Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor


«Mafkuraviy kurash» tushunchasi –



Download 0,71 Mb.
bet14/115
Sana11.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#490472
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Bog'liq
МАЖМУА ГЛОБАЛЛАШУВ 2021

«Mafkuraviy kurash» tushunchasi – ham ko’pgina tushunchalar kabi serqirra mazmunga ega. Eng avvalo u turli g’oyaviy qarashlar o’rtasida yuzaga keladigan va qarama-qarshilikka asoslangan munosabatni ifodalashini ta’kidlash zarur.
U yangi, shakllanayotgan g’oyalar bilan o’z “vazifasini” bajarib bo’lgan mafkura, yoki uning qoldiqlari o’rtasidagi munosabat shaklida ham sodir bo’lishi mumkin.
Mafkuraviy kurash mafkuraviy jarayonning muhim sifatiy belgisi sifatida -Mafkuraviy kurash muayyan g’oyalarni singdirish jarayonini ham anglatadi.
Eng avvalo mafkuraviy kurashning manbaini o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra bir-biridan farqlanuvchi turli g’oyaviy qarashlarning sohiblari, ularning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar tashkil etadi. Ammo mafkuraviy kurash sodir bo’lishi uchun turli ijtimoiy guruhlar mavjudligining o’zi yetarli emas. Ularning manfaatlari bir-biridan farqlanuvchi g’oyaviy shakllar kasb etgan, soda qilib aytganda, mafkuraviy plyuralizm bo’lgandagina real xarakter kasb etadi. Shundagina mafkuraviy kurash jamiyat rivojlanishini ta’minlashning zaruriy sharti sifatida o’zligini namoyon qiladi.
Mafkuraviy kurashda raqobat va konfrontatsiya namoyon bo’lishining o’ziga xos hususiyatlari – shundaki, mafkuraviy kurashni mafkuraviy qarashlarning har qanday ko’rinishini yo’q qilishga, g’oyaviy plyuralizmni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlardan farqlash kerak. Mazkur sifatiy holatni harakterlash uchun mafkuraviy konfrontatsiya (frantsuzcha – qarama-qarshi qo’yish) terminini qo’llash o’rinlidir.
Mafkuraviy konfrontatsiya aksariyat hollarda g’oyaviy sohada mutlaq ustuvor bo’lib kelgan qarashlar tizimi barbod bo’lgan, kishilar ko’p yillar davomida shakllanib kelgan hayotiy mo’ljallarini yo’qotib qo’ygan, sodda qilib aytganda, mafkuraviy beqarorlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi.
Bunday beqarorlik holati keskin ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, xususan, bir tuzumdan boshqasiga o’tish davri, muayyan hollarda tashqi ta’sir, masalan, xalqaro maydonda yakkalanib qolish yoki harbiy harakatlar, o’zaro urushlarda yengilish natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat natijasi bo’lishi ham mumkin.
Sotsial-sinfiy adovatga asoslangan g’oyaviy konfrontatsiyadan ijtimoiy hamkorlik ruhi ustuvor bo’lgan mafkuraviy raqobatga o’tish hozirgi davrdagi mafkuraviy jarayonlarning asosiy hususiyati sifatida –aytish mumkinki, kishilik jamiyati taraqqiyoti sotsial-sinfiy adovatga asoslangan, ya’ni g’oyaviy antqgonizmga asoslanadigan mafkutaviy konfrontatsiya yuzaga kelishi uchun real shart-sharoit paydo bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Bunday antagonism muayyan jamiyat (davlat) doirasidagi hamda mamlakatlararo darajadagi ziddiyatlarning keskin harakter kasb etishining in’ikosi hisoblanadi.
Mafkuraviy konfrontatsiya vayronkor harakterga ega bo’ladi. Zero, unda dushman deb hisoblangan mafkuralarni yo’qotishga alohida e’tibor beriladi.
Bunday paytda o’z davriga nisbatan yashovchan, kishilar ruhiyati, orzu umidlari bilan bog’liq mayllarni to’g’ri va aniq ifodalagan mafkura g’olib bo’ladi. Ammo u mohiyatan hamma vaqt ham progressive harakterga ega bo’lmasligi mumkin. Fashistlar Germaniyasida national sotsializm, shorolar davrida bol’shevizmning muxolif g’oyaviy qarashlar, ularning tashuvchilari va tarafdorlarini yo’q qilish yo’lida olib brogan g’ayriinsoniy harakatlari buning isboti bo’la oladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish