«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Pedagogik aksiologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari



Download 1,4 Mb.
bet73/139
Sana25.04.2022
Hajmi1,4 Mb.
#580560
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   139
Bog'liq
2 5220208267803760377

Pedagogik aksiologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik aksiologiyaning predmetini shaxsning qadriyatli ongi, qadriyatli munosabati, qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi.
Aksiologik muammolarga doir nazariy manbaalardagi qadriyat tushunchasining mohiyatini taxlil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs va jamiyat faoliyatida ideal namuna va yo‘nalishlarni aks ettiruvchi individual va ijtimoiy ongni tashkil etuvchi maxsus ta’lim sifatida qaraydi. Alohida shaxs yoki jamiyat yaxlitlikda qadriyatlarni uzatuvchisi sifatida qaraladi, nihoyasi esa, insonning xulq-atvori va xatti-harakatini rag‘batlaydi. Xulq-atvor va xatti-harakatlarning tavsifi shaxsning atrof-muhitga, o‘z-o‘ziga munosabati haqida guvoxlik beradi.
Pedagogik aksiologiyaning mazmuni.Mazkur vazifa va funksiyalari ilmiylik, amaliylik, tajriba birligini ifoda etuvchi pedagogik aksiologiya mazmunini ochib beradi.
Qadriyatli munosabat - shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatlilikning o‘zaro aloqadorligini aks ettiruvchi shaxsning ichki pozitsiyasi.
Qadriyatli ustanovka. Shaxsning o‘zining ichki pozitsiyasini anglashi va aniq qadriyatlar bilan bog‘liqlikda faoliyatga tayyorgarlikning mavjudligi qadriyatli ustanovka sifatida aniqlanadi.Attitude (ustanovka, munosabat) atamasi aynan inson faoliyatining yo‘nalganligi ma’nosida birinchi marotaba U.Tomas va F.Znanetskiy tomomidan qo‘llanilgan. Ustanovka shaxsning aniq faoliyatga tayyorlik holatini aks ettiruvchi yo‘naltirilganlik tavsifini egallaydi. Unda kognitiv (bilim, axborot) va affektiv (emotsiya, hissiyot) tarkibiy qismlar namoyon bo‘ladi.
Qadriyatli ustanovka - shaxsning o‘zining ichki pozitsiyasini anglashi va aniq qadriyatlar bilan bog‘liqliqda faoliyatga tayyorlik darajasidir.
Qadriyatli yo‘nalganlik. Qadriyatli yo‘nalganlik u yoki bu qadriyatlarga yo‘nalganlik sifatida tavsiflanadi. Yo‘naltirish jarayonining quyidagi bir-biriga tutash fazalari aniqlangan: . shaxsiy qadriyatlarni o‘zlashtirish; o‘zlashtirilgan qadriyatlar asosida shaxsni o‘zgartirish: shaxsning o‘z-o‘zini loyihalashi va o‘z-o‘zini bashorat qila olishi.
Qadriyatli mazmunga ega ta’limda shaxsning xulq-atvori mo‘ljalga olinadi, ular esa uning insonparvarlikka yo‘nalganligini aniqlaydi va qadriyatli baholash asosi sifatida namoyon bo‘ladi. Dunyoqarash shaxs qadriyatli munosabatining konseptual interpretatsiyasi konteksti sifatida maydonga chiqadi, imperashv xulq-atvor - meyor sifatida, qadriyatli munosabat - u yoki bu tizimga invariant sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan mana shunday ko‘rinishda dunyoni bilish aksi va qadriyatli munosabat ma’naviy boshqarilishi ham yo‘naltiriladi hamda mazmunan shaxs faoliyati va xulq-atvorini tashkillashtiradi. Shuning uchun tarbiya ijtimoiy-tashkillashtirilgan umuminsoniy qadriyatlar interiorizatsiyasi jarayoni sifatida ko‘rilishi mumkin. Hayotda esa qadriyat shaxsni faol faoliyatga, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga uyg‘otishi uchun, insonning ongli ravishda tushunib еtishi hali kamdir. Qadriyat faoliyat motivini uyg‘otuvchi kuch sifatida qachonki, shaxs tomonidan interiorizatsiyalansa, ichki mavjudlikning zarur lahzalarini taqdim etsa, inson o‘z faoliyati maqsadini aniq shakllantira olsa, uning insonparvarlik ma’nosini tushina bilsa, maqsadlarni amalga oshirishning samarali vositalarini topsa, to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi nazorat, o‘z xatti-harakatini tuzata olsa va baholay olgandagina, aniq namoyon bo‘ladi.
Milliy-ma’naviy merosning tarkibiy qismi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodiyoti yosh avlodning el-yurtga, ona zaminga cheksiz mehrini oshirishda, milliy g‘ururini o‘stirishda shak-shubhasiz muhim tarbiyaviy vositadir. Xalq ijodi namunalarida ajdodlarimizning milliy iftixor tuyg‘usini yoshlar ongiga singdirishga oid tarixiy tajribasi yorqin aks etib turadi. Folklor asarlari yoshlar o‘rtasida axloqiy tarbiya sifatini oshirishga, kelajak avlodni ma’naviy barkamol kilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuni hisobga olib, milliy madaniyatimizning eng qadimiy va hayotbaxsh an’analarini o‘zida mujassam etgan og‘zaki badiiy ijod durdonalaridan oliy ta’lim muassasalari Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishda badiiy estetik va ruhiy-ijtimoiy quvvat manbai sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy iftixor tuyg‘usi maqollarda ham o‘ziga xos tarzda aks ettirilgan. O‘zbek xalqining xarakter-xususiyati, tabiati haqida yaratilgan maqollar bir talay bo‘lib, ularda o‘zbek millatiga mansub kishilarning qat’iyatli, bir so‘zli, mard va jasur, o‘z ishiga puxta, sobitqadam va bunyodkor o‘zaro mehr-oqibatli, oriyatli, bag‘rikeng va mehmondo‘st bo‘lishi badiiy ifoda etilganligi kuzatiladi. Masalan:
O‘zbek o‘z bilganidan qolmas.
O‘zbekning o‘pgani-tuyaning tepgani.
O‘lgan o‘zbekning qo‘ynida noni bo‘lar.
O‘zbekka salom berdim,
O‘n tanga tovon berdim.
Qirg‘iz xalqi mol bilan,
O‘zbek xalqi bog‘ bilan va hokazo.
Yuqoridagi bildirilgan fikrlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasida milliy-ma’naviy qadriyatlarni tarbiyalashning ahamiyati quyidagi holatlarda ko’zga tashlanishi isbotladi:
1.Boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan milliy qadriyatlar, ularning mohiyati va ijtimoiyn ahamiyati to’g’risidagi bilimlarning o’zlashtirilishi.
2.Ularga islomiy g’oyalarning asl mohiyatini to’g’ri anglashlari, Islom ta’limoti rivojiga ulkan hissa qo’shgan vatandoshlarimiz, ularning hayotlari va faoliyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo;lishlari uchu zarur shart-sharoitning yaratilganligi.
3.Ularning urf-odat, marosim va an’analarda ilgari surilgan ezgu insoniy qarashlardan habardor bo’lishlari.
4.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zbek milliy davlatchiligining asoschisi sohibqiron Amir Temur shaxsini anglashlari, u tomonidan boshlangan ezgu ishning davomchilari bo’lishga ruhlanishlari, uning mamlakatni adolat bilan boshqarish g’oyalariga sadoqatli bo’lishlari.
5.O’z vatanlarida milliy tilde so’zlashish, kasbiy faoliyatni olib borishda o’zbek tilidan foydalanish huquqiga ega bo’lishi.

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish