Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha Direktor o`rinbosari


O’qituvchi uchun adabiyotlar



Download 1,88 Mb.
bet6/20
Sana29.01.2020
Hajmi1,88 Mb.
#37983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha Direktor o`rinbosari


13. O’qituvchi uchun adabiyotlar:

A.Asosiy:

1. A. Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. ‘SHARQ’ NMAK. 2002 yil.

2. G’.Abdurahmonov. H. Rustamov. Ona tili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. ‘o'rituvchi’. 1995 yil.

3. O'zbek tilining imlo lug'ali. Toshkent. «O’qituvchi» - 1995 yil.



B. Qo’shimcha:

1.G.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. «O’qituvchi» 1981 yil.



DARS BOSQICHINING MAZMUNI

1. Tashkiliy qism:

O'qituvchu o’quvchilar bilan salomlashadi. O'quv xonasining tozaligini tekshiradi, xonani ko'rgazmali qurollar, texnik-axborot vositalar bilan jihozlanishi, o'qitiladigan mavzuga mosligiga e'tibor beradi. Navvatchini aniqlab, davomatni tekshiradi. o’quvchilarning tayyorgarligi (kitob, daflari, ruchka kabi o'quv qurollari va kiyinishi)ni tekshiradi'.

2. O’qituvchining kirish so'zi:

Bu bosqichda o’qituvchi o'tilgan mavzu nomini soraydi, song yangi mavzu nomini aytadi va dars o'tish rejasi, darsning maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtiradi hamda ularni doskaga yozib qoyadi. Oqituvchi o’quvchilarning diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni darsni o'zlashtirishga, bilimlarni puxta egallashga tayyorlashi kerak. O'tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning tushunmagan savollariga qisqa ma'lumotlar beradi.

3. O’quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va vaholash:

o’qituvchi o'tilgan mashg'ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o’quvchilarning bilimini tekshiradi.

1. Frontal savollar.

1. O'zbek tilinimng asosiy imlo qoidalari qachon qabul qilingan?

2. O'zbek tilinimng asosiy imlo qoidalarini yoddan ayting?

o'quvchilaming o'tgan mavzu bo’yicha olgan bilim va ko'nikmalarini tekshirishadi hamda o'zlashtirish darajasini izohlaydi. o'quvchilami ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o'stirishda mustaqil ish usulidan foydalanib yondoshiladi. O'qutuvchi o’quvchilarni javob berishdagi xato va kamchiliklarini to'g'rilaydi, tushunturadi. o’quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirilmagan bo'limlarni qisqacha so'zlab beradi. o’quvchilarni vaholaydi. Vaholarni e'lon qiladi.

4. Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o'qituvchu o'quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma'ruzaning asosiy qismlarini daflarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fikrlashi uchun yetilanmalar berib ishlaydi.

MAVZU: So'z o'zagiga qo’shimchalar qo'shganda yuz beradigan tovush o'zgarishlari asosida togri yozish. -ning va -ni qo’shimchalarini belgili va belgisiz qo'llanishi.

REJA:

1. O'zakdagi unlining o'zgarishi.

2. O'zak va qoshiMchadagi undoshning o'zgarishi.

3. O'zak va qo’shimchadagi tovushning tushib qolishi.

4. -ning va—ni qo’shimchalarinin qo'llanishi.

Tayanch so’z va iboralar: o'zak, negiz, qo’shimcha, yasovchi qo’shimcha, shakl yasovchi qo’shimcha, qo’shimchalar qo'shilish tartibi, tovush ortirilishi, tovush tushib qolishi, tovush o'zgarishi, kelishik qo’shimchalarining belgili qo'llanishi, belgisiz ishlatilishi, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, xususiylik, aniqlik.
O'zbek tili o'z xususiyatiga ko'ra agglyutinativ tillar turkumiga kiradi. Agglyutinativ tillarni flektivffors, rus, hind, arab, polyak, ukrain, nemis, ingliz) tillaridan farqi shundaki, bu tillarda soz asosini (o'zakni) mustaqil qo'llash mumkin, ularga qo'shiladigan qoshiMchalarning har biri bir ma'ni ifodasi uchun ishlatiladi, turlanishda yagona tizimga ega, granimatikjins kategoriyasi yo'q, old qo’shimchalar yo'q. O'zbek tilidagi so'zni ma’noli qismlarga bo'lish mumkin.

Masalan: o’quvchilarmiz so'zida 2 ta yasovchi, 2 ta shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar bor. Ularni olib tashlasak ham so'zning o'zagi mustaqil ma'no bildiraveradi. o'qi +v+chi+lar+miz. Fanda bular so'zning manoli qismlari, ya'ni morfemalar deyiladi.

Morfemalar ikkiga bo'linadi; o'zak va qo’shimchalarga.

Ana shi qismlar varcha so’zda uchraydi. O'zak va qo’shimchalarni bir-biriga qo'shib yahgi so'z hosil qilish hollari ko'plab uchraydi. Lekin, ularni qo'shish jarayonida tovush o'zgarishi, tushishi, ortilishi kuzatiladi. Bu hodisa o'zining maxsus qonuniyatlariga ega.



1. O'zagdagi unlining o'zgarishi:
-a unlisi bilan tugagan sherlarga - a, - k, - qi, qo’shimchalari qo'shilganda a unlisi o ga o'zgaradi va shunday yoziladi.

masalalar: sina>sinov, so’ra>so'roq, mira>miroq, sayra>sayroqi, chanqa+q= chanqoq, chahqa+b= chanqov, tayo+q=tayoq kabi.

-i unlisi bilan tugagan sherlarga qo'shilgan - b, - q, qo’shimchalari i unlisi u - ga aylantiriladi.



masalan:sovi>sovuq, to'qi>to’quvchi, o'qi >o'quv. Lekin og'riq, iliq, qaviq so'zlarining o'zagida i o'zgarmaydi.

-osh, bosh, sog',yosh kabi so'zlarga qo’shimchalar qo'shilganda tovush o'zgarishi sodir bo'lmaydi. Ammo son, ong, yosh, ot kabi bir bog'inli va'zi so'zlarda yasovchi qo’shimchalar qo'shilganda, o tovushi a ga aylanadi: son+a= sana, son+oq= sanoq, ong+la= angla, yosh+a= yasha, ot+a=atakabi.

-i bilan tugagan tani, o'qi, tashi, to’qi, qashi kabi fe'l negizlariga v qo'shilganda, oxirgi i u ga aylanadi: tani
2. O'zak va qoshiMchadagi undoshning o'zgarishi:
- k,-q bilan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchalari qo'shilganda ‘k’ undoshi ‘g’ ga, ‘q’ undoshi esa ‘g' ‘ ga aylanadi va shunday yoziladi: ohak+I=ohagi; bek+im=begim, tayoq+ing= tayoging; yo'q+I=yo'g'i.

Ammo ishtirok, erk, huquq, ravnaq, yuq, haq, ishtiyoq, so'zlar bundan mustasno.

-k, q bilan tugagan so'zlarga g undoshi bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo'shilganda g tovushi o'zakdagi tovushga moslashadi va shunday yoziladi.

Masalan:tok+ga=tokka, ek+gin=ekkin, kechik+gudek=kechukkudek, soliq+ga= soliqqa, chiq+gani=chiqqani, yoq+gach= yoqqach kabi.
3. O'zak va qo’shimchadagi tovushning tushishi yoki ortishi:
- ikkinchi bo'g'in yopiq bo'g'in bo'lgan ayrim otlarga egalik qoshiMchalari (-im, -ing, -1, -imiz, -ingiz,-ilari) va shunday tarkibli fe’llarga -il nisvat qo’shimchasi qo'shilganda o'zakdagi ikkinchi unli tushub qoladi. Masalan, og'iz+ im- og'am, burun+I=burni, singil+im=singlim, shahar+ing= shahring, o'g’il+imiz= o'g'limiz, ayir+il= ayril, qayir+il= qayril kabi.

-ikkinchi bo'g'ini ochiq unli bilan tugagan sonlarga -ov, -ala qo'shiMchlari qo'shilganda ham o'zakdagi - I unlisi yozilmaydi: ikki+ov=ikkov, olti+ov=oltov; yo’ti+ala, yo’tala kabi.

men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo’shimchalari qo’shilganda qo’shimchadagi n aytilmaydi va yozilmaydi. O'zagi n bilan tugagan boshqa so'zlar bundan mustasno. Masalan. Men+ni=meni; sen+ning=sening; men+niki=meniki, matnniki, o'rinni kabi.

Bog’, tog', yog', cho'g', sog', tug’, varg, teg, eg, tug kabi g' yoki g bilan tugagan so'zlarga;

Qishloq, toshloq, o'rtoq, yotoq, o'roq, chiq, qoq, o’ak, terak, elak, o'rdak, chelak, to'k kabi q yoki k bilan tugagan so'zlarga g harfi bilan boshlangan qoshiMchlar qo'shilganda undoshlar ozgarmaydi valki, g undoshi ularga moslashadi: boq+ga=qa, toq+ga=qa, yoqqa, sog’+ga=soqqan, tuqqan, oqqan, tekkan, ekkan, tukkuncha, qishloqacha, o'rtoqqa, yotoqqa, o'roqqa, chiqqan, qoqqan, o’akka, elakka, o'rdakka, chelakka, to'kkin, cho'kkach, sariqqina, kichikkina kabi.

Ammo g bilan tugagan va'zi sozlar, kishikar nimlari, joy nomlari g bilan yoziladi: pedagog+ga= pedagogga, miting+ga=mitingga, Lyuksemburgga, Orenburgga kabi.

U, bu, shu olmoshlariga -da, -dan, -day, -ga, -cha qo’shimchalari qo'shilganda, aytilishiga muvofiq, bitta n orttirilib yoziladi. Masalan, u+ga=unga, shu+ga=shunga, bunga, shunday, shuncha, shundan, undan, uncha kabi.

Isimoq, achimoq, qotmoq kabi fellardan sifat yasalganda, va'zan o'zakdagi s, ch, t kabi undoshlar bittaga orltiriladi. Masalan: isi+q= issiq, achi+q=achchiq, qattiq kabi.



Qaratqich kelishigi qo’shimchasi yozuvda -ning shaklida ifodalanadi: o'zbekistonning iqtisodi, kollejning bog'i, bilimning kuchi. Bu kelishik ma'nosi jonli nutqda -ni, she'r tilida -n, -im shakllarida ifodalanishi mumkin: Ukamni (ng) oldiga kirdim, o'zbekiston vatanim manim(ning).

Tushum kelishigi qo’shimchasi doimo - ni tarzida yoziladi: Bonuni ko'rdim, mehrimni berdim, buvimni sog’indim kabi. She'riy va og'zaki

nutqda -n, -di, ti, -I shaklarida ham qo'llanishi mumkin. Har fasl o'z ishin(ni) qilar. Adl qulog'ila eshit holimi(ni). (Muqimiy).



Qaratqich va tushum kelishiklari va'zan belgili, ya'ni -ning, -ni qo’shimchalari bilan, va'zan esa belgisiz, ya'ni qo’shimchalarisiz qo'llanishi mumkin. Xususiylik, aniqlik ma'nosi ifodalaganda bu kelishiklar belgili qo'llaniladi(uyning eshigi, oq gulni uzatmoq kabi) umumiylik, noaniqlik ma'nosida esa bu kelishiklar belgisiz ishlatiladi. (shahar ko'chasi (shaharning ko'chasi), olma(ni) yemoq kabi.)

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'zakka qo’shimcha qo’shilishida yuz beradigan tovish o'zgarishlari, kelishik qo’shimchalarining belgili yoki belgisiz qo’llanishi imlo qoidalarining asosiy tamoiylariga kiradi. Shunning uchun ularni doimo yodda tutmoq kerak.



Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. O'zakdagi unlining o'zgarishini aytib bering.

2. O'zak va qo’shimchadagi undoshning o'zgarishini tushuntiring.

3. O'zak va qo’shimchadagi tovushning tushib qolishiga misollar keltiring.

4. -ning va -ni qo’shimchalarinin qo'llanishini bilasizmi?

5. Darslik kitobingizdagi (A.Rafiyev, N.G'ulomova, Ona tili va adaviyoti) 30-mashqni o'qing, nuqtalar o'rniga kelishik qo’shimchalaridan qoyib, gaplarni ko'chiring, -ning,-ni qo’shimchalarining qo'llanishini izohlang.



Foydalanilgan adabiyotlar royxati

1. A.Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. ‘‘SHARQ’’ DMAK. 2002 yil.

2. G.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. «O’qituvchi» 1981 yil.

3. O'zbektili va adabiyoti jurnali 2005 yil. 3-son. 121-bo’.

4. Imlo lug'ati. Maktab o’quvchilari uchun qollanma. Toshkent-1976 yil.

5. O'zbek tilining imlo lug'ati. Toshkent - «O’qituvchi» - 1995.

6. O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari. 1995 yil. 24 avgust.

5. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollardan foydalanadi:

Frontal savollar:

1. O’zakka qo’shimcha qoshilganda o'zakda qanday o'zgarishlar yuz beradi?

2. -ning va -ni qoshiMchlarining belgili va belgisiz qo'llanishiga misollar keltiring.
6. Darsning yakuni:

o’qituvchi yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning tushunmagan savollariga javob beradi. Darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini vaholaydi, vaholarni izohlaydi hamda darstni yakunlaydi.

7. Uyga vazifa:

A. Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. ‘SHARQ’ NMAK. 2002 yil. 42-46 bo’. 30-mashq



1. MAVZU: QO'SHMA VA JUFT SOZLAR IMLOSI, ULARNI AJRATIB, QO'SHIB VA CHIZIQCH BILAN YOZISH.

2. Dars turi: _________________________

3. Dars vaqti: ___ daqiqa

4. Dars tipi: o’quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash, yangi mavzuni o'zlashtirish.

5. Darsda qollaniladigan usullar: Innvovatsiyon texnoligoyalari asosida ‘Muz yorar’, ‘B.B.B.’ usullari,

6. Darsda qo'llaniladigan nazorat turlari:

1. Frontal savollar.

2. Test savolliklari.

3. Mustaqil ish turi.



7. Dasr maqsadlari:

A.Ta'limiy maqsad:

  • Nazariy bilimlarni egallash va mustahkamlash;

  • lmlo qodalarini o'rganish;

  • Qo'shma so'zlar imlosi, ularni ajratib, qo'shib va chiziqch bilan yozishni bilish;

  • Juft so'zlar imlosi, ularni ajratib, qoshib va chiziqch bilan yozishni organish;

B.Tarbiyaviy maqsadi:

  • o’quvchilarda namunali savodxonlik ko'nikmalarini shakllantirish.

  • amaliy faoliyatda imlo qoidalarini to'g'ri qo'llay bilish.

  • o'quvchidagi axloqiy va estetik tushunchalar asosida so'zlash ko'nikmasini yanada rivojlantirish.

  • Ona tiliga muhabvat hissini kuchaytirish;

V. Rivojlantiruvchi maqsad:

  • hozirgi o'zbek adabiy tilning asosiy tamoiylarini kengroq bilish;

  • til birliklarini amalda bexato qo'llay olish ko'nikmasini rivojlantirish;

  • o'quvchining namunali yozma va ogzaki nutqini shakllanishini o'stirish;

  • Nutqiy faoliyat chog'ida mavzuga ijodiy yondoshish malakasini rivojlantirish;

  • Mustaqil fikrlash va o'z fikrini aniq, to'lq vayon qilish ko'nikmasini rivojlantirish.

  • o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish.

8. Darsni o'tish joyi: _______________________________

9. Darsning didaktikasi(integratsiya):

A.Fandagi mavzular aro bog'lanish:

Mavzu: 1.Imlo qoidalarining asosiy bo'limlarini sharhlash. So'zlarda unli va undoshlarning qo'shaloq qo'llanishi

Mavzu: 2.So'z o'zagiga qo’shimchalar qo'shganda yuz beradigan tovush o'zgarishlari asosida to'g'ri yozish. -ning va -ni qo’shimchalarini belgili va belgisiz qo'llanishi.

B.Fanlararo bog'lanish:

1. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish:



Mavzu. 1. Til birliklarining vazifasi va ularni amalda qo'llanishi.

2. Kommunikatsiya asoslari: 1. Tibbiyot xodimining so'zlashish odobi.



V. Hayot bilan bog'lash:

Mavzuni meditsina tarixidan olgan bilimlar asosida lushuntirish. Tibbiyot xodimi va bemor o'rtasidagi muloqot jarayonida adabiy tildan foydalish za’ryriyatini tushuntirish;



G.Kundalik hayotimizdagi nutqiy faoliyat bilan bog'lanishi:

Ichki kechinma, fikr-mulohaza, dunyoqarashni lushuntirish.



10. Kerakli bilimlar doirasi:

  • Imlo qodalarini puxta o'rganish;

  • Qo'shma so'zlar imlosi, ularni ajratib, qo'shib va chiziqch bilan yozishni bilish;

  • Juft so'zlar imlosi, ularni ajratib, qo'shib va chiziqch bilan yozishni o'rganish;

11. Darsni jihozlash:

Mavzuga oid ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, test savolliklari. Slayd, kodoskop, ekran, o'zbek tilining asosiy imlo qoidalarining toliq matni. Imlo lug'ati.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari

Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa

Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.

Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish

Taqsimlash

qog’ozchalari

2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________ usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.

Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish



_____ daqiqa

O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.

An’anaviy

nazorat usuli

Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.



Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va

bo’r


5

Taqdimot

______ daqiqa

Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa

Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa

Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish