Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R



Download 1,29 Mb.
bet138/275
Sana31.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#207558
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   275
Bog'liq
Reabilitologiya

1-bosqich-Normadan 15-29% ortiqcha vazn

2-bosqich-30-49%

3-bosqich-50-100%

4-bosqich-100% dan ortiq bo‘ladi.

Semirish oqibatida yurak -qon- tomir sistemasi o‘zgarishlarga uchraydi.(miokard distrofiyasi,karonar qon aylanishni buzilishi,miya va pastki qismlarda qon aylanishni buzilishi),nafas sistemasi(nafas harakatini kamayishi bu diafragmani harakati kamligi xisobiga),ovqat xazm qilish sistemasida (oshqozon sokining gipersekretsiyasi, giperxlorgidriya bilan birga),tayanch –harakat apparati(bo‘g‘imlarda nagruzkani oshishi va moddalar almashinuvi buzilishi hisobiga artroz).Suv-tuz almashinuvini buzilishi hisobiga shish kuzatiladi.Birlamchi semirish natijasida ichki sekretsiya bezlari funksiyasini buzilishi yani giperinsulinemiya,gipokortitsizm,samototrop gormoni funksiyasi susayishi va boshqalar. Ratsional davolash natijasida semirish kamayadi.Bemorni davolish prinsipida organizmda lipolizni kuchaytirish maqsadida manfiy energiya balansi vujudga keltiriladi.Bunda sut dietasi olib boriladi, organizmda uglevodni kamaytirish maqsadida,yana energiya sarfini ko‘paytirish yaxshi natija beradi. Dieta va harakatni oshirish yani,patogenezga tabiiy va jismoniy faktorlarni birgalikda olib borish organizmni qayta tiklash uchun muhim omildir.Jismoniy harakat bilan davolash natijasida kam kaloriyali dieta olib borishga yordam beradi va tana massasini kamayishiga yaxshi natija beradi,qayta tiklovchi yoki jismoniy harakatni stimulyasiya qiladi. Istalmagan metobolik o‘zgarishlar korreksiyasi ,organizmning nospetsifik rezistentligi semizlikni davolash va profilaktik choralari ko‘rilayotganda asoratli hisoblanadi. Semirish bilan kasallangan bemorlarni ko‘p maqsadli ,kompleks davolash faktorlariga sanator-kurortlar tavsiya qilinadi.



Semirish bilan kasallangan bemorlarni davolashda sanator-kurortni maqsadi tana massasini kamaytirish,ogohlantirish va davolash qo‘shimcha kasalliklarni davolashda yordam beradi ,bemor harakati va ish qobilyatini oshiradi.Kompleks davolashga yana davolovchi ovqatlanish kiradi,aniq harakatlanish rejimi ,balchiq va suv bilan davolashning har-xil turlari ,pelloidoterapiya kiradi. Ovqat bilan davolash semizlikni davolashda asosiy o‘rinni egallaydi.Bu esa kam kalloriya dietaga asoslanadi,almashtirib bo‘lmaydigan ovqat moddalari(oqsil,kam to‘yingan yog‘ kislotalari ,vitaminlar,mineral moddalar).Bu dieta bilan davriy ravishda 1-2 haftada 1-2 marta yuklamali kun o‘tkaziladi.(sut maxsulotlari,tvorog,meva).Bazida och qoringa mineral suvlar bilan yuklamali kun o‘tkazish samarali hisoblanadi. Semirish bilan kasallangan bemorlarni jismoniy kamaytirish,davolash shartli xisoblanadi.Uning asosiy maqsadi tana massasini energiya sarfi hisobiga organizmni kardiorespirator sistemasini chiniqtirish,bemorni psixoemotsional tonusini oshirish hamda ko‘nikmalarni mustaqil ravishda bajarishni taminlash.Semizlikda bir necha xil jismoniy mashqlar olib boriladi.Ertalabki gimnastika ,masalan chegaralangan sayohat va terrenkur,sport mashqlari,harakatli sport o‘yinlari va mexanoterapiya. DJTga ko‘rsatmalarda harakat rejali bo‘lishi,mashq bajaruvchi tonusining oshib borishi ,umumiy ahvoliga, semirishni funksional holatiga ,yurak-qon-tomir sistemasi holatiga qaraladi. Massaj va o‘z-o‘zini massaj tana massasini kamayishiga ta’sir etmaydi.Biroq manipulyasiyalashgan massaj (silash,surtish,uqalash,urish)mushak tonusini oshiradi,qon va limfa aylanishini yaxshilaydi. Terrenkur-jismoniy aktivlikni oshiradi,yuqori effekt beradi,semiz bemor mashq qilishi respirator funksiyani yaxshilaydi va yurak –kon tomir sistemasi jismoniy mashqqa moslashadi. Sport mashqlari(yugurish ,eshkak eshish) yana harakat va sport o‘yinlari (voleybol,tennis,va boshq..) foydali ,chunki u organizm energiya sarfini oshiradi. Klimatoterapiya-semizlik bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolash usuli,iqlim faktorlari ta'sirida neyroendokrin almashinuv yaxshilanadi,chirish jarayoni aktivligi oshadi ,kardiorespirator sistema funksiyasi yaxshilanishi hisobiga gipoksiya kamayadi,organizm chidamliligi oshadi. Aeroterapiya barcha kasallar uchun umumiy ahvoliga qarab,semizlik darajasi,yurak-qon tomir sistemasi funksional holatiga karab doza belgilanadi. Aeroterapiya jismoniy tarbiyani turli usullari bilan birgalikda foydali.(tongi mashq,davolovchi gimnastika,harakatli o‘yinlar,ochiq xavoda kiyimsiz o‘z-o‘zini massaj bilan. Gelioterapiya-chegaralangan holda bemorlarga ishlatiladi,1-2 darajali semizlikdagi ,yurak-qon tomir sistemasi kasallanmagan bemorlarga ishlatiladi.Ultrabinafsha nuri buyrak usti bezini mag‘iz qismidan glyukokortikoid va androgenlar ishlab chiqarilishini oshiradi,shuning uchun buni ekzogen-konstitutsional semirgan bemorlar va giperinsulinemiya,testikulyar yetishmovchiligi bor bemorlarda ishlatiladi. Mineral suvlarni bemorlarga uglevod ,lipid vasuv-tuz almashinuvini yaxshilash uchun ishlatiladi. Bunda lipidning turli fraksiyalarini kamaytiradi,esterifitsir bo‘lmagan yog‘ kislotalarini ozod qiladi,glikogen miqdorini oshiradi,organizmni uglevodlarga tolerantligini normallashtiradi, elektrolit balansini normallashtiradi,diurezni oshiradi.Semizlikda quyidagi mineral suvlar ishlatiladi:sulfat-natriyli,sulfat-magniyli,solyano-ishqoriy,kalsiyli va organik moddalar saqlovchi suvlar. Mineral suv vanna ko‘rinishida ham ishtiladi.Mineral suvli vanna (uglekisliy, sulfidli ,buloq va boshqa) MNS va neyroendokrin almashinuvini normallashtiradi.Tarkibida uglevodorod bor vanna insulin miqdorini kamaytiradi,kortikosterogenezni tormozlaydi,estriol va estradiolni miqdorini oshiradi .Uglekislotali buloq suvi vannasi qabul qilinganda buyrak usti bezining androgen funksiyasi va jinsiy bezlar aktivligi oshadi.Judayam semiz o‘rta va qari yoshli bemorlarda yoki qo‘shimcha kasalligi(SSS,GB,ateroskleroz) bor bemorlarda balneoterapiya o‘tirgan holatdagi metodikada olib boriladi. Gidroterapiya semizlikda tonusni oshirishda kengqo‘llaniladi,quvvatlovchi effektli,qon aylanishni yaxshilaydi.Termik va mexanik suvli muolajalarni birga ishlatish natijasida semizlikka qarshi har-xil ta'sirlar ortib boradi:issiqlik ajralishini stimullaydi,organizmni energiya sarfini oshiradi,kuchli terlash chaqiradi.Suv bilan davolash muolajalarida semizlikni davolashda dushlardan ham foydalaniladi.( Issiq ,shotlandcha,to‘g‘ri,almashinuvchi).Suv bilan davolashni effektivli turiga suv ostidagi dush-massaji,qaysiki teri reaksiyasini chaqiradi,limfa-qon aylanishini yaxshilaydi.Bemor bu muolajalarni qabul qilgandan keyin organizmda xolestirin miqdori kamayadi,turli lipid saqlovchi moddalar ,qonda ozod yog‘ kislotalari miqdori oshadi,bu jarayonlar organizmda kuchli lipoliz bo‘lganidan dalolat beradi. Kontrastli vanna ham semizlikda qo‘llaniladi,tana massasini kamaytiradi,lipid almashinuvini yaxshilaydi,miokard qisqarish funksiyasi va A/B ni normallashtiradi. Oldindan ozdirish uchun quruq havoli va issiq bug‘li muolajalardan foydalanilgan,chunki ter ajralishi hisobiga organizmda degidrotatsiya chaqiradi.Buni faqat 1-2 darajali ,yosh va yurak qon-tomir sistemasida kasalligi yo‘q bemorlarda qo‘llaniladi. Balchiq va issiqda davolash ,elektroforez,franklinizatsiya,UVCh,SVCh,va boshqalar qo‘shimcha kasalligi bor bemorlarda qo‘llaniladi.Sanotor kurortda davolash,balneo va izioteropevtik faktorlar ekzogen-konstitutsiyali(alimentar) 1-2 darajali semizlikdagi bemorlarda yurakda dekompensatsiya bo‘lganda foydali.Sanotor-kurort dush olishga ko‘rsatma:semizlikdan kelib chiqqan qo‘shimcha kasalliklar,SSS,NK 1-2 bosqichida,gipertoniya kasalligida,ovqat hazm qilish sistemasi,tayanch –harakat apparatida,periferik nerv sistemasi,jinsiy va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi.Sanator-kurort va fizioterapevtik muolajalar semizlikning endokrin sistemasiga bog‘liq kelib chiqishida mumkin emas. Semizlikni davolovchi kurortlar turli xil bo‘ladi.Ovqat bilan davolovchi ,mineral suvlar bilan,klimit tozaligi bilan,dengiz oldida bo‘lishi bilan farq qiladi.


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish