“Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Takrorlash uchun savollar



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/52
Sana21.05.2023
Hajmi1,76 Mb.
#941923
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
Shaxs psixologiyasi UMK

Takrorlash uchun savollar: 
Motiv nima?
Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolarini tahlil qiling.
Motiv muammosi va uning yechimiga doir mulohazalarni izohlang.
Shaxs shakllanishida motivlarning roli haqida ma’lumot bering. 
O’quv faoliyati motivlari to’g’risida tushuncha bering.
 


98 
11-mavzu. Sotsiogenezda shaxs 
Reja: 
1.
Shaxsda ijtimoiy tipik muammo, milliy xarakter va ijtimoiy xarakter.
2.
Shaxsning rolli nazariyalari va ularning tahlili.
3.
Shaxs taraqqiyotiga ijtimoiy muhitning ta’siri. 
4.
Shaxs va ijtimoiy guruh. «Ijtimoiy rol», «Ijtimoiy guruh», «Ijtimoiy 
status» tushunchalarining umumiy tavsifi.
5.
Shaxs ijtimoiylashuvi. Axloqiy xulq-atvor regulyatsiyasining 
takomillashuvi. Xulq-atvor shakllarining ijtimoiylashuvi (L.S.Vigotskiy).
Tayanch tushunchalar:
ijtimoiylashuv, milliy xarakter, ijtimoiy xarakter, 
rolli nazariyalar, ijtimoiy muhit, ijtimoiy guruh, ijtimoiy status, ijtimoiy rol, xulq-
atvor.
Xarakter ta’lim-tarbiya va ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib kishining 
amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi. U insonning turli xususiy fazilatlari 
majmuasi. Shu sababli odamning, millatning xarakterini o‘rganib, uning 
kelajakda qanday vaziyatlarda qay usulda ish tutishini aytib berish mumkin. 
Xarakterni tarbiyalash, shakllantirish, o‘zgartirish mumkin. Har bir individ 
muayyan milliy xarakterning sohibi, uni ifoda etuvchi, namoyon qiluvchi 
hisoblanadi. Ammo, ayni paytda, milliy xarakter muayyan millat vakillari 
xarakterlarining oddiy mexanik yig‘indisi emas. Milliy xarakter individual 
xarakterlardan namoyon bo‘lish shakllari, qonuniyatlari, funksianal burch-
vazifalari, maqsadlari va shakllanish tamoyillari bilan sifatan farq qiladi. 
Individual va milliy xarakterlar o‘zaro dialektik bog‘liq tarzda mavjuddir. Milliy 
xarakter shaxs va millatga xos xususiyatlarning, bir milliy guruhni ikkinchi milliy 
guruhdan ajratuvchi tashqi ijtimoiy xatti-harakatlarda namoѐn bo‘lishidir. Buning 
asosida milliy o‘zlikni belgilovchi ijtimoiy-psixologik voqelik asosiy rol 
o‘ynaydi. Milliy xarakter inson tug‘ilishidan boshlab, uning o‘z ona tilini 
o‘zlashtirib, milliy muhitda voyaga etib, milliy-ma’naviy qadriyatlar qurshovida 
o‘sishi asosida shakllanadi va ijtimoiy haѐtga moslashishiga asos bo‘ladi. Shu 
o‘rinda hozirgi zamon ijtimoiy-psixologik fanlarda murakkab, ko‘pqirrali va 
bahsli-munozarali milliy xarakter muammosi haqida fikr yuritish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi.
Milliy xarakter atamasi XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning 
boshlarida g‘arbiy Yevropa falsafiy-sotsiologik fanlarida ilk bor fanga kiritildi va 
o‘sha davrning mashhur faylasuflarining ishlarida tadqiqot obyektiga aylandi. Bu 
muammoni tadqiq qilishga, xususan uning shakllanishiga ѐrdam beradigan milliy 
xarakter omillarining mavjudlik sabablari haqidagi masalaga katta qiziqish bilan 
qaragan olimlar I.Kant, D.Yum, Gegel, Fixte, shuningdek Gelvetsiy, Gerder va 


99 
boshqalar edi. Xarakter haqidagi izchil sistemali ta’limotni nemis klassik 
falsafasining asoschisi I.Kant ishlab chiqgan.
I.Kant fikricha, milliy xarakter tug‘ma, tarixiy taraqqiyot davomida kasb 
etilishi ham yoki sun’iy ham bo‘lishi mumkin. Ammo milliy xarakterni tug‘ma 
xususiyat sifatida yoki u yoki bu xalq tomonidan qo‘lga kiritilgan uzoq odat 
(odatlanish) natijasi sifatida asoslash juda qaltis va empirik isbotlab bo‘lmaydi. 
Shuningdek, milliy xarakterning xususiyatlarini boshqaruv shakllaridan keltirib 
chiqarish yoki tabiiy sharoitlar (iqlim va zamin) bilan izohlash ham asossiz. 
Masalan, tarixiy faktlarning dalolat berishicha, bir butun xalqlarning yangi joyga 
ko‘chib borishida ularning xarakteri o‘zgarmagan, faqat uni yangi sharoitga 
moslashtirishga harakat qilgan va bunda tilda, mashg‘ulot turida, hatto kiyim-
kechaklarida ham ularning kelib chiqishi ko‘zga tashlanib turgan, bu jihat 
ularning xarakterida ham namoyon bo‘lgan.
Milliy xarakter masalasidagi izlanishlar o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab 
keng jamoatchilik tomonidan yana o‘rganila boshlangan. Bu masalani alohida 
o‘rganuvchi “Milliy xarakter” degan konsepsiya AQSHda paydo bo‘lgan. 
Konsepsiyaning asoschilari har bir xalq xarakterining o‘rtacha modelini tuzish 
mumkinligini amalda isbotlaganlar. A.Kordiner buni bazaviy shaxs deb atadi. U 
“bazaviy shaxs”da u mansub millat xuddi bir tomchi suvda butun bir okeanning 
xususiyati jo bo‘lgandek aks etishini ta’kidlaydi. “Bazaviy shaxs” milliy oila, 
muhit va atrofdagilarning ta’sir ko‘rsatishi natijasida shakllanishini isbotlagan 
edi. Milliy xarakterni ayrim olingan kishilarga xos xususiyat deb qarash to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. Garchi har bir milliy xarakter shaxslar orqali namoyon bo‘lsa-da, 
lekin bu holat shu shaxsning o‘zini yoki shaxslar ruhiy xossalarining oddiy 
yig‘indisi ham emas. U avvalo mavjud millatga xos bo‘lgan jamoaning ko‘pchilik 
a’zolariga xos belgilar bo‘lgandagina milliy xarakterni belgilaydi. “Milliy 
xarakter” tushunchasini izohlashda ham olimlar o‘rtasida goh bir-birini 
takrorlaydigan va ayrim holatlarda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ta’riflar ham 
kuzatiladi.
Pedagogika fanlari doktori M.Quronov milliy xarakter masalasini tahlil 
qilib, unga “Milliy xarakter – qadriyatlar tizimi, me’yorlar mantig‘i, tashqi ritual 
va milliy birlikning e’tirof etilgan ko‘rsatmalari majmuidir” deb ta’rif beradi. 
Falsafa fanlari doktori I.Xudoyberdiyev – fikricha, “milliy xarakter muayyan 
millatga xos xususiyat bo‘lib, u aynan xalq yoki millatning ma’naviy qadriyatini, 
urfodati, an’analari, dini, san’ati aks etishda namoyon bo‘ladigan 
munosabatlardan iboratdir”. Yuqoridagi fikrlarni to‘ldirgan xolda tushunchaga 
quyidagicha ta’rif berishni o‘rinli deb hisoblaymiz. “Milliy xarakter – millat 
bosib o‘tgan uzoq tarixiy tajriba, uni o‘rab turgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 
muhit ta’sirida shakllangan, millatning qalbi, ruhiga singan va uning 


100 
mentalitetini, tafakkur tarzini, o‘ziga xosligini, urf-odatini, did va orzularini ifoda 
etuvchi va zamon ruhiga hamohang takomillashib boruvchi tipik xususiyatlar 
majmuasidir”. Darhaqiqat, hozirgi davrda sotsial-psixologik fanlarda milliy 
xarakter muammosi murakkab, ko‘pqirrali va bahs-munozarali muammo ekanligi 
yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Mazkur muammo nafaqat psixolog, 
sotsiolog va faylasuf olimlarning tadqiqot obe’kti bo‘lib qolmasdan, ayni paytda 
tarixchilar, adabiyotshunoslar, etnograflar, san’atshunoslarning ham tadqiqot 
obe’ktiga aylangan. Bundan tashqari, psixologiya va etnografiya fanlari o‘rtasida 
ularni bir-biriga tutashturuvchi mustaqil fan – etnopsixologiya shakllandiki, u 
bevosita etnik birliklar xarakteri muammosi bilan shug‘ullanmoqda.
O‘tgan asrning 30-50 yillarida milliy xarakter masalasini tadqiq etish xorij 
etnograflari oldida eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan edi. Aynan shu 
masala 80- yillarda sobiq ittifoq etnograf va faylasuflarining ham e’tiborini tortdi. 
Bu haqda mashhur rus faylasufi I.S.Kon hozirgi zamon jamiyatshunosligida 
milliy xarakter tushunchasidek murakkab va shu bilan birga, muhim bir muammo 
bo‘lmasa kerak, deb yozgan edi. Milliy xarakter an’anaviy tarzda etnopsixologiya 
doirasida o‘rganib kelinganki, unda asosiy obe’kt milliy-psixologik o‘ziga xoslik 
hisoblangan. Sotsialmadaniy darajada bu muammo bilan keyin etnosotsiologiya 
shug‘ulana boshlagan. Uning asosiy muammolari milliy xarakterning shaxslararo, 
guruhlararo va guruhning ichki tarkiblariaro munosabatlar, shunungdek xulq-
atvor tarzlari, qadriyatiy yo‘l-yo‘riqlar, sotsial dasturlar, yo‘l tutishlar sanalgan. 
Milliy xarakterning mohiyati psixik sotsialmadaniy hodisa sifatida namoyon 
bo‘ladigan, ikki tamonni o‘zida mujassam etgan subyektiv-obyektiv reallik 
sifatida qaralgan. Hozirgi zamon etnologiyasida etnik psixologiyaning 
strukturaviy tuzilishida asosan ikkita katta guruhlar – statik (uzoq vaqtli) va 
dinamik (qisqa vaqtli) komponentlar e’tirof etiladi. Etnoslarning etnogenez 
jarayonida shunday psixik xususiyatlar shakllanadiki, ular mazkur etnos 
vakillarida, sohiblarida saqlanadi va mustahkamlanadi, keyinchalik esa ularning 
turg‘un, barqaror statik komponentlariga aylanadi. Dinamik komponentlarga 
shunday xususiyatlar kiradiki, ular bir yoki bir necha avlodlarning hayot faoliyati 
bilan o‘lchanadigan muayyan davr davomida etnik psixologiyaga xos bo‘ladi, 
xalos. Statik komponentlar tarkibiga etnosning psixik xususiyati kiradi va u 
o‘zida atrof-muhit voqeligining turli tamonlarini etnik guruh vakillari tamonidan 
idrok etilishi hamda tushunilishining o‘ziga xos uslubini ifodalaydi. U tarixiy 
taraqqiyot mahsuli hisoblanadi, avlod-ajdodlar hayoti davomida shakllanadi va 
etnik xarakter, etnik o‘z-o‘zini anglash, etnik his-tuygu hamda kayfiyat, an’ana, 
urf-odatlarning o‘ziga xos sifati tarzida mavjud bo‘ladi, u yoki bu etnik birlik 
vakillarining psixik jarayoni va holati kechishining etnik o‘ziga xosligi shaklida, 
shuningdek odatda etnopsixologik xususiyat deb ataladigan hamda kishilarning 


101 
o‘zaro ta’sirlari, munosabatlari va aloqalarida namoyon bo‘ladi.
Milliy xarakterning tuzilishi va uning tarkib topishi murakkab jarayon 
hisoblanadi. Ayrim holatlarda olimlar tomonidan milliy xarakterning borligiga 
shubha ham qilinadi (Kaltaxchyan S.T., Tokarev S. A. va boshqalar) boshqalar 
esa (Sverdlin M.A., Kon S.A.) uni psixologik voqelik deb hisoblaydilar. Chunki, 
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, har qanday millatda va uning milliy 
psixologiyasida milliy xarakter shakllanadi va uning hayotiy faoliyatiga o‘z 
ta’sirini o‘tkazadi. Milliy xarakterning shakllanishi har bir alohida kishilar uchun 
xos bo‘lgan xususiyatdir. U milliy psixologiya asosida vujudga keladi. Milliy 
xarakter har bir alohida olingan shaxs xususiyati ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy 
jarayonda shakllangan va avloddan-avlodga o‘tadigan, boshqa guruhda 
takrorlanmaydigan sifatdir. Haqiqatdan ham har bir kishi o‘ziga xos milliy 
xarakterga ega bo‘ladi. Bunga odat, xulq-atvor, narsa va hodisalarga munosabat, 
ehtiyoj, did va umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish kabilar kiradi. Milliy 
xarakterni milliy psixologiyaning tarkibiy elementi sifatida ko‘pchilik olimlar 
e’tirof etishadi. Bu masala XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy 
nashrlarda yoritila boshlandi. Bir guruh olimlar milliy psixologiya va milliy 
xarakterni bir-biriga tenglashtirib talqin qilsalar, ikkinchi guruh olimlar milliy 
psixologiya tushunchasi milliy xarakterga nisbatan kengroqdir degan fikrni 
oldinga suradilar. Qizig‘i shundaki, ba’zi olimlar milliy xarakterni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri milliy psixologiyaning mahsuli, deb hisoblaydilar. O‘z davrining 
mafkurasi talablaridan kelib chiqib A.T.Tobildiyev “Milliy xarakter tushunchasi 
ko‘lami va mazmuni jihatidan milliy psixologik qiyofa tushunchasidan tor bo‘lsa 
ham, ko‘p hollarda uni millatning muhim belgilarini ifodalash uchun qo‘llashgan. 
Shuning uchun ham so‘z bu tushunchani inkor etish haqida emas, balki uning 
ko‘lam va mazmunini atroflicha o‘rganish haqida borishi kerak” deb yozadi. 
Ammo milliy xarakter bilan milliy ruhiyatni (psixologiyani) aynanlashtirish, 
milliy xarakterni milliy psixologiyaning tarkibiy qismi yoki uning mahsuli, deb 
qarash, bizningcha, nazariy jihatdan ham, ilmiy-uslubiy ma’noda ham xato qarash 
hisoblanadi. Chunki, milliy psixologiya muayyan shaxs yoki millatning ruhiy 
kechinmalari, hissiyoti va emotsional holatlarini o‘zida mujassam etganligi bois, 
u milliy xarakterning faqat botiniy (ichki) inson fitrati, fiziologik xususiyatiga 
daxldor komponentlarini tashkil etadi. Binobarin, milliy xarakterning tarkib 
topishi faqat ichki omillar yig‘indisidan iborat emas. Uning obyektiv 
jarayonlardagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy omillar bilan 
bog‘liq tomonlari ham mavjud. Etnik xarakter etnik psixologiyaning mustaqil 
komponenti sifatida u yoki bu etnos vakillarining odat tusini olgan xulq-atvor 
tarzi va tipik xatti-harakatlari ko‘rinishlarini belgilaydigan hamda ularning 
sotsial-turmushi muhitiga, atrof voqelikka, o‘z etnik guruhi va boshqa etnik 


102 
birliklarga munosabatida namoyon bo‘ladigan tarixan shakllanadigan barqaror 
psixologik xususiyat sifatida tasavvur qilinadi. U bir etnosni boshqa etnoslardan 
farq qildiradigan tarixan shakllangan psixikaning o‘ziga xos xususiyatlarini aks 
ettiradi va etnos vakillarining aksariyat shaxslari strukturasida ustunlik qiluvchi 
idrok etish, his qilish va xulq-atvor stereotiplari shaklida mavjud bo‘ladi.
Turli-tuman milliy birliklarning o‘ziga xos milliy psixologiyasi va milliy 
xarakterining mavjudligi e’tirof etilar ekan, ayni paytda ularni mutloqlashtirish va 
fetishlashtirish yaramaydi. Shunungdek, milliy va etnomilliy munosabatlarni 
tadqiq qilishda millatning milliy qiyofasini baholashda bir tomonlama 
yondashmaslik lozim. Uni milliy hayotning turli-tuman tomonlarini, avvalo milliy 
tarix, madaniyat, kundalik turmush tarzi, til, urf-odatlar, an’analar, geografik 
muhit, shunungdek sotsial-iqtisodiy rivojlanishning erishilgan darajasini aks 
ettiruvchi ko‘pqirrali tuzulma sifatida qarash lozim. Milliy psixologiya 
fenomenini anglash u yoki bu etnosning ijtimoiy hayoti, urfodatlari, an’analari, 
ijtimoiylashish va atrof-muhitga moslashish uslublari, shunungdek tarixiy 
xotiraning va tarixiy taraqqiyot yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlari spetsifikasi 
darajalariga asoslanishni taqozo etadi. Tadqiqotchilarning fikricha, milliy 
xarakter individlarning o‘zaro maxsus har tomonlama aloqalarining sifati va 
obyektiv umumiyligidir. SHu o‘rinda individ xususiyatlarini ijtimoiy tarixiy 
faoliyat 
jarayonida 
avloddan-avlodga 
o‘tadigan, 
boshqa 
guruhlarda 
takrorlanmaydigan xususiyatlar yig‘indisidan iborat deb qarash lozim. Ko‘pincha 
olimlar milliy xarakterning tuzulmasiga: a) odatlar va xulq-atvor, b) odatiy va 
noodatiy muhit va hodisalarga munosabat, v) umuminsoniy qadriyatlarga 
yo‘nalishi, g) ehtiyoj va did kabilar kiradi deb hisoblaydilar. M.Quronov fikricha, 
milliy xarakterni milliy tarbiya etishtiradi. Buning uchun milliy-tarbiya dasturi 
ishlab chiqilishi lozim. Dastur uch qismdan iborat bo‘lishi kerak. 1. Ijobiy 
fazilatlarni takomillashtirish. 2. Yangi fazilatlarni shakllantirishni, kiritishni urf 
qila bilish. 3. Salbiy fazilatlarga qarshi kurash. SHu o‘rinda milliy xarakter 
tuzulmasiga kiritilayotgan elementlarni biz milliy tarbiyamizga asos sifatida olib, 
M.Quronov tavsiya qilgan dastur bilan omuxtalashtirishni maqsadga muvofiq 
bo‘ladi deb hisoblaymiz. Dasturda ko‘rsatilayotgan ijobiy fazilatlarga odatlar va 
xulq atvorni, odatdagi va odatdan tashqari muhit va hodisalarni umuminsoniy 
qadriyatlarga yo‘llash, ehtiyoj va didni rivojlantirish kabi milliy xarakter 
tuzulmasini tashkil qiluvchi elementlarni kiritish mumkin. Yangi fazilatlarni 
shakllantirishni urf qila bilishga umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini 
va odat bo‘lgan muhit hodisalariga munosabatni kiritish joiz.
Ma’lumki, umuminsoniy qadriyatlarga mehnatsevarlilik, insonparvarlilik, 
tabiatni sevish va uni asrash fan va texnika yutuqlariga befarq bo‘lmaslik va 
tinchliksevarlik kabilar kiradi. Bu qadriyatlar bag‘rida kamol topgan avlod 


103 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan 
“Harakatlar strategiyasi”da ko‘zda tutilgan jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan 
rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga 
ega bo‘lib voyaga etadi. Salbiy harakatlarga qarshi kurashishga yuqorida 
Djandildin tomonidan keltirilgan milliy xarakter tuzulmasi elementlarining 
barchasiga zid ya’ni salbiy tomonini ifodolovchi tushunchalar bo‘lib, ularni 
illatlar deb atash mumkin. Bu illatlarga qarshi ma’rifiy kurashish orqali millat 
taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan mahalliychilik, urug-aymoqchilik, poraxo‘rlik, 
so‘z va amal boshqaligi kabilarni kishilar ongidan siqib chiqarib uni ezgulik 
g‘oyalari bilan to‘ldirish lozim. Shunda millat oldida turgan ko‘plab muammolar 
o‘z yechimini topadi.
M.Quronov milliy tarbiya dasturida milliy xarakterning tarkib topish 
jarayonini quyidagi ketma-ketlikda ifodalaydi: - milliy g‘oya – milliy mafkura – 
milliy tarbiya – milliy xarakter – milliy birlik – milliy taraqqiyot. Bizningcha, 
milliy tarbiya dasturiga bir muncha o‘zgartirish kiritgan holda hayotga qo‘llash 
lozim. Ma’lumki, go‘dak oila bag‘rida voyaga etadi u olam haqidagi ilk 
tasavvurlarni otaonadan va keyinchalik ko‘cha-ko‘ydan ola boshlaydi. Bu 
jarayonda unga ilk asos yoki dastlabki tasavvurlar tarbiya orqali singdiriladi. SHu 
bois milliy tarbiyani dasturning birinchi bo‘g‘iniga qo‘yish lozim va quyidagi 
tartibda ifodalash joiz: milliy tarbiya – milliy g‘oya – milliy mafkura – milliy 
xarakter – milliy birlik – milliy taraqqiyot. Mamlakatimizda olib borilayotgan 
islohatlarda ham eng asosiy bo‘g‘in sifatida tarbiya masalasiga e’tibor 
qaratilmoqda. Zero, “... intelektual va madaniy salohiyatning qanday noyob 
boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanini unitishga haqqimiz yo‘q. Rivojlangan mamlakatlar 
bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan etgani – bu ham 
haqiqat”. Murakkab etnosotsiologik hodisa sifatida milliy xarakterni tadqiq 
qilishda uning ko‘pqirraligini hisobga olingan holda, hozirgi ilmiy adabiyotlar va 
darsliklarda “milliy xarakter” kategoriyasiga uch xil ta’rif berilgan. Xususan, 
sotsiopsixologik yondashuv nuqtai nazardan milliy xarakter etnik birliklarning 
etnik stereotiplarda, xarakter, xususiyat va sifatlarning shaxs tamonidan o‘z-o‘zini 
belgilashlarda, fazilat va illatlar haqidagi tasavvurlar majmuasida o‘z-o‘zicha 
anglanadigan xulq-atvor va munosabatlarning tipik uslublarida namoyon 
bo‘ladigan barqaror o‘ziga xos xususiyatlar majmuasi.
Sotsial hodisa sifatida milliy xarakter – etnosdan ishlab chiqarish usulining 
energiya sig‘imini minimallashtirishga yo‘naltirilgan alohida, barqaror energo-
informatik psixosotsial shakldagi tuzilma. Etnologik nuqtai nazardan milliy 
xarakter konkret tarixiy-madaniy muhitda xulqatvor va munosabatlarda mavjud 
bo‘lgan sotsial energiyaning zichlashish shaklidir. B.C.Kukushkin va 


104 
L.D.Stolyarekolarning fikrlariga ko‘ra, milliy xarakter strukturasi shaxsning o‘z-
o‘zini belgilashi, etnik stereotiplar, etnosning oliy insoniy fazilatlar va illatlar 
haqidagi tasavvurlari, an’ana, urf-odatlarning emotsionalpsixik tomonlarini, 
ehtiyojlar va did- ishtiyoqlar tuzulmasini, adabiyot va san’at asarlarida, 
timsollarda ifodalangan onglilik va noonglilik psixik energiyasining namoyon 
bo‘lishini o‘z ichiga oladi.
“Milliy xarakter” tushunchasi borasida xali ham yagona qarash mavjud 
bo‘lmasa-da, lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar milliy xarakterga mehnatsevarlik, 
dovyuraklik, vatanparvarlik, erksevarlik va muomaladagi o‘ziga xoslik va boshqa 
shu kabi xislatlarni kiritadi. Bizningcha, milliy xarakterga oila va xotin-qizlarga, 
urf-odat va an’analarga munosabatlarni ham kiritish lozim. Bundan tashqari 
milliy ongda ijobiy va salbiy xususiyatlarning borligini ham unutmaslik lozim. 
Aslini olganda inson tabiatan yovuz mavjudot bo‘lib, unda ijobiy fazilatlarga 
nisbatan salbiy illatlarga beriluvchanlik kuchlilik qiladi. Shunday ekan, 
insonlardan tashkil topgan millat xarakterida ham ijobiy va salbiy xususiyatlar 
mavjud. Milliy xarakter masalasini tahlil qilish jarayonida uni milliy g‘urur 
tushunchasi bilan yonma-yon va hamoxang tushuncha sifatida qo‘llash mumkin. 
Har bir xalqning milliy xarakteri asosida uning milliy g‘ururi shakllanadi. Bu 
ijtimoiyiqtisodiy va ma’naviy hayotning barcha jabhalarida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, milliy xarakter milliy va umumbashariy qadriyatlar ta’sirida 
tarkib topib, millatni o‘rab turgan ijtimoiy-iqtisodiy muhit ta’sirida shakllanadi. 
Milliy xarakterni o‘rganishda va uni tadqiq etishda biror-bir millat xarakterini 
mutlaqlashtirish noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga olib keladi. Boshqa millatlarda 
uchramaydigan sof milliy xarakter mavjud emas. Shunday ekan qaysidir millatda 
o‘z tabiiy sharoiti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdan kelib chiqib millatning 
yuksak belgisi sifatida qadrlanuvchi fazilatlar boshqa xalqlar uchun ahamiyatli 
bo‘lmasligi mumkin. Milliy xarakterning u yoki bu xislatini o‘rganishda nisbatan 
olib ko‘rsatish kerak. 
Ijtimoiy rol - bu jamiyat maqomi egasi uchun munosib deb tan oladigan 
inson xulq -atvorining modeli. Ijtimoiy rol - bu ma'lum bir maqomga ega bo'lgan 
shaxs bajarishi kerak bo'lgan harakatlar majmui. Inson ijtimoiy tizimda ma'lum 
moddiy qadriyatlarni bajarishi kerak. 
Bu shaxsning ijtimoiy, ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar tizimidagi ijtimoiy 
mavqei bilan obyektiv ravishda belgilanadigan odam xulq -atvorining modelidir. 
Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy rol - bu "muayyan maqomga ega bo'lgan 
odamdan kutiladigan xatti -harakatlar" [1]. Zamonaviy jamiyat har bir kishidan 
muayyan rollarni bajarish uchun o'z xatti-harakat modelini doimiy ravishda 
o'zgartirishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, T. Adorno, K. Xorni va boshqalar 
kabi neo-marksistlar va neofreydchilar o'z asarlarida paradoksal xulosaga 


105 
kelishdi: zamonaviy jamiyatning "normal" shaxsiyati nevrotikdir. Bundan 
tashqari, zamonaviy jamiyatda rol ziddiyatlari keng tarqalgan bo'lib, ular bir 
vaqtning o'zida bir-biriga qarama-qarshi talablar bilan bir nechta rollarni bajarishi 
kerak bo'lgan hollarda yuzaga keladi. 
"Ijtimoiy rol" kontseptsiyasi 1930-yillarda amerikalik sotsiologlar R.Linton 
va J.Mid tomonidan bir-biridan mustaqil ravishda taklif qilingan. Odamlarning 
to'g'ridan-to'g'ri o'zaro ta'sir rejasi, "rolli o'yinlar", uning davomida insonning 
o'zini boshqasining rolida namoyon qiladi, ijtimoiy me'yorlarning assimilyatsiyasi 
sodir bo'ladi va ijtimoiy shaxsiyatda shakllanadi. Lintonning "rolning dinamik 
tomoni" sifatida ijtimoiy rolni ta'rifi tizimli funktsionalizmda mustahkam 
o'rnashgan va uni T. Parsons, A. Radklif-Braun, R. Merton ishlab chiqqan. 
Meadning g'oyalari interaktiv sotsiologiya va psixologiyada ishlab chiqilgan. 
Hamma farqlar bilan, bu yondashuvlarning ikkalasi ham shaxs va jamiyatning 
birlashishi, individual xulq -atvori ijtimoiyga aylanishi, odamlarning individual 
xususiyatlari va moyilligi bilan taqqoslanadigan tugun nuqtasi sifatida ijtimoiy rol 
g'oyasi bilan birlashtirilgan. Bundan tashqari, odam har xil rollari bir -biriga mos 
kelmasa, tez -tez rollar ziddiyatiga tushib qoladi. 
Ijtimoiy guruhlar - muntazam ravishda bir-birlari bilan oʻzaro munosabatga 
kirishadigan shaxslar guruhi. Turli sinflar, qatlamlar muhim ijtimoiy guruh 
hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, etnik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, 
ayollar, yoshlar va h. k.) ham ijtimoiy guruhga kiradi, chunki ularning 
jamiyatdagi mavqei hukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻliqdir. 
Bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oʻxshash, 
maqsad va qadriyatlari umumiy boʻlgan kishilar ham alohida ijtimoiy guruhni 
tashkil etadi. Ijtimoiy guruh katta va kichik (soni boʻyicha), boshlangʻich (guruh 
aʼzolarining bevosita shaxsiy aloqalari va munosabatlariga asoslangan) va 
ikkilamchi (guruh aʼzolari oʻrtasida bevosita shaxsiy aloqalar boʻlmagan), rasmiy 
(tadqiqotchi tomonidan muayyan belgi asosida tashkil qilingan) va norasmiy 
(obʼyektiv holda mavjud) guruhlarga boʻlinadi. Ijtimoiy guruhning hajmi, shakli, 
xususiyatidan qatʼi nazar, ularning muhim belgisi — aʼzolarning bir umumiy 
guruhga mansub ekanliklarini anglashidir. Odamlar o’z hayotining koʻp qismini 
guruhlardagi muloqotlarda oʻtkazadi. Hozirgi jamiyatdagi odamlarning aksariyati 
koʻpdan-koʻp turli guruhlarga mansubdir. 
Ijtimoiy mavqе (status) tushunchasi -- alohida olingan inson yoki ijtimoiy 
guruhning jamiyatda, mavjud ijtimoiy tizimda tutgan, egallab turgan mavqеini 
ifodalaydi. Bu tushuncha orqali kishilarning ijtimoiy kеlib chiqishi, ichki
yoki o’zining harakati (ma’lumoti. Ko’rsatilgan xizmati) orqali erishgan darajasi 
o’rganiladi.
Jamiyat hayotini ilmiy tahlil qilish jarayonida sotsiologiyada ijtimoiy


106 
sanktsiyalar tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Sanktsiya so’zi lotinchadan
olingan bo’lib, qat’iy qaror ma’nosini anglatadi.
Ijtimoiy sanktsiyalar dеb, ijtimoiy guruh yoki tizimning individ xulqiga
ijtimoiy normada ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishiga nisbatan rеaktsiyasi
tushuniladi. Ijtimoiy sanktsiyalar jamiyat hayotini boshqarishda muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, shaxsning ijobiy xatti-harakati uchun rag’batlantirsh yoki 
yomon salbiy hatti-harakati uchun jazo bеlgilashi bilan ijtimoiy nazorat vositasi 
bo’lib xizmat qiladi. 
Rol nazariyasini sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya kundalik faoliyatning 
aksariyatini ijtimoiy jihatdan aniqlangan toifalarga (masalan, ona, menejer, 
o'qituvchi) taalluqli deb hisoblaydi. Har biri rol bu inson duch kelishi va bajarishi 
kerak bo'lgan huquqlar, burchlar, kutishlar, me'yorlar va xatti-harakatlar 
to'plamidir. Model odamlarning o'zini oldindan taxmin qilinadigan tarzda tutishi 
va shaxsning xulq-atvori kontekstga xos, ijtimoiy mavqei va boshqa omillarga 
asoslanganligini kuzatishga asoslangan. Teatr - bu rollar nazariyasini tavsiflash 
uchun tez-tez ishlatiladigan metafora. 
So'z bo'lsa-da rol (yoki rulon) Yevropa tillarida asrlar davomida mavjud 
bo'lib, sotsiologik tushuncha sifatida bu atama faqat 1920 va 30-yillardan beri 
mavjud. Nazariy asarlari orqali sotsiologik nutqda yanada mashhur bo'ldi Jorj 
Herbert Mead, Jeykob L. Moreno, Talkot Parsonsova, Ralf Linton, Georg 
Simmel. Meadning ikkita tushunchasi- aql va o'zlik - rol nazariyasining 
kashshoflari. 
Nazariya ijtimoiy xulq-atvorga oid quyidagi takliflarni keltirib chiqaradi:
Mehnat taqsimoti jamiyatda o'zaro ta'sir shaklini oladi
Ijtimoiy rollarga ijtimoiy yo'naltirilgan "muvofiq" va "ruxsat berilgan" xatti-
harakatlar shakllari kiritilgan normalar odatda ma'lum bo'lgan va shuning uchun 
taxminlarni aniqlaydigan; 
Rollarni shaxslar egallaydi yoki "aktyorlar"; 
Shaxslar ijtimoiy rolni ma'qullashganda (ya'ni, ular rolni hisobga olishadi 
"qonuniy" va "konstruktiv"), ular rol me'yorlariga mos kelish uchun xarajatlarni, 
shuningdek, rol me'yorlarini buzganlarni jazolash uchun xarajatlarni o'z ichiga 
oladi; 
O'zgargan sharoitlar ijtimoiy rolni eskirgan yoki noqonuniy holatga keltirishi 
mumkin, bu holda ijtimoiy bosimlar rol o'zgarishiga olib kelishi mumkin; 
Rol nazariyasi o'rtasidagi farqlar nuqtai nazaridan, bir tomonda ko'proq 
funktsional istiqbol mavjud bo'lib, uni ko'proq bilan taqqoslash mumkin mikro 
darajadagi yondashuvning ramziy interfaol an'ana. Ushbu turdagi rollar nazariyasi 
shaxslarning xatti-harakatlari jamiyat bilan qanchalik chambarchas bog'liqligini, 
shuningdek qanday bo'lishini belgilaydi. Empirik tarzda sinovdan o'tkazilishi 


107 
mumkin muayyan rol nazariyasi istiqbollari bo'lishi mumkin. 
Nazariy an'analarning umumiy istiqbollariga qarab, rol nazariyasining ko'p 
turlari mavjud, ammo ularni ikkita asosiy turga bo'lish mumkin, xususan: tarkibiy 
funktsionalizm rol nazariyasi va dramaturgik rol nazariyasi. Strukturaviy 
funktsionalizm rollari nazariyasi mohiyatiga ko'ra ijtimoiy tuzilishda o'z o'rnini 
egallagan har bir kishi kutilgan va xulq-atvorning teng to'plamiga ega bo'lgan 
tegishli rolga ega bo'lgan har bir kishi sifatida belgilanadi. Hayot ko'proq tuzilgan 
va hamma narsa uchun o'ziga xos joy bor. Aksincha, Dramaturgik rol nazariyasi 
hayotni abadiy o'yin sifatida belgilaydi, unda biz hammamiz aktyormiz. Ushbu 
rol nazariyasining mohiyati shundan iborat rol oy'namoq jamiyatda maqbul 
tarzda. 
Ushbu nazariyaning asosiy tushunchasi shundan iborat rol to'qnashuvi odam 
bir vaqtning o'zida qarama-qarshi kutishlarga olib keladigan bir nechta rollarni 
bajarishi kutilganida paydo bo'ladi. 
Ushbu sohada muhim munozaralar mavjud rol rol nazariyasida. A rol deb 
belgilash mumkin ijtimoiy mavqei, ijtimoiy pozitsiya bilan bog'liq xatti-
harakatlar yoki odatdagi xatti-harakatlar. Ba'zi nazariyotchilar rollar asosan 
shaxsning o'ziga xos vaziyatda o'zini qanday tutishi kerakligi haqidagi 
taxminlardan iborat, degan fikrni ilgari surishgan, boshqalari buni shaxslarning 
ma'lum bir ijtimoiy pozitsiyada o'zini qanday tutishini anglatadi. Ba'zilar rolni 
xarakterli xatti-harakatlar yoki kutilgan xatti-harakatlar, ijro etiladigan qism yoki 
ijtimoiy xulq-atvor uchun ssenariy deb ta'kidlashdi. 
Rol nazariyasi xulq-atvorni xulq-atvor namunalari sifatida modellashtiradi 
muvofiq, shunga muvofiqligi asosida taxminlar boshqalar. 
Ta'kidlanishicha, roli ma'lum ma'noda boshqalarga nisbatan belgilanishi 
kerak. Amaliyot va daraja sotsiologlar tomonidan muhokama qilinadi. Tyorner 
"boshqa rol" tushunchasidan foydalangan, rolni aniqlash jarayonini o'z rolini 
boshqa rollar bilan muzokara qilishdir. 
Rollarning konstruktsiyasi. Tyornerning ta'kidlashicha, rolni tavsiflash 
jarayoni, shuningdek, aks holda bu jarayonga nisbatan yashirin bo'lishi mumkin 
bo'lgan rolni o'zgartiradi rol yaratish armiyadagi kabi juda rasmiy rollar rollarning 
vakili emas, deb ta'kidlaydilar. 
Maxsus ma'lum bir ijtimoiy vaziyatda vaziyatga xos rollar rivojlanadi. Shu 
bilan birga, ushbu maxsus rolni belgilaydigan taxminlar va me'yorlar ijtimoiy rol 
bilan belgilanadi, deb ta'kidlash mumkin. 
Ba'zi nazariyotchilar xatti-harakatni majburan bajarilgan deb hisoblashadi 
ijtimoiy normalar. Tyorner aksincha, izchillik normasi borligini va rolga mos 
kelmaslik normani buzadi, chunki u izchillikni buzadi. 
Ijtimoiy farqlash. Turli xil ish rollari rivojlanishi tufayli ijtimoiy farqlash 


108 
katta e'tibor talab qildi. Robert K.Merton shaxslararo va shaxslararo rol 
ziddiyatlari farqlanadi. Masalan, usta jamoat a'zolari va uning rahbarining 
umidlari oldida o'zining ijtimoiy rolini ishlab chiqishi kerak - bu shaxslararo rol 
to'qnashuvi. U shuningdek, ota, er, klub a'zosi kabi turli xil ijtimoiy rollarini 
tartibga solishi kerak - bu shaxsiy intellektual rol to'qnashuvi. 
Ralf Dahrendorf majburiy kutishlar orasidagi sanktsiyalar bilan farqlanadi; 
sanktsiyalar va mukofotlar bilan kutish. Usta korruptsiyadan qochishi kerak; u 
o'zining ma'lumot guruhlarini qondirishi kerak (masalan, jamoa a'zolari va 
rahbarlari); va u hamdard bo'lishi mumkin. Uning ta'kidlashicha, rol 
nazariyasining yana bir tarkibiy qismi shundaki, odamlar jamiyatdagi o'z rollarini 
qabul qilishadi va ularni jamiyat majburlamaydi. 
Rol harakati 
O'z hayotlarida odamlar turli xil ijtimoiy rollarga duch kelishlari kerak, 
ba'zan ular turli xil ijtimoiy vaziyatlarda bir vaqtning o'zida turli xil rollarga duch 
kelishlari kerak. Ijtimoiy rollarning evolyutsiyasi mavjud: ba'zilari yo'q bo'lib 
ketadi, ba'zilari esa yangi rivojlanadi. Rol xatti-harakatlariga quyidagilar ta'sir 
qiladi. 
Ijtimoiy vaziyatni belgilaydigan me'yorlar. 
Ichki va tashqi kutishlar ijtimoiy rol bilan bog'liq. 
Ijtimoiy sanktsiyalar (jazo va mukofot) rollarning xatti-harakatlariga ta'sir 
qilish uchun ishlatiladi. 
Ushbu uchta jihat o'z xatti-harakatini va boshqa odamlarning xatti-
harakatlarini baholash uchun ishlatiladi. Geynrix Popits ijtimoiy rollarni maxsus 
ijtimoiy guruh amal qilishi kerak bo'lgan xulq-atvor normalari sifatida belgilaydi. 
Xulq-atvor me'yorlari - bu guruh a'zolari orasida odatiy holga aylangan xatti-
harakatlar majmui; og'ish holatlarida salbiy sanktsiyalar qo'llaniladi. 
Rol nazariyasi - bu kundalik faoliyatni ijtimoiy jihatdan aniqlangan 
toifalarga mos keladigan deb hisoblaydigan istiqbol. Ikki tor ta'rifga bo'ling: holat 
bu kishining ijtimoiy tizim yoki guruh ichidagi mavqei;[6] va rol bu maqom bilan 
bog'liq bo'lgan kishining xulq-atvori. 
Tashkiliy rol "bashorat qilinadigan natijani berish uchun shaxsning 
takrorlanadigan faoliyati bilan o'zaro bog'liq ravishda takrorlanadigan harakatlar" 
deb ta'riflanadi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish