6.2. Kushonlar davri me’morchiligi. Ayritom va Fayoztepa ibodatxonalari.
Kushonlar davri O’rta Osiyo, Afg’oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixidagina emas, balki butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o’rin egallaydi. Bu davrda etnik madaniyati, tili va dinlari har xil bo’lgan xalqlarning siyosiy jihatidan birlashishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu yerda o’ziga xos yangi madaniyat shakllandi va rivojlandi. O’z navbatida, keyingi asrlar madaniyatining taraqqiyotiga ham zamin bo’lib xizmat qildi. Shu bilan birga kushonlar davri O’rta Osiyo xalqlarining oldingi davrdagi taraqqiyotiga yakun yasadi. Shundan so’ng Sharq va G’arb madaniyatlarining o’zaro ta’siri yangi tarixiy bosqichga qadam qo’ydi. Ellin madaniyatining an’analari kushonlar davrida ijodiy jihatdan qayta shakllandi va yangicha talqin qilina boshlandi.
Hozir kushonlar davridagi Markaziy va O’rta Osiyo xalqlarining yuqori taraqqiy etgan madaniyatidan guvohlik beruvchu juda ko’p moddiy va madaniy dalillar mavjud. Ammo kushonlarning kelib chiqishi, saltanatning shimoliy chegaralari, kushon shohlarining hukmronlik qilgan yillarini, kushonlar davlatining ijtimoiy tuzumi, diniy e’tiqodlari, tili va yozuvi kabi masalalarini yorituvchi yozma manbalar deyarli yo’q. Shu boisdan bu savollarga asosan arxeologik tadqiqotlardan javob topish mumkin.
Qadimgi Baqtriya viloyatiga qarashli hududda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida kushonlar davriga oid ko’plab shahar va qishloqlarning xarobalari aniqlangan. Shimoliy Baqtriyadagi Xolchayon, Dalvarzintepa, Zartepa, Yavon, Qadimiy Termiz va uning yaqinidagi Qoratepa, Fayoztepa, Ayritomlarda hamda Janubiy Baqtriyada Begram, Surxko’tal, Dilbarjindagi qazish ishlarining natijalari diqqatga sazovordir.
Ayritom majmuasi 1933 yilda eski Termiz hududida birinchi qazish ishlari olib borilgan paytda ochilgan edi. Afsuski, ekspeditsiya kundaliklari va chizmalari yonib ketgan. Ammo keyingi binolarning qoldiqlari Yunon-Baqtriya imperiyasi davrida (miloddan avvalgi II asr) bu yerda monumental qalʼa qurilganligini, Kushon davrida uzunligi 3 km gacha bo‘lgan ulkan buddaviyli monastiri qurilganligini aniqlashga imkon berdi. Binolar meʼmorchilik naqshlari bilan bezatilgan minoralari bo‘lgan mustahkam devor bilan o‘ralgan edi.
Аyritоm ibоdаtхоnаsi bаlаndligi 2-2,5, qаlinligi 1,5 mеtrlik istеhkоm dеvоrlаri bilаn o’rаlgаn, 1-2 аsrlаrgа оid buddа ibоdаtхоnаsi sаnаlаdi. Ibоdаtхоnа оhаktоshdаn ishlаngаn аjоyib friz bilаn bеzаtilgаn. Undа muqаddаs bоtхi dаrахtining bаrglаri оstidа uch nаfаr sоzаndаning surаti аks ettirilgаn. Nоg’оrаchi hаmdа rаng-bаrаng kiyimdаgi аyollаrning surаti, аyniqsа, diqqаtgа sаzоvоr. Sоzаndаlаrdаn biri ud, yanа biri аrfа chаlmоqdа. Frizdа qo’llаridа gulchаmbаr hаmdа chirоyli idish ko’tаrgаn qizlаr tаsvirlаngаn.
Ibоdаtхоnа mаydоnidаn buddа hаykаli vа bоshqа ibоdаtхоnа qismlаri qаtоridа tоshdаn yasаlgаn оdаm hаykаllаri tоpilgаn. Ulаr musiqа chаluvchilаr, hаdyalаr tаshuvchi erkаk vа аyollаrning hаykаllаri bo’lib, ibоdаtхоnаning tаshqi tоmоni - kаrnizi shu hаykаllаr bilаn bеzаtilgаn.
Ushbu frizdа аks etgаn surаtlаr o’shа dаvrdа Bаqtriyadа mаzkur sаn’аt turining eng yuksаk cho’qqigа chiqqаnligining isbоtidir. Mаzkur friz sаrоy vа ibоdаtхоnаlаrning shiftini bеzаshdа ishlаtilgаn. Dеmаk, bu sаn’аt аsаri bаqtriyalik hаykаltаrоshlаrning mаhsulidir. Hаykаllаrdа hаqiqiy bаqtriyaliklаrning yuz qiyofаsi аks ettirilgаn, uchаlа sоzаndа chеhrаsidа hаm yеngil tаbаssum ifоdаsi bаlqib turibdi. Bu sаn’аt аsаri buddа dаfn mаrоsimini аks ettiruvchi mахsus mаjmuа bo’lib, u “Pаrinirvаnnа jаtаkа” dеb nоmlаnаdi. Ya’ni, Buddа vаfоtidаn so’ng uning ruhini shоd qilish uchun mаhzun kuylаr chаlinib turgаn vа shu kuylаr sаdоsi оstidа dаfn etilgаn.
Bugungi kundа ushbu tоpilmа Tеrmiz аrхеоlоgiya muzеyining ko’rgаzmаlаr zаlidаn jоy оlgаn bo’lib, bu yеrgа tаshrif buyuruvchi mаhаlliy vа хоrijiy sаyyohlаrning diqqаt-e’tibоrini jаlb qilib, ko’pchilikdа qiziqish uyg’оtmоqdа.
1932 yilda tadqiqotchi M. Masson ushbu hududdan musiqachilar va gulchambar ko‘targan insonlar tasvirlari tushirilgan bir nechta noyob buddaviylik haykallari va tosh plitalarini topgan.
Fayoztepa kompleksi 1963-yilda arxeolog L.Albaum tomonidan Eski Termiz shahri markazidagi Qoratepa balandligida joylashgan buddaviylik ibodatxonasi yaqinida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Mazkur tarixiy yodgorlik qazilmalarni topish jarayonida arxeologlarga katta yordam bergan o’zbek arxeolog olimi R.Fayozov sharafiga nomlangan.
Yodgorlikdan Kushon davlati davriga oid tangalar topilganligi sababli madaniyat gullab-yashnagan davri taxminan miloddan avvalgi I va milodiy IV asrlarga to’g’ri keladi. Fayoztepa ibodatxona majmuasi o’zining boy bitiklari va yaxshi saqlangan haykallari bilan boshqa yodgorliklardan ajralib turadi. Majmua 19 ta alohida binodan iborat bo’lib, uning devorlari chuqur o’yilgan mustahkam qo’rg’on shaklida qurilgan. Undagi alohida buddaviylik hovonchasi tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg’otgan. Bino uch qismdan iborat. Birinchi qism yashash joyi va qo’shimcha binolar. Ikkinchi qism oshxona va ovqatlanish xonasi. Uchinchi qism esa ibodatxona. Majmua maxsus quvurlar orqali Amudaryo suvini o’zida jamlaydi.
Fayoztepa faqatgina O’rta Osiyo hududida joylashgan ibodatxonalardan biri bo’lib qolmasdan, balki buddaviylik suratlari aks etgan eng noyob yodgorliklardan biri hisoblanadi. Xususan, ibodatxonaning sajdagohida Budda haykali joylashgan, sajdagoh devorlari rang-barang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Mazkur haykal yoshi eramizdan avvalgi I asrga to’g’ri keladi.
Ko’pchilik haykallar qizil rang bilan boʻyalgan, soʻng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapoʻsh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Mazkur haykallar bugun O’zbekiston tarixi muzeyining eng nodir eksponatlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |