Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, f f. n Aliev S. U



Download 1,52 Mb.
bet42/87
Sana30.05.2022
Hajmi1,52 Mb.
#620148
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
Bog'liq
psix 11111111

Muammoli savol: Psixik rivojlanishning umumiy tendetsiyalari, qonuniyatlariga nimalar kiradi?
1. Psixik rivojlanishning notekisligi.
Bu har qanday sharoitda xatto ta’lim-tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari psixik funksiyalari va psixik xususiyatlari rivojlanishining bitta darajasida tuxtab turmaydi. Bolalarning rivojlanishidagi ayrim davrlardagi psixikaning u yoki bu yunalishlarida rivojlanish uchun nixoyatda qulay sharoit paydo bo‘ladi va bu sharoitlarning ba’zilari vaqtinchalik o‘tkinchi xarakterda bo‘ladi. Masalan maktabgacha yoshda ayniksa nutk, o‘smirlikda, ilk o‘spirinlikda mustaqil taffakur jadal rivojlanadi.
Psixika integratsiyasi- inson psixikasi o‘z tarakkiyoti davomida tobora ko‘proq yaxlitlik birlik, mustaxkamlik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta boradi. Masalan: aloxida predmet va xodisalarni to‘liq idrok qilish asosida kuzatuvchanlik shakllanadi.
Psixik rivojlanishdagi plastiklik va konpensatsiya imkoniyati. Ba’zi funksiyalari kamchiliklarini boshka funksiyalar bilan tuldirish.


4- Mavzu: Yosh davrlarni tabaqalash va Yosh inqirozlari.
Bu savolga javob topish inson psixik taraqqiyoti tabiatini tushunishga bog‘liq. Bunday nuqtai nazarlardan birida Yosh davrining o‘zgarmasligi qayd etiladi. Yosh xaqidagi bunday tasavvur psixika taraqqiyotini tabiiy biologik jarayon sifatida tushunish bilan bog‘liq. Qarama qarshi nuqtai nazarlardan biri Yosh tushunchasi umuman rad etiladi. Bunday xollarda taraqqiyot bilish va ko‘nikmalarni to‘plashdangina iborat deb qaraladi. Har bir Yosh davri psixik taraqqiyotning maxsus bosqichidir va bola taraqqiyotining ma’lum bosqichida shaxs strukturasidagi o‘ziga xosliklar majmuini tashkil etadigan o‘zgarishlar to‘plami bilan xarakterlanadi. L.S.Vыgotskiy yoshni taraqqiyotning ma’lum davri deb qaragan. Uning fikricha 1 Yosh davrdan boshqasiga o‘tganda ilgari Yosh davrida mavjud bo‘lmagan yangi narsa paydo bo‘ladi, taraqqiyotning borishi o‘zgaradi va qayta quriladi. Yosh xususiyatlari ko‘p sharoitlar majmui bilan belgilanadi. Ularga xayotning ma’lum bosqichida bolaga quyiladigan talablar sistemasi ham, munosabatlar ham, u egallaydigan faoliyat va bilimlar tipi ham bu bilimlarni o‘zlashtirish usullari ham kiradi. YOshning xususiyatini belgilaydigan sharoitlar mazmuniga bola jismoniy taraqqiyotining xar xil tomonlari xususiyatlari ham kiradi. SHunday qilib, Yosh davri xayot sharoitlari va taraqqiyotning ma’lum davrida bolaga quyiladigan talablar xususiyatlari va uning atrofdagilar bilan munosabatlari, bola shaxsi psixologik tuzilishidagi taraqqiyot darajasi bilan uning tafakkuri va bilimlari taraqqiyoti darajasi hamda ma’lum fiziologik xususiyatlar majmui bilan xarakterlanadi.
Yosh davrini atrofdagilarga munosabat taraqqiyot darajasi bilan bilimlar, usullar, qobiliyat taraqqiyoti darajasi o‘rtasidagi aloqa belgilaydi. D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, taraqqiyot jarayonining bu 2 turli tomonlar o‘rtasidagi munosabatning o‘zgarishi keyingi Yosh davrlarda muxim ichki asosni tashkil etadi. Masalan, go‘daklik davrida bolaning tashqi muxit bilan aloqasi uning kattalar bilan munosabati orqali amalga oshiriladi. Bola xuddi shunday munosabatlar sistemasi sifatida ma’lum malakalarni egallaydi. Unda tasavvurlarning sodda bosqichlari shakllanadi. Kattalar bilan muloqat usullari kengayadi, nutqi rivojlanadi va boshqalar. Bularning bari bolaning mustaqil xarakat qilish imkoniyatlarining kengayishi uchun asos yaratadi. So‘ngra atrofdagilar bilan munosabat usullari ham o‘zgaradi. Bu esa psixik taraqqiyotning keyingi borishi sharoitini o‘zgartiradi. Bunday vaziyat o‘smirlik davrida ham vujudga keladi. Bunda oldingi taraqqiyot yutuqlari majmui bola xayot sharoitlari o‘zgarishi bolaning atrofdagilar bilan munosabat usullarining o‘zgarishiga olib keladi.
Psixologlar tomonidan Yosh davrlarning tabaqalashlarning nazariy masalalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta xissa bo‘lib qo‘shiladi, amaliy va nazariy muammolarning xal qilishda keng qo‘llanilmoqda.
Kiyingi yillarda bolalar va maktab o‘quvchilarining jismoniy va psixik rivojlanishida akseleratsiya (lotincha - «tezlanish») xodisasi ro‘y bermoqda.
Olimlar akseleratsiya xodisasining ham biologik ham ijtimoiy sabablarini ko‘rsatmoqda.
1. Biologik sabablari oz miqdordagi ionlashgan nurlarning va radio to‘lqinlarining ta’siri qishloq xo‘jaligi va meditsinada o‘sish va rivojlanishni, stimullashtiruvchi biologik faol moddalarning qo‘llanilishi, inson ozuqasida hayvon oqsil moddalari miqdorining oshishi.
2. Ijtimoiy sabablari-hayot tipining kuchayishi, hayot tonusining ortishi, televideniya, radio, kino orqali bolaning o‘smirlik chog‘idan boshlab miyasiga yig‘iladigan g‘oya ko‘p miqdordagi informatsiyalar, ma’lumot oqimining ta’siridan iboratdir.
Xozirgacha balog‘atga erishish va jinsiy etilishning jadallashishi to‘g‘risida bir butun ilmiy nazariya mavjud emas. SHuning uchun o‘sishdagi jadallashish, ya’ni akseleratsiya bo‘yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan har xil ilmiy asosdagi, bir-biridan farqli e’tirozli qator nazariyalar paydo bo‘lgan. Qo‘yida psixolog E.G‘.G‘oziev tomonidan sanab o‘tilgan akseleratsiya muammosiga oid qarashlarni keltiramiz:

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish