Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R



Download 1,27 Mb.
bet174/290
Sana30.12.2021
Hajmi1,27 Mb.
#196864
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   290
Bog'liq
Reabilitologiya (Восстановлен)

Rojistoe yallig‘lanish. Teri va shilliq qavatlarning seroz yallig‘lanishi limfa tarmoq qoplamalarining jaroxatlanishi oqibatida unga virulent streptakooklarning kirishi natijasida rivojlanadi.Kasallik infeksiyani kirishiga mo‘ljallangan terining infeksion analitik reaksiyasi sifatida qaraladi.Roja ko‘pincha yuz ,bosh va pastki qismlarda (eritramatoz,bullyoz flegianoz )li jarayon rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Eritramatoz roja rivojlanish fazasining maxalliy alomatlari :kuydiruvchi og‘riq ,jaroxat soxasida isitmani xis qilish ,yaqqol chegarali qizarishlarning paydo bo‘lishi .Yallig‘lanish soxasida terining shishi,uning harorati oshgan ,kasallik ko‘proq jaroxat periferiyasi bo‘yicha namoyon bo‘ladi.Alomatlardan ko‘pincha tana haroratining ko‘tarilishi(39-40 0S gacha),titrash kuchli bosh og‘rig‘i ,umumiy xolsizlanish namoyon bo‘ladi. Epidermisninng ekksudat bilan po‘st tashlashi natijasida pufaklar paydo bo‘ladi.Bu esa rojaning bullyoz fazasidan dalolat beradi. Roja jarayoning davolanishi kompleks bo‘lib,yalliglangan o‘choqqa maxalliy ta'sir etishni ko‘zda tutadi. Antibiotiklar,sulfanilamidlar,to‘shak tartiboti hamda dieta tavsiya etilishi bilan birga davolashning fizioterapevtik usullarini birinchi kundan qo‘llash muxim rol o‘ynaydi.Fizioterapiyaning bundagi vazifasi kopereytsiyli kuchli leykotsitar val bilan terining faol giperemiyasini keltirib chiqarish bakteriostatik ishlarni amalga oshirish va yallig‘lanish o‘chog‘idan periferiyagacha roja jarayonini oldini olishdan iborat. Davolash jarayoni kompleksida fizioterapevtik usullardan samarali xisoblangan UB-nurlantirish bo‘lib ,u jaroxat o‘chog‘i soxasi va atrofdagi terining 5 smgacha bo‘lgan joyini 4-5 biodoza bilan,rojaning boldirga lokalizatsiyasida esa 6-8 biodoza har kuni yoki kun ora qilinadi.Yuz rojasini nurlantirtishda unig har yarmi 3-8 biodozagacha nurlantiriladi va bunda ko‘zlar xo‘l paxta bilan o‘oplanishi lozim. O‘tkir retsidivlangan rojada organizmni dissebilizatsiya qilish ,biriktiruvchi to‘qimaning fiziologik tizimi funksiyalarini qo‘llab quvvatlash va qayta kasallanishni oldini olish maqsadida UB-nurlantirish ,dorsonvalizatsiya ,elektrofarez ,vannalar,peloida terapiya qilinadi. Jaroxat o‘chog‘i soxasining UB-nurlantirishda bir biodoza har kuni yarim biodazagacha oshirish bilan davolanadi.8-10 nurlantirshdan so‘ng muolaja u/d o‘tqaziladi.;bir vaqtning o‘zida umumiy UB-nurlantirishlar sxemaning tezlashishi bilan o‘tqazilib ,kun ora 12-15 muolaja.Shu bilan birga qon UB-nurlantirishning autotransfuziyasi kun ora tavsiya etiladi. Jaroxat soxasining dorsonvalizatsiyasi har kuni yoki kun ora 5-8 minutdan o‘tqaziladi,jami 12-15 muolaja. Jaroxat soxasiga streptotsid-elektrofarezni ko‘ndalangiga qilish.Streptotsid qorishmasi N A Borsukov va B B Alperovich usuli bo‘yicha tayyorlanadi.(1962);2 % li 100 ml qorishmaga 1 ml konsentratsiyalangan xlorid kislota qo‘shiladi.Muolaja 20-30 minutdan davom ettiriladi.5-10 muolajadan keyin yallig‘lanish oro‘aga qaytsa geparin-elektrofarez ko‘ndalangiga qo‘llaniladi.Aktiv elektrod qistirmasi distillangan suv bilan xo‘llanib ,so‘ng u bo‘ylab 1 ml geparin (5000 yeD) 30 minutdan har kuni tarqatiladi. Sulfidli 35-35 0 S li umumiy vannalar (150- 200 mg/l) 8-12 minutdan kun ora yoki 35-35 0 S li presli vannalar 12-15 minutdan kun ora jami 10-15 vanna qilinadi. Jaroxat soxasiga 48-55 0 S li parafin-ozakeritli applikatsiyalar qilish har kuni yoki kun ora 20-30 minutdan qilinadi. Ba'zida pastki nuqtalarning qayta kasallanishi oqibatida shish va xatto fil oyoqlilik rivojlanadi.Oyoqlar shishining birinchi alomatlaridanoq katta e'tibor karatilib ,yorug‘lik vannasi 15-20 minutdan sollyuks yoki infraruj har kuni 2 martadan,sulfidli vannalar,loy applikatsiyalar,geparin –elektrofarez hamda massaj qo‘llaniladi.

Tromboflebit, flebit -bu tez-tez uchrab turadigan kasallik bo‘lib,tomir devorining yallig‘lanishi natijasida tromb xosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi.Uning rivojlanishining sabablari yiringli o‘choqlardagi infeksiyalar,uzoq vaqt tomirlardagi qon aylanishining sekinlashishi,tomir devorining o‘zgarishi(ateroskleroz,intimaning shikastlanishi )qon almashinuvining kamayishi ,jaroxatlar,tomirlarning varikozli kengayishi va boshqalar.Tromboflebit o‘tkir,o‘tkirosti va surunkali,joylashishiga ko‘ra yuza va chuqur tomirlarda bo‘ladi. Ustki tomirlarning o‘tkir tromboflebiti tomirli ustunlar yulidagi boylagichlar ko‘rinishida kasallanish zichlashishdan oyoqlarning shishi,terili tomirlar yo‘lidagi chiziqlar ko‘rinishidagi giperemiya ,tana haroratining ko‘tarilishi ,titrash bilan harakterlanadi.Ko‘p xollarda tromboflebitni davolash konservativ tarzda olib boriladi.O‘tkir tromboflebitda ayniqsa chuqur tomirlarda bo‘lganda albatta to‘shak tartiboti ,tinchlik va shinalar bilan oyoqlarni ko‘tarib qo‘yish ,ko‘proq sut ichish,sulfanilamidlar ,antikogulyantlar ,antibiotiklar tavsiya etiladi. Shu qatorda davolashning fizioterapevtik usullari ham yallig‘lanishga qarshi ,antispazmatik ,degidratsiyalovchi,og‘riqni qoldiruvchi ,fibrinolitik va maxalliy desenbilizatsiyalantiruvchi ishlarni amalga oshirish ,gipertenziya va to‘qima shishini kamaytirish,ulardagi kollaterial qon aylanishni yaxshilash,qon tizimining funksiyalarini tiklash maqsadida o‘tqaziladi. O‘tkir kasallik bosqichida quyidagi muolajalar tavsiya etiladi:UB-nurlantirish ,UVCh-terapiya elektrofarez ,jaroxatlangan oyoqlarni (300-400 sm 2 atrofida)maydon bilan UB-nurlantirish har kuni 4-5 biodoza ,jami 5-6 nurlantirish 4-6 kundan keyin nurlantirish kun ora qilinib jami 8-10 muolaja tavsiya etiladi. Jaroxat soxasining ko‘ndalangiga chuqur tomirli tromboflebit kasalligining yuqori cho‘qqida va shishda UVCh-terapiyasining qilinishi.Dozasi issiq emas ,6-8 minutdan kun ora UVCh-terapiya elektrofarez bilan birga olib boriladi. Yallig‘lanish soxasini ketma-ket yoki bo‘ylama tripsin-elektrofarez qilish:muolaja davomiyligi har kuni yoki kun ora 15-30 minutgacha.Tripsin-elektrofarez jigar va buyrak kasalliklarida qo‘llanilmaydi.Ustki tomirlarning tromboflebitida tripsin o‘rniga ijobiy natija beruvchi terramitsin-elektrofarez ham tavsiya etilishi mumkin. Yallig‘lanish soxasining geparig-elektrofarezi ustki tomirlar jaroxatlanishida ko‘ndalangiga yoki chuqur tomirlar jaroxatida ketma-ket tarzda qo‘llanilishi ijobiy natija beradi.Bir kursga 8-12 muolaja.Ustki formalarining cheklanishidan keyin yallig‘lanish ning ikkinchi kunidan boshlab trombometin-elektrofarez tavsiya etiladi. Bir kursga 4-6 muolaja. Yallig‘lanishni proksimal yo‘nalish bo‘yicha xavfi tug‘ilsa davolash operativ tarzda olib boriladi.O‘tkir yallig‘lanish asoratlarining o‘tib ketishidan keyin issiqlik bilan davolash (infoaqizil nurlar,parafin applikatsiyalar bilan birga maxalliy vanna )bilan birga darsonvalizatsiya ,elektrofarez va davolash mashqlari olib boriladi. Tromboflebitning qolgan asoratlarida (o‘tkir osti asoratlari o‘tib ketgandan 3-6 oydan keyin) quyidagilar tavsiya etiladi:lidaza yoki kobaltli-elektrofarez ,mineral yoki gazli vannalar ,loy applikatsiyalar va iqlim bilan davolash. Chuqur tomirlar o‘tkir yallig‘lanishi o‘tib ketgandan 4 oydan so‘ng va ustki tomirlarda 2-3 oydan so‘ng aeroterapiya ,har kuni shadyashiy sxema bo‘yicha havo va quyosh vannalari tavsiya etiladi.Kursatilgan muolajalar basseynda chumilish va mashq qilish bilan birga olib borilishi mumkin. Tromboflebit rivojlanishining profilaktikasi infeksiya o‘chog‘ini operatsiyadan oldidan sanatsiya qilish ,qatiyo aseptikaga tayanish va operatsiya vaqtida jaroxatni kichraytirish ,operatsiyadan keyin ertaroq oyoqqa turish va yotgan vaqtda harakat qilish uchun xizmat qiladi.

Flegmona.Teri osti ,mushak orasi,korin atrofi va boshqa klechatkalarning yiringli yallig‘lanishi.Qo‘shni organlarning yallig‘lanishi yoki gemotogen yul orkali infeksiyaning kirishi natijasida sodir bo‘ladi. Yallig‘langan ekssudat anatomik yoriqlardan tarqalib, tomirlarni yanchib yoki to‘zg‘itib,to‘qima nekrozida yiringni keltirib chiqaradi.Ko‘pincha ushbu jarayon karshilikka bardosh bera olmaydigan teri osti klechatkasida kuzatiladi.Flegmonalar mushak osti ,panjalar,korin atrofi (bel, chanoq va chov soxasida) bo‘ladi. Flegmonalarning alomatlari:shish, qizarish ,maxalliy isitma ,to‘satdan og‘riqlar va to‘qimalarda noxushlikni xis etish ,jaroxatlangan qismning funksiyasining buzilishi,haroratning ko‘tarilishi ,titrash,xolsizlanish va intoksikatsiya.



Yallig‘lanishnig ilk rivojlanishida operatsiya oldi bosqichida fizioterapevtik usullar bilan davrlash qo‘llaniladi.Ushbu bosqichda fizioterapiyaning vazifasi-og‘riqni qoldirish ,yallig‘lanishga qarshi,so‘ruvchi ishlarni amalga oshirish ,yallig‘lanish rivojlanishini to‘xtatish bunda to‘shak tartiboti ,parxez,jaroxatlangan bo‘yin va tana soxalariga xotirjamlik yaratish ,antibiotiklar qilish ,mo‘l ichish bilan birga 2-3 kun davomida fizioterapevtik usullardan UVCh-maydon ,ultratovush ,UB-nurlantirish va elektrofarezni qilish tavsiya etiladi. Yallig‘lanish soxasini ketma-ket yokitangensial holda UVCh-terapiya qilish:№ 2 va № 3 elektrodlar orasi 3-4 sm ,dozasi kam issiqli,muolaja davomiyligi 10 minutdan har kuni ,kuniga 1-2 marta qilinadi.jami 3-5 muolaja. Yallig‘lanish soxasini ultratovush terapiya o‘tqazish:uzluksiz tartibot ,vibrator kantakti to‘g‘ri, uzgaruvchan usul,dozasi 0.4-0.6 Vt /sm 2 ,5-7 minutdan har kuni,jami 4-6 muolaja. Infiltrat soxasini UB-nurlantirish 3-5 biodoza bilan 1-2 kundan keyin ,2-3 nurlantirish .UB-nurlantirish qonning autotransfuziyasi bilan bir kundan keyin qilinadi. Yallig‘lanish soxasini ketma-ket yoki ko‘ndalangiga terramitsin-elektrofarez qilish:muolaja har kuni 20 minutdan qilinadi.Infiltrat bo‘shashish qolgan paytda uni bo‘shatish choralari ko‘riladi.Bunig uchun yorug‘lik vannasi ,sollyuks,yallig‘lanish o‘chog‘iga infraruj qilish 20-25 minutdan kuniga 2 marta yoki 39-40 0S li qo‘l(oyoq)vannasi har kuni 15-20 munutdan qilish samara beradi. Operatsiyadan keyingi bosqichda fizioterapiyaning vazifasi dezintaksikatsion va degidratsiyalovchi ishlarni amalga oshirish ,chirigan to‘qimalardan tezroq qutilish ,bo‘shliqni granulyasiya bilan to‘ldirish ,yara epitelizatsiyasiga ko‘maklashish ,jaroxatlangan soxa funksiyalarini tiklash va kontrakturalarni ogohlantirishga qaratilishi lozim. A M Dobrova va avtordoshlar (1979) flegmonani yorganidan uchinchi kunidan boshlab shishga qarshi va trofik harakatlarni kuchaytirish maqsadida diadinamoterapiya qo‘llashgan. Elektrodlar yara atrofiga 2-3 sm uzoqlikda joylashtiriladi.Tok ” qisqa” jarayon bilan modulyasiyalangan bo‘lib u o‘zgaruvchan qutblar bilan birga 5 minutdan har kuni qo‘llaniladi,jami 3-5 muolaja. Aktiv chuqur giperemiyani rivojlantiish maqsadida bir vaqtning o‘zida yorug‘lik vannasi ,soolyuks yoki boylam orkali yara soxasini infraruj qilish kuniga 1-2 marta 15-20 minutdan tavsiya etiladi .


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish