Vaziyatli masala№4
Bemor o‘ng tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga 5 kun avval tushgan. Hozirgi kunda xolati qoniqarli, tana harorati – 37,3oS, EChT – 20 mm/soat, leykotsitoz – 9000.
Savol: Qaysi maxsus jismoniy mashqlar qo‘llaniladi? Qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning masaradorligini qaysi funksional sinamalar bilan baholash mumkin?
Javob : bemorga DJT yarim tushak tartibotida o‘tkazilib, maxsus mashqlar sifatida nafas funksiyasini, o‘pka ventilyasiyasini yaxshilovchi nafas mashqlari qo‘llaniladi (statik, maxsus nafas mashqlari). Qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash uchun spirometriya ( spirografiya), Shtange, Genchi funksional sinamalari qo‘llaniladi.
Ilova-3
4.3 Testlar
1.Qonni kislorod bilan to‘yintiradigan usul qaysi?
A.* franklinizatsiya
B. darsanvalizatsiya
C. magnitoterapiya
D. lazeroterapiya
2. Xafaqon kasalligida qanday uslubni qo‘llash mumkin emas
A. * SVCh
B. UVCh
C. magniy bilan davolash
D. lazer nurlari bilan davolash
3. Aerozol bilan davolash qo‘llanilmaydi
A. * o‘pka emfizemasi
B. bronxit
C. zotiljam
D. o‘tkir virusli respirator infeksiya
4. Zotiljam xastaligida qaysi uslub samarali xisoblanadi
A. * induktotermiya
B. franklinizatsiya
C. Darsanval usuli
D. magnit bilan davolash
5. Bronxial astmada maxsus fiziodavolash
A. *Buyrak usti bezlariga DMV
B. o‘pka soxasini lazer balan davolash
C. peloidoterapiya
D. yoka soxali galvanizatsiyasi
6.Yurak ishemik kasalligida DJTning vazifasini ko‘rsating
*jismoniy ish kobiliyatini ushlash va oshirish
transaminaza mikdorini pasaytirish
veloergometriya
arterial bosimni pasaytirish
7.Stenokardiyada shifobaxsh gimnastika tavsiya etishga qarshi ko‘rsatmani ko‘rsating
*nostabil va o‘sib boruvchi stenokardiya
taxikardiya
gipertonik kasalligi
zuriqish stenokardiyasi
8.Yurak ishemik kasaligi bilan bemorlarni tiklash uchun qo‘llaniladigan DJTning vosita va shaklini ayting.
A. Jismoniy mashq
V.*shifobaxsh massaj
S.terrenkur
D.yakin turizm
9.Gipertoniya kasalligida ko‘llaniladigan maxsus mashqlarga taalluqli turini ko‘rsating
*mayda mushak guruxlari uchun izotonik mashqlar
mayda mushak guruxlariga izometrik mashqlar
passiv mashqlar
nafas mashqlari
10. Nafas organlari kasalligida shifobaxsh gimnastikani tavsiya etishga maxalliy qarshi ko‘rsatmani ayting
A*.upkadan qon ketish
B.yiringli balgam
C.bronxial astma
D.yutal astmoid komponenti bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |