Xulosa va takliflar
Har qanday odam ham o’smirlik chog’ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrida jamiyatdan munosib o’mini topishi kerak. Aks holda bu narsa noxush oqibatlarga, ba‘zan esa og’ir fojialarga, hatto ijtimoiy larzalarga ham sabab bo‘ladi. Yosh yigit - qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o’z o’rnini topolmaslik holatlari ulaming jamiyatda o’z qadrini yo’qotishiga olib keladi. O’z qadriga, o’z sha‘niga ega bo’lmagan inson hayotda ko’p to’siqlarga duchor boladi, beqaror va salbiy ta‘sirlarga tez beriladi, uning shaxs sifatidagi yemirilishi ham tez kechadi. Qolaversa, yoshlarni muayyan bir ixtisosga ega qilib, hayotga yo’llanma beramiz. Dunyoga umid bilan qadam qo’yib kelayotgan navnihol inson hayotdan munosib o’mini topsa, turmushidan, taqdiridan, vatanidan rozi bo’lib yashaydi, umr bo’yi bunyodkorlik faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi.Bu g’oyat muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan masaladir. Agar shu ichki quvatning to’liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoit yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo’ladi. Va har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va isfedodni avalo, o’zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxti-saodati, manfaati uchun to’liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur‘at va samarasini hatto tasawur qilish ham oson emas. Oldimizda turgan buyuk maqsadlaiga erishishda jamiyatimizning har bir a‘zosi qo’shadigan hissa shu hisobdan beqiyos bo’lishi muqarrar.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi qarori (5.06.18) ham ana shu islohotlarning bir bo’g’ini sifatida qalbimizni g’ururga to’ldiradi. Ayniqsa, qarorning 7-bandidagi “oliy ta’lim muassasalariga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul kilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov dvrsi o’tkazish natijalari bo’yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko’ra amalga oshirilishi” belgilab berilgani e’tiborlidir. Bu yoshlarning mas’uliyatini oshirish bilan birga ilmga tasodifan kirib kelish,savodsizlikning oldini olishag yordam beradi. “Ustoz-shogird”tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining faol ishtiroki ta’lim sifatini oshirishga, jahon xamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallayotgan mustaqil O’zbekistonimizning buyuk kelajagini qurishda, shubhasiz, zarur deb o’ylayman. Mamlakat budjet siyosatining eng muhim tarkibiy qismi, allaqachon ta'kidlab o'tilganidek, budjetlararo munosabatlar kontseptsiyasidir. Uning asosida hokimiyat darajalari o'rtasida daromadlar va xarajatlar vakolatlarini farqlash, budjet tizimining ishlashi shartlari asosida moliyaviy yordam ko'rsatish mezonlari va usullarini aniqlashga qaratilgan yondashuvlar ishlab chiqilmoqda
Xulosa qilib aytganda o`qish, o`rganish, bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda ana endi biz yoshlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu tashabbuslarga javoban har qachongidan ko`proq o`qib-o`rganib o`z ustimizda yanada ko`proq ishlab, Xalqimiz, vatanimizga tayanch bo`ladigan nafaqat tayanch balki ertangi kuniga ishonch bo`ladigan va kelajagini belgilab beradigan farzand, kadr, mutaxasis inson bo`lib yetishishimiz har qachongidan zarur ekanligi mana bugungi kun taqozosi.
Yana shuni qo`shimcha qilmoqchimanki vatanimiz mustaqilligidan keying yillarda oliy ta’lim tizimida bo`layotgan o`zgarishlar, an iq- rog`i abiturentlar uchun oliy o`quv yurtlariga kirish imkonyati oldingi yillarda bitta oliygohga imkoniyat bo`lgan bo`lsa 2019-yildan uchta oliygohga 2020-yildan esa bu imkonyat beshtaga yetganligi abiturentlar uchun katta yangilik bo`ldi. Albatta bu tadbirlar abiturentlarni o`ylab ularning imkonyatini oshirish va o`qishga qiziqishini jadallashtirishga katta turtki bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |