Reabilitatsion zarurlik – agar jarohatlanish yoki kasallanish natijasida funksional qobiliyatlarning qisqa yoki uzoq vaqt buzulish havfi tug‘ilganda, tashqi muhitning negativ omillari ta'sirida bemor holatining yomonlashishi yoki uzoq vaqt chegaralanish xavfi kuzatilganda kerak bo‘ladi.
Reabilitatsion qobiliyat – bemorning somatik va ruxiy holatining stabilligi, tavsiya etiladigan reabilitatsion davolashga yondoshish bo‘yicha kuchli qiziqishdir.
Reabilitatsion yondoshish – bu kasallik asoratini yengishga, hayot tarzini o‘zgartirishga, havfli omillarning kamayishiga yordam beruvchi har xil turlarini qo‘shib shifokorlik, hamshiralik fizioterapevtik, ergoterapevtik, logopedik, dietologik va psixoterapevtik ta'minlash bilan o‘zaro aloqaga kiruvchi tibbiy, pedagogik, kasbiy va ijtimoiy xarakterdagi tadbirlar kompleksini qo‘llashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |