9.7.Soya usulida ishlovchi defektoskoplar
Soya usulida deffektlarni topish uchun nazorat qilinayotgan obektdan o‘tayotgan elastik to‘lqinlarni amplitudasini susayishi xizmat qiladi. Bu usulda deffektlarni aniqlash elektr signallarini nisbatiga bog‘liq bo‘lib UT/UC, UC – manbadan qabul qilgichga o‘tayotgan signal amplitudasi , UT – deffekt borligida o‘tayotgan signal amplitudasi.
Elektrik va akustik signallar proporsionalligini hisobga olsak:
Bu amplitudalarni nisbati 0 dan 1gacha o‘zgaradi.
Soya usulida akustik traktni hisoblash o‘tayotgan signalni susayishini taxlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Deffekt yo‘q paytda o‘tayotgan signal (rasm) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu erda I(a,c) nurlatgich maydoni, Sc – qabul qilgich yuzasi.
Deffekt borligi paytida signal quyidagicha aniqlanadi
MN deffekt tekisligida nurlatgich tahsirida hosil bo‘lgan bosim aniqlanadi.
Qabul qilgichdagi signalni aniqlash uchun MN cheksiz tekislikdagi integralni deffekt yuzasi bilan hisoblash zarur
o‘tish usulida ishlovchi deffektoskopni funksional sxemasini ko‘rib o‘taylik, sinxronizator - 1 impuls generatori - 2 ni ishga tushiradi, Pezoo‘zgartirgich bu vaqtda o‘zidan ultratovush to‘lqinlari chiqaradi va mahsulot - 4 ga yuboradi. Qabul qiluvchi pezoo‘zgartirgich - 5 mahsulotdan o‘tgan ultratovushlarni qabul qiladi va uni elektr signaliga aylantirib beradi. Bu signal kuchaytirgich-6 orqali kuchaytirilib, to‘g‘rilash va deffektorlash blok - 7 da to‘g‘irlanadi so‘ng amplituda selektor - 8 ga uzatiladi. Sinxronizator bir vaqtning o‘zida sekinlashtirish to‘g‘irlagichi - 9 orqali strob impuls generatorini ishga tushiradi.
Qayd qiluvchi qurilma tariqasida voltmetrni yoki ko‘p hollarda ENT ishlatilishi mumkin.
9.12-rasm
Akustik emissiya usuli passiv akustik nazorat qilish usularidan biridir. AE qattiq jismlarning ichki strukturalarini dinamik-lokal qayta qurilishi natijasida sodir bo‘ladi.
AE asosiy manbalari bo‘lib, plastik deformatsiya jarayonlari, ya’ni kristall panjaraning defektlarini harakati va yo‘kolishi bo‘lishi mumkin.
AE impulslarining ko‘rinishi rasmda keltirilgan bo‘lib, u mahsulot materialiga bog‘likdir.
B u usul bilan nazorat qiluvchi kurilmani funksional sxemasi 9.13-rasmda keltirilgan bo‘lib, u o‘zgartirgich -1, dastlabki kuchaytirgich-2, filtr 3, asosiy kuchaytirgich –4, signallarni kayta ishlovchi blok-5, hamda, AE signallari manbaini, joylashishni aniklovchiblok-6 dan iboratdir.
9.13-rasm
O‘zgartirgichni sezgir elementi bo‘lib STS turidagi pezokeramika ishlatilgan.
300...400oS va yuqori radiatsiyalarda niobat-litiy turdagi pezokeramika ishlatiladi.
Pezoelektrik o‘zgartirgichlarni keng polosali, (fmax/fmin>2), polosali (fmax/fmin 1), tor polosali (f/frez=0,1) turlari ish latiladi.
O‘zgartirgichlar odatda nazorat qilinuvchi ob’ekt yuzasiga kleylangan bo‘ladi.
Dastlabki kuchaytirgich ob’ektga kleylangan pezoo‘zgartirgichda joylashtirilgan bo‘lib, signalni apparaturaga (50...200 m) uzatish uchun xizmat qiladi. U uncha katta bo‘lmagan kuchaytirishga ega 20 dB.
Filg‘tr qabul qilinayotgan signallar chastota spektrini o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
Asosiy kuchaytirgich tekis amplituda-chastota xarakteristikasiga ega bo‘lib, kuchaytirish koeffitsienti 60...80 dB.
AE usuli yordamida konstruksiyalarni sinash, materiallarni sinash amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |