Ruhiy reabilitatsiyada asosiy e'tibor bemor ruhiy holatining korreksiyasiga, shuningdek uning davolanishga, shifokor tavsiyalariga, reabilitatsiya tadbirlarini bajarishga to‘g‘ri yondoshishni shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘nalishda bemorlarga kasallik natijasida o‘zgargan hayotiy faoliyatga ruhiy moslashish uchun zaruriy sharoitni yaratish kerak.
Kasbiy (mehnat) reabilitatsiyada mehnatga tiklash (joylashtirish), kasbiy o‘qitish va qayta o‘qitish, bemorlarning mehnatga qobiliyatini aniqlash savollari xal qilinadi yoki ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |