xush
va
hush
,
xam
va
ham
shakl jihatidan yaqqol farqlanadigan bo„ldi.
Uchinchidan
, qo„shaloq harflar:
Ss – Sh sh, Cc – Ch ch, Nn – ng ng kabi harf birikmalarining yuzaga kelishi ingliz
tilini o„rganishda ma‟lum bir qulaylik ham yaratdi. Ammo vaqt o„tgan sari
alifboning kamchiliklari ham bilinib qoldi.
Lotin yozuviga asoslangan joriy alifboning kamchiligi – O„o„ va G„g„
harflarining bosma shaklini yozish murakkablashdi, ya‟ni o va g harflarining
yoniga maxsus diakritik belgi („) qo„yiladigan bo„ldi. Bu esa lotin yozuvidagi
matnlarning kengayib ketishiga sabab bo„ldi. Masalan, ўғил – o„g„il kabi. Ayni
paytda lotin yozuvidan foydalanishda tutuq (‟) va diakritik („) belgilarni
chalkashtirish holatlari ko„p. Hozirga qadar ham ko„p o„rinlarda [O„zbekiston]
so„zini [O„zbekiston] shaklida yozish holatlari uchraydi. Shuningdek, [sh], [ch],
[ng] tovushlarini ifodalashda ham murakkablik yuzaga keldi, ya‟ni bir tovushni
ikkita harf bilan – harflar birikmasi orqali ifodalash yozuv amaliyotida ko„p harf
ishlatishga, ko„p vaqt sarflashga olib keldi.
“Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida”gi
qonunni bajarish muddati obyektiv sabablarga ko„ra 2 marta o„zgardi: dastlab
2005-yil
deb
belgilangan
bo„lsa,
2004-yil
30-apreldagi
O„zbekiston
Respublikasining qonuniga muvofiq 2010-yilgacha uzaytirildi. Demak, qonunga
muvofiq o„zbek lotin alifbosi 2010-yildan boshlab respublikamiz hududida yagona
alifbo sifatida faoliyat ko„rsatishi kerak edi. Biroq bu to„liq amalga oshmadi.
59
Yozuv amaliyotida lotincha imloga to„liq o„tilmadi. Hozirga qadar ayrim ommaviy
axborot vositalari, nashriyotlar, asosan, kirilcha yozuvdan foydalanib kelmoqda.
Bu esa aholining, xususan, yoshlarning haqli e‟tiroziga sabab bo„lmoqda. Negaki,
har qanday huquqiy-demokratik davlatda qonun ustuvorligi ta‟minlanishi shart.
Joriy o„zbek lotin alifbosi 25 yildan ortiqroq vaqt davomida amaliy jihatdan
o„zini to„liq oqlamadi, ya‟ni mazkur harflar o„z yozilishi, qo„llanishi jihatidan
barcha ehtiyojlarimizni to„liq qondira olishini namoyon qila olmadi. Shunga ko„ra
ommaviy axborot vositalari, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda fikrlar, ya‟ni bir necha
harflarni boshqacha shaklda yozish taklifi bildirildi.
Tabiiyki, 26 yil avval qabul qilingan alifbo o„sha davr talablariga javob
bergan. Zero, hayot o„zgarmoqda, uning shiddati, globalizatsiya jarayonlari imlo
va yozuv masalasiga ham o„z ta‟sirini o„tkazmoqda, albatta. Shu jihatdan, imlo
qoidalari va yozuv ham davr, vaqt, madaniyatlararo kommunikatsiya, global
axborot tarmoqlari talablari nuqtayi nazaridan isloh qilinishi hamda o„zgartirilishi
tabiiy jarayondir. Shunga ko„ra, 2016-yilda – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil qilingan dastlabki oylarda
O„zbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifboni isloh etish va imlo qoidalarini
takomillashtirish bo„yicha takliflarni yig„ish va umumlashtirish uchun
respublikadagi taniqli tilshunos olim, yozuvchi, o„qituvchilar, komputer
mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi, joriy alifbo va imlodagi
islohot qilinishi zarur bo„lgan o„rinlar turli yig„inlarda ilmiy-amaliy tahlildan
o„tkazib borildi, respublikadagi umumiy o„rta ta‟lim maktablari, akademik litsey
va kasb-hunar kollejlari, OTM o„zbek tili va adabiyoti fani o„qituvchilari bilan
joriy alifbo va imlo muammolari tahlili yuzasidan davra suhbatlari, amaliy
seminarlar tashkil qilindi, amaliyotdagi insonlarning fikri o„rganildi, O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga o„zbek tilining alifbosi va joriy
imlosini takomillashtirish yuzasidan yuborilgan murojaatlar tahlil qilinib, ijtimoiy
tarmoqlarda o„zbek tili alifbosi va joriy imlo qoidalarini takomillashtirish
yuzasidan takliflar yig„ish uchun maxsus guruhlar ochildi, guruhlarda
bildirilayotgan fikrlar tahlil qilindi. Ishchi guruh o„zbek tili alifbosi va joriy imlo
qoidalarini
takomillashtirish
bo„yicha
barcha
takliflar
va
xulosalarni
umumlashtirib, hamkor tashkilotlar bilan muhokama qilgandan so„ng uni Vazirlar
Mahkamasiga topshirdi. Vazirlar Mahkamasi mazkur takliflarni o„rganib,
mukammallashtirib, uni muhokamaga taqdim etdi.
Ma‟lumki, haqiqat bahslarda tug„iladi. Bugungi kunda bu borada ijtimoiy
tarmoqlarda qizg„in bahslar kechmoqda. Bu – yaxshi. Ammo bir narsani ta‟kidlab
aytishni istar edik. To„g„ri, hozirgi davrda, ehtimol, iqtisodiy masalalarga e‟tibor
qaratish, ularga mablag„ ajratish muhimroqdir, ammo alifbo va imloni
takomillashtirish masalasi xalqimiz kelajagi va ravnaqi bilan bog„liq masaladir.
60
Chunki joriy alifbodagi noqulayliklar uning internet tili sifatidagi faoliyatiga salbiy
ta‟sir ko„rsatmoqda, “Unicode” tizimida almashtirilishi taklif qilinayotgan grafik
shakllarning yo„q bo„lganligi sababli dasturlashda so„z tarkibida qo„llangan bitta
harfning digraf shakli matndagi so„zlarni bo„lib yuborishga olib kelmoqda, milliy
alifbomizdagi mavjud muammolar nafaqat o„qish-yozish jarayonida qiyinchilik
tug„dirmoqda, shu bilan birga, imloni, grammatikani tekshiruvchi, matnni nutqqa
aylantiruvchi va nutqni matnga aylantiruvchi komputer dasturiy ta‟minotlarining
paydo bo„lishiga ham to„sqinlik qilmoqda.
Ayni paytda “Google”, “Microsoft”, “Huawei”, “Samsung”, “LG” va
boshqa bir qator yirik texnologik kompaniyalar o„z dasturiy mahsulotlarini
o„zbekchalashtirayotganini hisobga olsak, alifboni kechiktirmasdan isloh
qilishimiz ayni muddao sanaladi. Milliy alifbomiz isloh bo„lib, qulaylashsa, katta-
kichik avlodlarga mansub hamyurtlarimiz, shuningdek, yaqin-olis mamlakatlarda
yashovchi millatdoshlarimiz yagona yozuv atrofida jipslashadi – nuqsonsiz, qulay
alifbo xalqimizning birligiga, yakdilligiga xizmat qiladi. Turkiyzabon davlatlar va
xalqlar o„rtasida o„zbek tilining nufuzi keskin ko„tariladi. Shuningdek, o„zbek
tilining internet va global axborot operatsion tizimlarida qo„llanish imkoniyatlari
oshadi, Sh va Ch harflari bilan bog„liq muammolar bartaraf etilsa, nashr
etilayotgan adabiyotlarning hajmi kirillcha matnga nisbatan 8–10 foizga kamayadi.
Bu esa respublika miqyosida juda katta mablag„ning tejalishiga sabab bo„ladi.
Loyihada almashtirish taklif qilinayotgan har belgining “Unicode”da kodi
mavjud bo„lganligi sababli bir harfni komputerda terish uchun bitta harakat amalga
oshiriladi. Eng muhimi, alifbo qulay bo„lsa, lotin yozuviga to„liq o„tish ham
tezlashadi, ikkiyozuvlilik sharoitiga barham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |