Darsning jihozlanishi: kompyuter, multimediya, sladlar, gerbariylar, biologiyadan proyeksion rasmlar to’plami, ekran.
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism.
1) salomlashish;
2) navbatchi axborotini tinglash
3) kun yangiliklari
4) o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish. 1-guruh “Ona zamin” 2-guruh “Obi hayot”
Mana bugun ochiq dars,
Xush kelibsiz, azizlar.
Dars o’tib xushnud qilay,
Tahlil qiling ustozlar.
***
Agarda qilsam xato
Xulosaga shoshilmang.
Beayb Parvardigordir,
Bunga hech shubha qilmang.
***
Darslarga kirsangiz gar,
Haftasiga bir bora.
Shunda balkim bizlarni,
Bosmas hayajon sira.
***
Marhamat kiring do’stlar,
Doim darsga tayyormiz.
Ko’taramiz tanqidni,
Biz axir ustozlarmiz.
So`zlarning eng shirini,
Ochiq aytay sirini,
Odob bog`in sharbatin,
Qalb gavharin qimmatin,
Qo`l berib shu so`z bilan,
Dillar qulfin ochamiz.
Aql nurin sochamiz.
Qaysi shirin so`z ekan?
Assalomu alaykum!
____Bolajonlar omonmisiz?
Bugun darsga tayyormisiz?
____ Ha, ustozjon, omonmiz,
Bugun darsga tayyormiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |