Uyga vazifa : Mavzuni o`rganib kelish
Tasdiqlayman:
O`IB direktor o`rinbosari______________________
Sana _____________IX- sinflar
Mavzu: Amaliy mashg`ulot
Dars maqsadi: O‘quvchilarga shrift o‘lchami, rangi va web-sahifa foni haqida ma’lumot berish.
Darsning ta`limiy vazifasi: O`quvchilarga mustaqil fikrlashni o`rgatish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash:
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarni kompyuter savodxonligini oshirish
Uslub: Ma’ruza va amaliyot.
Shakl: Savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik va ko’rgazmalar
Usul: slayd materiallari
Nazorat: og’zaki, savol-javob va kuzatish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Asosiy tushunchalar:
O‘quvchilarga Shrift o‘lchami, rangi va web-sahifa foni haqida ma’lumot berish
Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
siyosiy daqiqalar
O’quvchilar bilan o’tgan mavzuni savol javob va test usulida takrorlash, uyga berilgan topshiriq va vazifalarni tekshirish hamda baholash
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Mavzuni yoritishda darslik, informatikadan 9–sinf elektron darsligi va mavzuga oid maxsus plakatlardan, tarqatma kartochkalardan foydalaniladi..
Mavzuni yoritish:
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir hil shriftdan foydalandik. Shrift o‘lchami ham faqat sarlavha teglari yordamida o‘zgartirildi. Internetdagi web-sahifalarda turli shrift va o‘lchamda, har hil ranglar bilan yozilgan matnlarni uchratish mumkin.
Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida juft tegi SIZE (o’lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o’lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-brauzerda ko‘rish mumkin.
W eb-sahifada 7 hil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7 gacha parametrlar qiymati bilan belgilanib, 1 - eng kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish uchun tegi qo‘llaniladi.
HTML-kod va web-sahifaga e’tibor qilgan bo’lsangiz, shrift o’lchami necha marta tanlangan bo’lsa, shuncha marta yakunlangan.
Web-sahifada turli ranglarni ishlatish uni yanada go’zal va jozibali ko’rsatadi. Web-sahifada shrift va matn rangi bilan birga fon rangini ham o’zgartirish mumkin. Shrift rangini tanlash uchun juft tegi (yakunlash ) COLOR parametri bilan birga ishlatiladi ishlatiladi. Bu ko’rsatmadan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Matnda uning umumiy ko’rinishi kabidir.
R
Oq
|
#FFFFFF
|
White
|
Qora
|
#000000
|
Black
|
Qizil
|
#FF0000
|
Red
|
Yashil
|
#00FF00
|
Green
|
Ko‘k
|
#0000FF
|
Blue
|
Sariq
|
#FFFF00
|
Yellow
|
Qirmizi
|
#FF00FF
|
Magenta
|
ang kodi RGB (Red-qizil, Green-yashil, Blue-ko’k) ranglar tizimiga asoslangan. Bu tizimda kerakli rang uchta asosiy ranglarning turli miqdordagi aralashmasidan hosil qilinadi. Uchta asosiy rangning har biri 16 asosli sanoq sistemasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi. Asosiy ranglarni qo‘llashda ularning ingliz tilidagi ifodasidan foydalanish ham mumkin. Ba’zi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi jadvalda keltirilgan.
Shrift rangini tanlashni quyidagi misolda ko’rish mumkin:
W eb-sahifada matn va fon rangini o’zgartirish uchun (tana) juft tegi (yakunlash tegi mos ravishda Text (matn) yoki Bgcolor (background color, ya’ni fon rangi) parametrlari bilan birga qo’llaniladi. Bu parametrlardan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoki rangning ingliz tilidagi nomi qo’shtirnoq ichida yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, matn rangini o’zgartirish tegi shrift rangi boshqacha tanlangan qismga ta’sir etmaydi. Web-sahifada matn va fonga rang berish quyidagi misolda ko’rsatilgan:
M S Word dasturida fonga rang berish yoki fonga rasm joylashtirish mumkin edi. HTML tilida fonga rasm joylashtirish uchun juft tegi bilan Background parametri birga ishlatiladi. Bu holda tenglik
belgisidan keyin rasmning to’liq manzili qo’shtirnoqsiz yoziladi. Agar rasm web-hujjat joylashgan katalogda bo’lsa, shu rasmning to’liq nomi (masalan, Gul.jpg) yoziladi.
Rasmning kengaytmasi, odatda, web-sahifaga yuklanishi tez bo’lishi uchun JPEG yoki GIF formatiga mos bo’lishi kerak, ammo BMP formatli rasm ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida keyingi darslarda ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |