Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik



Download 1,29 Mb.
bet99/275
Sana31.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#207558
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   275
Bog'liq
Reabilitologiya

2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik

An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maksadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshka bilimlariga asoslangan. .




3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi

3.1.Nazariy qism

Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklario‘t yo‘llari kasalliklariO‘t yullari diskniziyasi o‘t pufagi va sfinkterlarining Oddi (katta duodenal so‘rgich sfinkteri),Lyutkens(o‘t pufagi buyinchasi sfinkteri) va Miritssi(o‘ng va chap jigar yo‘llarining quyilish joyi sfinkteri)nomutanosib,yetarli bo‘lmagan yoki xaddan tashqari kuchli qiskarishi natijasida o‘t pufagi va o‘t yullarining xarakat funksiyasining buzilishi.Ko‘pincha 20-40 yoshlardagi ayollar ichida ko‘p uchraydi.Birlamchi diskineziyalar konstitutsional xarakterga ega bo‘lib va o‘t yo‘llarining qiskarish funksiyasiga ta'sir etishi, gormonlar (xoletsistokinin, sekretin, somatostatin ,neyripeptidlar), ishlab chiqarilishining buzulishi va boshka gormonlar (jinsiy, kalkonsimon bez,buyrak usti bezi gormonlar) disbalansi,shuningdek vegetativ nerv tizimi distoniyasi,simpatik va vagus impulslarining kuchayishi yokisusayishi natijasida rivojlanishi mumkinbalanslashmagan ovkatlanish neyrogormonal disbalansga olib keladi.Diskineziyaning asosiy sababi allergik xolatlar ayniksa ozik-ovqat allergiyasi, o‘t pufagi va o‘t yo‘llariga ta'sir ko‘rsatuvchi me'da –ichak traktining yalliglanish kasalliklari.Shuningdek diskineziya o‘tkazilgan o‘tkir virusli gepatitdan keyin xam yuzaga kelishi mumkin,bu xolat virusning asab mushak strukturalariga ta'siri bilan tushuntiriladi.Ikkilamchi diskineziyalar xoledoxoduodenopankreatik zonaning organik patologiyalari: o‘t pufagi va o‘t yo‘llari rivojlanish anomaliyalari, o‘t-tosh kasalligi,surunkali xolesistit,duodenit,12 barmokli ichakning yara kasalligi,surunkali pankreatit natijasida yuzaga keladi.Xazm jarayonida o‘t pufagi ritmik ravishda tonik qisqaradi.Lyutkens va Oddi sfinkterlarining bir vaqtda bo‘shashishi xisobiga o‘t suyuqligi ichakka quyiladi,pufakning bo‘shashishi Oddi sfinkterining yopilishi va o‘t suyuqligini ajralishini to‘xtashi bilan kechadi.Vegetativ nerv tizimi distoniyasi parasimpatik va simpatik ta'sirlar balansining buzilishiga xamda o‘t yo‘llari diskineziyasining u yoki bu shakli:simpatik reaksiyalar bilan giperkinetik turi yoki gipotonik xolat bilan gipokinetik turi yuzaga keladi. Neyropeptidlar (xolesistokinin, pankreozimin) shuningdek gastrin ovqatlanish paytida ajralib o‘t pufagining qisqarishida muxim rol o‘ynaydi ,shuningdek glyukagon va sekretin xam o‘t pufagi kiskarishini. Stimullaydi,Vazointestinalpolipeptid,enkefalinlar,neyrotenzin,angiotenzin o‘t pufagi kiskarishini tormozlaydi.Yukoridagi neyropeptidlarning disbalansi o‘t pufagining qisqarishi va o‘t suyukligi shuningdek pankreatik shirani 12 barmok ichakka quyilishini ta'minlashga ta'sir etuvchi sfinkterlarning bir-biriga mutanosib ravishda bo‘shashishini buzilishiga olib keladi.Giperkinetik diskineziya parasimpatik nerv tizimining ta'siri oshib ketganda yoki xolesistokinin me'yordan ortik ajralganda yuzaga keladi,gipokinetik diskineziya esa simpatik nerv tizimi tonusi ustunlik qilganda va xolesistokinin yetishmovchiligi yoki vazointestinal peptid mikdori oshib ketganda yuzaga keladi.O‘t yo‘llarining birlamchi diskineziyasi ko‘rinarli morfologik o‘zgarishlar birga kechmaydi,2lamchi diskineziyaning patomorfologik ko‘rinishi birlamchi organik kasallikka xos buladi.Keyingi yillarda diskineziyalarga funksional buzilishlar sifatida qaralmokda. Diskineziyaning nafaqat gipermotor balki gipomotor shaklida xam gepototsit darajasida organik o‘zgarishlar aniklanadi,bu esa o‘z o‘rnida o‘t yo‘llarini va ut pufagini nafakat ichki balki jigardan tashqari faoliyatini buzuvchi birlamchi faktor xisoblanadi.Shunday qilib kasallik patogenezida asosiy zvenolardan biri bo‘lib disxoliya-o‘t tarkibining o‘zgarishi xisoblanadi.Davolash nomedikomentoz usullarni o‘z ichiga oladi(o‘t yo‘llarini ta'sirlantiruvchi maxsulotlardudlangan,yogli, qovurilgan,konservalvngan va boshqa maxsulotlarni istisno qilgan parxez).Medikomentoz terapiya dasturida esa dori vositalari distonik buzilishlar shaklidan kelib chikib tanlanadi.Gipotonik-gipokinetik diskineziyalarda o‘t xaydovchi xususiyatga ega bo‘lgan maxsulotlar, o‘simlik kletchatkasini o‘z ichiga olgan 5-stol buyuriladi.Dori vositalaridan esa xarakatni stimullovchi neyrotrop vositalar:kofein,eleuterokok,jenshen,aloe ekstrakti tavsiya etiladi.Davolash fiskulturasi ,tonusni kuchaytiruvchi tipdagi fizioterapevtik muolajalar,yukori va o‘rta minerallashtirilgan suvlar bilan davolash keng qo‘llaniladi.Gipertonik-giperkinetik shaklda esa mexanik va kimyoviy ta'sirlovchilar,yoglarni cheklovchi 5,5A parxez stollari buyuriladi.Sedativ ta'sirga ega bo‘lgan vositalar (trankvilizatorlar, novokain), spazmolitiklar (papaverin, noshpa) sedativ ta'sirga ega bo‘lgan issik fizioterapevtik muolajalar,nisbatan past minerallashtirilgan suv bilan davolash tavsiya etiladi. O‘t-tosh kasalligio‘t kopida konkrementlar bo‘lishi va o‘t qopining surunkali yalliglanish bilan xarakterlanuvchi kasallik.Juda keng tarqalgan va ko‘pincha simptomsiz kechadi.Eng asosiy klinik belgisi –sariklik xuruji.Ogir asoratlaridan-o‘tkir xoletsistit, pantreatit, xolangit, o‘t qopi raki ko‘p uchraydi.O‘TK rivojlanishida o‘t qopi va o‘t yo‘llarining motorikasi va o‘t kolloid tarkibining buzilishi asosiy rol o‘ynaydi.Bundan tashkari o‘t qopi va o‘t yo‘llari tuzilishining anatomik o‘ziga xosligi,gepatoxoledoxoduodenopankreatik zonaning surunkali yalliglanish jarayonlari xam axamiyatga ega.Tosh paydo bulishida irsiyat va etnik uziga xoslik(janubiy amerika xindlari,ispanlar) asosiy rolni bajaradi. Xoletsistit kelib chiqishining patologik mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan.Kalkulyoz xoletsistit rivojlanishi asosida xolesterin va o‘t kislotasi metabolizmi buzilishi yotadi.Kalkulyoz xoletsistitda infeksiya odatda oxirgi boskichlarida qo‘shiladi va ikkilamchi xarakterga ega. Tarkibi bo‘yicha toshlarning 80-90% xolesterinli yoki aralash,10-20% pigmentli buladi.Pigmentli toshlar qora yoki jigarrang bo‘lishi mumkin.Kora toshlar kalsiy bilirubinat va o‘tdan ko‘p mikdorda bilirubinni ajralishi gemoliz,surunkali gepatit,jigar sirrozi)dan rivojlanadi.Jigarrang pigmentli toshlar kalsiy bilirubinat,yog kislotalari tutadi va o‘t yo‘llarida ko‘p mikdorda infeksiya va o‘tning kuchli ifodalangan stazidan(surunkali xolangit,parazitar kasalliklar, o‘t yo‘llari anomaliyalari) rivojlanadi.Xolesterinli toshlar o‘t tarkibining buzilishi(litogenli o‘t), o‘t kopi shillik kavatida mutsin sekretsiyasining oshishi va o‘t kopi motorikasining disfunksiyasi natijasida rivojlanadi.Kalkulyoz xoletsistit simptomatikasining rivojlanishini o‘t qopi va Oddi sfinkteri diskineziyasi va gastroduodenal va ichak motorikasining buzilishi bilan boglashadi.O‘tkir og‘riklar kolika umumiy o‘t yo‘lining tosh bilan obstruksiyasi natijasida rivojlanadi.Bu yo‘l obstruksiyasining davom etishi o‘tkir xolesistit yoki boshka asoratlarni(istisko,empiema, o‘t kopi perforatsiyasi) keltirib chiqaradi. O‘t yo‘lida toshning bo‘lishi-xoledoxolitiazda mexanik sariklik rivojlanadi va ko‘pincha xolangit,pankreatit bilan asoratlanadi.Odatda xoledoxning o‘t qopi bo‘yinchasi toshi bilan bosilishi natijasida mexanik sariqlik va xolangit rivojlanadi.O‘t qopi devorining tosh bilan surunkali ta'sirlanishi, o‘t tarkibining o‘zgarishi yoki ikkilamchi infeksiya jarayoninig bo‘lishi motorikaning buzilishiga,ko‘rsatilgan faktorlar ekspozitsiyasining oshishiga olib keladi. O‘t qopi shilliq qavatining uzoq davom etuvchi yalliglanishi yoki o‘tkir yalliglanish xolatlari,kon aylanishining buzilishi uning devori fibrozlanishiga va funksiyalarining ogir buzilishlariga olib keladi.Ba'zi bemorlarda organ bo‘shligining obliteratsiyasi va devorining kalsinoziga olib keladi.Kalkulyoz xolesistitni davolashda dietaga amal kilish(Pevzner buyicha stol 5),yogli, qovurilgan va o‘tkir ovkatlar,konservalar ta'qiqlanadi. Ogrik va spazmni yo‘qotish maqsadida quyidagi dori vositalari tavsiya qiladi: xolenolitiklar (atropin, platifillin), spazmolitiklar (dyuspatalin, drotaverin, papaverin ) va narkotik bo‘lmagan analgetiklar. Kasallik qo‘zgalish davrida infeksiya qo‘shilishining oldini olish uchun 7-10 kun davomida keng spektrli antibiotiklar qo‘llaniladi.Surunkali kalkulyoz xolesistitning xirurgik davosi laparoskopik yoki ochik xoletsistektomiyadan iborat. Kam xolatlarda toshni eritish-ekstrakorporal litotripsiya,teri orkali transgepatik xolelitoliz qo‘llaniladi.O‘lchami 2sm dan kichik bo‘lgan,asoratlanmagan o‘t kolikasidan keyin rivojlangan xolesterinli toshlarda(ekskretor xoletsistografiyada suzuvchi rentgennegativ jism aniqlanadi),ayniqsa xolesistektomiya mutloq qarshi ko‘rsatma bo‘lganda 6-12 oy davomida ursodezoksixol yoki xenodezoksixol kislota buyuriladi.Ko‘pincha ikki yillik davo kursidan keyin 25-50% xollarda toshlar eriydi.Asosiy nojuya ta'siri-diareya.O‘t toshlarini uch metilbutil efirini teri orqali yoki o‘t yuli orqali orqali o‘t qopiga kiritib eritish,yoki distonsion yukori chastotali litotripsiya yo‘li bilan(u yoki bunisini o‘t kislotasini kabul kilgandan keyin) parchalash mumkin.Surunkali toshsiz xoletsistit-o‘t qopi devorining yalliglanishli o‘zgarishi bilan xarakterlanuvchi,shillik qavat atrofiyasi va stromaning sklerotik o‘zgarishiga olib keluvchi kasallik.Surunkali toshsiz xolesistitda asosiy vazifani 12 barmok ichakka gematogen,limfogen va ko‘tariluvchi yo‘llar orkali tushuvchi infeksiya bajaradi.Surunkali xolesistit rivojlanishida o‘tkir va surunkali infeksiya ishtirok etadi:adneksit,appenditsit,ogir toksikoinfeksiya va boshqa patologiyalar. O‘t qopi va o‘t yullarining gipokinetik diskineziyasi safroning infitsirlashiga olib keladi va aksincha,ut qopining surunkali yalliglanishi diskineziyaning erta boskichlarining rivojlanishiga olib keladi.Bundan tashqari kasallik rivojlanishida alimentar faktor asosiy axamiyatga ega.Uzoq intervalli noregulyar ovkatlanish,go‘shli maxsulotlarni kechqurun ko‘p qabul qilish, o‘tkir va yogli ovkatlar Oddi sfinkteri spazmi va o‘t staziga olib keladi.Shirinlik maxsulotlari,tuxum,baliq,kletchatkaning yetarli bo‘lmasligi o‘t rN ning pasayishi va kolloid stabilligining o‘zgarishiga olib keladi.Surunkali xolesistit keng tarqalgan kasallik,bu bilan kattalarning 10-15%,asosan ayollar kasallanadi.Kasallik rivojlanishini asosan o‘t toshlari bilan boglashadi.Kam xollardagina bemorlarda toshsiz xolesistit aniqlanadi.Xolesistitli bemorlarning 20-40% da mikroblar o‘t qopi devoridan o‘tadi,bular asosan ichak tayoqchasi yoki uning boshqa mikroorganizmlar bilan assotsiatsiyasi,kam xollarda enterokokk,streptokokk,klebsiella,bakteroid yoki klostridiylar bo‘ladi.Ko‘pincha xolesistit rivojlanishining asosiy sababi parazitlar xisoblanadi(jigar qurti, lyambliya).Xolesistit rivojlanishining patogenetik mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan. O‘t qopi devorining tosh bilan surunkali ta'sirlanishi, o‘t tarkibining o‘zgarishi yoki infeksion jarayon motorikaning buzilishiga,ko‘rsatilgan omillarning ekspozitsiyasi oshishiga olib keladi.Nerv-mushak apparatining funksional buzilishi o‘t qopining gipo yoki atoniyasiga olib keladi.Patologik jarayon rivojlanishining davom etishi yalliglanish jarayonining shilliq osti va mushak qavatiga tarkalishiga olib keladi va u yerda infiltrat,shuningdek biriktiruvchi to‘qima rivojlanadi.Keyinchalik kataral yalliglanishdan flegmonoz va gangrenoz jarayon rivojlanishi mumkin.Kasallikning asosiy sindromlari:ogrik,asteniya,xolestaz,oshkozon dispepsiyasi, o‘t qopi va o‘t yo‘li diskineziyasi,pigment almashinuvining buzilishi, o‘t-tosh kasalli bemorlarda o‘t qopida tosh aniqlanadi.Surunkali asoratlanmagan xoletsistitning qo‘zgalish davrida terapevtik statsionarda, kalkulyoz xolesistitning asoratlangan shaklida xirurgik bo‘limda davolanadi.Davolashda dietaga amal qilinadi,stol 5 buyuriladi,yogli, qovurilgan va o‘tkir ovkatlar ta'qiqlanadi.Kasallikning qo‘zish davrida infeksiya qo‘shilishining oldini olish uchun 7-10 kun davomida keng spektrli antibiotiklarbuyuriladi (ampitsillin, makrolidlar, ftorxinolon, tetrotsiklin, levomitsetin). Antibakterial terapiya klinik-laborator ma'lumotlar bo‘lganda, o‘t qopida yalliglanish jarayoni tastiqlangandagina buyuriladi. Preparatlarni tanlash qo‘zgatuvchining turiga qarab tanlanadi.Antibakterial preparatlar yalliglanishga xam ta'sir etuvchi o‘t ajratuvchi preparatlar bilan birga qo‘llaniladi :siklovalon(sikvalon),nikodin.Ogrik va spazmga karshi (atropin, platifillin), spazmolitik (dyuspatalin,drotaverin,papaverin) va analgetiklar buyuriladi.O‘t yo‘li kasalliklarida fizik usulda davolash yalliglanishga (yalliglanishga karshi va reperativ-regenerativ metod),ogrik sindromiga(analgetik metod), o‘t yo‘llari spazmida (spazmolitik metod), o‘t oqimini tiklash uchun(xolekinetik metod), astenonevrotik xolatni korreksiyalashda(sedativ metod) qo‘llaniladi. O‘t yo‘li bilan kasallangan bemorlarni fizik usulda davolash. Yalliglanishga qarshi metod: kichik intensivli UVCh-terapiya,kichik intensivli DMV-terapiya.Reperativ-regenerativ metod:infrakizil lazeroterapiya,jigar galvanizatsiyasi, peloidoterapiya. Analgetik metod:diadinamoterapiya, transkranial elektroanalgeziya. Xolekinetik metod: mineral suv bilan davolash,amplipulsterapiya. Spazmolitik metod: spazmolitiklar bilan dorili elektroforez, yuqori chastotali magnitoterapiya, parafinoozokeritoterapiya,infrakizil nurlanish. Sedativ metod:elektr uyqu terapiya, transserebral elektroforez. Yalliglanishga qarshi metod.Kichik intensivlikdagi UVCh-terapiya.UVCh da elektromagnit maydoni orkali yoruglik energiyasi issiqlik energiyasiga aylantiriladi.Issiqlik energiyasiga aylanish jarayonida ta'sir qilayotgan soxaga chuqur va davomli giperemiya chakiradi.Asosan kapillyarlarni kuchli kengaytiradi,diametrini 10 martagacha kattalashtiradi.Zararlangan to‘qimada limfaning regionar okib kelishi va ketishini oshiradi,interpolyar soxa to‘qimasidagi xujayra plazmolemmasi va mikrotsirkulyator tomirlar o‘tkazuvchanligini oshiradi,bu degidratatsiya va yalliglanish o‘chogining so‘rilishiga olib keladi,bundan tashqari perinevral shishni kamaytirish orkali ogrik sezgisini pasaytiradi.UVCh elektr maydoni orkali o‘ng qovurga ostiga ta'sir qilinadi,doza(20-30Vt),xar kuni 5-10 min,kursi 5-6 muolajadan iborat.Kichik intensivlikdagi DMV-terapiya.Detsimetrli radiotulkin energiyasi suv bilan bogliq molekulalarga ta'sir kursatadi,bu o‘t yo‘llaridagi xujayralarni degidratatsiyasiga olib keladi va kasallikning o‘tkir osti fazasida yalliglanishni kamaytiradi.O‘tkir yalliglanish jarayonlarida,me'dadan qon ketganda,privratnik stenozida,me'daning kallyoz yaralarida,gastroptoz 2-3 daraja,yakkol ifodalangan jigar sirrozida, o‘t qopi empiemasida, o‘t yo‘li obturatsiyasida,rentgenkontrastda aniqlangan o‘t-tosh kasalligida qarshi ko‘rsatma xisoblanadi. O‘ng qovurga osti soxasiga past intensivlikda 460Gs(issiqlik effektini olish uchun energiya 0.01 Vt/sm2 dan kam bo‘lishi kerak), oxirgi ta'sir darajasi 30Vt dan oshmasligi kerak,5-15 min dan xar kuni yoki kun oralab,bir kursi 10 muolaja. Reperativ-regenerativ metod.Infrakizil lazeroterapiya.Bu usul kasallikning o‘tkir osti va surunkali boskichlarida qo‘llaniladi.Infraqizil nurlantirish molekulalarni nuklein kislota va kislorod bilan to‘yintiradi,to‘qimalarni reperativ regeneratsiyasiga ta'sir ko‘rsatadi va metobolizmini oshiradi.Nurlantirish (L=0.93mkm) o‘t qopi proeksiyasi soxasiga yoki o‘ng qovurga osti soxasiga,maksimal ta'sir 4-5mVt,tanafussiz rejimda(yoki impulslida 1000Gs),stabil metoda(Kerr nuqtasiga) yoki labil,muolaja vakti 4-5 min xar kuni,kurs 10-15 muolajadan iborat.Jigar soxa galvanizatsiyasi.Biologik aktiv moddalar(,kallikrein,prostaglandin) va vazoaktiv mediatorlar (atsetilxolin,gistamin) miqdorini oshirish orkali mikrotsirkulyasiyani aktivlaydi.Galvanik tok to‘kimalarda makroerglar sintezini oshiradi,almashinuv-trofik va reparativ jarayonni stimullaydi.Jigar soxasiga anod qo‘yiladi,tok kuchi ta'siri 0.03-0.05mA/sm2,muolaja vakti 15-20 min,xar kuni,kurs 10-15 muolajadan iborat.Jigar peloidoterapiyasi. Peloidlar to‘qima plazmolemmasi tarangligini oshiradi, o‘tkazuvchanligini oshiradi,autoliz maxsulotlari va interstitsial to‘qima shishi so‘rilishini kuchaytiradi.Antioksidant sistema aktivligini oshirib,lipidlar perikisli oksidlanishini tormozlaydi va yalliglanish jarayonida oshayotgan glikoliz va lipolizni qayta tiklaydi.Peoidlar sklerozlangan chandikli to‘qimadagi proteoglikanlar kompleksini buzadi,glikozoaminoglikanlar dezagregatsiyasini chaqiradi va skleroz o‘chogi va biriktiruvchi to‘qima sintezida ishtirok etuvchi fibroblastlar differensirovkasini kuchaytiradi.Temperaturasi 38S bo‘lgan balchik aplikatsiyasi ko‘llaniladi,vakti 15-20 min,xar kuni yoki kun oralab,kurs 10 muolajadan iborat.Kasallikning surunkali bosqichlarida takroriy davolash kursi 5-6 oydan sung o‘tkaziladi, o‘tkir osti jarayonda –chegaralangan.Bu xolatda balchiq xarorati 34-36S(yoki 20S-sovuk peloidoterapiya) bo‘lishi kerak,vaqti 10-15 min,xar kuni,kursi 8-10 muolaja. Xolekinetik metod.Xlorid-sulfidli,natriy-magniyli mineral suvlarni qabul qilish.Xlor ionii jigarning o‘t ajratish funksiyasini stimullaydi,glikoliz va lipoliz intensivligini oshiradi,eritrotsitlar plazmolemmasi o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Sulfat ionlari o‘t qopi mushagi tonusini stimullaydi va o‘t yo‘li sfinkterlarini bo‘shashtiradi(Lyutkens va Oddi), o‘tning 12 barmok ichakka xarakatini yengillashtiradi.Magniy va kalsiy ionlari (sulfid ionlari bilan aralash) jigarning mikrosomal fermentlar sistemasini aktivlaydi,tomir devorini qattiqlashtiradi,to‘qima ichi suvi va o‘t qopi devori, o‘t yo‘li,12barmok ichak yondosh yalliglanish kasalliklaridagi shilliqni kamaytiradi.Bundan tashqari mineral suv tarkibida naften,gumin,bitum va fenomlar bo‘lib,bular gepatotsitlardagi toksinlar biotransformasiya jarayonini stimullaydi.Kuyidagi mineral suvlar ko‘llaniladi: yessentuk N 4,17, yekateringof, borj,smirnov, uglich, moskov, ijev,batamin va boshkalar. Mineral suvlarni me'daning kislota ajratish funksiyasiga qarab ovqatdan oldin ichiladi:gipoatsid xolatda 15-20 min ,normatsid xolatda 30-45 min,giperatsidda 60-90 min oldin suv xarorati 36-45S,mikdori 100ml dan boshlanadi va 200-250ml gacha,kuniga 3-4 marta(ovqatlanish rejimiga bogliq xolda)kichik qultumda sekin;kurs kurortda 21-24 kun va ambulator xolatda 28-40 kun;takroriy kurs 4-6 oydan keyin.Amplipulsterapiya. .O‘t qopi proeksiyasi soxasiga ta'sir ko‘rsatilganda xolekinetik ta'sir ko‘rsatib o‘t qopi sillik mushaklarini ritmik qisqarishini chakiradi.Amplipulsterapiya 2-rejim bo‘yicha olib boriladi,PP(11 RR) toki,modullash chastotasi 10 Gs,chuqurligi 50-75%,tok kuchi-yengil vibratsiyaga kadar,10 min dan xar kuni,kursida 10 muolaja,takroriy kurs 1 oydan keyin. Spazmolitik metod. Yuqori chastotali magnitoterapiya.Yuqori chastotali magnit maydoni markaziy va periferik nerv sistemasi qo‘zgaluvchanligini kamaytirish orkali somatik va visseral afferent tolalar o‘tkazuvchanligini pasaytiradi,sillik mushak tolalari tonus iva ularning xarakat aktivligini kamaytiradi.Magnit maydoni chastotasi 13.56mGs ilik (doza 1; ) va issik(doza 11) effekt,vaqti 15 min,xar kuni yoki kun oralab,kursda 10 muolaja. Sedativ metod.Elektruyqu terapiya.Impuls toklari sarik dog va retikulyar formatsiyaning aminergik neyronlar impuls aktivligini pasaytiradi,dorsal yadroning serotoninergik neyronlarini aktivlaydi.Seratoninning bosh miya pustlok osti markaziga yigilishi shartli reflektor xarakatni va emotsional aktivlikni pasaytiradi.Elektrouyku terapiyani kuz-retromastoidal usulda olib boriladi,impuls chastotasi 5-10Gs,impuls davomiyligi 0.2 ms,impuls toki kuchi 8 mA dan oshmasligi kerak,muolaja vakti 20-40 min,xar kuni yoki kun oralab,kursda 10-15 muolaja,takroriy kurs 2 oydan keyin.Dorili elekroforez.Sedativ(katodda 1-2% li brom) va trankvilizatorlar (0.5%seduksen eritmasi,0.5%fenibut eritmasi) dori vositalari endonazal qo‘llaniladi.Preparatlarning shillik kavat,alveolyar-kapillyar tomir va gematoensefalik barerdan so‘rilishi bosh miyada tormozlanish jarayonini kuchaytiradi, miya ustuni retikulyar formasiyasining bosh miya pustlogiga aktivlovchi ta'sirini bloklaydi. Gepatitli bemorlarni davolashning fizik usullari.Yalliglanishga qarshi metod:infrakizil lazeroterapiya,jigar galvanizatsiyasi, past intensivli UVCh-terapiya,past intensivli DMV-terapiya.Plastik metod: oksigenobaroterapiya.O‘t ajratuvchi metod:xlorid-sulfatli magniy-natriyli suv bilan davolash.Immunostimulyator metod:umbilikar soxa SMV-terapiyasi,timusning yuqori chastotali magnitoterapiyasi,LOK,immunostimulyatorlar bilan endonazal elektroforez.Antigipoksik metod:oksigenoterapiya. Plastik metod. Oksigenobaroterapiya. Xavo qopchasi orkali parsial bosimi yuqori kislorod nafas olinganda qon plazmasida uning miqdori oshadi,konning kislorodga to‘yinuvchanligi va arteriovenoz farq o‘zgaradi.Bu xolatda to‘qimalarning fosforilli oksidlanish sistemasi juda past va tejamli rejim funksiyasiga o‘tadi.To‘qimalar oksidlanishi jigar metabolizmining toksik maxsulotlarini mikrosomal va fosforilli oksidlanish sistemasi kuchini oshiradi.Giperoksiya natijasida o‘pkaning prooksidant sistemasi aktivlashib to‘qimalarning antioksidant ximoyasini kompensatsiyalashtiradi va ekzogen va endogen antigenga nisbatan immun javobni yuzaga keltiradi,gepatotsitlarda sitoxrom R450-antitoksik sistemani stimullaydi,bundan tashqari jigarda interferon miqdorini oshiradi.Davo barokamerada 1400Pa bosimda,30-60min,kun oralab olib boriladi,kurs 10 muolajadan iborat. Immunstimullovchi metod.Endonazal immunomodulyatorlar elektroforezi.Burun shilliq qavati orqali tomirga kiritilganda immunomodulyatorlar T-limfotsit va makrofaglar xosil bo‘lishi va rivojlanishi kuchaytiradi,bularning antigenni ushlash va parchalashi leykopoezni stimullaydi.Immunomodulyatorlar tarkibidagi peptidlar T-limfotsitlar bilan aloqada bo‘lib ularning fuksional aktivligini oshiradi.Dorili elektroforez muolajasi 0.01% li timolin eritmasi bilan endonazal qo‘llaniladi,tok kuchi 1-2mA,10-15 min dan,xar kuni,kurs 10 muolaja,takroriy kurs 2-3 oydan keyin. Antigipoksik metod. Oksigenoterapiya.Xavo qopchasi orqali nafas olinganda qondagi oksigemoglabin mikdori 13.3 dan 82.5kPa gacha oshadi.Giperoksiya to‘qima gipoksiyasi va gipoksemiyasini kamaytiradi,kondagi kislorod parsial bosimining oshishi tonusni oshiradi va davomli vazokonstriksiya chaqiradi.Oksigenoterapiyada 15 min kislorod va 15 min xavo yutish orkali siklik olib boriladi;umumiy muolajalar xar kuni 60-120min,5 min lik tanaffus bilan,kursda 10 muolaja,takroriy davo 2-4 oydan so‘ng o‘tkaziladi.Davomli oksigenoterapiya.yuqori bosimdagi kislorodni 10-18ch/sut(tanaffussiz 12 soat tungi ingalyatsiya va kunduzi 3-5 soat kislorod konsentratsiyasi 30-35% dan oshmagan xolatda,yuborish tezligi 2l/min).Sutkalik kislorod yuborish ko‘proq samarali 12 soatlikka qaraganda(tungi) va asosiy kasallikning klinik stabil boskichidagi gipoksemiyada ko‘rsatma xisoblanadi.Karshi ko‘rsatmalar: o‘tkir gepatit,yakkol rivojlangan jigar sirrozi,portal gipertenziya,assit, qon ketishi,anemiya,umumiy qarshi ko‘rsatmalar. Sanator-kurort davo. Turli etiologiyali surunkali persistirlashgan gepatitda bemorning umumiy axvoli qoniqarli bo‘lganda,jigar funksional probalarida sezilarsiz o‘zgarish bo‘lganda,aktiv bo‘lmagan bosqichida va jigarning toksiko-ximik zaralanishining qoldiq belgilari bo‘lganda,virusli gepatit o‘tkizgan bemorlarga balneo va klimatobalneodavo kurorti buyuriladi.Karshi ko‘rsatmalari:jigar sirrozi,surunkali agressiv gepatit,sariqlikning xamma turlari va o‘tkazilgan virusli gepatitdan so‘ng aktiv jarayon belgilari bo‘lganda,jigarning funksional sinamalari buzilganda bularga:ALT va AST,giperbilirubinemiya(21 mkmol/l dan yukori),yaqqol gepatomegaliya, o‘t qopi va o‘t yo‘li yalliglanishida.Jismoiiy mashqlar ovqat hazm qilish organlari-ning harakat va sekretor funksiyalariga stimulyasiya ta'sirini ko‘rsatadi, ichak va me'da faoliyatining nerv regulyasiyasini yaxshilaydi, qorin muskullarini kuchaytiradi Gipatsid va giperatsid gastritlar. Gipoatsid gastritda qo‘llaniladigan mashqlar kompleksiga oyoq-qo‘l va tanani hamda qorin muskullarini kuchaytiruvchi mashqlar, tizzani baland ko‘tarib yurish, umurtqa pog‘onasining harakatchanligini yaxshilovchi mashqlar kiritiladi.Bemor suzish, eshkak eshish, konkida uchish va chang‘ida yurish, ekskursiyalarda qatnashish kabi mashqlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Jismoniy mashqlarni mineral suv ichgandan keyin boshlash kerak, bu me'da shirasida kislota ko‘payishiga yordam beradi.Giperatsid gastritda mashq kompleksi umummustahkamlovchi mashqlardan tashkil topadi. Yuklamani ehtiyotroq bo‘lib ko‘paytiriladi, chunki bemorlar tez charchab qoladi. Bemorlarga terrenkur, yaqin turizm; ochiq havoda dam olish tavsiya ztiladi. Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi. Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi bi-lan og‘rigan bemorlarda davo fizkulturasi vazkfasp organizmni umuman mustahkamlash, markaziy nerv sis-temasi faoliyatini va trofika jarayonlari kechishini normallashtirish, asoratlarga (ich qotish, qorin bo‘sh lig‘i organlarida qon dimlanish hodisalari) qarshi kurashishdan iborat.Kasallikning o‘tkir davrida davo fizkulturasi qo‘llanish mumkin emas, bemor ahvoli yaxshilanganda bir qancha oddiy nafas mashqlari (bemor o‘rinda yotgan holda) bajariladi. Kam-kamdan oyoq-qo‘llar mayda bo‘g‘imlariga mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi. Keyin esa, bemor o‘tirgan yoki tik turgan holatda mashqlar ba-jaradi. Bemorni mashqlarni bajarish bilan birga chuqur nafas olishga o‘rgatiladi. Qorin muskullariga mo‘ljallangan mashqlarni tayinlash mumkin emas. Ich qotish (qabziyat). Odatdagi ich qotish ko‘proq or-ganizmning umumiy tonusi susayganda va ko‘p o‘tirish natijasida paydo bo‘ladi. Davolashda umumiy va ovqat-lanish rejimi hamda davo fizkulturasidan foydala-niladi va xususan davo fizkulturasi davolashda katta rol o‘ynaydi. Mashqlar kompleksiga umumiy chiniqtiruvchi mashq-dar va qorin muskullariga mo‘ljallangan mashqlar ki-radi. Qorin pressini kuchaytirish uchun oyoqlar va tana bilan mashqlar bajariladi; ularni chalqancha yotish, qo-rinda yotish, yonboshda yotish, o‘tirish, tik turish va boshqa dastlabki holatlarda qilinadi. Ichki peristaltikasi-ni yaxshilash uchun sakrash, chang‘ida yurish, ya'ni ichakni silkitadigan mashqlar foyda qiladi. Qorin bo‘shlig‘i organlarining ptozi (pastga siljishi). Qorin bo‘shliri organlari ptoziga quyidagilar sabab bo‘ladi: organizmning umumiy zaiflashuvi, qorin devori muskullarining bo‘shashishi, markaziy nerv sistemasi tonusi pasayishi va boshqalar. Ptozda davo fizkulturasi katta ahamiyatga ega. Mashqlar kompleksiga mummustahkamlovchi mashqlar va qorin muskullariga mo‘ljallangan mashqlar kiradi; bu kompleksni bajarishda qorin bo‘shli-g‘ida bosimning ortiqcha darajada ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, ya'ni kuchanmaslik va nafasni tutib qolmaslik kerak. Har turli boshlang‘ichxolatlarqo‘llaniladi; lekin shu bilan birga mashqlarii chalqancha yotgan holatda yoki karavot-ning oyoq tomonini ozgina ko‘tarib qo‘yilgan holatda bajarish har holda yaxshiroqdir; bunday holatda siljigan organlar normal vaziyatini egallaydi, qorin bo‘shlig‘ida bosimning ortishi esa ularni ana shunday vaziyatda tutib qoladi. Chanoq tubi muskullarini mustahkamlash va qaddi-qomatni to‘g‘rilash mashqlari ham qo‘llaniladi Bavosil. Bavosilda DJTni qo‘llanganda ichakning harakat funksiyasini va qorin bo‘shlig‘i hamda chanoq organlarida venoz qon aylanishini yaxshilash nazarda tutiladi.Oyoqlarga mo‘ljallangan mashklarni chalqancha yotish, qorinda yotish, to‘rt oyoqlab (emaklab) turish, tizza-tirsaklarda turish kabi dastlabki holatlarda bajariladi, bunga diafragma bilan nafas olish mashq-lari ham qo‘shiladi. DJT6-8 mashqdak boshlanadi, 2-3 hafta dan keyin ular sonini asta-sekin 14-16 ga yetkaziladi va 10-12 martagacha takrorlanadi.


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish