2.Ta’lim tizimida jon boshiga qarab moliyalashtirish usullarining joriy etilishi. Jahon amaliyotida ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning mabla g’lardan samarali foydalanish va ta‘lim sifatini oshirishni rag’batlantiruvchi yangi yo’llarini
qidirib topish ta‘lim tizimini rivojlantirish yo’lidagi harakatlarning o’ziga xos
xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta‘lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni
hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarni ta‘minlashga qaratilgan:
- ta‘limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jih atdan);
- ta‘lim sifati va natijalari;
- tenglik – bir xil ehtiyojli o’quvchilar mablag’lar bilan bir xil darajada
ta‘minlanadilar; muhtojroq o’quvchilar ko’proq mablag’ oladilar;
- tashqi samaradorlik – ta‘lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini
tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda, bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning
samaradorligini hisobga olib mablag’lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik – eng
kam xarajat qilib ko’proq natijalarga erishish.
Ta‘lim tizimini moliyalashtirish usullari haqida gap borar ekan, u yoki bu usulni qo’llashda har bir mamlakat o’z ijtimoiy siyosatining ustivorliklari, shuningdek, byudjet tizimining o’ziga xosligi va ta‘lim tizimini boshqarish xususiyatlariga asoslanadi. Shunga qaramay, o’tmishda mashhur bo’lgan va hozirgi kunda ta‘limning ko’plab tizimlarida amalda qo’llanilayotgan ta‘lim muassasalariga moliyaviy mablag’larni ajratishning bir qancha yo’llari va usullarini ta‘kidlash mumkin5:
- o’tgan davr ko’rsatkichlari asosida moliyalashtirish, bunda muassasa byudjeti u moliyalashtiriladigan tegishli byudjet imkoniyatlaridan chiqib ketmagan holda, o’tgan moliyaviy yil xarajatlari darajasida (inflyatsiyani hisobga oluvchi ayrim tuzatishlar bilan) aniqlanadi va uning hajmi doirasida mablag’ ajratiladi;
- alohida shartnomalar asosida moliyalashtirish (kelishuv bo’yicha) – bunda har bir ta‘lim muassasasi davlatga o’zining muayyan miqdordagi ajratmalarga ehtiyojini asoslab berishi lozim, agar muassasaning mablag’ ajratish bo’yicha so’rovi muayyan talablarga mos kelsa, davlatdan o’ziga kerakli mablag’larni olish imkoniyatiga ega bo’ladi;
- xarajatlarga asoslangan moliyalashtirish, bunda mablag’lar ta‘lim muassasasiga uning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xarajatlar, ya‘ni bino va inshootlarni saqlash, joriy ta‘mirlash, xodimlar mehnatiga haq to’lash kabilarga sarflangan resurslar hajmi doirasida ajratiladi (xarajatli deb ataluvchi bu usul bugungi kunga qadar mamlakatdagi davlatga qarashli ijtimoiy soha muassasalarini byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida ustuvor darajada qo’llanib kelinmoqda);
-formula asosida moliyalashtirish, bunda moliyaviy resurslar har bir muassasa uchun belgilangan va to’g’ri qo’llaniladigan mezonlar tizimiga muvofiq ajratiladi. Qonun loyihasini umumxalq muhokamasidan o’tkazish va ularning fikrmulohaza hamda takliflarini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga joylashtirildi. Bu boradagi islohotlatning bosh vazifasi mamlakatimiz ta‘lim tizimining fuqarolarning komil shaxslar bo’lib shakllanishiga yo’naltirilgan, inson omilini namoyon etadigan, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni yetishtirib beradigan eng yaxshi an‘analarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat.
Moliyalashtirish formulasi: (1) har bir ta‘lim muassasasiga ajratiladigan resurslar miqdorini; (2) ta‘lim muassasasiga ajratiladigan resurslar miqdorini aniqlashda hisobga olinishi lozim bo’lgan omillarni aniqlash imkonini beradi.
Ta‘limda byudjet mablag’larini taqsimlashning “pul o’quvchining ortidan boradi”gan tamoyilga (- pul o’quvchining ortidan boradi’’gan tamoyilda mablag’lar muassasaga o’quvchi soniga ko’ra ajratiladi, agar o’quvchi boshqa maktabga yoki bog’chaga o’tib ketsa, pul ham uning orqasidan shu muassasaga o’tib ketadi) asoslangan jon boshiga qarab moliyalashtirishdan iborat muqobil mexanizmini tanlash quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan:
- ta‘limga ajratilgan byudjet mablag’larini taqsimlash jarayonining shaffofligi,
obyektivligi va aniqligini oshirish, muassasa byudjetini tuzish va tasdiqlash
jarayonlarida turli xil kelishuvlar, muvofiqlashtirishlarga ketadigan vaqtni
kamaytirish;
- xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz kechish;
- muassasa darajasida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish (ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota -onalar hamda Vasiylik (Kuzatuv) kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilash.
Avvalgi yillar kabi ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini ta'limga xarajatlar
(44,4%) tashkil etishi kutilmoqda. 2022 yilda ta'limga 46,9 trln so'm ajratilishi
rejalashtirilgan bo'lib, 2021 yilda belgilangan xarajatlarga nisbatan 7,1 trln so'mga
ko'proqni tashkil etadi.
Ta'limga xarajatlar, 2022 yil uchun prognoz, mlrd so'm
2022 yilda bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrovini 63%gacha oshirishni hisobga olgan holda maktabgacha ta'lim xarajatlari rejalashtirilgan. 2024 yil yakuniga kelib, 6 yoshli bolalarni maktabgacha ta'lim tizimi bilan to'liq qamrovini ta'minlash va 2026 yilda esa bolalarni maktabgacha ta'lim qamrovini 80%gacha oshirish ko'zda tutilgan. . Demakki, ta‘lim sohasidagi islohotlarni o’z taraqqiyot strategiyasi, ichki siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan O’zbekiston yaqin kelajakda ta‘lim tizimi bilan ham dunyo e‘tirofiga sazovor bo’ladi. Bu boradagi islohotlatning bosh vazifasi mamlakatimizta‘lim tizimining fuqarolarning komil shaxslar bo’libshakllanishiga yo’naltirilgan, inson omilini namoyon etadigan, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarniyetishtirib beradigan eng yaxshi an‘analarini qo’llab-quvvatlashva rivojlantirishdan iborat. Eng oddiy shaklda o’quvchi soniga ko’ra moliyalashtirish usulida byudjet mablag’larining har bir muassasaga taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu muassasadagi mavjud o’quvchilar soniga bog’liq: har bir maktab har bir o’quvchisi
uchun bir xil summadagi mablag’ni oladi. Amaliyotda bu formula, odatda, maktabning joylashgan o’rni, maktabning tipi kabi bir nechta omillarni hisobga oluvchi koeffitsientlar asosida korrektirovka qilinadi. Ta‘lim tizimlarida moliyalashtirish formulasi qo’llanilayotgan mamlakatlarda formulani ishlatishda qaysi koeffitsientlarni qo’llash lozimligi va turli omillarni hisobga olish uchun ular soni nechta bo’lishi kerakligi to’g’risida yagona yondashuv mavjud emas. Masalan, Rossiyada moliyalashtirish formulasini qo’llash amaliyotida quyidagi omillarni hisobga oluvchi koeffitsientlar ishlatiladi.
- maktablarning joylashgan o’rnidagi farqlar (shahar va qishloq maktablari);
- maktablarning hajmlaridagi farqlar (maktablarning fizik o’lchamlari: bino va inshootlarining hajmi, isitish tizimi, egallab turgan maydoni va sh.k);
- ta‘lim turidagi farqlar (boshlang’ich ta‘lim, kasb-hunar ta‘limi, umumiy
ta‘lim va sh.k.);
- aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalarni o’qitishning maxsus dasturlarini amalga oshirish;
- salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o’qitish;
- alohida fanlarni chuqurlashtirib o’qitish dasturlarini amalga oshirish.
Maktabgacha ta'lim xarajatlarining tarkibi, 2022 yil uchun prognoz, mlrd so'm
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlarni qo’llash natijasida alohida olingan muassasa oladigan mablag’lar summasi o’quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’lsada, har holda, muassasalar, hajmlari obyektivlik va shaffoflik tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag’lariga ega bo’ladilar. Lekin, formulani ishlab chiqishda shunga alohida e‘tibor berish kerakki, formulada tuzatuvchi koeffitsientlar soni qancha ko’p bo’lsa, formula tushunish va qo’llash uchun shuncha murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga ziddir. Byudjet mablag’lari hisobidan ta‘minlanadigan aksariyat byudjet tashkilotlari kabi, ta‘lim muassasalari ham o’z faoliyatlari bilan bog’liq ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mablag’larning yetishmasligi muammosiga duch keladilar. Ushbu muammolar byudjet mablag’lariga bo’lgan ehtiyojni an‘anaviy tartibda (ya‘ni ish natijalaridan qat‘i nazar, smetalarni sinf(guruh)lar soni, o’quv soatlari soni, kvadrat metrlarda hisoblanadigan muassasa maydoni, o’tgan yildagi haqiqiy xarajatlar kabi natural va qiymat me‘yorlaridan foydalanib ishlab chiqish) aniqlash bilan bog’liq holda yuzaga keladi. Muassasa tomonidan hisoblangan byudjet mablag’lariga bo’lgan ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya organlari yoki mahalliy boshqaruv darajasida (masalan, tuman/shahar xalq ta‘limi bo’limlarida) ko’rib chiqiladi va tegishli byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzatishlar kiritiladi. Bunda ta‘lim muassasasi uchun ajratilayotgan byudj et mablag’larining haqiqiy miqdori aksariyat hollarda muassasa tomonidan hisoblab chiqarilgan va aniqlangan ehtiyojga nisbatan ancha kam bo’ladi. Alohida olingan muassasaning tasdiqlangan byudjeti xarajat moddalari bo’yicha batafsil yoyib chiqilgan xarajatlar ro’yxatidan iborat bo’ladi. Muassasalar oyma-oy ushbu ro’yxatga muvofiq xarajatlarning har bir moddasi bo’yicha byudjet mablag’larini oladilar. Demakki, ta‘lim sohasidagi islohotlarni o’z taraqqiyot strategiyasi, ichki siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan O’zbekiston yaqin kelajakda ta‘lim tizimi bilan ham dunyo e‘tirofiga sazovor bo’ladi.
Amaliyotda muassasalar o’z ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan xarajat miqdorlarini oshirib ko’rsatishdan manfaatdor bo’ladilar, ammo qat‘iy xarajat moddalari asosida byudjetdan moliyalashtirish jarayoni ta‘lim muassasalari rahbarlarining mablag’larni taqsimlashdagi qarorlar qabul qilish bo’yicha mustaqilligini cheklab qo’yadi. Moliyalashtirishning ushbu tizimini qo’llash oqibatida ta‘lim muassasalarini boshqarishdagi mustaqillik ma‘lum darajada cheklanib qoladi. Natijada muassasa rahbarlari ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o’z resurslarini samarali boshqarish imkoniyatidan mahrum bo’ladilar.
Bu sohada islohotlarning zarurligi va muhimligini hisobga olgan holda, respublikaning ayrim hududlarida byudjet mablag’larini rejalashtirish bo’yicha tajriba loyihalarini boshlash, ushbu loyihalar doirasida jon boshiga moliyalashtirishning yangi tizimini sinab ko’rish to’g’risida qaror qabul qilindi. Loyiha dastlab umumta‘lim muassasalarini qamrab oldi. Bu kabi loyihalar ta‘lim muassasalari uchun ajratiladigan byudjet resurslarini boshqarish va muassasa byudjetini shakllantirishning muqobil mexanizmlarini joriy etish maqsadlarini ko’zlab amalga oshirildi.
O’zbekistonda ta‘lim sohasida o’quvchi jon boshiga moliyalashtirish usulini bosqichma-bosqich va barcha hududlarda joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Barcha umumta‘lim maktablari, maktabgacha ta‘lim muassasalari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida bir nafar o’quvchiga (tarbiyalanuvchiga, talabaga) mo’ljallangan xarajatlarning bazaviy normativlarini joriy etish shartlarini qat‘iy belgilovchi hukumat qarorlarining qabul qilinishi ushbu yo’nalishdagi muhim qadam hisoblanadi.
O’zbekistonda ta‘lim sohasida o’quvchi jon boshigamoliyalashtirish usulini bosqichma-bosqich va barchahududlarda joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Barcha umumta‘lim maktablari, maktabgacha ta‘lim muassasalari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida bir nafar o’quvchiga (tarbiyalanuvchiga, talabaga) mo’ljallangan xarajatlarning bazaviy normativlarini joriy etish shartlarini qat‘iy belgilovchi hukumat qarorlarining qabul qilinishi ushbu yo’nalishdagi muhim qadam hisoblanadi. Mustaqillik yillarida respublikamizda milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e‘tirof etilgan. Maktabgacha ta‘lim sohasi mazkur tizimning ilk bo’g’ini hisoblanadi va butun ta‘lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo’lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta‘lim bolalarda o’qishga havas uyg’otish, ularni tizimli ravishda o’qishga tayyorlash, sog’lom va barkamol shaxs bo’lib shakllanishiga xizmat qiladi. Bu ta‘lim olti-ettiyoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat‘i nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi ‘’Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi PF-5198-sonli farmoni6 bilan ―uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida: O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta‘lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo’limlari tashkil etildi; respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o’ringa mo’ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarini qo’shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan bosqichma-bosqich to’liq qamrab olish, bolalarga maktabgacha ta‘lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturlar ishlab chiqildi. 2018-yil boshiga kelib respublikada 4 911 ta davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi (MTM) faoliyat olib borayotgan bo’lib, 2 mln. 450 mingga yaqin bog’cha yoshidagi (3-7 yosh) bolalarning 739 ming 600 nafari (30,2 foizi) MTM bilan qamrab olingan183. Ushbu sohada sog’lom va har tomonlama rivojlangan o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda.Muassasaning qanday tipga mansubligi uning xarajatlarini rejalashtirishda hisobga olinadi. Maktabgacha ta‘lim muassasasi o’z moliyaviy-xo’jalik faoliyatini byudjet mablag’lari va byudjetdan tashqari mablag’lar doirasida amalga oshiradi. Davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish Mazkur bobning oldingi paragrafida ta‘kidlanganidek, ta‘lim sohasini moliyalashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator hukumat qarorlari doirasida ―pul o’quvchining ortidan boradi‖gan tamoyil bo’yicha byudjet mablag’larini taqsimlashning muqobil va oshkora mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish asosida jon boshiga (o’quvchi, tarbiyalanuvchi soniga) moliyalashtirish tartiblari joriy qilindi.