Bronxial astma (ziqnafas kasalligi). Bronxial astma kasalligi ekspirator nafas siqilishi (bo‘g‘ilish) tutishi (pristupi) bilan xarakterlanib (ta'riflanib), bronxlar va kichik bronxlarni ichining torayishi va ularda zkssudatning paydo bo‘lishidan kelib chikishidir.Shifobaxsh jismoniy tarbiyasini qo‘llashga karshi dalillar: nafas olish va yurak funksiyalarining yetishmasligi, tana xaroratining ko‘tarilishi (37°).ShJT ning vazifalari: bronx va bronxiollarni spazmini (qisilishini) kamaytirish va yo‘qotish, o‘pkaning ventillyasiya va drenaj funksiyalarini yaxshilash nafas olish muskullarini mustaxkamlash va ko‘krak qafasini ko‘zgaluvchanligini oshirish, o‘pka emfizemasining (kengayishining) o‘sishini oldini olish,to‘qimalar-da kon va limfa aylanishlarni yaxshilash, markaziy asab sistemasida tormozlanish va qo‘zgalish jarayonlarini vazminligini tiklash, usib boruvchi jismoniy xarakatlarga moslashish butun organizmni sog‘aytirish va mustaxkamlash.Darslar yakka tartibli, kichik guruxli va guruxli usullarda o‘tkaziladi.Shifobaxsh jismoniy tarbiyasi usuli bemorning yoshi, xolatining og‘irligi, nafas siqilishining tezligi, kardiorespirator sistemalarining funksional xolatiga karab yakka tartibda tuziladi.
Qo‘llanadigan dastlabki xolatlar: krovatning bosh tarafini ko‘tarilgan xolatda orqada yotish, stulning suyanchigiga suyalib utirish, bu esa ko‘krak qafasini yaxshi ekskursiya bo‘lishiga yordam beradi va nafas chiqarishni yengillashtiradi.Nafas olish gimnastikasi (ko‘krak, diafragmal, tovushli), oddiy gimnastika mashklari va orqani massaj kilish ishlatiladi.Kichik guruxli vv guruxli darslar kuyidagi dastlabki xolatlarda o‘tkaziladi: o‘tirgan stulni ushlab turgan va turgan xolatlar.Darslar kuyidagi shakllarda o‘tkaziladi: davolash gimnastikasi muolajasi, ertalabki badantarbiya, bemorlarga beriladigan o‘ziga xos topshiriqlar, dozali sayr qilish.Davolash gimnastika muolajasi darslarida quyidagi maxsus mashqlar qo‘llaniladi: nafas olish mashqlari nafas chiqarishni uzaytirgan xolda, unli va undosh xarflarni aytib, diafragmal nafas olish, qo‘l muskullarini bo‘shashtirish uchun mashqlar, korin muskullarini mustaxkamlaydigan mashqlar.Nafas olishning ritmini, chukur nafas olish va nafas chikarish davomatining oshirishini tiklaydigan maxsus nafas olish mashqlaridan tashkari darslarga oddiy, yengil bajariladigan gimnastika mashqlari, quyidagi ko‘rinishlarda oyok va qo‘llarning bukilishi, yozilishi, keltirish- qaytarish, aylantirish mashqlari, shuningdek tananing yozilishi,oldinga va yon tomonga engashish mashqlari kirgizilishi kerak.Asta-sekin kuchlantiruvchi (medbollar, gantellar) snaryadlar bilan (gimnastika yog‘ichi va koptoklar) va snaryadlarda (gimnastika narvoni va skameykalari) mashqlari qo‘shiladi.Ko‘krak qafasi qovurg‘alar orasi, bilak va orqa muskullarini massaj qilish tavsiya etiladi. Bemorniig kasalxonadan chiqqanidan so‘ng shifobaxsh gimnastika darslarini shifokor nazorati ostida poliklinika yoki shifokorlik jismoniy tarbiya dispanserida davom etiriladi.Shifobaxsh gimnastika bilan birga dozali eshkak eshish, chang‘ida va konkida yurish, yugurish, suzish, volleybol, basketbol, terrenkur za boshkalar qo‘llanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |