zining muayyan tizimiga ega bo’lib, bunda komponentlarning bir butunligi saqlanadi.
O‘quv-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yondashuvlarni shartli ravishda uch turga ajratish mumkin: izohli-tasvirli, ijodiy va texnologik.
Izohli-tasvirli yondashuv «an’anaviy» texnologiya hisoblanib bugungi kunda ham auditoriyada ustuvorlik kasb etib turibdi. Uning zamirida «o‘qituvchi-talaba» qonuniyati yotadi, ya’ni o‘qituvchi tomonidan tayyor bilimlar talaba uchun kerakmi, yo‘qmi, uning faolligi aniqlanmasdan uzatilaveradi.
O‘qitish natijalari oldindan qayd etilmaydi. Bu yondashuvda ta’limning «insonparvar, demokratik» Harakteriga birmuncha putur etadi. Sababi 45 daqiqalik (yoki 80 daqiqalik) dars-ma’ruza davomida o‘qituvchi jarayonning yagona «hukmdori» - sub’ekti bo‘lib qolaveradi. «Talaba – o‘qituvchi» tizimi ishlamaydi, ya’ni teskari aloqaga o‘rin (vaqt) ajratilmaydi. Natijada “tajribali pedagog faoliyatida ham an’anaviy metodika kafolatlangan samarali o‘qitishni tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda qurishga imkoniyat bermaydi.”1
Do'stlaringiz bilan baham: |