yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to„g„risida”gi farmonlari xalqimiz hayotida tub burilish yasadi, til borasidagi
islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Zero, oxirgi yillarda til siyosati
borasida amalga oshirilgan ishlar o„zbek tilining nufuzi va mavqeyini tubdan
oshirishga xizmat qilayotganini har kuni, har soniyada ko„rib, quvonib, bilib
turibmiz. Endilikda “bu ishlarni qilish zarur” deb emas, balki “bu ishlar amalga
rivojlantirish, uni himoya qilish, amal qilishini ta‟minlash bo„yicha qilinayotgan
tashkiliy va amaliy ishlar hamda o„zbek tilini targ„ib etish, tadqiq qilish, o„zbek tili
bo„yicha ta‟lim berish ishlariga Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish
57
departamenti bosh bo„lmoqda. Tashkil etilganiga ko„p vaqt bo„lmagan bo„lsa-da,
qisqa muddat ichida Departament keng ko„lamli tashkiliy, tatbiqiy ishlarni amalga
oshirdi.
Ulardan ayrimlarini sanab o„tishimiz mumkin: har bir soha vazirliklarida
o„zbek tilini himoya qiladigan, “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini ta‟minlash
bo„yicha mas‟ul shaxslar – o„rinbosar maqomidagi rahbar maslahatchilari
lavozimlari joriy qilinib, bu lavozimlarga filolog va jurnalist mutaxassisligiga ega
bo„lgan fidoyi kadrlar tanlov asosida tayinlandi, “O„zbek tilini rivojlantirish
jamg„armasi” tashkil qilindi (bugungi kungacha bir necha kitoblar mazkur
jamg„arma hisobidan lotin alifbosida nashr qilinib, bepul tarqatildi),
Atamashunoslik qo„mitasini tashkil etish bo„yicha Vazirlar Mahkamasining
qarorlari ishlab chiqildi, respublikamizning nufuzli olimlari ishtirokida 2020–
2030-yillarda o„zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi va davlat dasturi ishlab chiqildi, davlat tilida ish yuritish bo„yicha
malaka oshirish hududiy markazlari tashkil qilindi.
O„zbek tilining qo„llanish doirasini kengaytirish, har bir sohada amal
qilinishini ta‟minlash uchun alifbo, imlo, lug„atlar masalasi muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu ma‟noda Departament “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri va
lotin alifbosiga qisqa muddatda to„liq o„tish masalasining qonuniy asoslari bilan
jiddiy shug„ullandi va natijada 2021-yilning 10-fevralida “Lotin yozuviga
asoslangan o„zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to„liq o„tishni ta‟minlash chora-
tadbirlari to„g„risida”gi Vazirlar Mahkamasining 61-qarori va “Yo„l xaritasi”
tasdiqlandi.
To„g„ri, lotin yozuviga asoslangan yangi o„zbek alifbosiga to„liq o„tish
masalasi nisbatan cho„zildi. Bunda bosqichma-bosqich o„tish jarayoni hisobga
olindi. Hozirga qadar katta avlodni bu jarayonga tayyorlash uchun hujjatlarning
tashkiliy qismi, teleko„rsatuvlar nomi, gazeta nomlari va boshqa barcha sohalarda
bosqichma-bosqich lotin yozuviga to„liq o„tish jarayoni kechmoqda. Hujjatga
asosan 2023-yildan to„liq lotin yozuviga o„tilishi ko„zda tutilgan.
Bu jarayonda joriy alifbo va imloni takomillashtirish masalasi birinchi
o„ringa chiqadi. Zero, alifboni tartibga solmay turib, imloni takomillashtirish
mantiqqa to„g„ri kelmaydi. Shu sababli yaqinda hukumatimiz tomonidan lotin
yozuviga asoslangan o„zbek alifbosiga o„zgartirishlar kiritish haqidagi qonun
loyihasi muhokama uchun e‟lon qilindi. Albatta, bu shoshma-shosharlik bilan,
bugun qabul qilingan qaror emas. Bu muammoning o„z tarixi bor.
Ona tilimizni rivojlantirish kabi xalqimizning asriy ezgu niyatini amalga
oshirish, xalqimiz dunyodagi boshqa xalqlar, millatlardan orqada qolmasligi va
ular bilan taraqqiyot sari baqamti qadam tashlab borishini ta‟minlash maqsadida
1993-yilning 2-sentabr kuni O„zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga
58
asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu
qonun tom ma‟nodagi lisoniy mustaqillik nishonasi bo„ldi. Shunday qilib, o„zbek
lotin alifbosi 26 harf va 3 harf birikmasidan iborat bo„ldi.
Biroq til amaliyotidan kelib chiqqan holda 1995-yil 6-mayda mazkur
alifboga ayrim tuzatishlar kiritildi. 1995-yil 24-avgustda mazkur alifboga
asoslangan “O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlandi. 1996-yildan
boshlab barcha ta‟lim muassasalarida ta‟lim-tarbiya jarayoni o„zbek lotin
alifbosida olib borildi. Ta‟lim jarayoni uchun barcha darslik va qo„llanmalar,
ko„rgazmali vositalar lotincha imloda nashr qilindi, ko„plab badiiy adabiyotlar
lotin yozuvida chop etildi.
Bu alifboning o„ziga xos yutug„i:
Do'stlaringiz bilan baham: