To‘liq yozilishi
|
Qisqartma
|
Tarjimasi
|
ana
|
aa.
|
dan (baravar)
|
acidum
|
ac., acid
|
kislota
|
adde
|
ad.
|
qo‘sh, yetkaz
|
ad usum externum
|
ad us. ext.
|
sirtga qo’llash uchun
|
ad usum internum
|
ad us. int.
|
ichish uchun
|
ampulla
|
amp.
|
ampula
|
aqua purificata
|
aq. pur.
|
tozalangan suv
|
aqua destillata
|
aq. dest.
|
distillangan suv
|
cum
|
cum
|
bilan
|
capsula
|
caps.
|
kapsula
|
capsula amylum
|
caps. amyl.
|
Kraxmal kapsula
|
capsula gelatinosa
|
caps. gelat.
|
Jelatin kapsula
|
charta cerata
|
ch. cer.
|
Mum qog‘oz
|
Cito
|
Cito
|
tez
|
cortex
|
cort.
|
po‘stloq
|
Da, Detur, Dentur
|
D.
|
ber, berilsin
|
Da (Dentur) tales doses numero
|
D.t.d.N.
|
Shunday dozalardan shuncha miqdorda berilsin
|
Decoctum
|
dec.
|
Qaynatma
|
Detur. Signetur.
|
D.S.
|
Berilsin, ko‘rsatilsin
|
Dragee
|
dragee
|
draje
|
Emplastrum
|
empl.
|
plastir
|
Emulsum
|
emuls.
|
emulsiya
|
Extractum
|
extr.
|
ekstrakt
|
ex
|
ex
|
Nisbatda
|
Ex tempore
|
Ex tem.
|
Qo‘llashdan oldin
|
fiat, fiant
|
f.
|
hosil bo‘lsin
|
fluidum
|
fluid.
|
suyuq
|
flos
|
fl.
|
gul
|
folium
|
fol.
|
barg
|
fructus
|
fr.
|
meva
|
gelatinosus (-a, -um)
|
gel.
|
jelatinli
|
granula
|
gran.
|
granula
|
gutta (-m, -s)
|
gtt.
|
tomchi, tomchiga, tomchilar
|
herba
|
h., hb.
|
o‘t, giyoh
|
in
|
in
|
da
|
in ampullis
|
in amp.
|
ampulada
|
in capsulis
|
in caps.
|
kapsulada
|
infusum
|
inf.
|
damlama
|
Misce, misceatur
|
M.
|
aralashtir
|
massa pilularum
|
m. pil.
|
pilyula massasi
|
mucilago
|
mucil.
|
shilimshiq
|
oleum
|
ol.
|
yog‘
|
obductus (-a, -um)
|
obd.
|
qoplangan
|
pasta
|
past.
|
pasta
|
pulvis
|
pulv.
|
sochma, kukun
|
quantum satis
|
q.s.
|
kerak bo‘lgancha
|
radix
|
rad.
|
ildiz
|
Recipe
|
Rp.
|
Ol
|
rhizoma
|
rhiz.
|
ildizpoya
|
Signa, Signetur
|
S.
|
Belgila, ko‘rsat
|
semen
|
sem.
|
Urug‘
|
sirupus
|
sir.
|
qiyom
|
solutio
|
sol.
|
eritma
|
suppositorium
|
supp.
|
shamcha
|
Numero
|
N.
|
Miqdori, soni
|
sterilisetur
|
steril.
|
sterillansin
|
siccus
|
sicc.
|
quruq
|
simplex
|
simpl.
|
oddiy (sodda)
|
suspensio
|
susp.
|
suspenziya
|
tabuletta
|
tab.
|
tabletka
|
tinctura
|
tinct. (t-ra)
|
tindirma
|
unguentum
|
ung.
|
surtma
|
linimentum
|
lin.
|
suyuq surtma
|
Takrorlash_uchun_savollar'>Takrorlash uchun savollar:
Resept nima?
Resept qanday tarkibiy qismlardan iborat?
Reseptning qaysi qismlari lotin, qaysilari davlat tilida yoziladi?
Qanday reseptlar davolash muassasasining “Reseptlar uchun” va qaysilari yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi?
Resept bo‘yicha dori olishni tezlashtirish uchun yoki reseptni qayta qo‘llash uchun reseptga qanday so‘zlar yozilishi kerak?
DORI SHAKLLARINING TASNIFI
Dori shakli – dori moddasini qo’llash uchun eng qulay holga keltirilgan shaklidir. Chunonchi, dori shakllarining quyidagi turlari tafovut qilinadi:
Suyuq dori shakllari
Yumshoq dori shakllari
Qattiq dori shakllari
SUYUQ DORI SHAKLLARI
Suyuq dori shakllariga quyidagilar kiradi:
Eritma – Solutio
Damlama – Infusum
Qaynatma – Decoctum
Tindirma – Tinctura
Aralashma – Mixtura
In’eksiyalar uchun ishlatiladigan dori shakllari – Formae medicamentorum pro injectionibus
Suyuq ekstrakt – Extractum fluidum
Quyuq ekstrakt – Extractum spissum
Quruq ekstrakt – Extractum siccum
Emulsiya – Emulsum
Shilimshiq - Mucilago
Suspenziya – Suspensio
ERITMALAR
(bosh kelishik birlik sonda - Solutio, qaratqich kelishik birlik sonda – Solutionis, qisqartmasi - Sol.)
Eritmalar – dozalarga bo’linmagan suyuq dori shakli bo’lib, ichga yoki sirtga qo’llash uchun mo’ljallangan qattiq yoki suyuq dori moddasini erituvchida eritish yo’li bilan hosil qilinadi. Ular tiniq suyuqlik bo’lib, saqlanganda cho’kma hosil qilmaydilar. Demak, eritma 2 ta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: eruvchi va erituvchi.
Eritmalar offisinal va magistral bo’lishi mumkin. In’eksion qo’llash uchun ampulalarda chiqarilgan ertimalar dozalangan dori vositasi hisoblanadi.
Erituvchi sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin:
Distillangan suv – Aqua destillata
Etil spirti – Spiritus aethylicus
Gliserin – Glycerinum
Vazelin moyi – Oleum vaselini
Zaytun moyi – Oleum olivarum
Shaftoli moyi – Oleum persicorum
Bodom moyi – Oleum amygdalarum
Kungaboqar moyi – Oleum helianthi
Eritmalar qo’llanilgan erituvchining turiga ko’ra suvli, spirtli va yog’li eritmalarga bo’linadi. Resept yozilganda erituvcining turi ko’rsatiladi (masalan, Sol. Iodi spirituosae yoki Sol. Camphorae oleosae).
Agar reseptda erituvchi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda eritma distillangan suvda tayyorlanadi.
Eritmalar qo’llanilishiga ko’ra quyidagilarga ajratiladi:
a) ichga qo’llash uchun eritmalar. Bu eritmalar signaturada choy, desert, osh qoshiqlarida, shuningdek tomchilarda dozalanadi.
b) sirtga qo’llash uchun eritmalar. Ko’z, quloq, burun tomchilari, yuvish, bosim ostida yuvish (sprinsevanie), chayish, malham (primochka) uchun buyuriladi.
ICHISH UCHUN ERITMALAR
(Solutiones pro usu interno)
Ichish uchun eritmalar distillangan suvda tayyorlanadi va 3-4 kunga buyuriladi. Qo’llash uchun ochilganidan so’ngra sovutgichda saqlash tavsiya etiladi.
Ichish uchun eritmalarni odatda darajalarga bo’lingan stakanchalarda, choy qoshiqlarda, desert qoshiqlarda, osh qoshiqlarda, shuningdek tomchi ko’rinishida dozalanadi va qabul qilinadi.
Qoshiqlar hajmi:
1 choy qoshiq – 5 ml,
1 desert qoshiq 7,5 – 10 ml,
1 osh qoshiq 15 ml.
Qoshiqlarda dozalanadigan eritmalar odatda kuniga 3 mahaldan ichish uchun 4 kunga, hammasi bo’lib 12 marta qabul qilishga yozib beriladi.
Eritmalarni reseptda 3 xil shaklda yozish mumkin:
Kengaytirilgan shakl. Bunda eritmaning barcha tarkibiy qismlari, ya’ni dori modda va erituvchi moddaning nomi, ularning miqdori (og’irligi yoki hajmi) ko’rsatiladi.
Misol. td = 0,3 bo’lgan Natriy bromid (Natrii bromidum) eritmasi 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahaldan 4 kunga ichish uchun yozib berilsin.
Hisob: 3 mahal x 4 kun = 12 marta; td = 0,3 natriy bromid – 0,3 x 12 = 3,6
“Erituvchi” sifatida suv olingan;
suv 1 osh qoshiqda 15 ml. 12 marta – 15 ml x 12 = 180 ml.
Rp.: Natrii bromidi 3,6
Aquae destillatae ad 180 ml
M.f. solutio
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Qisqartirilgan shakl (“ex” – ko’rinishda), bunda resept eritma so’zi bilan boshlanib, so’ngra dori moddaning nomi, uning eritmadagi gramm miqdori, butun eritma miqdoriga bo’lgan nisbati ko’rsatiladi. Agar erituvchi sifatida suv ishlatilgan bo’lsa, u holda suvdagi eritma ekanligi ko’rsatilmaydi.
Rp.: Solutionis Natrii bromidi ex 3,6 – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Qisqartirilgan foiz shakli – eritmaning konsentrasiyasi foizlar hisobida ko’rsatiladi: 100 ml erituvchida eritilgan moddaning miqdori (pro centum – lotincha yuzda qancha).
Hisob: 3,6 – 180 ml x=3,6 x 100 / 180 = 2%
x - 100 ml
Rp.: Solutionis Natrii bromidi 2% - 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Quyidagilarga resept yozing:
1. Natriy bromidi (Natrii bromidum) eritmasidan 200 ml ga shunday hisob bilan resept yozingki, unda bemor 1 osh qoshiq eritmada 0,3 g natriy bromidi qabul qilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun.
2. Kaliy xloridi (Kalii chloridum) ning 10% li eritmasidan 200 ml ga. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
3. Kaliy bromidi (Kalii bromidum) eritmasidan 180 ml ga shunday hisob bilan resept yozingki, unda bemor har safar ichganida 1 osh qoshiq eritmada 0,5 g kaliy bromidi qabul qilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun.
4. Kalsiy xloridi (Calcii chloridum) ning 10% li eritmasidan 200 ml ga. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
5. Natriy salitsilati (Natrii salicylas) eritmasidan 5 kunga yetadigan qilib shunday hisob bilan resept yozingki, unda bemor 1 osh qoshiqda 1,0 natriy salitsilati qabul qilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish uchun.
6. td=5 sg bo‘lgan kofein natriy-benzoati (Coffeini natrio-benzoas) eritmasini 12 marta qabul qilishga, 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
Offisinal eritmalar
Farmakopeyada ichish uchun quyidagi offisinal eritmalar keltirilgan:
Suyultirilgan xlorid kislotasi eritmasi (8,2 – 8,4% vodorod xloridi saqlaydi);
Kordiamin (dietilamid nikotin kislotasining 25% eritmasi);
Validol (25 – 30% mentol eritmasining izovalerian kislotasi mentil efiridagi eritmasi);
Offisinal eritmalarga resept yozilganda konsentrasiya ko’rsatilmaydi (eritmaning nomi va miqdori ko’rsatiladi, xolos).
Quyidagilarga resept yozing:
1. Syuyltirilgan xlorid kislota (Acidum hydrochloricum dilutum) ning 15 ml eritmasi. 10 tomchi eritmani ½ stakan suvga qo’shib 3 mahal ovqatdan oldin ichish uchun.
2. 15 ml kordiamin (Cordiaminum). Kuniga 2 mahal ovqatdan oldin 20 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Takrorlash uchun savollar:
Dori shakli nima?
Necha xil dori shakllari mavjud?
Suyuq dori shakllariga nimalar kiradi?
Qanday dori shakli eritma deb ataladi?
Eritmalarni tayyorlash uchun erituvchi sifatida qanday moddalar qo‘llaniladi?
Erituvchisiga ko‘ra eritmalar necha xil bo‘ladi?
Eritmalar qaysi yo‘l bilan qo‘llaniladi?
Eritmalarni reseptda yozishni nechta turi ma’lum?
Ichish uchun eritmalar qanday taqsimlanadi?
Mustaqil resept yozish uchun misollar:
td = 0,02 bo‘lgan papaverin gidroxlorid (Papaverini hydrochloridum) ni choy qoshiqda ichishga suvli eritmasiga resept yozing.
td = 0,5 bo‘lgan kaliy bromid (Kalii bromidum) ni suvli eritmasini osh koshiqda ichish uchun kengaytirilgan va qisqartirilgan shakllarda resept yozing.
td = 1,0 bo‘lgan kaliy xlorid (Kalii chloridum) ni 6 yoshli bolaga ichish uchun suvli eritmasiga barcha shakllarda resept yozing.
DAMLAMA va QAYNATMALAR (Infuza et Decocta)
Damlama bosh kelishik birlik sonda - Infusum, qaratqich kelishik birlik sonda – Infusi, qisq. – Inf.
Qaynatma bosh kelishik birlik sonda - Decoctum, qaratqich kelishik birlik sonda – Decocti, qisq. – Dec.
Damlama va qaynatmalar o’simlik xomashyosining qaynoq (100°C) suv bilan olingan ajratmalaridir. Ular ichish uchun hamda sirtga qo’llashga mo’ljallangan.
Damlamalar – dozalarga bo’linmagan suyuq, magistral dori shakli ko’pincha o’simliklarning nozik qismlaridan: bargi (folium), guli – (flos), o’tidan – (herba) tayyorlanadi. Maydalangan dorivor xomashyo oldindan isitilgan infundirkaga solinib, ustiga qaynoq suv quyiladi va qaynoq suv hammomida 15 daqiqa ushlanadi. So’ngra xona haroratida sovutilgach filtrlanadi va distillangan suv bilan kerakli hajmga yetkaziladi.
Qaynatmalar odatda o’simliklarning dag’al qismlaridan: po’stlog’i (cortex), ildizi (radix), ildizpoyasidan (rhizoma) damlama tayyorlashga o’xshash bajariladi, ammo farqi shundaki, qaynab turgan suv hammomida 30 daqiqa mobaynida aralashtirib turgan holda ushlanadi, so’ngra issiq holda filtrlanadi va distillangan suv bilan kerakli hajmga yetkaziladi. Istisno tariqasida, yuqori haroratda parchalanadigan, masalan efir saqlovchi o’simliklarning dag’al qismlaridan damlama tayyorlanadi.
Damlama va qaynatmalarni tayyorlash;
Dori shakli
|
O’simlik qismlari
|
Ajratuvchi eritma
|
Isitish vaqti
|
Sovutish vaqti
|
Qaysi holatda filtrlanadi
|
Damlama
|
Bargi, o’t qismi, gul yaproqlari
|
Distillangan suv
|
15 daq.
|
45 daq.
|
Sovuq holda
|
Qaynatma
|
Po’stlog’i, ildizi, ildizpoyasi
|
Distillangan suv
|
30 daq.
|
10 daq.
|
Issiq holda
|
Damlama va qaynatmalarning nomi va lotin tilida turlanishi:
O’simlik qismlari
(o’zbekcha)
|
O’simlik qismlari
(ruscha)
|
Bosh kelishik
(birlik sonda)
|
Qaratqich kelishigi
(birlik sonda)
|
Qaratqich kelishigi
(ko’plik sonda)
|
Po’stloq
|
Кора
|
cortex
|
corticis
|
|
Ildiz
|
Корень
|
radix
|
radicis
|
|
Ildizpoya
|
Корневище
|
rhizoma
|
rhizomatis
|
|
O’t
|
Трава
|
herba
|
herbae
|
|
Barg
|
Лист
|
folium
|
|
foliorum
|
Gul
|
Цветок
|
flos
|
|
florum
|
Meva
|
Плод
|
fructus
|
|
fructuum
|
Damlama va qaynatmalar tez buzilib qoladigan bo’lgani uchun ko’pi bilan 3-4 kunga yetadigan miqdorda dorixonada tayyorlanadi va sovutgichda saqlash tavsiya etiladi. Ular ko’pincha qoshiqlarda ichish uchun buyuriladi.
Reseptda faqatgina qisqartirilgan shaklda yoziladi. Rp.: belgisidan keyin katta harfda, qaratqich kelishigi birlik sonda dori vositasining nomi (Infusi yoki Decocti), so’ngra qaratqich kelishigi birlikda yoki ko’plikda o’simlik qismininig nomi kichik harflarda, so’ngra o’simlikning nomi qaratqich kelishigida katta harflarda yoziladi, dori xomashyosining miqdori grammlarda, damlama yoki qaynatmaning miqdori millilitrda ko’rsatiladi:
Farmakopeyalarda damlama va qaynatmalarni tayyorlash uchun o’simlik xomashyosi va erituvchining (ko’pincha suv) quyidagi standart konsentrasiyalari qabul qilingan. Bunday hollarda resept yozishda konsentrasiyani hisoblash uchun og’irlik-hajm inobatga olinadi:
Kuchsiz ta’sir ko’rsatadigan o’simliklar uchun 1:10
Kuchli ta’sir ko’rsatadigan o’simliklar uchun 1:30
Zaharli ta’sir ko’rsatadigan o’simliklar uchun 1:300
Do'stlaringiz bilan baham: |