Adaptatsiya
|
–
|
tizimning real jarayonlarga moslashishi
|
Avtokorrelyasiya
|
–
|
keyingi darajalar bilan oldingilari o‘rtasidagi yoki haqiqiy darajalari bilan tegishli tekislangan qiymatlari o‘rtasidagi farqlar orasidagi korrelyasiyadir.
|
Alternativ (muqobil) gipoteza
|
–
|
taqqoslanayotgan ikkita to‘plam ko‘rsatkichlari orasida muhim farq mavjud deb aytilgan taxmin.
|
Alternativ xarajatlar
|
–
|
tanlashda voz kechilgan eng yaxshi alternativ variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Alternativ qiymatni foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror ne’mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati bilan ifodalanishi
|
Asimmetrik axborot
|
–
|
bu shunday holatki, bunda bozorda bo‘ladigan savdo-sotiqda bozor qatnashchilaridan bir qismi kerakli, muqim axborotga ega qolgan qismiga ega emas
|
Asimmetriya
|
–
|
o‘rtacha kub tafovutni kub darajali kvadratik o‘rtacha tafovutga nisbatidan iboratdir
|
Bashoratlash
|
–
|
hodisa yoki jarayonlarning kelgusidagi mumkin bo‘lgan holatini ilmiy asoslangan holda bilish
|
Belgi
|
–
|
bu to‘plam birligining alomatlari, xislati va h.k.
|
|