9.10-rasm
Defektoskop kuchaytirish qabul qilish trakti dastlabki kuchaytirgich, signallar amplitudasini o‘lchagich, yuqori chastota kuchaytirgich, detektor va video kuchaytirgichdan iboratdir.
Dastlabki kuchaytirgich qabul qiluvchi Pezoo‘zgartirgich uning kirish qarshiligi, elektroakustik-o‘zgartirgich ekvivalent elektr qarshiligidan katta bo‘lishi kerak, tajribalar ko‘rsatadiki UTV li o‘zgartirgichlar uchun 1... 5 MGs chastotada 20...40 Om.
Dastlabki kuchaytirgichni kuchaytirish koefitsenti 20 dB.
Dastlabki kuchaytirgichga amplituda kamaytirgich kirib, u kuchaytirgichni katta yuklanishdan saqlaydi.
Signal amplitudalari to‘g‘rilangan kuchlanish bo‘lgichlari- attenyuatorlar yordamida o‘lchanadi.
Elektron nur trubkasi defektoskopda qabul qilingan signallari qayd qilish uchun hizmat qiladi, unda hosil bo‘ladigan signallarni ko‘rinishi 9.11- rasmda keltirilgan.
E lektron nur trubkasida qo‘yidagi ko‘rinishdagi signallarni tekshirish mumkin. Defektoskopda defektlarni avtomatik signalizatsiya qilish kurilmasi tekshirilayotgan ob’ektdagi defektlarni topilganligi to‘g‘risida signal beradi.
a) b) v) g) 9.11-rasm.
Akustik trakt deb nurlatgich bilan defektgacha hamda qabul qilgichga bo‘lgan ultratovushni bosib o‘tgan yo‘liga aytiladi. Akustik trakt formulalari bu yo‘lda signallarni susayishini aniqlaydi.
Hisob-kitob ishlarini osonlashtirish uchun avval suyuq muhit uchun, so‘ng qo‘shimchalari bilan qattiq jism uchun formulalarni topamiz.
O‘zgartirgich chiqarayotgan signal amplitudasini Ro, qabul qilingan signal amplitudasini R , bilan belgilaylik, hamda ularni R /Ro nisbatini aniqlaylik. Haqiqiy defektlar har xil formada bo‘lib, turli xil akustik xususiyatga ega bo‘ladi, shu tufayli ularni matematik modellari disk ko‘rinishidagi qaytargich uchun tuziladi.
Defektlar modellarini yasash qiyin texnologik jarayondan iborat bo‘lganligi sababli sun’iy qaytargichlardan foydalaniladi (9.11- rasm).
Kirxgof usuli bilan hisoblaylik. Bu usulga asosan diskni har bir nuqtasini Sv yuzasi bilan ikqilamchi ultratovush manbai deb olamiz, bu holda uning amplitudasi tushayotgan to‘lqin amplitudasiga teng bo‘lsin.
R1 =
Nurlatgich va qabul qilgich bir-biriga to‘g‘ri kelsa.
R1 =
Avval shunday holatni ko‘raylikki o‘zgartirgich va qaytargich bir o‘qda joylashgan bo‘lsin. Agar qaytargich o‘lchamlari kichik (to‘lqin uzunligidan katta bo‘lmasa), bunda R=-1, I (av) funksiya esa doimiy bo‘ladi.
Bu holda amplituda /r1/=r1 teng
r1/r0 Sv /I/2 /Sa
o‘zgartirgichning yaqin zonasida /I/2 ning maksimal qimmati 1 dan 4 gacha o‘zgaradi, shu tufayli.
r1/r0 = (1...4) Sv /Se
o‘zgartirgichni uzoq zonasida esa /I/=Sa/(r)2
r1/r0 =SaSb/(r)2
formulalar shu bilan qulayki bu erda akustik traktni aniqlash uchun ikkita faktor ajratilgan: o‘zgartirgich maydoni I va ko‘paytma, ular defektdan ultratovushni qaytishini xarakterlaydi.
Oxirgi formulani defekt o‘lchash va to‘lqin uzunlik nisbatan ko‘rinishida tasvirlash yaxshi bo‘ladi. Bu holda
formulalari tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki r1/r0 kattalikni ikkita o‘lchamsiz parametrli funksiya ko‘rinishida tasvirlash mumkin: qaytargichdan o‘zgartirgichgacha bo‘lgan masofa, disk diametrini o‘zgartirgich diametrgacha nisbati. Uchinchi parametrni (impulg‘s uzunligi va formasi) formulada hisobga olmaymiz.
YUqoridagilar asosida diskdan qaytgan signal amplitudasini hisoblash uchun keng diapazonda masofa va diametrlarni o‘lchamsiz diagrammalari qurilgan va u amplituda - diametr-masofa ARM- diagrammalari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |