O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOQLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI
«Teri va tanosil kasalliklari» kafedrasi
Fan: Dermatovenerologiya
«Tasdiqlayman»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
Prof. Teshaev O.R.
«________» «___________2013 yil»
7-mavzu:
Teri toshmasi sindromi: do’mboqchali dermatozlar.
Lepra, teri leyshmaniozi.
TA’LIM TEXNOLOGIYaLARI
Toshkent-2013
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOQLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI
«Tasdiqlayman»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
Prof. Teshaev O.R.
«________» «___________2013 yil»
«Teri va tanosil kasalliklari» kafedrasi
Predmet: Dermatovenerologiya
TA’LIM TEXNOLOGIYaLARI
Tuzuvchilar:
Musaeva N.Sh. - TTA teri va tanosil kasalliklari kafedrasi dostenti
Azizov B.S- t.f.n. TTA teri va tanosil kasalliklari kafedrasi dostenti
Ibragimov A.F. k.m.n. katta ukituvchi
7-tema. Teridagi toshma sindromi. Yiringchali va dumbokcha-tugunli dermatozlar.
Moxov. Teri leyshmaniozi. Teri raki. Bolalik davrida kasallik kelib chikishining uziga xos xususiyatlari. (bolalar terining tuberkulezi) Tashxis kuyish, UASh taktikasi, maҳalliy davolash prinstiplari, profilaktikasi, reabilitastiyasi, dispanserizastiyasi. Teri toshmasi sindromi: pustuleznыe i bugorkovo-uzlovatыe vыsыpaniya Lepra, leyshmanioz, rak koji Kasalliklarning bolalik yoshidan namoyon bo’lish xususiyatlari (teri tuberkulez detey). Diagnostika asoslari, VOP taktikasi, tashqi davolash, profilaktika, reabilitastiya, dispanserlashtirish. Leprosy, cutaneous [dermal] leishmaniasis, tuberculosis of the skin. Etiology,
pathogenesis and epidemiology. Clinical form, lepromatous, tuberculoid and undifferentiated types of leprosy. Treatment. Clinical examination. Old World cutaneous Leishmaniasis - urban and rural type, differential diagnosis, treatment. Limited and common clinical forms of tuberculosis.
Uchebnoe vremya: 6,0 (2,0 - detskiy vozrast, TMI – 1,78) chasa
|
O’quv mashquloti tuzilmasi
| -
So’zboshi
-
kirish qismi
-
analitik qism
- innovastion texnologiyalar
- vazifalar
- o’yinlar
- Testlar
4. amaliy qism
|
O’quv mashquloti maqsadi: ko’nikmalarni shakllantirish/bilimlarni chuqurlashtirish
|
Pedagogik vazifalar:
mazkur kasalliklar etiopatogenezi to’qrisida tushuncha berish , klinik namoyon bo’lishi, simptomlari, sindromlarini berish, osobennosti proyavleniya u detey, status localis bayonini berish, xususiy resteptura namunalari bilan birga umumiy va maҳalliy terapiya elementlari bo’yicha bilimini namoyish etish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba quyidagilarni bilishi shart: teri leyshmaniozi va lepra tashxisini dastlabki va to’qri aniqlash. Poliklinika sharoitida dastlabki va tegishli diagnostika o’tkazilishini ta’minlash. O’z vaqtida va xavfsiz tibbiy aralashuvni amalga oshirish, bemorlarni tegishli tibbiyot muassasalariga yo’llash. Profilaktika tadbirlarini o’tkazish. UASh-Taktika Reabilitastiya i dispanserizastiya bemorni kuruvdan utkazish toshma elementlarini aniqlash, tekshiruvlar utkazish Borovski tanachalariga, Ganzen taekchalariga, Minor sinamasi, diffdiagnoz. gospitalizastiya
Talaba quyidagilarni qila olishi shart: teri va shilliq qatlamni ko’zdan kechirish, shikoyatlar ma’lumotlarini taҳlil qilish, kasalliklar anamnezi, klinikasi, laboratoriya tadqiqotlariga ko’ra diagnostikalash, tabaqalashtirish (differenstiastiyalash) .
bajara olishi shart: shikoyatlar bo’yicha taҳlil va kasalliklar anamnezi, .
Quyidagilarni egallagan bo’lishi shart: Diagnostika va terapiyaning asosiy prinstiplari
|
Metod obucheniya
|
«Yumaloq stol» uslubidan foydalanish Bir varaq qoqiz quyidagi kasallikning barcha turlarini yozib qo’yish vazifasi bilan davra bo’ylab aylantiriladi leprы i ee etiologiyu. Ҳar bir talaba o’z javob variantini yozib boradi. So’ng muҳokama o’tkazilib, noto’qri javoblar o’chiriladi, talabalar bilimi esa to’qri javoblar soniga ko’ra baҳolanadi.
«galereya bo’ylab tur» uslubidan foydalanish Talabalar juftliklarga bo’linadilar. 10 daqiqa davomida bir juftlik klinik namoyon bo’lishi va kechishini bayon etadi gorodskogo tipa leyshmanioza, drugaya opisыvaet selskiy tip. So’ng ular o’z javob variantlari bilan almashadilar va bir-birining javoblarini baҳolab, o’z tuzatishlarini kiritadilar.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Guruҳlarga bo’linib jamoaviy ishlash, individual.
|
Ta’lim vositalari
|
Mashqulot poliklinika qabulxonasi, boqlash xonasi va klinik laboratoriyaga tashrif buyurgan ҳolda o’quv xonasida o’tkaziladi.
Ispolzuyutsya:
Mulyajlar, atlas, flip-xaritalar, slaydlar,
ta’lim beruvchi testlar, kompyuter versiyasi, ta’lim beruvchi-nazorat qiluvchi dasturlar,
laboratoriya va boshqa tib. asboblar (mikroskop va b.), multimedia vositalari , TV video,
|
Teskari aloqa usullari va vositalari
|
Blist-so’rov, testlash, o’quv vazifasini bajarish natijalarini taqdim etish, «o’ylab ko’r - juftliklarga bo’ling - fikr almashining»
|
O’quv mashqulotining namunaviy texnologik xaritasi
Ish bosqichi, vaqti
405min
|
Faoliyat mazmuni
|
o’qituvchi
|
talaba
|
1 bosqich
O’quv mashqulotiga kirish
( 25 daq)
|
1.1.O’qituvchining kirish so’zi (mavzuni asoslash) mavzu, maqsadni e’lon qilib, o’quv natijalarini rejalashtiradi. Reja, o’quv mashquloti xususiyatlari bilan tanishtiradi.
1.2. Mashqulotda o’quv ishlarini baҳolashning ko’rsatkichlari va mezonlarini ma’lum qiladi (№ ilova )
|
Tinglaydilar, yozib oladilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar.
|
2 bosqich.
Asosiy (320 daq)
|
2.1. Bilimlarni dolzarblashtirish, amaliy mashqulot mavzusini muҳokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan ҳolda talabalar boshlanqich bilimini baҳolash (kichik guruҳlar, vaziyatga boqliq vazifalar, ishbilarmonlik o’yinlari, atlas, videofilmlar va ҳ.k.) (№ ilova )
2.2. Amaliy mashqulot tuzilmasiga binoan ta’lim jarayonini uyushtirish bo’yicha ҳarakatlarni oldinma-ketin bayon etadilar.
|
Talabalar javob beradilar, guruҳlarda ishlaydilar, guruҳ bo’lib ishlash natijalarini taqdim etadilar
|
3 bosqich
Yakuniy-natijaviy
(60 daq)
|
3.1 Muҳokamani yakunlaydi, mavzu bo’yicha xulosalar qilib, talabalar e’tiborini asosiy narsalarga qaratadi, ishning bo’lajak kasb faoliyati uchun aҳamiyatini ko’rsatib o’tadi.
3.2 Guruҳlar (aloҳida talabalar) faoliyatiga baҳo beradi, o’zaro baҳo berishni yakunlaydi. O’quv mashquloti maqsadiga erishish, amaliy ko’nikmalarni egallash darajasi, mustaqil kurastiyalarni (mavzu bo’yicha bemorlar kurastiyasi) taҳlil qilib, unga baҳo beradi, laboratoriya, anstrumental tadqiqot uslublari bo’yicha olingan ma’lumotlarni taҳlil qiladi. Qiyosiy diagnostika, bemorni davolash va soqlomlashtirish rejasini tuzish, resteptlar yozib berish 3.3 Talabalarga navbatdagi amaliy mashqulotga mustaqil ish uchun vazifa beradi, uni baҳolash ko’rsatkichlari va mezonlarini ma’lum qiladi.
|
O’z-o’ziga, ҳamda o’zaro baҳo beradilar.
Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
Mashkulot utkazish joylari:
- tematicheskaya uchebnaya komnata kafedrы «Teri va tanosil kasalliklari»
- palata, laboratoriya, stastionardagi shifokor davolash xonasi.
jixozlar:
- ko’rgazma materiallar
- stendlar
- jadvallar, albom, slaydlar, bemorlarning suratlari
- tarqatma materiallar: rentgen suratlar, vaziyatga boqliq vazifalar
- texnik buyumlar, yangi axborot texnologiyalariga oid buyumlar
- amaliy ishni bajarish bo’yicha ҳarakatlar algoritmlari
- mavzuga oid bemorlar
- ta’lim beruvchi-nazorat qiluvchi dastur
Mashqulot davomiyligi – 6,0 ch
MAShQULOT MAQSADI:
- nauchit VOP voprosam sovremennoy diagnostiki, differenstialnoy diagnostiki, vыboru optimalnogo lecheniya pri sifilise .
-moxov, leyshmanioz klassifikastyasi.
-mazkur kasalliklar etiopatogenezi to’qrisida tushuncha berish
- klinik namoyon bo’lishi, simptomlari, sindromlarini berish
- status localis bayonini berish
- xususiy resteptura namunalari bilan birga umumiy va maҳalliy terapiya elementlari bo’yicha bilimini namoyish etish.
Vazifalar
Talaba quyidagilarni bilishi shart:
- bemorni kuruvdan utkazish.
- toshma elementlarini aniqlash
-diffdiagnoz .
- pustulez zaxm (sifilis) rivojiga ekzogen va endogen omillarning ta’sir ko’rsatishi.
- davolash prinstiplari.
- pokazaniya k gospitalizastii
- opredelenie trudosposobnosti
Talaba quyidagilarni qila olishi shart:
- teri va shilliq qatlamni ko’zdan kechirish
- analizirovat dannыe jalob i anamnez zabolevaniy
- diagnostirovat, differenstirovat po klinike, dannыm laboratornыx issledovaniy.
bajara olishi shart:
- shikoyatlar bo’yicha taҳlil va kasalliklar anamnezi
- bemorni kuruvdan utkazish.
- tashxim kuyish va diffdiagnoz kilish
- taҳlillar, laboratoriya-serologiya taҳlillari natijalarini izoҳlash.
Mavzuni asoslash
Umumiy amaliet shifokori xar kuni teri tanosil kasalliklar bilan boglik muammolarga duch keladi. , - moxov, leyshmanioz.To’qri tashxis qo’yish, ifodalash, qiesiy tashxis o’tqazish , resteplavrni to’qri ezish talabalar xususan dermatologiyani o’rganganda, xamda UASh kerak bo’ladi.
Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik
Shu mavzuni ukitish talabalarning normal va patologik fiziologiyasi, mikrobiologiya, infekstion kasalliklar buyicha olgan bilimlariga asoslanadi.
Dars davomida olingan bilimlar teri tanosil kasallliklarni urganishda, terapiya, akusherstvo-ginekologiya. xirurgiya, urologiya , allergologiya va boshka klinik yunalishlarda kerak buladi.
Dars 4 etapdan iborat- teoretik, analitik, praktik va kunikmalar urganish.
Teoritik kismida talabalga mulokot kilish, savolarga javob berish, flip-kartalar, slaydlar, inteaktiv usullar kullanadi.
Darsni analitik kismida «uch kadamli intervyu usuli», «galereya buyicha tur» kullanadi
Darsni parktik kismida talabani bemorbilan mulokot kilishni urgatish kerak. Щikostlarni va laborator tekshiruvlar natijalarini interpritastiya kilishni urgatish kerak. Kurastiya ukituvchi oldida utkaziladi.
Nazariy qism
MOXOV. TERI SILI. TERI LEYShMANIOZI.
Teri sili.
Teri sili umumiy organizmdagi sil infekstiyasining bir ko’ri-ni-shi bo’lib, odatda bor ichki a’zolarni tuberkulyoz jaroҳatidan, aksa-riyat ichki superinfekstiyalanish natijasida teriga tarqalib vujudga keladi. Tekshirganda, umumiy tuberkulyozga xos bemorning tashqi ko’rinishi va ichki a’zolar yalliqlanishining obektiv belgilariga qo’shimcha, terida o’ziga xos toshmalar, ya’ni do’mboqchalar borligi aniqlanadi. Teri sili bugungi kunda juda kam uchraydi. Lekin keyingi yillar ko’p davlatlarda ijtimoiy kasalliklarini epidemik ҳolatda oshib ketishi va ular ichida sil kasallikning ҳam ko’payishi albatta ertaga terining spestifik yalliqlanishini, ya’ni teri sili oshib ketishiga keltiradi.
Etiologiyasi. Mycobacterium tuberculosis (Kox ,1882 y.) spirt va kislota ta’siriga juda chidamli tayoqcha bo’lib, bemorning ajralmasida ko’p miqdorda topiladi. Lekin sil kam yuqumli, surunkali, sekin rivojlanib kechadigan kasalliklar guruҳiga kiradi.
Teri silining klinik ko’rinishlari xilma xil bo’lib, ko’proq mikobakteriyaning virulentligi va uning turi, organizmning immuniteti va kurash qobiliyati, bemorning meҳnat va turmush sharoitlari, ovqatlanish sifati bilan boqliq bo’ladi.
Teri silini ikki guruҳga ajratadilar:
1. Chegaralangan (sil yugirigi, ya’ni oddiy volchanka, skrofuloderma, so’galsimon, yarali, sil shankr) teri sili.
2. Tarqalgan (papulo-nekrotik, Bazen indurativ eritemasi, lixensimon, milliar tarqalgan volchanka, o’tkir tarqalgan milliar) teri sili.
Amaliyotda, umumiy amaliyot shifokori, bemordagi belgilarga (do’mboqcha) asoslanib sil kasalligini aniqlab yoki borligidan shub-ҳa-lanib, mutaxassisga yuborsa, u katta yordam bergan bo’lardi. Chunki teri silining turlarini bir-biridan ajratish va davolash ko’proq ftiziatr yoki dermatovenerolog mutaxassislarning vazifasidir.
SIL YuGIRIGI (sil volchankasi)
Sil yugirigi – teri silining eng ko’p uchraydigan turi bo’lib, asosan, yoshlikdan boshlanib, ko’proq bemorning yuzidagi terisini ja-roҳatlaydi. Ko’p xalqlar, qolaversa olimlar eski davrdan, bu teridagi xunuk jaroҳat o’choqlarini bo’ri qajigan inson terisiga o’xshatib, kasallikka “volchanka” deb nom berganlar. Shunday qilib, asosiy jaroҳatlar bemorning yuzida bo’lsa, ayrim bemorlarda qo’l-oyoqlarda yoki tanada joylashishi mumkin. Toshmalar odatda avval terida yoki burunning shilliq pardalarda paydo bo’lib, keyinchalik atrofga tarqalib ketishi mumkin.
Klinikasi. Tuberkulez do’mboqchalari (lyupomalar) chuqur joylashib, boshlanishda sariqsimon-qizil rangli, mayda 2–5 mm kattalikdagi, aniq chegarali doq bo’lib ko’rinadi.
Bir necha oylar o’tib, yalliqlanish kuchayadi va do’mboqchalar teri satҳidan aniq ko’tarilib ko’zga tashlanib turadigan bo’ladilar. Do’mboqchalarni paypaslaganda yumshoq konsistenstiyaligi aniqlanib ular odatda oqriqsiz kechadi. Vaqt o’tib ular kattalashib bir-biri bilan qo’shilib ketishi mumkin. Do’mboqchani buyum oynasi bilan bosilsa (diaskopiya usuli), yalliqlangan o’choqdagi qon tomirlar qisqarib qonsizlangani oqibatida toshmalar rangi o’zgaradi va sariq-si-mon-qizil rangli do’mboqchalar ko’proq oqish-sariq ko’rinishga ega bo’ladi va olma jelesini eslatadi (olma jelesi simptomi). Ikkinchi tuberkulyozga xos bo’lgan simptom yoki Pospelov A. siptomini (zond tushib ketishi simptomi) aniqlash uchun, o’tmas zond bilan do’mboqcha ustidan bosiladi. Bemor terisida kollagen va elastik tolalari kasallik oqibatida parchalangan bo’lgani uchun ular, epidermisdan o’tgandan keyin, qarshilik ko’rsatmasdan bosilgan zond teriga engil kirib ketishiga asos bo’ladi.
Sil yugirikda va teri silining boshqa turlarida ҳam do’mboqcha keyinchalik yaralanib bitadi yoki quruq bitish yo’li bilan surilib, yo’qolib o’rnida chandiqli atrofiya qoldiradi. Chandiqli atrofiya o’choqining terisi nozik, yupqa xuddi qijimlangan papiros qoqozidek bo’lib, yaltirab turadi. Do’mboqcha o’rnida yara paydo bo’lsa, uning atrof chetlari yumshoq, osilib turadigan, osti notekis va ko’p miqdorda seroz-yiringli, engil qonab turadigan ajralma ko’rinib turadi. Chandiqlar yuzasida vaqt o’tib, yangi do’mboqchalar vujudga kelishi teri siliga juda xos belgidir.
Sil yugirik kasalligi turli klinik ko’rinishda bo’lishi mumkin va ҳammasida ҳam regionar limfatugun yalliqlanib, kattalashib, bir-biri bilan boqlanib qoladi va bemor oqriq borligini sezadi.
Sil yugirigi yoshlikda boshlanib, ko’p yillar davomida surunka, vaqti-vaqti bilan o’tkirlashib kechadi va terining anchagina qismini jaroҳatlashi natijasida ko’proq ikkilamchi infekstiyalanish belgilari va ba’zan o’rnida xavfli o’smalar vujudga kelishi aniqlanib turadi.
Tashxisi.
1. Bemorning tashqi ko’rinishi.
2. Ichki a’zolar tuberkulezi.
3. Teridagi do’mboqchalardan iborat toshmalar va klinik belgilar (olma jelesi va zond tushib ketish simptomlari).
4. Teri biopsiyasi (granulema, kazeoz nekrozi).
5. Sil mikobakteriyalarni izlash.
Differenstial tashxisi:
1. Lepra.
2. Syphilis terciaria tuberculosa.
3. Leishmaniosis cutis.
SKROFULODERMA (Scrofuloderma)
Skrofuloderma yoki kollikvativ teri sili tez uchrab turadigan va ko’proq yosh bolalar orasida tarqalgan. Kasallik ko’proq o’pka va boshqa ichki a’zolardagi sil o’choqlaridan teriga ikkilamchi tarqalib, ko’pda limfatik tomirlar bilan boqliq bo’ladi.
Klinikasi. Skrofulodermada sharsimon, diametri 1–3 sm lik, teri osti yoq kletchatkasida va ko’proq limfatik tomirlar yo’nalishi bo’yicha joylashgan tugunlar aniqlanadi. Ularning soni bittadan bir nechagacha etishi mumkin. Ular qattiq konsistenstiyalik, ҳarakatchan bir-biri bilan boqliqsiz va oqriqsiz bo’ladi. Ustidagi teri o’zgar-magan. Keyinchalik tugunlar kattalashib atrofidagi to’qimalar va teri bilan qo’shilib ҳarakatchanligini yo’qotadi, ustidagi teri ko’kimtir-binafsha rangga kiradi. Vaqt o’tgach tugunlar yumshab, ustidagi teri yupqalashib flyuktuastiya rivojlanadi va bir yoki bir nechta joydan yorilib (svish) ko’p teshikli yaralar paydo bo’ladi. Yaralarning qirralari chuqur va yumshoq, notekis, osilib turgan bo’ladi va tezda qon qo’shilib ko’p miqdorli yiring ajratishi xarakterlidir. Keyinchalik yaralarda sariqsimon granulyastiyalar paydo bo’lib ustida cho’ntakchalar vujudga keladi va ularning to’qimalari engil parchalanib, uzilib turadi. Yaralar yaxshi bo’lib ustida turli xil o’siqlari bor, notekis xarakterli chandiqlar ҳosil qiladi. Ayrim sabablarga ko’ra kasallik qayta rivojlansa, chandiq ustida yangi toshmalar vujudga kelishi mumkin. Bemorning umumiy aҳvoli deyarli buzilmaydi.
Differenstial tashxisi:
Syphilis gummosa.
Ectima vulgaris.
Gidroadenitis.
Teri silini davolashda va profilaktikasidagi ҳarakatlar:
1. Umumiy sil jaroҳatlarini izlab butun organizmni davolash (PASK, streptomistin, rifampistin, ftivazid, tubazid);
2. Organizmning umumiy quvvatini oshiradigan ҳarakat (sifatli ovqatlanish);
3. Atrof muҳitdagi negativ ijtimoiy-iqtisodiy omillar aҳamiyatini bartaraf etishga qaratilishi lozim.
TERI LEYShMANIOZI. BOROVSKIY KASALLIGI (Leishmaniosis cutis)
Teri leyshmaniozi – endemik, parazitar, yuqumli transmissiv kasallik. Kasallik vujudga kelishi uchun albatta infekstiya rezervuaridan (bemor odam yoki ҳayvon) moskit (infekstiya tashuvchi) qon bilan birga kasallik qo’zqatuvchisini (Leishmania tropica) yutib olishi kerak va keyinchalik bu moskit soq odamni chaqib unga yuqtirishi mumkin.
Etiologiyasi. 1898 yilda Toshkent ҳarbiy gospital shifokori P.F.Borovskiy tomonidan kasallik qo’zqatuvchisi aniqlangan. Ke-yin-chalik (5 yildan keyin) Ҳindistonning turli shaҳarlarida ishlayotgan ingliz olimlari Leyshman va Donovan, bir-biridan va P.F.Borov-s-kiyning ishlaridan bexabar ҳolda vissteral leyshmaniozi qo’zqatuv-chi-sini aniqlaydilar va ularni nomi bilan u Leishmania donovani deb nomlanadi. Ingliz olimlari P.F.Borovskiyning ilmiy natijalari bilan tanishgandan keyin (1945 y), teri leyshmaniozini qo’zqatuvchisi uchun Borovskiy tanachalari degan sinonim kiritganlar.
Epidemiologiyasi. Leyshmaniozga qarshi kurashdagi yutuqlarning asosiy qismi ҳududimizda xizmat qilgan olimlar va mutaxassislar nomlari bilan boqliq. Vissteral va teri leyshmaniozining shaҳar turlari to’liq yo’qotilgan bo’lsa, teri leyshmaniozining qishloq turi respublikamizda bugungi kunda faqat manbai bor joyda, ya’ni kemiruvchilar yashaydigan cho’l, qumlik voҳalarida uchraydi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpo-qiston respublikasining ayrim cho’l voҳalarida, asosiy infekstiya-ning saqlovchilari ichidan ko’proq qizil dumli qumsichqoni va nozik oyoqli yumronqoziq tanildi. Ulardan odamga, qon so’rib olish vaqtida infekstiyani yuqtiradigan, kasallikni tashuvchi bo’lib chivin (moskit) Phlebo-to-mus papatachi topildi. Oldingi yillarda ko’p tarqalgan teri leysh-maniozining bugun kam uchrashining asosiy sababi bo’lib keltiril-gan kasallikni epidemiologik zanjirini aniqlab, uning uzishga qara-tilgan ҳarakatlar bo’ldi.
Klassifikastiyasi. Teri leyshmaniozining shaҳar turi (sinonimlari birinchi tip, kech yaralanadigan, ashxabadka, kokandka, yil yarasi), qishloq turi (ikkinchi tip, o’tkir nekrozlanadigan, pendinka, murqab yarasi) va uchinchi tip yoki tuberkuloid leyshmaniozini ajratadilar.
Klinikasi. Moskitning qon so’rib terini jaroҳatlagan joyida keyinchalik, inkubastion davri o’tib kasallikka mos toshmalar, ya’ni leyshmaniomalar paydo bo’ladi. Odatda, moskit bir o’tirganda, sak-rab-sakrab terining bir necha joyida qon so’rar ekan va ҳar chaqqan joyida keyinchalik leyshmanioma paydo bo’lib, bemorning terisida bittadan bir necha yuz leyshmaniomalargacha bo’lishi mumkin. Leyshmaniomalar soniga qarab epidemiologik ҳolatga baҳo berish mumkin.
Leyshmaniozning qishloq turi qisqa 2–3 ҳaftalik inkubastion davrdan keyin, terida birinchi kundan, o’tkir yalliqlanish belgilari bilan kechadigan furunkulsimon tugun yoki shaҳar leyshmaniozidagidek do’mboqchalar bilan boshlanishi mumkin. Bu leyshmaniomaning markazidan 1–2 ҳafta o’tgach nekroz ҳosil bo’lib, bu erda notekis, chuqur chegarali yara vujudga keladi. Yaraning shakli noto’qri oval bo’lib, notekis tubi sarqish-kulrang nekrotik parda bilan qoplangan bo’lishi mumkin. Paypaslaganda yaraning tagida va yaqin atrofida xamirsimon bo’sh infiltrat aniqlanadi. Ayrim ҳolatlarda, qo’shimcha jaroҳat oqibatida bemor oqriqqa shikoyat qilishi mumkin. Leyshmaniomadan bir necha santimetr uzoqlikda, mayda ikkilamchi leyshmaniomalar, ya’ni tugunchalar (“bugorki obsemeneniya”) paydo bo’lib, yaralanib va keyinchalik bir-biriga qo’shilib ketishi mumkin. Leyshmaniozning ikki turiga ҳam oqriqsiz regionar limfa tomirlarning yalliqlanishi xarakterlidir va bu tomirlarning ustki qismi notekis-ligi bilan tasbeҳni eslatib turadi (“tasbeҳ simptomi”).
Leyshmaniozning qishloq turida yaralar tezda (2–3 oy) 4–6 sm va undan kattaroq bo’lib, atrofida ko’tarilib turgan valiksimon infiltrat (ҳalqa) bilan ajralib turadi. Keyinchalik yara nekrozlardan tozalanib, ustida baliqning qizil tuxumlarini eslatadigan granulyastiyalar rivojlanadi va yuqoriga o’sib ketadi. Bemorda “baliqning qizil ikrasi” simptomiga xos ko’rinish rivojlangani – yaralar tezda yaxshi bo’lib ketishining belgisi bo’ladi.
Yaraning o’rnida paydo bo’lgan chandiq, ko’p yillardan keyin ҳam bemorning leyshmanioz bilan kasallanganini ko’rsatib turadi. Bu atrofik chandiq shtamp qo’yilgandek aniq chegarali, usti tekis va yaltiroq, chegara qirrasi notekis festonsimon, atrofida vaqtinchalik giperpigmentastiya ҳam bo’lishi mumkin. Shunday qilib o’tkir nekrozlanadigan qishloq leyshmaniozida birinchi toshmalar vujudga kelgandan to yaralar bitgungacha 2–3 oydan 5–6 oy o’tishi mumkin. Shaҳar leyshmaniozida bu davr o’rtacha 1 yilga teng bo’ladi va oldindan, ko’p xalqlar bu kasallikga “yil yarasi” deb nom berishlariga asos bo’lgan.
Immunitet paydo bo’lishi Shaҳar xili bilan kasallangan bemor qishloq xili bilan yana kasallanishi mumkin Qishloq xili bilan kasallangan bemor boshqa kasallanmaydi
Profilaktikasi. Kasallanish faqat yilning issiq, chivinlar ko’p uchadigan oylarda, ya’ni may – noyabrda uchraydi. Kasallikning oldini olishga qaratilgan turli ҳarakatlar maqsadi faqat keltirilgan epidemiologik zanjirlarni buzishga qaratilishi lozim. Ya’ni, qishloq leyshmaniozida bu ҳarakatlar infekstiya rezervuari bo’lmish kemiruvchilarni yo’q qilmoq zarur yoki infekstiya tashuvchisi moskit-larni yo’qotish kerak yoki soq odamlarni bu chivindan ҳimoya qilish lozim. Mutaxassis bor imkoniyatlarini va ҳududdagi epidemiologik ҳolatni ko’zda tutib ҳarakat qilishi zarur.
Epidemiologik zanjir
Shaҳar leyshmaniozida:
Kasallangan inson – Moskit – Soq odam.
Qishloq leyshmaniozida:
Kasallangan kemiruvchi ҳayvon – Moskit – Soq odam.
1. Kemiruvchi ҳayvonlarni qishloq atrof erlarini ko’zdan kechirib, sichqonlar kovaklarini xlorpikrin, stianidlar bilan zaҳarlash usuli bilan yo’qotish.
2. Chivinlarni – ular yashaydigan turqun suv ҳovuzlarni insekti-stidlar (DDT, tiofos, geksoxloran) bilan zaҳarlash.
3.Soq odamlarni ҳimoya qilish – pashshaxona, repellentlarni («Tayga» malҳami, chinnigul yoqi, dimetilftalat, kerosin, ayrim efir yoqlar) ishlatish.
4. Kasallangan insonda umrbod saqlanadigan immunitet rivojlanganini ko’zda tutib, endemik ҳududlarga chiqib ketishni mo’ljal-lagan (ekspedistiya) odamlarga, bugungi kunda turli emlash usullari taklif qilinyapti.
Davolash. Teri leyshmaniozining bugungi kundagi davolash natijalari qoniqarli emas. Buning asosiy sababi, monomistin amaliyotdan olingandan keyin (toksik ta’sir borligi uchun), boshqa talab-larga javob beradigan spestifik preparat topilmadi. Bemor davolanmasa ҳam, vaqti kelib kasallik o’z-o’zidan o’tib ketishini ko’zda tutganda, shifokorning asosiy vazifasi bo’lib, bemorga – oqriq bezovta qilsa analgetiklar berish va yaralarni ikkilamchi infekstiyadan ҳimoya qilib antibakterial va antiseptik malҳamlar bilan birga, yaralarni tez berkilib ketishiga qaratilgan vositalar beriladi.
MOXOV (LEPRA)
Moxov – oqir, yuqumli, aniqlanmagan uzoq inkubastion davr, turli boy klinik belgilar va ko’p ichki a’zolar va sistemalar jaro-ҳat-lari bilan kechadigan odamga xos kasallikdir. Kasallik eski zamondan keng tarqalgan bo’lib odamzodga ko’p qiyinchiliklar keltir-gan. XII–XIII asrlarda Evropa davlatlarida endemiya va pandemiya ҳolatida kechgan va birinchi kurash ҳarakati bo’lib, kasallik belgilari bo’lgan kimsalar shaҳar-qishloqlardan chiqarib yuborilgan va moxovxona yoki moxov qishloqlari vujudga kelgan. Ayrim davlatlarda bemorlarga bo’lgan munosabat undan ҳam daҳshatli bo’lgan. Bugungi kunda ro’yxatga olingan bemorlarning soni 12 mln bo’lib, ularning asosiy qismi Afrika, janubiy-sharqiy Osiyo va Osiyo davlatlarida yashaydi. Kasallik, asosan, bu erdagi aҳolining ijtimoiy va iqtisodiy aҳvoli, madaniy saviyasi past bo’lgan qismida uchraydi.
Etiologiyasi. Moxov qo’zqatuvchisi 1871 yil Hansen tomonidan aniqlangan va 1931 yil unga Mycobacterium leprae hominis nomi berildi. Ular tuberkulyoz mikobakteriyasini eslatadigan, spirt va kis-lota ta’siriga juda chidamli, uzunligi 1,5–6 mikron va kengligi 0,2–0,5 mikronga teng tayoqchalar bo’lib, ko’pincha parallel sigarasimon yoki sharsimon bo’lib joylashadilar. Bugungi kungacha uning sof undirma (kultura)si olinmadi va faqat keyingi yillarda ҳayvonlar--da (bronenosest) eksperimental chaqirish imkoniyati topildi. Bemor, ayniqsa yangi toshmalari bo’lsa juda ko’p miqdorda lepraning qo’zqa-tuv-chisiga ega bo’lib, ularni doimo ajratib turishga munosib bo’ladi. Mikobakteriyalar ko’p miqdorda insonning deyarli ҳamma suyuqliklar va ajramalarida topiladi. Misol burunning shilliq qavati suyuqligidan bemor bir aksirganda yoki tinch 3–4 minut gapirganda bir necha yuz ming bastillalar atrofga ajralib ketadi. Bastilla tanaga faqat teri yoki shilliq qavatlar butunligi buzilgan joyidan kirishi mumkin va insonning ҳimoya kuchlari juda kamayib ketgan ҳolda kasallik rivojlanishi mumkin. Bugungi kunda moxov kasalligini kam yuqumli deb tanidilar va uning yuqtirilishi mumkin bo’lgan davrlari bu, asosan, go’dak, kichik yoshdagi bolalik davri deb biladilar.
Klinikasi. Kasallikning inkubastion davri 1–2 yildan to 15–20 yillar va undan ko’proq ҳam bo’lishi mumkin. Ayrim olimlar, moxovning birinchi klinik toshmalardan oldin prodromal davri borligi va unda revmatoid oqriqlar, paresteziya va gipersteziyalar mum-kinligini eslatadilar.
Moxovning lepromatoz, tuberkuloid va differenstiyalanmagan turlari ajratiladi.
Bulardan eng oqir va yuqumlisi lepromatoz moxov, yaxshi fe’lli tuberkuloid va ular o’rtasida turgan differenstiyalanmagan turi-dir. Oxirgisi, bemorning ichki ҳimoya kuchlarining rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Ya’ni, qarshilik kuchaysa, kasallik – tuberkuloid turiga, pasaysa – yomon fe’lli lepromatoz turiga o’tishi mumkin.
Moxov kasalligida eritematoz, yaltiroq, turli kattalikda bo’l-gan ovalsimon doqlar paydo bo’ladi. Tezda ular zang rangli bo’lib, infiltrastiya oqibatida zichlashib boradi va ichida asta-sekin kattalashib boradigan tugunlar ko’zga tashlanib qoladi. Bu moxovning asosiy klinik toshmasi bo’lib leproma deyiladi.
Moxovda, kasallik boshlanish davridan terida sezguvchanlik yo’qoladi. Tekshirilsa bemorda issiq-sovuqni, oqriqni, bosimni sezish yo’qolgani engil aniqlanadi.
Vaqt o’tib, bemorning qosh, sochlari lateral tomondan tushib ketadi va yaltirab turgan terida rivojlangan infiltratlar orasidagi katta tugunlar bir-biri bilan qo’shilib, usti notekis bo’lib, o’z oqirligidan osilib qoladi. Bu moxov bemorning yuzi juda xarakterli bo’lib, «sher aftini» eslatadigan ko’rinish berib turadi.
Ayniqsa, moxovning lepromatoz turida burun, oqiz, ko’z shilliq pardalari jaroҳatlanishi ko’p uchrab turadi. Bu erda seroz suyuqliklar ajralishi kamayib to’xtab qoladi va oqibatda burunning toqay qismi jaroҳatlanib ko’tarilib qoladi, ko’zlarni esa butunlay ko’r qilib qo’yadi.
Moxovning tuberkuloid turiga ko’proq asab sistemasining jaroҳatlanishi va terida yumshoq do’mboqchalar, gipopigment doqlar, soch to’kilishi ko’rinishi va bemorda terlash xususiyati yo’qolib ketishi xarakterlidir.
Differenstiyalanmagan moxovda ko’proq eritematoz, gipopigment-li yoki giperpigmentli doqlar bilan, asab tolalarni simmetrik jaro-ҳatlanishi, bemorda paralichlar, kontrakturalar va chuqur atrofik yaralar vujudga keladi.
Moxov kasalligiga tez-tez o’tkirlashib turish xarakterlidir. Asablanish, ichki kasalliklar yoki ikkilamchi infekstiya qo’shilishi, faslga mos o’zgarishlar bunga sabab bo’ladi.
Tashxis. Albatta mutaxassis tomondan to’liq tekshirilgandan keyin tashxis qo’yiladi.
1. Terining sezgirlik qobiliyatini aniqlash.
2. Bakterioskopiya – burun shilliq qavatidan, limfatugun punkstiyasi.
3. Gistamin sinamasi – qizarish bo’lmaydi.
4. Minor sinamasi –10% yod surtib, ustidan kraxmal, keyin aktiv ҳarakat. Terlash oqibatida yod terini qora-binafsha rangga bo’yaydi. Moxovda terlash bo’lmaydi.
5. UFOga sinama – giperpigmentastiya bo’lmaydi.
6. Lepromin sinamasi (tuberkulin sinamasiga o’xshash).
Davolash.
1. Sulfon preparatlari – DDS (diamindifenilsulfon), sulfetron, leprosan, promin, diazon.
2. Bemorning oila a’zolarini va boshqa yaqin muloqotda bo’lganlarni tekshirib, kerak bo’lsa profilaktik davo olib borish kerak.
ANALITIK QISM
PEDAGOGIG TEXNOLOGIYaLARI
«Yumaloq stol» uslubidan foydalanish
Bir varaq qoqiz quyidagi kasallikning barcha turlarini yozib qo’yish vazifasi bilan davra bo’ylab aylantiriladi leprы i ee etiologiyu. Ҳar bir talaba o’z javob variantini yozib boradi. So’ng muҳokama o’tkazilib, noto’qri javoblar o’chiriladi, talabalar bilimi esa to’qri javoblar soniga ko’ra baҳolanadi.
«Galereya bo’ylab tur» uslubidan foydalanish
Talabalar juftliklarga bo’linadilar. 10 daqiqa davomida bir juftlik klinik namoyon bo’lishi va kechishini bayon etadi gorodskogo tipa leyshmanioza, drugaya opisыvaet selskiy tip. So’ng ular o’z javob variantlari bilan almashadilar va bir-birining javoblarini baҳolab, o’z tuzatishlarini kiritadilar .
Vaziyatga boqliq vazifalar:
1 kabulga 1 oy oldin Turkmanistonda bulgan bemor keldi. Yuz kismida yaralar kuzatilyapti, noanik chetlari, tubida nekrotik massalar bor. Periferik limfangit kuzatilyapti. Taxminiy tashxis, diffdiagnostika UASh taktikasi
Amaliy qism
Anamnez yiqish, teri-patologiya jarayonini tasvirlash, davolash (antigistamin, desensibilizastiyalovchi preparatlar, infuzion terapiya, vitamin terapiyasi, maҳalliy davolash - namlash, pastalar, surtmalar, kremlar) tayinlash vazifasini bajarish
Baxolash kriteriyalari
№
|
O’zlashtirish (%) va ballarda
|
Baҳo
|
Talabaning bilim darajasi
|
|
1
|
96-100
|
A’lo
«5»
|
Vaziyatga boqliq ravishda to’qri qaror qabul qila oladi va xulosalaydi.
Amaliy mashqulotlarga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi (ҳam o’z tilida, ҳam ingliz tilida)
Muammo moҳiyatini mustaqil taҳlil qiladi - Lepra, leyshmanioz, rak koji. Kasalliklarning bolalik yoshidan namoyon bo’lish xususiyatlari. Diagnostika asoslari, VOP taktikasi, tashqi davolash, profilaktika, reabilitastiya, dispanserlashtirish.
Bemorni mustaqil ko’zdan kechiradi va to’qri tashxis qo’ya oladi(Lepra, leyshmanioz, rak koji) pustulez dermatozlar bo’yicha davolash va profilaktika rejasini tayinlaydi.
Interaktiv o’yinlar o’tkazishda faollik va ijodiy yondashuv namoyon etadi
Vaziyatga oid vazifalarni to’liq asoslagan ҳolda to’qri ҳal qiladi
Mavzuni muҳokama qilishda faollik bilan savollar beradi, to’ldirishlar kiritadi
Amaliy ko’nikmalarga ega, ishonch bilan bajara oladi, moҳiyatini tushunadi
|
|
2
|
91-95
|
Amaliy mashqulotlarga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi (ҳam o’z tilida, ҳam ingliz tilida)
Muammo moҳiyatini mustaqil taҳlil qiladi - Lepra, leyshmanioz, rak koji
Bemorni mustaqil ko’zdan kechiradi va to’qri tashxis qo’ya oladi(Lepra, leyshmanioz, rak koji) kasallikni davolash va profilaktika qilish rejasini tayinlaydi. Interaktiv o’yinlar o’tkazishda faollik va ijodiy yondashuv namoyon etadi
Vaziyatga oid vazifalarni to’liq asoslagan ҳolda to’qri ҳal qiladi. Mavzuni muҳokama qilishda faollik bilan savollar beradi, to’ldirishlar kiritadi. Amaliy ko’nikmalarga ega, ishonch bilan bajara oladi, moҳiyatini tushunadi
|
|
3
|
86-90
|
Muammo moҳiyatini mustaqil taҳlil qiladi - Lepra, leyshmanioz, rak koji
Interaktiv o’yinlar o’tkazishda faollik va ijodiy yondashuv namoyon etadi.
Vaziyatga boqliq vazifalarni to’qri ҳal qiladi, davolashni asoslab beradi, profilaktika chora-tadbirlari rejasini tuza oladi . Toshmaning birlamchi va ikkilamchi elementlarini biladi, ishonch bilan aytib beradi. Etiologiya, patogenez, klinika bo’yicha aniq tasavvurga ega, qiyosiy diagnostika o’tkazadi, davolashni tayinlaydi, mojet provodit profilaktiku bugorkoыx zabolevaniy uslug 2 i 3 kategorii VOP.
Amaliy ko’nikmalarga ega, ishonch bilan bajara oladi, moҳiyatini tushunadi
Anamnezni to’qri yiqadi, bemorni ko’zdan kechiradi, dastlabki tashxis qo’ya oladi. Laboratoriya ma’lumotlarini izoҳlab bera oladi. SRS muҳokamasida faol ishtirok etadi.
|
|
4
|
76-80
|
Xorosho «4»
|
Interaktiv o’yinlar o’tkazishda yuqori darajada faollik ko’rsatadi.
Vaziyatga boqliq vazifalarni to’qri ҳal qiladi, ammo aniq davolash tayinlay olmaydi, preparatlar me’yorini adashtirib yuboradi . Toshmaning 1 va 2 elementlarini biladi, ishonch bilan aytib beradi. Etiologiya, patogenez, klinika bo’yicha aniq tasavvurga ega, qiyosiy diagnostikani o’tkazadi, davolashni tayinlay oladi, ammo quyidagi kasalliklar profilaktikasini bajara olmaydi leprы,leyshmanioza.
Amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bajaradi
Anamnezni to’qri jamlaydi, bemorni ko’zdan kechiradi, dastlabki tashxis qo’ya oladi. Laboratoriya tadqiqoti ma’lumotlarini izoҳlay oladi. SRS muҳokamasida faol qatnashadi.
|
|
5
|
71-75
|
|
Vaziyatga boqliq vazifalarni to’qri ҳal qiladi, tasnifga ko’ra klinik tashxis qo’ya oladi, ammo davolash va profilaktika chora-tadbirlari rejasini tayinlay olmaydi.
Toshmaning 1, 2 elementlarini biladi, ishonch bilan aytib beradi.
Etiologiya, patogenez, klinika bo’yicha aniq tasavvurlarga ega va qiyosiy diagnostikani amalga oshiradi, ammo davolash tayinlay olmaydi
Amaliy ko’nikmani bajara oladi, ammo odimlarni adashtiradi.
Anamnezni to’qri jamlaydi, bemorni ko’zdan kechiradi, dastlabki tashxis qo’ya oladi. Laboratoriya tadqiqoti ma’lumotlarini izoҳlab berishi mumkin. SRS muҳokamasida faol ishtirok etadi..
|
6
|
66-70
|
Qoniqarli
«3»
|
Vaziyatga boqliq vazifalarni to’qri ҳal qiladi. ammo klinik tashxisni asoslab bera olmaydi
Toshmaning 1, 2 elementlarini biladi, ishonch bilan so’zlay oladi
Etiologiyasi, patogenezi va klinikasi bo’yicha aniq tasavvurga ega leprы, leyshmanioza, raka koji, ammo qiyosiy diagnostika o’tkaza olmaydi va davolash tayiinlay olmaydi .
Anamnezni to’qri jamlaydi, bemorni ko’zdan kechiradi, ammo ҳolati oqirligiga baҳo bera olmaydi. Laboratoriya tadqiqoti ma’lumotlarini qisman izoҳlay oladi. SRS muҳokamasida faol ishtirok etadi.
|
7
|
61-65
|
Vaziyatga oid vazifalarni ҳal qilishda xatolarga yo’l qo’yadi (tasnifga muvofiq tashxis qo’ya olmaydi)
Kasalliklar klinikasini biladi, ishonch bilan aytib bera olmaydi
Imeet tochnыe predstavleniya po etiologii bugorkovыx zabolevaniy, no ne mojet svyazat kliniku s patogenezom
Anamnez yiqishda bir maqsad asosida ҳarakat qilinmagan, ko’rikdan o’tkazishda sxemaga amal qilinmagan. Laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlarini izoҳlab bera olmaydi. SRS muҳokamasida ancha passiv
|
8
|
55-60
|
|
Imeet obщie predstavleniya o lepre, leyshmanioze, rake koji, rasskazыvaet ne uverenno
Toshmaning 1, 2 elementlarini adashtiradi.
Bemorni mustaqil so’rovdan o’tkaza olmaydi va ko’zdan kechira olmaydi. Laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlarini izoҳlay olmaydi. SRS muҳokamasida ishtirok etmaydi
|
|
9
|
54 -30
|
Qoniqarsiz
«2»
|
Parazitar kasalliklar to’qrisida aniq tasavvurga ega emas
1, 2 morf. elementlarni bilmaydi
|
|
10
|
20-30
|
Qoniqarsiz
«2»
|
Talaba darsda bo’lganligi uchun, talab etilgan kiyimda, daftari o’zi bilan.
|
|
Bir kunlik mashqulotlarning xronologik xaritasi:
№
|
Bosqichы zanyatiya
|
vremya
|
Mashqulot davomiyligi
|
1
|
Utrennyaya konferenstiya Samostoyatelnaya kurastiya bolnыx v prikreplennыx palatax, tematicheskix bolnыx,
|
8.30.- 9.00.
|
30min
|
2
|
Obsujdenie temya zanyatiya
|
9.00. – 9.45.
|
50 daq
|
3
|
Ambulatornыy priem bolnыx sovmestno s prepodavatelem
|
9.45. – 10.45
|
120 daq
|
4
|
uchastie v obxodax professorov i dostentov
|
10.45. – 11.30.
|
120 daq
|
5
|
Pererыv
|
11.30. – 12.15.
|
45 daq
|
6
|
Obsujdenie samostoyatelnoy rabotы
|
12.15. – 13.45.
|
90 daq
|
7
|
Proverka usvoyaemosti
|
13.45. – 14.20.
|
40 daq
|
8
|
Ob’yavlenie ostenok. Zadanie na dom
|
14.20. – 14.30.
|
10 daq
|
SRS: Kafedra tomonidan keltirilgan TMIning mavzulari: 6 kurs davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlar - 1,78soat
Kafedrada TMI talabalar tomonidan kuyidagi variantlarda kilinadi prezentastiya (multimedia varianti), krossvordlar, referatlar, tarqatma materiallar
7. Quyidagi mavzularda ma’ruzalar, taqdimotlar, referatlar: Nevusы, ksantolazmы, lipomы, gigromы.
Predrakovыe zabolevaniya koji.
Testlar (2, 3 darajali), masalalar, jadvallar tuzish.
IAI s primeneniem 3xstup.intervyu, mozgovoy shturm, akademicheskaya polemika, «kot v meshke», tur po galerei. po temam samostoyatelnыx rabot.
Tavsiya etiladigan adabiet
Milich M.V. Evolyustiya sifilisa, 1979
Fistpatrik T. Dermatologiya. Atlas-spravochnik. 1999
Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim
Vestnik dermatologii venerologii M
Novosti dermatovenerologii i reproduktivnogo zdorovya T
mov deystviy po vыpolneniyu prakticheskix
BILIM, KO’NIKMA VA MAҲORATLARNI NAZORAT QILISh TURLARI:
1.Ta’lim beruvchi-nazorat qiluvchi dastur .
2.Testlar.
3.Vaziyatga boqliq vazifalar.
4.Savollarga javoblar.
5. yozma ravishda
6. predstavlenie algorit
KONTROL SAVOLAR:
1. Profilaktika
2. Klinik turlari
3. Differenstialnaya diagnostika
4. Mazkur kasalliklarning asosiy klinik belgilari.
5. Amaliy ko’nikmalarni namoyish etish.
6. surov kilish.
7. davolash prinstiplari
8. UASh taktikasi
ADABIET
asosiy
-
Arifov S.S., Eshbaev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. T.,1997
-
Vaisov A.Sh. Teri-tanosil kasalliklari. T., 2004
-
Vladimirov V.V., Zudin V.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. Atlas. Uchebnoe posobie dlya studentov med. VUZov.
-
Skripkin Yu.K. Kojnыe i venericheskie bolezni. Uchebnik dlya medistinskix institutov. M.,1979., 1980,
-
Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. M.Medistina, 1995.
-
Pavlov S.T., Shaposhnikov O.K.. Samstov V.I., Ilin I.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. L 1989g
-
Shadiev X.K., Axmedov. Teri-tanosil kasalliklar.,T.1993.
-
Karimov A.M. Ter iva tanosil kasalliklari 1995 y
-
Kapkaev R.A. « Spravochnik dermatoveenrologa» 1997g.
kushimcha
1. Kalamkaryan A.A., Mordovstev V.N. ,Trofimova Klinicheskaya dermatologiya., M.1989
2.Somov B.A.,Dolgov A.B. Professionalnыe zabolevaniya koji v veduщix otraslyax narodnogo xozyaystva. M.1976.
3.Studnistin A.A., Berenbeyn B.A. Differenstialnaya diagnostika kojnыx zabolevaniy. M.Med.,1989g
Prilojenie
TESTLAR:
1.Leprani lepromatoz turini kanday toshmalar xos
infiltrativ dog
dumbokchalar
tugunlar
diffuz pilakchalar
yaralar
vezikulez elementlar
eroziv elementlar
gummoz elementlar
vegitastiyalovchi papulalar
lixenifikastiya uchoklari
2.Moxovda xarakatnang buzilishi okibatida yuzaga keladigan simptomlar:
panjali kaft
maymun kafti
logoftalm
mukaddas Antoniya nikobi
sher afti
kapalak simptomi
Цelsiyning asal uyalari
chandirakgash
3.Moxovni diagnostikasida kanday laborator va instrumental usullardan foydalaniladi:
Minor sinamasi
Lepromin sinamasi
Yara va burun shiligidan olingan kirmani mikroskopik tekshirish
Mantu sinamasi
Kan reakstiyasi
Yadasson sinamasi
4.Kuyidagi xolatlarning kaysi birlari tugri
lepromatoz turi – ma’nfiy
tuberkulez turi - musbat
differenstiyalanmagan turi – noanik sinama
tuberkulez turi - musbat
lepromatoz turi - ma’nfiy
differenstiyalanmagan turi- turgun sinama
«KEYS» USULINI KULLASh
Mini gruppalarda ishlash
Ish vakti 15-40 minut
Gruppalarda talabalar soni 3-5
Xar bir guruxda kata varaka bolishi kerak. Guruxlar spikerlar tanlashadi
Tema dumbokchali dermatozlar
Ashxabatdan kelgan bemorda 6 oydan keyn kul soxasida kizil-kukimtish dumbokchalar paydo bulgan. Yara xosil bulgan tubida kizil ikra simptomi kuzatilyapti. Yara atrofida l/t katalashgan «tasbex» simptomi bur.
Bajarish shartlari
-
Anamnez egish
-
Taxminan tashxis kuyish
-
Laborator va instrumental tekshiruvlar utkazish
-
Dif diagnostika
-
Yakuniy tashxis
-
Davolash plani
Guruxlar 10 minut ichida ezma javoblar tayerlashadi
Domla. Javoblarni muxokama kilishni va prezentastiya kilishni tavsiya etadi.
Talabalar. mustakill ishlarini muxokama kilishadi
Gruppa spikeri masali echis usullarini etadi, savolarga javob berishadi (10-15 minut)
Talabalar jaboblarni baxolashadi, eng tugri variant tanlashadi.
Disskusiya 25 minut davom etadi
Domla diskussiya tashkil etadi sovollar beradi, kushimcha ma’lumot beradi.
vbyb
Do'stlaringiz bilan baham: |