Kvars va keramik segnetoelektriklarning 20°S dagi asosiy xarakteristikalari
Material
|
Material markasi
|
Kyuri temperaturasi
|
Elektr xarakteristikalari
|
Pg‘zomodul,Kl/N
|
Solishtirma xajmiy elektr qarshiligi.
Om*m
|
Dielektrik singdiruvchanligi
|
Dielektrik yo‘qotishning tangens burchagi
|
Elektr mustaxkamli
gi,MV/ m
|
Kvars
Bariy titanat
Qo‘rg‘oshin sirkoniy-titanati
|
-
BT-1
KST-
19
KST-23
|
-
120
290
280
|
1014
1010
1012
1013
|
4,4
1400
1500
1050
|
0,0002
0,02
0,03
0,007
|
-
3
3
4
|
2,3*10-12
45*10-12
119*10-12
100*10-12
|
9.1-jadvalda kvars va keramik segnetoelektriklarning asosiy elektr xarakteristikalari keltirilgan. Segnetoelektrik materiallarning dielektrik singdiruvchanligi juda katta bo‘lishi ulardan kichik o‘lchamli past chastotali kichik kuchlanishga mo‘ljallangan kondensatorlarni tayyorlashga imkon beradi, chunki bu materiallarni si nisbatan katta, elektr mustahkamligi esa nisbatan kichikdir. 9.1-jadvaldan ko‘rinadiki, segnetokeramik materiallarning pezomodullarning kvarslarnikidan ancha yuqori.
To‘g‘ri pezoeffekt ko‘ndalang to‘lqinlarni qabul qilishda ishlatilib, qalinlik bo‘yicha deformatsiya bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘ylama to‘lqinlarni qo‘zg‘alishi va qabul qilinishi qalinlik bo‘yicha siljish deformatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bu holda plastina mahsulot yuzasiga kleylanadi.
Zamonaviy pezoo‘zgartirgichlarda ko‘proq segnetoelektriklardan foydalanib, ular yuqori pezoxarakteristikaga egadirlar. Segnetoelektriklar deb bir qator ajoyib dielektrik xossalarga ega bo‘lgan va birinchi navbatda, hatto tashqi maydon bo‘lmaganida ham vujudga keladigan o‘z-o‘zidan elektr qutublanish xususiyatiga ega bo‘lgan kristall moddalarga aytiladi .
Keyingi vaqtlarda yangi turdagi segnetoelektriklar yaratilib, ularga niobat-litiy, tantalat-litiy, sirkonat-titanat-qo‘rg‘oshin va boshqalar kiradi.
Pezomateriallar xaqida malumotlar 9.2 - jadvalda keltirilgan.
9.2 – jadval
Material
|
Tovush tezligi
S ∙ 10-3 m/s
|
Zichlik
ρ ∙10-3 kg/m3
|
Xarakterik impendans
Z = pc 10-6, kg/m2s
|
Kvars
Turmalin
Litiy sulg‘fati
Bariy titanati
Sirkanat titanat
Iodat litiy
|
5,74
7,15
5,46
4,7
3,3
4,1
|
2,65
3,1
2,02
5,3
7
4,54
|
15,2
22,2
11,2
2,5
23
18,6
|
Pezoelektrik o‘zgartirgichlar shunday qurilmaki, ular elektr energiyasini akustik energiyaga va buni teskarisiga o‘zgartirib berish uchun hizmat qiladi.
Kontaktli pezoo‘zgartirgichni sxemasini ko‘rib o‘taylik(9.6-rasm) .
Bu erda 1- pezoplastina bo‘lib, u sezgir element hisoblanadi, uning atrofi 3-kumush elektrodlar bilan qoplangan.
Pezoplastinani bir tomoni 2-demferga kleylangan. Pezoplastinani har xil buzilishlardan saqlash uchun 4-protektor mavjud. Pezoo‘zgartirgich bilan ob’ekt –6 o‘rtasida yaxshi kontakt hosil qiluvchi 5-moy(smazka) qatlami ishlatiladi.
Pezoo‘zgartirgichlarni asosiy xarakteristikalaridan biri, ultratovush to‘lqinlari intensivligi bo‘lib, u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu erda, Wak - akustik quvvat; Sp - o‘zgartirgich yuzasi; ( ) -nazorat qilinuvchi muxit akustik qarshiligi; -sonli koeffitsentlar bo‘lib, bir taraflama nurlatgich uchun 1 va 4 ga ikki taraflama nurlatgich uchun 0,5 va 1 ga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |