4.9-rasm. Ballistik galvanometr yordamida magnit oqimini o‘lchash prinsipni tushuntirish sxemasi.
Ramka o‘rami bir qancha oqim Fx ni qamrab oladi.
Ushbu asbobning ishlash prinsipi ballistik galvanometr dastlabki ko‘rsatkichi qancha katta bo‘lsa, u o‘lchash ramkasi o‘rami bilan magnit oqimi magnit ulanishi miqdoriga proporsional bo‘ladi.
Magnitlanish egriligini yuqotish uchun shuningdek, B=f(H) bog‘liqlikni aniqlash uchun ballistik galvanometrni amalda qo‘llanish sxemasi 3.10-rasmda keltirilgan
4.10-rasm. Ballistik galvanometr yordamida xalqali po‘lat namunani sinash sxemasi
Tadqiq etilayotgan xalqali o‘zak 1 ikkita cho‘lg‘amga ya’ni magnitlovchi 2 va o‘lchovchi 3 ga qo‘yiladi. O‘lchash cho‘lg‘amiga ballistik galvanometr ulanadi. Magnitlovchi cho‘lg‘am doimiy tok manbai 4 orqali ampermetr va reostat to‘yintiriladi. Qo‘shib o‘chirgich 5 cho‘lg‘amda tok yo‘nalishini o‘zgartirishga yordam beradi.
Xalqali solenoid (toroid) ichidagi magnit maydon kchlangaligi to‘liq tok qonuni asosida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin:
yoki
Bu erda - magnitlovchi cho‘lg‘am o‘ramlari soni; - tok qiymati, A; - toroiddagi magnit kuchi chizig‘ining o‘rtacha uzunligi.
Putur etkazmasdan nazorat qilishda ferromagnit materiallarni asosiy magnit xarakteristikalari – bu magnitlanishning asosiy egri chizig‘i va gisterezis xalqasi. Ballistik qurilmada magnitlashni asosiy egri chizig‘ini aniqlashda magnit maydon kuchlanganligini qatlamlari tanlanishdan boshlanadi. Maydon kuchlanganlik bo‘yicha magnitlash tok miqdori hisoblanadi. Taroid shaklida bo‘lgan namunalar uchun:
bu erda: I – tok; l – namunadagi o‘rtacha magnit chiziq uzunligi; ω1- magnitlovchi cho‘lg‘amdagi o‘ramlar soni.
Magnit induksiya miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu erda: s – o‘lchagich doimiysi; ω2- o‘lchov cho‘lg‘amdagi o‘ramlar soni; S – namuna kesimi; α – o‘lchagichdagi ko‘rsatgichni o‘zgarishi;
Formuladagi ikki tokni o‘chirib yoqish natijasida, ya’ni namunani magnit holati ± 12 V ga o‘zgarishidan kelib chiqadi.
Magnitlashni egri chizig‘i, qoida bo‘yicha V(N) bog‘liqlik shaklida quriladi.
Gisterezis xalqasini aniqlashda asosiy egri chiziq uchun topilgan nuqtalardan foydalanib, induksiyalar o‘zgarishi belgilanadi. Bunda qurilmadagi K1 kalit ikkala holatda ham ketma-ket ishlaydi. Ta’minlovchi manbaa chastotasi tekshiriluvchi ob’ekt o‘lchamlariga bog‘liq (bir necha yuz gersgacha ). O‘lchovchi g‘altak ω2 bir necha ming o‘ramlardan iborat. Gisterezis xalqasini aniqlovchi qurilmada koipensatsion g‘altak ω3 mavjud, u boshlang‘ich EYUK ni kamaytirib beradi (namuna yo‘qligida). O‘lchovchi g‘altakdagi EYUK keng polosali kuchaytirgich bilan kuchaytiriladi. Kuchaytirgichga asosiy talablar – shovqin darajasi past va chastotalar butun diapazonida amplituda xarakteristikalarini o‘zgarmasligi.
Kuchaytirgich chiqishiga odatda elektron ossillograf ulanadi, u impulslar o‘zgarishi va davomiyligini ko‘rsatadi. Impulslar soni hisoblovchi sxema orqali aniqlanadi, uni chiqishiga esa elektr mexanik hisoblagich ulanadi.
Bunday qismlardan iborat bo‘lgan qurilmalardan biri “IBSH-2” (Bolgariya). U ferromagnit materiallardan tayyorlangan simlarni plastik deformatsiyadagi tarkib o‘zgarishini nazorat qiladi. Bundan tashqari ushbu qurilma material markasi va sim diametrini aniqlab beradi. Qayd qilingan shovqinlar diapazoni 8-80 kGs. Qurilma o‘lchamlari 426x256x190 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |