Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Mavzu: Arab alifbosining o‘lkamizga kirib kelishi va turlari



Download 0,64 Mb.
bet9/37
Sana25.01.2022
Hajmi0,64 Mb.
#409970
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
IMLO MAJMUA 21-22

Mavzu: Arab alifbosining o‘lkamizga kirib kelishi va turlari

Reja:

1. Arab xat turlari haqida ma’lumot

2. Eski o‘zbek yozuvida imlo masalalari

3. Isloh qilingan eski o‘zbek yozuvi haqida


Arab xati, uning o‘lkamizga kirib kelishi va turlari haqida ma’lumot. Qadimiy Finikiya xalqi va Livan tog‘larida yashovchi xalqlar asosan tijorat bilan shug‘ullanganlar. Shuning natijasida ular Misr davlatiga tez-tez borib turardilar. Ular qadimgi misr yozuvidan 15 ta harfni o‘z o‘lkalariga olib kelib, unga shakl jihatdan o‘zgartirish kiritib, yana boshqa harflar qo‘shib finikiy alfavitini tuzib chiqadilar (er.av. VII asrdan boshlab) keyinchalik esa bu xatdan ikki tarmoq ajralib chiqdi:

1. Musnad (ximyoriylar yozuvi).

2. Oromiy yozuvi.

Oromiy va musnad yozuvi – Arabiston yarim orolining janubida yashovchi somiy xalqining yozuvidir. Uning shoxobchalari esa samudiy, safaviy, laxyoniy yozuvlaridir. Keyinchalik bu yozuvlar tez rivojlanib Arabiston yarim orolining shimoliy qismiga tarqaldi.

Bu yozuv eramizning II-III asrlarida Suriya, Iordaniya, Iroq davlatlarigacha yetib bordi. Eramizning III asri, ya’ni melodiy 270 yilda nabotiy yozuvi vujudga keldi (eramizning III asridan to V-VI asrgacha). Nabotiy yozuvi asosida bir qancha yozuvlar – xiriy, hijoziy va boshqalar yuzaga keldi va tarqala boshladi.

Ma’lumki, VII asrda arablar Eron, O‘rta Osiyo va ularga qo‘shni bo‘lgan bir necha mamlakatlarni zabt etadilar. VII asrning oxiriga kelib yerli xalqlar arab tilida diniy, falsafiy hamda huquq va adabiyotga, meditsinaga oid kitoblar yoza boshlaydilar. Ilmiy va adabiy kitoblarni boshqa tillardan arab tiliga tarjima qilish keng avj oladi. O‘qishlar arab tilida olib boriladi. Yozuvda arab alifbosi mustahkam o‘rnashib oladi.

Arablar O‘rta Osiyo va Eron xalqllariga o‘z til va madaniyatlarini yoyishga va bu xalqlar tilini aloqadan siqib chiqarishga qanchalik jon-jahdlari bilan harakat qilmasinlar, O‘rta Osiyo va Eron xalqlari doimo o‘z davlat va til mustaqilligi uchun kurashib keldilar va o‘z til asoslarini saqlab qoldilar.

Shu kabi tarixiy sabablarga ko‘ra, arab alifbosi O‘rta Osiyo xalqlarining yozuvi hisoblangan. Arablar kelgandan keyin bu yerda ham islom dini tarqala boshlandi. Islom dini bilan birga asta-sekin arab tili, madaniyati, shu bilan bir qatorda yozuvi ham kirib keldi. Mahalliy yozuvlar siqib chiqarilgan bo‘lsa-da, bir qancha asrlar davomida arab yozuvi bilan birga O‘rta Osiyo xalqlarining yozuvlari (Uyg‘ur yozuvi) ishlatlganligi ma’lum.

Shunday qilib, O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida VIII asrdan boshlab arab yozuvi asosiy yozuv sifatida qo‘llanila boshladi. Bu o‘lkalarda arab yozuvi hukmron yozuv bo‘lib, barcha rasm-rusmlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar arab yozuvi asosida rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Fan va madaniyat, adabiyot va san’at, o‘qish va o‘qitish ishlari ham arab tili va yozuvi negizida amalga oshiriladigan bo‘lib qoldi.

Arab yozuvi o‘zbek tili xususiyatlariga ko‘p jihatdan muvofiq kelmas edi. Uyg‘ur yozuvi bilan arab yozuvining yo‘nalishi bir xil, ammo uyg‘ur yozuvida 18 ta harf bo‘lsa, arab yozuvida 28 harf bo‘lgan.

Forsiy tillarga ham muvofiq kelmaydigan o‘rinlar mavjudligi sabab, arab alifbosiga 4ta harf (pe, chim, gof, dje) qo‘shiladi, shundan so‘ng 32 harfdan iborat arab alifbosi yuzaga keladi. O‘zbek tilidagi barcha tovushlarni qamrab olish maqsadida, ana shu 32 harflik alifbodan foydalanib kelinadi.

Eramizning VII asridan boshlab «Xatti ma’qaliy» o‘rnini arab yozuvining eng qadimiysi va eng mashhuri hisoblangan «Xatti ko‘fiy» egallaydi.

Ko‘fa yozuvi – Ko‘fa shahri nomi bilan atalgan. Geometrik ko‘rinishdagi yozuv. Uning harakatlari va undoshlarning nuqtalari bo‘lmaydi. Qur’onning eng qadimgi qo‘lyozmalari ushbu yozuvda bitilgan. Usmon Mushafi deb nom olgan Qur’onning asl nusxalari ushbu ko‘fa yozuvida bitilgan.

O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida IX asrga oid Qur’on qo‘lyozmasi saqlanib kelmoqda. U qadimiy (Kufa) yozuvida bitilgan. Shu tariqa bu xat o‘zgarmay ishlatilib, adabiyotda «Usmon Qur’oni xati» deb mashhur bo‘ldi. Shu bilan birga abbosiylar davlatining (749-1258) ikkinchi yuz yilligigacha iste’molda bo‘ldi. So‘ngra (IX asr) abbosiylar vaziri Abu Ali Muhammad ibn Mukla kufa xatining o‘zgarishiga sababchi bo‘ldi. Yozish qiyin bo‘lgan kufa xati hozirgi davrda ishlatiladigan arab xatiga ko‘chirildi.

Arab yozuvining dastlabki yozuv shakli «xatti ma’qaliy» bo‘lib, u tik chiziqlar bilan ifodalangan. Bu xat turi ancha vaqtgacha iste’molda bo‘lsa-da, keng shuhrat topmagan. VII asrdan boshlab bu xat o‘rnini eng mashhur xat turi hisoblangan «xatti ko‘fiy» egallagan.

Ma’lum vaqt o‘tgach mana shu ikki xil xat asosida arab yozuvining san’atkorona yaratilgan boshqa turdagi y




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish