Tasdiqlayman” O’. I. B. D. O’.: Sh. Hazratov


III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash



Download 86,41 Kb.
bet53/96
Sana02.02.2022
Hajmi86,41 Kb.
#425936
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96
Bog'liq
67 gacha

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 80 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

5 daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

5 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

35 daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

25 daqiqa

Darsni yakunlash

5 daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

5 daqiqa

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Haydovchilarning umuminsoniy madaniyati yoʼllarda harakat xavfsizligini taʼminlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Yoʼllarda yuqori darajadagi xavfli manba hisoblangan transport vositasini boshqarish jarayonida haydovchi transport vositasi haydovchilari, yoʼlovchilar, piyodalar, Davlat yoʼl harakat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan maʼlum darajada munosabatda boʼladilar. Shuning uchun yoʼllarda oʼzaro ahloq–odob, hurmat masalalariga jiddiy eʼtibor qaratish zarur. Chunki harakat ishtirokchilarining ahloq–odobi va ularning oʼzaro munosabatlaridan xavfsiz harakatlanishning zamini yaratiladi. Masalan, yoʼl–transport hodisalari sodir etilganda yoki boshqalar yordamga muhtoj boʼlgan paytlarda hech ikkilanmasdan yordamga shoshilish umuminsoniy madaniyat–qadriyatlar boʼlishidan tashqari, haydovchining asosiy vazifalaridan ekanligini unutmaslik kerak.
Аyniqsa, yoʼl–transport hodisalarida jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish, ularning hayotini saqlab qolishi qanchalik muhim ekanligini unutmaslik kerak. Baʼzan, hodisa joyidan qochish yoki hodisa joyida toʼxtamasdan oʼtib ketish hollarining uchrab turishi inson tabiatiga, odob–axloqiga toʼgʼri kelmaydigan holatdir.
Har bir haydovchining madaniyati oʼzi yashab turgan jamiyatga munosabati, oilada va jamoada oʼzini tutishi, dunyoqarashi uning axloq–odobi bilan baholanadi. Uning boshqa harakat qatnashchilariga munosabati, mehnatsevarligi, javobgarlikni his qilishi, qatʼiyatliligi, adolatparvarligi undagi ijobiy hususiyatlarni mujassamlanib borishiga olib keladi. Xavfsizlikning muhim omillaridan biri boʼlgan haydovchining madaniyati uning odob–axloqi, jamoat joylarida oʼzini tuta bilishi, yaxshi xulqi, boshqa harakat qatnashchilariga hurmat bilan qarashi, ular biron–bir notoʼgʼri xatti–harakat qilganlarida bosiqlik qilishi, ichki ishlar va boshqa taftish–tekshirish xodimlari, yoʼlovchi va buyurtmachilar bilan oʼzaro munosabatlarida xushfeʼl va xushahloq boʼlishida tushuniladi.
Haydovchi boshqa yoʼl harakati ishtirokchilari va piyodalar qoidabuzarlikka yoʼl qoʼyganlarida, qoʼpol xatti–harakat qilganlarida asabiylashmasdan, juda vazminlik bilan ish tutishga oʼzini oʼrgatishi lozim. Trotuar yoki yoʼl yoqasidagi piyodalarga loy, suv sachratish, tovushli ishora berib, asabiga tegish madaniyatsizlik hisoblanadi. Hamma foydalanadigan, toʼxtab turish maydonlarida taʼmirlash ishlarini bajarganda shu joyni iflos qilmaslik, yoqilgʼi quyish joylarida isrofgarchilikka yoʼl qoʼymaslik, ish joyi, yaʼni avtomobil kabinasini toza tutish, rulda toza, ozoda mavsumiy kiyimda boʼlishga qatʼiy odatlanish haydovchining yuksak madaniyatidan dalolat beradi. Etika soʼzi yunoncha xulq, odat maʼnosini bildirib, inson ongining eng muhim tomonlaridan biri hisoblangan axloq, odob masalalarini aks etadi.
Etika insonga uning oʼz hususiy tabiatidan kelib chiqib, toʼgʼri hayot yoʼlini oʼrgatadi. Maʼlumki, jamiyatdagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasini faoliyat koʼrsatayotgan shaxslarning his–tuygʼulari, kechinmalari, intilishlari, kayfiyatlari belgilaydi. Shaxs koʼp qirralik ijobiy sifatlarning oʼzaro bogʼlanishidan tashkil topgan. Qoʼpollik, jaholat, hasad, kalondimogʼlik, yolgʼonchilik, hiylagarlik, igʼvogarlik va boshqa salbiy hususiyatlar shaxslararo munosabatlarga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Insoniylik, olijanoblik, xushfeʼllik, mehribonlik, samimiyat, shirinsoʼzlik, mehnatsevarlik, rostgoʼylik kabi fazilatlar shaxsning oʼzigagina emas, balki shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga ham ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Shaxs oʼzi yashab turgan ijtimoiy va siyosiy jamiyatda, jamoa va oilada qiziqishlari, temperamenti, mijozi, oʼz kasbiga munosabati kabi omillar taʼsirida mujassamlanadi. Insonning shaxs sifatidagi oʼziga xos hususiyatlariga uning ehtiyojlari, dunyoqarashi, qiziquvchanlik salohiyati, temperamenti va xarakteri kiradi. Haydovchilarning etikasi yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlovchi muhim omillardan biridir. Baʼzan DYHXX xodimining yoʼqligidan foydalanib, ataylab belgilangan tezlikni oshirish, yoʼl belgilari va chiziqlari talabini mensimaslik, svetofor chiroqlari ishorasiga itoat qilmaslik, quvib oʼtish qoidalarini buzish kabi holatlar haydovchining etikasi yetarli darajada emasligidan dalolat beradi. Аyniqsa, piyodalar va yoʼlovchilar bilan boʼlgan munosabatlarda haydovchilik etikasiga alohida eʼtibor qaratish kerak.
Chunki piyodalar orasida turli toifadagi insonlar yaʼni, yoʼllarda harakatlanish qoidasini bilmaydigan, kar, koʼr, shirakayf, nogiron, ruhiy kasallar boʼlishi mumkin. Shuning uchun, trotuar yoki yoʼl chetida piyodalar boʼlganda, haydovchi ehtiyot choralarini koʼrgani maʼqul. Chunki piyodalar xohlagan paytda yoʼlning qatnov qismida paydo boʼlishi mumkin. Shunday vaziyat boʼlgan taqdirda haydovchi asabiylashmasdan, bosiqlik bilan ular oʼtib ketishiga imkoniyat berishi kerak.
Yoʼlovchi tashiydigan avtobus va taksi haydovchilari, ayniqsa, yoʼlovchilarga nisbatan juda xushmuomala boʼlishlari, oʼz transportlarini oʼrnidan qoʼzgʼatish va toʼxtatishda keskin harakatlar qilmasliklari, burilishlarda yoʼlovchilar muvozanatini buzmaslikni eʼtiborga olib, tezlikni tanlashlari, avtobus eshiklarini ochish va yopishda yoʼlovchilar xavfsizligini taʼminlashga katta eʼtibor berishlari lozim. Taksi va xalqaro avtobus haydovchilari yoʼlovchilar yuklarini joylashtirishga koʼmaklashishlari odobdan boʼladi. Yuk avtomobili haydovchilari, avtomobil yukxonasida yukni qoida talablariga mos joylashtirishlari va yoʼlda doimiy ravishda uning boshqalarga xavf tugʼdirmasligini kuzatishlari shart. Qurilish obʼektlari, karerlar, axlatxonalar va boshqa qoplamasiz iflos yoʼllardan qoplamali yoʼllarga chiqishda, albatta, yoʼlni iflos qilmaslik choralarini koʼrishlari zarur.


Download 86,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish