Tasdiqlayman” o ’quv ishlar bo’yicha prorektor V b. R. G’. Jumayev


Xolchayon, Qoratepa, Dalvarzintepa yodgorliklari



Download 3,37 Mb.
bet31/84
Sana03.01.2022
Hajmi3,37 Mb.
#314014
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84
Bog'liq
MAJMUA

6.3. Xolchayon, Qoratepa, Dalvarzintepa yodgorliklari. Xolchayon Surxondaryoninig o’ng qirg’og’idan topib o’rganilgan yodgorlik bo’lib, ikki qismdan iborat. Xolchayondan shahar hokimining saroyi qazib o’rganilgan bo’lib, me’morchilik nuqtai nazaridan g’oyat diqqatga sazavordir. Saroy unchalik katta bo’lmay, 9 xonadan iborat. U sharqqa, kunchiqar tomonga qaratib qurilgan. Saroyning old tomonida uzun ayvon ham bo’lib, u 6 ta ustunga tayanib turgan. Ayvonning to’rtta eshigi bo’lib, ulardan uchtasi to’rtburchakli asosiy qabulxona bilan bog’langan. Qabulxona g’arb devorining o’rtasida taxtli zalga kiradigan eshik bo’lgan. Bu zal to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lib, asosiy qabulxonadan kichikroq bo’lgan.

Saroyni qurishda asosan xomg’ishtdan foydalanilgan. Saroyning tomi tekis bo’lib, loysuvoqli bo’lgan. Tomning qirralari antefiks, palmetta (fransuzcha so’z bo’lib, yelpig’ichsimon bargning tasviriga o’xshash arxitektura detali) va kunguralar bilan bezatilgan. Ularning hammasi qizil bo’yoq bilan bo’yalgan. Saroyning ustunlari archadan tayyorlangan bo’lib, tagkursisi ohakli toshdan yasalgan. Arxeologlarning fikricha, ayvonning uchala devori poldan to deraza joyi balandligigacha turli suratlar bilan bezatilgan. Devorlarning undan yuqori qismida haykallar joylashgan. Suratlar bevosita loysuvoq ustiga, ba’zi joylarida ganch suvoq ustida chizilgan. Rassomlar surat chizishda qizil, qora, sariq, havorang bo’yoqlardan foydalanganlar. Chizish uslubiga qaraganda, Xolchayon devorlarini bezatgan rassomlar o’z kasbining ustasi bo’lgan. Afsuski, bu suratlar to’liq saqlanmagan. Saqlangan suratlar ichida erkaklarning rasmlari, uzum va boshqa meva hamda gullarning tasviri bor.

Asosiy qabul zalining va taxtli zalning devorlari ham turli mazmundagi suratlar bilan bezatilgan. Ammo ular ham to’liq saqlanmagan. Asosiy qabul zalining bezatilgan uslubi kishini e’tiborini ko’proq jalb qiladi. Zalning uch devori uch metr balandlikkacha oq ganch bilan suvalgan va uning ustidan rasmlar chizilgan. To’rtinchi devor esa ganch bilan suvalgan, xolos. Devorlarning yuqori qismida ikki metrgacha balandlikdagi haykallar joylashgan. Haykallarning hammasi turli rangdagi bo’yoqlar bilan bo’yalgan. Kiraverishdagi qarama-qarshi devorda – markaziy sahnada shoh, malika va saroy ahllari tasvirlangan. Shoh va malika taxtda o’tirgan holatda aks ettirilgan. Shohning o’ng qo’lida tug’ro bo’lib, bu sharq xalqlari orasida hukmronlik belgisi hisoblangan. Shoh va malikaning kiyimlari hashamdor bo’lib, yoshlari 40-45 yoshlarda bo’lgan. Malikaning o’ng tomonida yosh ayol va yigit tik turgan holda tasvirlangan. Yigitning yuz tuzilishi shohning yuz tuzilishiga juda o’xshash qilib tasvirlanganidan uning farzandi bo’lgan degan xulosani beradi.

Markaziy sahnada chapda kamonli bir necha otliq tasvirlangan. Otlar bor kuchlari bilan yeldek yugurib ketayotgan holda shunday chizilganki, go’yo ular devor yoqalab biz tomonga yugurib kelayotgandek tuyuladi. Sahnaning boshida otliq ma’budaning haykali joylashgan. Ma’lumki, yunon tasviriy san’atida faqatgina ikkita ma’buda urush ma’budasi Afina va g’alaba ma’budasi Nika aravada tasvirlangan. Mazkur sahnadagi ma’buda Nika bo’lib, bu davrda tadqiqot hududida g’alaba ma’budasining tasviri keng tarqalgan bo’lgan.

Xolchayon haykaltaroshlari o’zlarining noyob asarlarida hukmdorlarning estetik qarashlari, ichki dunyosini ko’rsatib berishga harakat qilganlar. Xolchayon haykallariga sipolik, vazmindorlik xosdir. Umuman olganda, Xolchayondan topilgan haykallar hayotiy, ta’sirchan va jozibador bo’lib, ularda o’z zamonasining mafkurasi, diniy tasavvurlari, madaniy-maishiy hayotining ba’zi tomonlari yorqin ifodalangan. Xolchayon haykallari va suratlarida ellinizm, mahalliy baqtriyaliklarnin va yuechji qabilalalrining madaniy an’analari ifodasini topgan.

Kusonlar davriga oid yodgorliklardan biri Qoratepa bo’lib, u yerda arxeologlar tomonidan o’ndan ortiq inshootlar o’rganilgan. Har bir inshoot to’g’riburchakli katta hovli, ibodatxona va uni to’rt tomondan o’rab turgan yo’lakdan iborat. Ibodarxona xonalarining birida Buddaning haykali, ikkinchisida stupa topilgan. Afsuski, stupaning hozir faqat tag qismi saqlanib qolgan.

Qoratepada topilgan stupalar buddizmga xos inshootlar bo’lib, u hamma budda dini tarqalgan mamlakatlarda uchraydi. Bunday stupalar deyarli bir xil uslubda qurilgan. Stupalarning asosi to’rtburchak bo’lib, bir necha metr balandlikda bo’ladi. Balandlik ustiga esa silindrsimon inshoot quriladi. Uning balandligi 10 metrga teng bo’lgan. Uning usti gumbazsimon qilib ishlangan va yog’ochdan tug’ o’rnatilgan. Bu tug’ga toshdan ishlangan bir nechta soyabon o’rnatganlar. Bunday soyabonlar budda diniga sig’inuvchilar tomonidan “chatra” deb atalgan. Chatra muqaddas daraxtning ramzi bo’lib, mazkur daraxt soyasiga Budda o’z didniy nazariyasini ishlab chiqqan ekan. Qoratepa ibodatxonalarining devorlarida diniy mazmundagi suratlar chizilgan. Qoratepadagi mazkur inshoot Hindiston, Pokiston va Afg’onistondagi butparastlar ibodatxonalari kabi yer ostida qurilgan. Ammo Qoratepada yer ustida qurilgan binolar ham bo’lgan. Yer ustida qurilgan inshootlar yer ostida qurilganlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan: tepalik ustiga katta hovli qurilgan. Uning to’rt tomoni keng ayvon bilan o’ralgan. Hovlining g’arbiy qismida yer ostida joylashgan ibodatxona bilan bog’lovchi ikkita eshik joylashgan. Pastki xonalarga zinapoyalar orqali tushilgan. Devorning o’rtasida katta tokcha bo’lib, unda Buddaning katta haykali turgan. Hovlining shimoliy va g’arbiy qismidagi ayvon devorlari qizil rangda oddiygina rasmlar bilan bo’yalgan, janubiy ayvon devorlari turli rasmlar bilan bezatilgan. Rasmlar ayvonning o’rtasidagi eshikning ikki tomoniga chizilgan. Bu eshik hovlini kichik bir yoritgich bilan bog’lagan. Rasmlar havorang bo’yoq bilan chizilgan. Suratlar, asosan, donatorlar (hadya qiluvchi), ibodatxona qurilishiga mablag’ ajratgan va unga homiylik qilgan aslzoda erkak va ayollarning tasviridan iborat bo’lgan. Kiraverishdagi eshikning yuqorisida Budda va ruhoniylar rasmi joylashgan. Buddaning surati rassomlar tomonidan yosh ayollarga o’xshatib tasvirlangan. Yuzlarida sirli muloyimlik, lablarida iliq tabassum ifodalangan.

Kushonlar davriga oid yana bir me’moriy majmua Dalvarzintepa bo’lib, arxeologlar tomonidan tadqiq qilingan. Bu yerdan qazib o’rganilgan devorlari qalin, suvoqlari sifatli bino hokimning mehmonxonasi yoki qabulxonasi bo’lgan degan taxminlar bor. Shuningdek, Dalvarzintepadan kulollar mahallasi ham topilgan bo’lib, kulollar yashaydigan xonalar hashamatliligi bilan ajralib turadi. Xonalarning devorlari turli bo’yoqlar bilan naqshlangan. Sopol idishlarni pishiradigan xumdonlar uylarining yonginasida bo’lib, arxeologik qazishmalar paytida o’ndan ortiq xumdonlar o’rganilgan.

1972 yilda Dalvarzintepadan oltin buyumlardan iborat ko’za topilgan. Uning ichida bilaguzuk, kamarband, uzuk, oltin shodasi va yombilardan iborat 115 ta buyum bo’lgan. Bundan tashqari binodan sopol idishlar, haykalchalar, taqinchoqlar, kushon tangalari, shaxmat donalari va boshqa nodir buyumlar topilgan. Dalvarzintepa atrofida kichik tepalar bo’lib, arxeologik qazishlar jarayonida ularning biridan ibodatxona qoldiqlari topilgan. Ibodatxona ichidan Budda dini haykallari topilgan bo’lib, ular mahalliy baqtriyalik haykaltaroshlar tomonidan tayyorlangan. Haykallarda hind va yunon-rim san’ati an’analarining ta’siri birmuncha seziladi. Dalvarzintepa yaqinidan sag’ana topilgan bo’lib, odamlar vafot etgach, xum ko’rinishidagi buyumlarga joylanib, sag’anaga qo’yilganligi aniqlangan.


Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish