T= . (1.8)
Burchak tezlik va aylanish davri T o’zaro quyidagicha ifodalanadi:
. (1.9)
Moddiy nuqta aylana bo’ylab notekis harakatlansa, chiziqli tezlik bilan birga burchak tezlik ham o’zgaradi. Shu sababli burchak tezlanish tushunchasi kiritiladi. U shunday ifodalanadi:
= . (1.10)
Burchak tezlik va burchak tezlanish vektor kattaliklardir. Burchak tezlik ning yo’nalishi parma qoidasi bilan topiladi. Agar burchak tezlik vaqt o’tishi bilan oshsa, va yo’nalishi bir xil, vaqt o’tishi bilan kamaysa, va yo’nalishi qarama-qarshi bo’ladi.
Mavzunu mustahkamlash uchun nazariy va amaliy topshiriq va savollar.
1.Tekis oʼzgaruvchan harakatning burchak tezlanishi deb qanday fizik kattalikka aytiladi?U qanday birlikda oʼlchanadi?
2.Burchak tezlik yoʼnalishi qanday aniqlanadi?
3. Gʼildirak tekis tezlanuvchan harakat qilib 1 min davomida chastotasini 300 1/min dan 180 1/min gacha kamaytirdi. Gʼildirakning burchak tezlanishini va shu davrdagi toʼla aylanishlar sonini toping.
5-mavzu. AYLANMA VA ILGARILANMA HARAKATNI O‘ZARO UZATISH Reja;
1.Friksion usulda harakatni uzatish.
2.Harakatni tasmali uzatish.
3.Harakatlarni tishli gʼildiraklar orqali uzatish.
Kundalik turmushda harakatlanuvchi transport vositalarining harakati kuzatilsa, ularning dvigateli bir xilda ishlab tursa-da, ular turlicha tezlikda harakatlanishi kuzatiladi. Avtomobil tekis yo‘lda katta tezlik bilan qiyalikka chiqishda, botqoqli joylarda sekin yuradi. Xuddi shunday to‘qimachilikda, sanoatda ishlatiladigan dastgohlarda ham ularning turli qismlari turlicha tezlikda aylanayotganligini kuzatish mumkin. Kundalik turmushda ishlatiladigan tikuv mashunasida ham aylanma harakat va uni borib-keluvchi (ilgarilanma) harakatga aylantirib beruvchi mexanizmlar ishlatiladi
Friksion usulda harakatni uzatish. Aylanma harakatni friksion usulda uzatish uchun har xil diametrli ikki g‘ildirak bir-biriga kuch bilan siqib turiladi. Ulardan biri soat strelkasining yo‘nalishi bo‘yicha aylansa, ikkinchisi ishqalanish kuchi ta’sirida harakatga kelib, soat strelkasining aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishida aylanadi (1.6-rasm). Friksion uzatish usulidan, uzatiladigan quvvat uncha katta bo‘lmagan hollardagina foydalaniladi. Bu harakatda g‘ildiraklar bir-biriga nisbatan sirpanmaydi, shu sababli gildiraklar gardishlarining chiziqli tezliklarining modullari son jihatdan o‘zaro teng bo‘ladi: V1 = V2 yoki
Harakatni tasmali uzatish. Aylanma harakatni tasmali uzatishda ikkita g‘ildirak bir-biriga tarang tortilgan tasma bilan biriktiriladi (1.7-rasm). Bunda uzatish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi. Harakat uzatuvchi shkiv (g‘ildirak)ni yetaklovchi va harakatni qabul qiluvchi shkiv (g‘ildirak) yetaklanuvchi shkiv deyiladi. Tasmali uzatishda ham aylanayotgan g‘ildiraklarning chiziqli tezliklarining modullari o‘zaro teng: V1 = V2.Burchak tezliklari esa g‘ildiraklarning radiuslari orqali o‘zaro quyidagi muno sabatda bo‘ladi:
Harakatni tishli g‘ildiraklar orqali uzatish. Har xil diametri ikkita tishli g‘ildirakning tishlarini bir-biriga kiygizish orqali aylanma harakatni uzatish usuli tishli uzatish deb ataladi (1.8-rasm). Birinchi g‘ildirakdagi tishlar soni N1 bo‘lib, sekundiga ν1 marta aylansin, u bilan tishlashgan ikkinchi g‘ildirak esa N2 ta tishga ega bo‘lib, sekundiga ν2 marta aylansin. Tishlashish nuqtasida vaqt birligi ichida birinchi g‘ildirakning N1 · ν1 tishi o‘tganda, ikkinchisining N2 · ν2 tishi o‘tadi
Do'stlaringiz bilan baham: |