Xolerik xususiyatga ega shaxslar, ta’sirchan, his-hayajonga
beriluvchan va juda faol bo‘lishlari bilan bir paytda, o‘zlarini tutib
tura olmaydigan va intizomsiz ham bo‘ladilar. Belgilangan tezlikni
oshiruvchi «abjir» haydovchilarning ko‘pchiligi xolerik bo‘lishadi.
Sangvinik – tez va harakatchan, kayfiyati o‘zgaruvchan odamlar.
Ular ko‘proq optimist bo‘lishadi, begona odamlar bilan
tezda kirishib ketishadi, ko‘pgina masalalarni tez yecha oladilar.
Sangvinik shaxsdagi haydovchilar harakat murakkablashgan
sharoitlarda o‘zlarini yaxshi tutadilar, ammo doimo bir xil sharoitda
ishlaganlarida e’tiborlari tez susayib ketadi. Shuning uchun bunday
odamlar shahar ichi yo‘nalishlarida xavfsizroq harakat qiladilar.
Flegmatik – vazmin, bosiq va xotirjam odamlar toifasiga kiradi.
Ular uzoq vaqt va har tomonlama o‘ylab ish qiladilar. Bunday
haydovchilar uzoq yo‘nalishlarda ishlashga layoqatliroq bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |