Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor O. R. Teshaev



Download 49,9 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi49,9 Kb.
#13643
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tasdiqlayman”



o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor O.R. Teshaev

____________________________ «27» avgust 2015 yil

Kafedra: DAVOLASh FAKULTETI FAKULTeT VA GOSPITAL JARROHLIK


Fan: Gospital jarrohlik

YURAK TUGMA NUKSONLARI mavzusida

O‘QITISh TEXNOLOGIYASI

Tashkent 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Imamov A.A

Assistent Irnazarov A.A.


O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnoma № 1 «27» avgust 2015 yil.

MAVZU: Yurak tug‘ma nuqsonlari



  1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt – 6 soat

Talabalar soni: 8-10ta.

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulotlar (semenar) o‘quv xonalarida utkaziladi. Semenar “kora kuticha” va “urgimchak ini” metodlari yerdamida utkaziladi.

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi

Mashgulotlar fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi o‘quv xonalarida, palatalar va bog‘lov xonalarida, poliklinikada utkaziladi.

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

  1. Kirish

  2. Amaliy qism

- kuratsiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Teoretik qism

- teoritik qismni tahlil qilish

4. Baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. Uqituvchi tomonidan darsni tamomlash, bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni o‘tkir trombozlar va emboliyalar va amalietlardan keyingi kelib chikadigan asoratalar va sabablar, uning rivojlanishi, klinik kelib chikishi va asoratlari, kiesiy tashxislash, tekshiruvlar va davolash usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchi vazifalari:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida talabalar bilmini chukurlashtirish;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilishni talabalar bilan muxokama kilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirib berish;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini belgilab berish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish xakida talabalarga tushintirish



Ukuv faoliyat natijalari:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlarini;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;



Talaba bajara olishi lozim:

- Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi – Yurak tugma nuksonlari (YuTN) bor bulgan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



O‘qitish texnikasi va usullari

“Kora quticha” va “urgimchak turi” metodi, situatsion masala

O‘qitish jihozlari

Kitoblar, ukuv materaiallari, slaydlar, vidio va audiofilmlar, kasalik tarixi.

O‘qitish shakllari

Individual, guruhlarda va kollektiv biln ishlash, prizintatsiya kilish

O‘qitish shartlari

Auditoriya, palata.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish. yezma nazorat: mustakil ish, test olish.


2. Motivatsiya

Talabalarga kasalikni uz vaktida tashxislash va davolashni uktirish. Mumkin bulgan asoratlarni va ularni oldini olish choralarini, asoratlar rivojlanganda davolash usularinia urgatish. Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, klinichesk farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar UASh va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.


4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism

Tug‘ma yurak nuqsonlari, yurak embriogenezi jarayonlarining buzilishi yoki postnatal davrda normal shakllanish kechikishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik yurak nuqsonlarining asosiy belgisi - kichik va katta qon aylanish sistemasiga qonning aniq taqsimlanmasligidir. Bunga, odatda yurak to‘siqlarida nuqson borligi sabab bo‘ladi.

Tug‘ma yurak nuqsonlari shartli ravishda uchta guruhga bo‘linadi.

Birinchi guruh - venoz qonni arterial oqimga tushishi bilan bog‘liq yurak ichida patologik tutashmalari bo‘lgan nuqsonlari (o‘ngdan chapga, birlamchi - ko‘k): triada, Fallo tetradasi yoki pentadasi, uch tavaqali klapan atreziyasi, Eyzemenger sindromi, tomirlar transpozitsiyasi va b.

Ikkinchi guruh – arterial qonni venoz oqimga tushishi bilan bog‘liq yurak ichida patologik tutashmalari bo‘lgan nuqsonlar (chapdan o‘ngga, birlamchi-oq): bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni, qorinchalararo to‘siq nuqsoni, ochiq arterial yo‘l va b.

Uchinchi guruh - qon aylanishining buzilishi. Ko‘ks oralig‘idagi magistral tomirlarning torayishi sababli kelib chiqqan nuqsonlar: o‘pka arteriyasi stenozi, aortaning boshlanish qismi stenozi, aorta koarktatsiyasi. Hozirgi paytda yurak tug‘ma nuqsonlarining yuzdan ortiq turlari ma'lum bo‘lib, ulardan asosiylari ustida to‘xtalib o‘tamiz:


Fallo tetradasi

Ushbu xastalik 1888 yilda fransuz patologoanatomi Fallo tasvirla-gan to‘rtta doimiy belgilar bilan kuzatiladi.

1. O‘pka arteriyasi torayishi.

2. Qorinchalararo to‘siqning yuqori nuqsoni.

3. Aortaning o‘ng tomonga surilishi.

4. O‘ng qorincha gipertrofiyasi.

Fallo tetradasida gemodinamikaning buzilishi, o‘pkaga qon tushishi-ning kamayishi va venoz qonni o‘ng qorinchadan aortaga o‘tishidan iborat bo‘ladi.

Klinikasi va diagnostikasi. Kasallikning dastlabki alomatlari bola tug‘ilgandan keyingi dastlabki soatlarda uning qichqirishi va emishi vaqtida yengil sianoz ko‘rinishida yuzaga chiqadi. Keyinchalik, sianoz va nafas qisishi birmuncha yaqqol namoyon bo‘ladi va 1-2 yoshga kelib doimiy tusga kirib, hatto bola tinch turganida ham yo‘qolmaydi. Katta yoshdagi bemorlar nafas qisishi, tez charchash, bosh og‘rig‘i, jismoniy ishga layoqatsizlikdan noliydilar. Aksariyat bemorlar o‘rindan turolmay yotadi-lar. Ahvol tobora yomonlashadi. Bemorlarning teri qoplamlari ko‘kimtir tusga kiradi, barmoq bilanbosib ko‘rilganda, shu joyda asta-sekin yo‘qoladigan oqimtir dog‘qoladi. Ko‘pincha bemor badanida, o‘rta darajada kengaygan venalar ko‘rinib turadi, ular ko‘krak qafasi sohasida va bosh suyagi ustida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tirnoqfalangalari nog‘ora tayoqchalari ko‘rinishiga kiradi. Mushak sistemasi sust rivojlanadi. Ko‘zdan kechirilganda aksari «yurak bukrisi» ko‘rinadi. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida I tonning qisqarganligi va o‘pka arteriyasi II ton sustlashganligi aniqlanadi. II—III qovurg‘alar orasida to‘sh suyagining chap chekkasida sistolik shovqin eshitiladi.

Davolash. Faqat jarrohlik usuli qo‘llaniladi. Fallo tetradasida jarrohlik amaliyotlari palliativ va radikal bo‘lishi mumkin.

Palliativ jarrohlik amaliyotlari aorta bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida tutashma (yo‘l) xosil qilinib, kuchsiz arterilizatsiyalangan qonning aortadan o‘pka arteriyasiga, toraygan qismini chetlab o‘tib, tushishi ta'minlanadi. Radikal jarrohlik amaliyotlari o‘pka arteriyasi stenozini bartaraf etish, qorinchalararo to‘siq nuqsoniga yamoq solishdan iborat bo‘ladi. Shunday yamoq, chiqish bo‘limining ehtimol tutilgan torayishini bartaraf qilish maqsadida, o‘ng qorincha devori kesmasiga tikiladi. Eng ko‘p tarqalgan amaliyotlarga Blelok-Tausig jarrohlik amaliyoti kiradi.

Bunda o‘ng o‘mrov osti arteriyasi va o‘pka arteriyasini o‘ng tarmog‘i orasida anastomoz qo‘yiladi. Odatda, radikal operatsiyadan oldin birinchi bosqichda palliativ usul qo‘llaniladi.
Ochiq arterial yo‘l

Ochiq arterial yo‘l (Botallov protok) aortaning dastlabki bo‘limini o‘pka arteriyasi bilan biriktirib turadi. Embrional davrda ochiq arterial yo‘l - normal fiziologik holat hisoblanib, odatda chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng, tez orada bu yo‘l obliteratsiyaga uchraydi. Bu jarayon buzilganda, u ochiqligicha qoladi va arterial qonni aortadan o‘pka arteriyasiga o‘tishi va shu munosabat bilan qator gemodinamik buzilishlar vujudga keladi. Katta qon aylanishi doirasidan kichik doiraga doimiy qonning o‘tib turishi natijasida a'zolarlar va to‘qimalarning qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi, kichik qon aylanishi doirasida bosim ortadi, o‘pka gipertenziyasi oshib borganda shovqin sistolik shovqinga aylanib, o‘pka arteriyasi ustida juda yaxshi eshitiladi.

Rentgenologik tekshirishda o‘pka tasvirining quyuqlashuvi, o‘pka arteriyasi va tarmoqlarining kengayishi qayd etiladi. Yurakni zondlashda o‘pka arteriyasida bosimning ortishi, unda qonning kislorodga to‘yinish darajasining yuqoriligi qayd qilinadi. Aortografiyada kontrast moddaning aortadan o‘pka arteriyasiga tushishi aniqlanadi.

Davolash faqat jarrohlik usuli: ochiq arterial yo‘lni bog‘lash yoki bog‘lab, so‘ng uni kesishdan iborat.

Korinchalararo to‘siq nuqsoni

Qorinchalararo to‘siqning bitmaganligi (nuqsoni), gemodinamikaning buzilishiga, arterial qonning chap qorinchadan o‘ng qorinchaga, so‘ngra kichik qon aylanish doirasiga o‘tishi bilan ifodalanadi.

Bu holatda, arteriovenoz shuntning borligi chap qorinchaning gipertrofiyasiga va o‘pka gipertenziyasining rivojlanishiga olib keladi. O‘pkaning yuqori gipertenziyasi venoz qonning katta qon aylanish doirasiga tushishiga, sianoz paydo bo‘lishiga va o‘ng qorincha yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Klinikasi va diagnostikasi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va bolalar hayotining dastlabki yillaridagi dekompensatsiya holatlari bilan og‘ir kechadi. Kattaroq yoshdagi bolalarda simptomlar kamroq ifodalangan bo‘lib, bemorda asosan nafas qisishi, tez charchash, yurak sohasidagi og‘riq, yurak urishi kabi shikoyatlar bilan o‘tadi.

Ob'ektiv tekshiruvda teri qoplamlarining rangparligi, bolaning o‘sish va rivojlanishda tengdoshlaridan orqada qolishi qayd qilinadi. Yurak chegaralari o‘ngga kattalashgan bo‘lib, auskultatsiyada to‘shning chap cheti bo‘ylab kuchli sistolik shovqin, III-IV qovurg‘alar orasida esa uning jarangliroq eshitilishi aniqlanadi.



Davolash - faqat jarrohlik usuli. Qorinchalararo to‘siqlardagi kichik nuqsonlarga P-simon choklar qo‘yib uni bartaraf etishdan iborat. Katta nuqsonlarda u teshikni sintetik mahsulotdan tayyorlangan yamoq bilan bekitish yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Rentgenendovakulyar jarrohlikni rivojlanishi bilan, davo usullari-ning yangi turlari ishlab chiqildi. Bunda, nuqsonni kateter va maxsus moslama (okklyuder) yordamida yopish usuli taklif kilindi.


Bo‘lmachachalararo to‘siq nuqsoni

Yurakning tug‘ma nuqsoni bo‘lib, bunda o‘ng bo‘lmacha va chap bo‘lmacha to‘sig‘ida teshik bo‘lib, shu teshik orqali tutashgan bo‘ladi. Bunda gemodinamikaning buzilishi, arterial qonning chap bo‘lmachadan o‘ng bo‘lmachaga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu holatda, arterial qonning talaygina qismi normal qon oqimida qatnashaolmaydigan bo‘lib qoladi. Arterial qon oqib kelishi natijasida o‘ng bo‘lmachada, o‘ng qorinchada va o‘pka arteriyasida bosim ko‘tariladi (gipertenziya), bu esa o‘z navbatida o‘ng bo‘lmachaning kengayishiga, o‘ng qorincha gipertrofiyasiga, o‘pka arteriyasi-ning «bo‘rtib chiqishi»ga olib keladi. O‘pka tomirlaridagi gipertenziya o‘pkada qon aeratsiyasi darajasini pasayishiga olib keladi. Bu holatning avj olishi, o‘pka fibrozini keltirib chiqaradi.

Bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni ko‘pincha mitral klapan va o‘pka tomirlaridagi o‘zgarishlar bilan asoratlanadi.

Klinikasi va diagnostikasi. Ushbu xastaligi bor bolalarda,ko‘pincha jismoniy o‘sib yetilmaganlik qayd qilinadi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi, yurak urishi xurujlari, odatdagi jismoniy xarakatda tez charchab qolishdan iborat. Bemorlar nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklariga oson beriluvchan bo‘lib qoladilar. Ob'ektiv tekshirishda teri qoplamlari va shilliq pardalarning rangparligi, cho‘qqi turtkisining kuchayishi, yurak “bukriligi” borligi qayd qilinadi. Auskultatsiyada to‘shdan chaproqda,II qovurg‘alar orasida o‘pka arteriyasi ustida sistolik shovqin eshitiladi. Rentgenologik tekshiruvda yurak o‘ng qorinchasi va bo‘lmachasi, shuningdek o‘pka arteriyasi va uning tarmoqlarida kengaymalar ko‘rinib turadi.

Exokardiografik skanerlash - yurak o‘lchamlaridagi o‘zgarishlarni, yurak bo‘lmachalariaro to‘siqning paradoksal harakatini ko‘rsatib beradi.

Yurak zondlanganda bosimning oshganligi, yurakning o‘ng bo‘limlarida va o‘pka arteriyasida qonning kislorodga to‘yinganligi qayd etiladi. Kateter nuqson orqali o‘ng bo‘lmachadan chap bo‘lmachaga o‘tishi mumkin.

Davolash - faqat jarrohlik usulda. Tug‘ma nuqsonlarni 4-8 yoshda bartaraf etgan ma'qulroq. Operatsiya sun'iy qon aylanish yoki sun'iy gipotermiya sharoitlarida bajariladi. Kichikroq nuqsonlar tikib quyiladi, 1-2 sm dan ortiq nuqsonlarda sintetik yamoq solinadi.
O‘pka arteriyasining torayishi

O‘pka arteriyasining alohida torayishi - oqish (atsianotik) turdagi nuqsonlarga kiradi. O‘pka arteriyasi boshlanish joyiningstenozi o‘ng qorinchadan kichik qon aylanish doirasiga qon oqib kelishiga to‘sqinlik vujudga keltiradi. Boshlang‘ich davrda o‘ng qorincha gipertrofiyasi yuz berib, keyinchalik o‘ng qorincha yetishmovchiligiga aylanadi. Ikkilamchi gipertrofiya va bo‘lmacha kengayishi tufayli trikuspidal klapanning nisbiy yetishmovchiligi paydo bo‘ladi.



Klinikasi va diagnostikasi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi (jismoniy xarakat vaqtida kuchayadi), yurakning tez-tez urishi, tez charchash, bolaning rivojlanishda orqada qolishi. Ko‘zdan kechirishda yurak “bukriligi”, to‘shning chap chekkasida II qovurg‘alar orasi paypaslab ko‘rilganda sistolik titrash aniqlanadi. Perkutor tekshiruvda yurak o‘lchamlarining o‘ngga kattalashgani aniqlanadi. Auskultatsiyada - to‘shning chap chekkasi bo‘ylab II qovurg‘alar orasida maksimal jaranglaydigan dag‘al sistolik shovqin eshitiladi. EKG da o‘ng qorincha gipertrofiyasi belgilari ko‘rinadi. Rentgenologik manzara o‘ng qorincha gipertrofiyasi, o‘pka arteriyasining klapanlardan yuqori ko‘tarilishi, o‘pka arteriyasi periferik tarmoqlari bo‘shlig‘ining torayishi bilan ta'riflanadi.

Yurak zondlanganda o‘ng qorinchada bosimning oshishi kuzatiladi. O‘pka arteriyasida bosim normal yoki bir oz pasaygani holda, u simob ustuni hisobida - 300mm ga yetishi mumkin.



Davolash - faqat jarrohlik usuli. Qon aylanishi to‘xtatib quyilgan sharoitda, stenozni bartaraf etish jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.
Tug‘ma aorta «og‘zi»stenozi

Klapan, klapan osti va klapan usti stenozlari tafovut qilinadi. Aorta «og‘zi»stenozi qonni chap qorinchadan katta qon aylanish doirasiga o‘tishiga to‘sqinlik qilib, uning ortiqcha ishlashiga, gipertrofiyaga uchrashiga, keyin esa dilatatsiyasiga va chap qorincha yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi. Gemodinamikadagi buzilishlar birinchi navbatda koronar va serebral qon aylanishi buzilishida namoyon bo‘ladi.



Klinikasi va diagnostikasi. Nafas qisishi, tezda charchab qolish, yurak astmasi xurujlari, stenokardiyaga xos og‘riqlar, bosh aylanishi, xushdan ketish kuzatiladi. Ob'ektiv tekshirishda chuqqi turtkisining kuchayishi va chapga siljishi, aorta proeksiyasida dag‘al sistolik titrash aniqlanadi. Angiokardiografiya torayish joyi va o‘lchamlarini aniq belgilash, chap qorincha bilan aorta o‘rtasidagi bosim gradientini aniqlashga imkon beradi.

Davolash - faqat jarrohlik usuli, simob ustuni hisobida 30 mm dan oshadigan bosim gradientida bajariladi. Operatsiya sun'iy qon aylanish yoki gipotermiya sharoitlarida stenozni bartaraf etishdan iborat.
Aorta koarktatsiyasi

Aorta bo‘shlig‘ining chegaralangan tug‘ma torayganligi. To‘liq yopilib qolganligi chap o‘mrov osti arteriyasi chiqadigan joydan pastroqda, torayish ko‘pincha aorta ravog‘ining pastga tushadigan ko‘krak aortasiga o‘tadigan joyida joylashadi.



Klinikasi va diagnostikasi. Bemorlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurganda oyoklarining tez og‘rib qolishi, ko‘zning xiralashishi, oyoqlar paresteziyasi va sovqotishidan shikoyat kiladilar. Oyoq arteriya qon tomirlarida puls bo‘lmaydi. Qo‘l arteriyalarida arterial bosim oshgan, oyoq arteriyalarida esa aniqlanmaydi yoki birmuncha pasaygan. Bemor ko‘zdan kechirilganda qovurg‘alararo arteriyalar pulsatsiyasi, ularning ustida koarktatsiya joyi sohasida sistolik shovqinni aniqlash mumkin. Rentgenogrammalarda chap qorincha konturlarining kengayganligi qayd qilinadi, birinchi va ikkinchi ravoqlar konturlari 3 raqamini eslatadi.

Angiokardiografiya - aorta toraygan joyini, shaklini, o‘lchami va darajasini aniqlash imkonini beradi.



Davolash - faqat jarrohlik usuli. Jarrohlik amaliyotlari aortaning toraygan qismini rezeksiya qilish va «uchma-uch» anastomoz qo‘yishdan iborat. Uzaygan torayish bo‘lgan hollarda aortaning rezeksiya qilingan qismi sintetik protez bilan almashtiriladi.
4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:
«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.
«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “ va ”o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.



    1. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

Vaziyatli masala:

1. 45 yoshli bemorda Bilrot-II usuli bo‘yicha me'da rezeksiyasi amaliyotidan keyin to‘sh ortida og‘riq, nafas siqishi, yurak urishi, yuz va bo‘yinning ko‘karishi kuzatildi.

I. Qaysi asorat xaqida o‘ylash mumkin:

II. Sizning taktikangiz:

2. 55 yoshli bemorga bir yil oldin Lerish sindromi bo‘yicha – bifurkatsion aorto-son shuntlash jarrohlik amaliyoti bajarildi. Kelishidan 2 soat oldin bemorda tinch xolatda chap oyoqdagi og‘riqga, sovuq qotishiga, sezgini kamayishiga paydo bo‘lgan shikoyatlar bilan murojat qildi. Oyoqda xamma xarakatlar saqlanib turibdi. Ob'ektiv ko‘rikda chap oyoq arteriyalarida pulsatsiya aniqlanmaydi, o‘ng tomonda aniqlanadi.

I. Sizning tashxisingiz:

II. Bemorda Savelev tasnifi bo‘yicha o‘tkir ishemiyaning nechinchi darajasi kuzatilmoqda:
Testlar

Yurak nuksonlarida kanday 5 ta tekshirishlar utkaziladi:



  1. elektrokardiografiya

  2. fonokardiografiya

  3. kukrak kafasini fasdagi rentgenogrammasi

  4. kizilungachga kontrast modda yuborib kukrak kafasini chap va

5. ung kiyshikligida rentgenografiya kilish

Tugma poroklarni 3 guruxiga izox bering:

1.I gurux - yurak ichida vena konini arterial koniga kuyilishi (ungdan chapga birlamchi kuk)

3.II gurux - yurak ichida arterial konni vena koniga kuyilishi (chapdan ungga, birlamchi ok)

5.III gurux - kon aylanishini buzilishi magistral tomirlarni torayishi bilan boglangan

Kaysi 4 ta tugma poroklar I guruxga kiradi:

1.triada, tetrada va pentada Fallo

2.uch tavakali klapan atreziyasi

3.uch tavakali klapan siljishi va bulmachalararo tusikni deffekti

4.tomirlar transpozitsiyasi

Kaysi 5 ta poroklar II guruxga kiradi:

1.bulmachalararo deffekt

2.korinchalararo deffekt

3.arteral yulini ochik bulishi



4.aorta upka okma (tomirda)

  1. mitral stenozi bulmachalararo tusigini deffekti bilan

Kaysi 3 ta tugma poroklar III guruxga kiradi:

  1. upka aretriyasi stenozi

  2. aortani boshlanish ksimini stenozi

  3. aorta koarktatsiyasi

Ochik arterial protokni 6 ta klinik belgilarini ayting:

  1. xarakatda kuchayadigan xansirash

  2. yurak urishi, yurak soxasidagi ogrik

  3. bosh ogrik va tez charchash

  4. palpatsiyada tushdan chapda sistolik kaltirash aniklanadi

  5. chapda II kovurga oraligida doimiy sistolo-diastolik shovkin

  6. normal sistolik bosimda diastolik bosimni past bulishi

Korinchalararo tusik defektini 6 ta klinik belgilari:

  1. tez charchash

  2. paroksizmal taxikardiyaga uxshab yurak urishi

  3. yurak chegarasing ungga kattalashgan

  4. auskultatsiyada tushdan chapda kuchli sistolik shovkin, III-IV

  5. kovurga oraligida maksimum eshitilishi bilan

  6. EKGda korinchalar gipertenziyasi

Bulmachalararo tusik deffektini 7 ta klinpik belgilari:

  1. usishda kolish

  2. xarakatda xansirash

  3. tez charchash

  4. xushdan ketish, tutib yurak urishi

  5. teri va shillik kavatlarni okarishi

  6. auskultatsiyada tushdan chapda II kovurga oraligida upka arteriyasida sistolik shovkin eshitiladi

Aorta koarktatsiyasini klinik belgilarini ayting:

  1. bosh ogrigi, bosh aylanishi

  2. kulda kon bosimni oyokka nisbatan yukaori yoki oyokda aniklanmaydi

  3. oyokda puls aniklanmasligi

  4. kovurgalararo arteriyalarda sistolik shovkin

  5. aorta koraktatsiyasi proeksiyasida sistolik shovkin

  6. rentgenogrammada III-IV yukori kovurgalar juftligida notekislik

Aorta koarktatsiyasi nima:

  1. aortani chegaralangan kismida tugma torayishi yoki yopilishi,

  2. kupincha uning ravogini pastga utish kismida joylashadi

YuIK rivojlanishining 2 ta boskichini ayting:

  1. angiospastik

  2. adekvat bulmagan kon bilan ta'minlanish davri

YuIK operativ davolashga (aortokoronar shuntlash AKSh) kursatmabulgan 3 ta asosiy omillarni aytib bering:

  1. yakkol rivojlangan stenokardiya klinikasi

  2. koronar okim zararlanishining anatomiyasi

  3. miokardit kiskaruvchanligi funksiyasi

YuIK yurak koronar arteriyalarida 4 ta buladigan morfofunksional belgilarini kursating:

  1. spazm

  2. sirkulyar spazm

  3. tromboz

  4. aterosklerotik pilikcha

YuIK 6 asosiy klinik shaklini aytib bering:

  1. kon aylanishini birlamchi tuxtashi

  2. stenokardiya

  3. miokard infarkti

  4. postinfarkt kardiosklerozi

  5. ritm va utkazuvchanlikni buzilishi

  6. surunkali yurak yetishmovchiligi

Yurak anevrizmasining 5 ta belgisini ayting:

  1. perikardial soxada patologik pulsatsiya

  2. bugik tonlar va sistolik shovkin

  3. tromboendokardit

  4. kon aylanish yetishmovchiligi dimikishi

  5. S-T intervalini kutarilishi


5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, to‘g‘ri parxez va rejali davoni belgilash).


Vagosimpatik blokada texnikasi

Maqsad: og‘riqsizlantirish

Ko‘rsatma: ko‘krak qafasidagi jaroxat, torakotomiya

Anjomlar: 96% li spirt, 0,5% -li novokaina eritmasi, shprits.

Bajariladigan boskichlar



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq to‘g‘ri bajardi

1

Bemorgni chalqancha yotqizish. Bemor ostiga va bo‘yinga yostiqcha solish. Bemor boshini qarama - qarshi tomonga burish.

0

5

2

Amaliyot soxasiga ishlov berish.

0

15

3

Terini og‘riqsizlantirish

0

20

4

Chap qo‘l ko‘rsatgich barmog‘i bilan m.sternoclaidomastoideusniorqa qirrasini ichkariga va oldinga surish

0

20

5

IgnaniIV bo‘yin umurtqasi ko‘ndalang o‘simtasi tomonga qarab 4-6 sm kiritish.

0

20

6

Ignani shpritsdan ajratish va qon tomirlar butunligini tekshirish.

0

10

7

30-50 ml 0.25% novokain eritmasini yuborish.

0

10




Jami

0

100



6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;

- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
7. Joriy nazoratni baholash mezoni



O‘zlashtirish % va balda


Baho

Talabaning bilish darajasi


1.

96-100

A'lo”5”


- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3.

86-90

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


4.

81-85

Yaxshi”4”



- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5.

76-80

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6.

71-75

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isboti

to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



7.

66-70

Qoniqarli”3”

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlay

olmaydi


- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega


8.

61-65

- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- mavzuning alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega



9.

55-60

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- qisman tasavvurga ega

10.

54 va undan past

Qoniqarsiz”2”

- hyech qanday tasavvurga ega emas

- bilmaydi



8. Mashg‘ulotning xronologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi

(min.)





1.

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




5

2.

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar ( kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «urgimchak ini», «kora kuticha» va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va h.k.)ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

so‘rov,

tushuntirish


25


3.

Muhokamaga yakun yasash.




5

4.

Talabalarni mashg‘ulotning amaliy qismini o‘qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kuratsiyasi)



10


5.

Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil kuratsiya.



15


6.

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash

og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

25


7.

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Axborot,

mustaqil tayyorlanish uchun savollar


5


9. Tekshiruv savollari


  1. Yurak nuksonlarida kandaytekshirishlar utkaziladi.

  2. Tugma poroklarni 3 guruxiga izox bering.

  3. Kaysi tugma poroklar I guruxga kiradi.

  4. Kaysi poroklar II guruxga kiradi.

  5. Kaysi tugma poroklar III guruxga kiradi.

  6. Ochik arterial protokni 6 ta klinik belgilarini ayting.

  7. Korinchalararo tusik defektini klinik belgilari.

  8. Bulmachalararo tusik deffektini klinik belgilari.

  9. Yurakni ishemik kasalligiga izox bering.

  10. Yurak ishemik kasalligini keltiruvchi 2 faktorni ayting.

  11. Yurak ishemik kasalligida kullaniladigan 2 jarroxlik amaliyotini kursating.

  12. Yurak ishemik kasalligiga keltiruvchi 5 faktorni ayting.



10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

8. Vorobev A. Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva. Praktika 1998

10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.

II. Kushimcha:

1.V.I. Burakovskiy, I.D. Bokeriya «Serdechno-sosudistaya xirurgiya». Moskva. 1990.

2. Spiridonov A.A., Putkin Yu.F. Poroki serdsa, 2002.

3. K. Isselbaxer – «Spravochnik Xarrisona po vnutrennim boleznyam». Sankt-Peterburg – Moskva – Xarkov – Minsk. 1999.

4. D. Myorta «Spravochnik vracha obщey praktiki». Moskva.1998.

5. Malyarchuk V.I. Xirurgicheskie bolezni, 2003.



6. Konstantinov B.A. Klapannosberegayuщie operatsii pri vrojdennыx i priobretennыx porokax serdsa. Moskva, 2000.

http://www.mediasphera.aha.ru
Download 49,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish