Tasdiqlayman” o ’quv ishlar bo’yicha prorektor V b. R. G’. Jumayev


Neolit davri hunarmandchiligi bilan bog’liq ornamentlar



Download 3,37 Mb.
bet12/84
Sana03.01.2022
Hajmi3,37 Mb.
#314014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Bog'liq
MAJMUA

2.2. Neolit davri hunarmandchiligi bilan bog’liq ornamentlar.

O’rta Osiyoda neolit davri mil.avv. 6-4 mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Bu davrda dehqonchilik va chorvachilik vujudga keldi, o’troq hayotga o’tish kuchaydi, urug’ jamoasi shakllanib, juft oilalar paydo bo’la boshladi. Qarindoshlik ona tomonidan belgilanib, jamoa matriarx tomonidan boshqarilar edi. Endilikda inson tabiat in’om etgan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan chegaralanmay, balki o’zi ham ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni ko’paytirishga o’ta boshladi. Bu davrning muhim yutuqlaridan biri oddiy loydan mustahkam sopol buyumlar yasash bo’ldi. Odamlar olov yordamida ovqat pishirish, o’zlari uchun kerak bo’lgan mehnat, ov va jang qurollarini yasashni o’rganib oldilar. Bu ixtirolar keyinchalik kulolchilik va u bilan bog’liq bo’lgan naqqoshlik san’ati rivojiga turtki berdi. Sopolning ixtiro qilinishi iqtisodiy hayotda katta o’zgarishlar yasadi. Odamlar sopol buyumlar yasash bilan bir vaqtda ular uchun zarur bo’gan qoliplar tayyorlash va dastgohlar yaratish uchun ham bosh qotira boshladilar. Bu davrda qurilish ishlari ham kengayib, odamlar loydan uylar qurishni boshladilar. To’qimachilik va terini qayta ishlash sohasida qator muvaffaqiyatlarga erishildi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi.

O’rta Osiyo hududida neolit davriga oid ko’plab arxeologik yodgorliklar topib o’rganilgan bo’lib, ibtidoiy ajdodlarimizning ornamenti va tasviriy san’ati haqida yetarlicha ma’lumotlar olishga imkon beradi. Janubiy Turkmaniston hududidagi neolit davri manzilgohi Joytun madaniyatida mil.avv. VI-V mingyilliklarga oid 30 ta xonadon o’rni qazib o’rganilgan. Uylar reja asosida yassi-qavariq shakldagi yirik g’ishtlardan bir xonali qilib qurilgan. Uylarning tashqi va ichki devorlari loy suvoq qilingan hamda oxra bilan bo’yalgan. Manzilgohdan mehnat qurollari, geometrik shakldagi kremendan yasalgan o’roq qadamalari, kamon o’qi uchlari, boltalar, suyakdan ishlangan igna va pardozlagichlar topilgan. Sopol buyumlar qo’lda dag’al, silliq tagli qilib ishlangan bo’lib, yuqori qismi pardozlangan. Idishlarning ayrimlari naqshsiz, ayrimlari naqshli bo’lib, naqshinkor idishlarda jigar va kashtan tusli ranglar ustunlik qiladi. Ushbu manzilgohdan zeb-ziynat buyumlari ham topilgan bo’lib, ular tosh, suyak va chig’anoqlardan odam, hayvon hamda to’g’ri to’rtburchak shaklida tayyorlangan. Joytun madaniyatining so’nggi bosqichiga oid Chagiltepa (mil.avv. V mingyillik) manzilgohining markaziy qismidan nisbatan kattaroq uy qoldiqlari topib o’rganilgan bo’lib, bu jamoa marosimlarini o’tkazish uchun qurilgan imorat bo’lishi mumkin. Ushbu imorat atrofidan 12 ta xonadon qoldiqlari, toshdan yasalgan qurollar, o’roq, randa va yorg’uchoqlar, naqshli sopol buyumlar topib o’rganilgan.

Joytun madaniyatiga oid yana bir Pessejiktepa manzilgohidan murakkab reja asosida qurilgan katta uy qoldiqlari qazib o’rganilgan. Tadqiqot davomida bu uyning devorlarida oqsuvoq ustiga qora va qizil bo’yoqlarda geometrik bezaklar, daraxtlar, qoplon va boshqa hayvonlar tasvirlangani aniqlangan. Imorat ichidan ko’plab loydan yasalgan antropomorf va zoomorf, kam miqdorda ayol haykalchalari, shuningdek, echki tasviridagi haykalchalar, Hind okeanida uchraydigan chig’anoqdan yasalgan munchoqlar ham topilgan. Arxeologlarning fikriga ko’ra, bu imorat ibodatxona vazifasini bajargan.

O’zbekistonning Zarafshon vohasi va Farg’ona vodiysi hududlaridan ham neolit davriga oid ko’plab manzilgohlar topib o’rganilgan bo’lib, o’sha davr odamlarining moddiy madaniyati ashyolari tadqiq qilindi.

O’rta Osiyoning neolit davri manzilgohlaridan biri Tojikistonning g’arbiy tog’ oldi hududlaridan topib o’rganilgan Hisor madaniyati bo’lib, mil.avv. V mingyillikning oxiri – II mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Hisor madaniyati jamoasi daryo toshlari va kremenlardan mehnat qurollari, toshbolta, suyakdan bigizlar tayyorlaganlar. Shuningdek, bu manzilgoh odamlari to’qimachilik bilan shug’ullanganlar va sopol buyumlar yasashni ham bilganlar. Sopol idishlar sodda naqshlar bilan bezatilgan.




Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish