O‘qitish usullari va texnika
|
“Keys – stadi”, “Blits-so‘rov”, “Muammoli vaziyat” uslubi, “Bahs-munozara”
|
O‘qitish vositalari:
|
Markerlar, qog‘ozlar, doska, bo‘r
|
O‘qitish shakllari
|
Individual va guruhlarda ishlash
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta'minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki nazorat, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash
|
Ilova-1
Blits-so‘rov savol va javoblari
№
|
Savol
|
Javob
|
1.
|
Semizlikni kelibchiqish sabablari va turlarini ayting.
|
Bu kasallik ,organizmda ortiqcha yog‘ni to‘qimada yig‘ilishi bilan harakterlanadi. Semirishning 3turiajratiladi:1.Alimentar –konstitutsional. 2.Endokrin. 3.Markaziy.
Alimentar –konstitutsional turida organizmning fizik-jismoniy harakatining kamligi xisobiga uglevod to‘planadi.
Semirishning endokrin turi,endokrin sistemasi bezlari funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq.
Semirishning markaziy turi kelib chiqishida yog‘ almashinuvining markaziy boshqarilishini buzilishi yotadi,bu po‘stloq-diensefal soha funksiyasini travma va infeksiya bilan zararlanishidan keyin kelib chiqadi.
|
2.
|
Qandli-diabetga kelib chiqish tasnifi qanday
|
Qandli diabet organizmda insulining mutloq yoki nisbiy yetishmovchiligi bilan kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, uglevodlar almashinuvi chuqur buzilishi giperglikemiya va glyukozuriya bilan harakterildanadi.
|
3.
|
Kandli diabetda DJTning ahamiyati xakida gapiring.
|
Kasallik yaxshi kompensatsiyalanganda bemorga zarur jismoniy aktivlikni ta'minlab berish kerak. Yosh va o‘rta yoshdagilarga shug‘ullantiruvchi rejim (davolovchi va gigiyenik jismoniy tarbiya, piyoda yurish, ekskursiya, yaxshi dozalanadigan mashg‘ulotlar – velosiped haydash, chang‘i, konki, sport o’yinlari – volleybol va b.) tavsiya etiladi. Diabetik bemorlarga sport musobaqalarida qatnashish mumkin emas. Yuklama avval yengil, sekin-asta oshirilib borish kerak.
|
4.
|
Ruhiy kasalliklarda massaj qo‘llanilganda kanday fiziologik ta'sirga ega?
|
Massaj ta'sirida bosh miya po‘stlog‘ida tormozlanish protsesslari kuchayadi, shuning natijasida muolajalar-dan keyin odamni mudroq bosadi. Massajning turli usullari uning dozirovkasiga qarab nerv sistemasi-ning qo‘zg‘aluvchanligiga har xil ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Chunonchi, silash va ishqalash qo‘zg‘aluvchanlikni pasaytirsa, shapillatib urish va kaft qirrasi bilan urib chiqish qo‘zg‘aluvchanlikni kuchaytiradi. Massaj og‘riqni qoldirishi ham mumkin.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |