Mavzunu mustahkamlash uchun nazariy savollar.
1.Nima sababdan fizik nazariyadagi barcha aniqlanadigan kattaliklar tajribada oʼlchana oladigan bʼlishi kerak?
2.Gipoteza qachon fizik qonunga aylanadi?
2-mavzu. MEXANIK HARAKAT TURLARI. HARAKATLARNING MUSTAQILLIK PRINSIPI Reja;
1.Kinematikaning asosiy tushunchalari. 2.Mexanik harakat turlari va ularning bir biridan farqlari. 3.Harakatning mustaqillik prinsipi.
Moddiy nuqta harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sababisiz o’rganadigan mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi. Kinematikada mexanik harakatlarni qarab chiqish uchun trayektoriya, yo’l, ko’chish kabi tushunchalardan foydalaniladi. Moddiy nuqta harakati davomida chizgan chiziqqa trayektoriyadeyiladi. Agar trayektoriya tug’ri chiziqdan iborat bo’lsa, harakat to’g’ri chiziqliharakat deb ataladi. Trayektoriya egri chiziqdan iborat bo’lsa, bunday harakat egri chiziqliharakat bo’ladi. Trayektoriya aylanadan ham iborat bo’lishi mumkin. Bunday holda moddiy nuqta aylana bo’ylab harakat sodir etyapti deyish mumkin.
Moddiy nuqtaning trayektoriya bo’ylab harakati davomida bosib o’tgan masofaga yo’l deyiladi. Yo’l yo’nalishi bilan xarakterlanmaydi. Fizikada bunday kattaliklarni skalyar kattaliklar deyiladi. Yo’l — skalyar kattalik. Agar moddiy nuqta bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga qarab harakat qilsa, shu nuqtalarni birlashtiruvchi va 1-nuqtadan 2-nuqtaga yo’nalgan to’g’ri chiziqga ko’chish deyiladi.
Fizikada yo’nalish bilan xarakterlanadigan fizik kattaliklarga vektor kattaliklardeyiladi. Ko’chish - vektor kattalikdir.
Endi kinematikada ko’riladigan ikki asosiy fizik kattaliklar — tezlik va tezlanishni ko’rib chiqamiz.
Biz hayotda tezlik deganda, vaqt birligida bosib o’tgan yo’lni tushunamiz. Agar teng vaqtlar oraliqlarida moddiy nuqta teng yo’l yursa, bunday harakatga tekis harakatdeyiladi va harakat to’g’ri chiziqli bo’lsa, tekis harakat tezligi uchun quyidagi formulaga ega bo’lamiz.
, (1.1)
bunda, S - bosib o’tilgan yo’l, t – vaqt.
Odatda, fizikada tezlik deganda moddiy nuqtaning trayektoriya bo’ylab ko’chish tezligini va har bir momentdagi nuqtaning harakat yo’nalishini xarakterlovchi fizik kattalik tushuniladi. Shu sababli trayektoriyaning har bir nuqtasi uchun oniy tezlik tushunchasi kiritilgan. Oniy tezlikni topish uchun x, ykoordinata o’qlari tekisligida biror harakatning trayektoriyasini quramiz va bu trayektoriyaning cheksiz kichik biror dl qismiga mos bo’lgan dsko’chishni ajratib, unga koordinata boshidan r1 va r2 radius-vektorlarni o’tkazamiz. Endi dsko’chishni shu ko’chish sodir bo’lgan dtvaqt oralig’iga bo’lib, trayektoriyaning shu nuqtasi uchun oniy tezlikni topamiz.
.(1.2)
Bu yerda , V — oniy tezlik, ds — cheksiz kichik ko’chish, dt— vaqt oralig’i. Demak, tezlik moddiy nuqtaning radius- vektoridan vaqt bo’yicha olingan hosilasiga teng ekan. Tezlik V trayektoriyaga urinma bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Halqaro Birliklar Sistemasi da tezlik birligi m/s, SGSsistemada sm/s. Yana tezlik amaliyotda km/soatbirlikda ham o’lchanadi.
1. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi va yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s = v·t formula bilan aniqlanadi.2. To‘g‘ri chiziqli notekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi o‘zgaradi, lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s = Vo‘rt · t formula bilan aniqlanadi. Bunda Vo‘rt – jismning o‘rtacha tezligi.3. To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday harakatda jism harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya’ni teng vaqtlar ichida bir xil kattalikka ortadi (kamayadi), lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s = Vo· t ± formula bilan aniqlanadi (“+ˮ) ishora tekis tezlanuvchan, a > 0, (“ – ˮ) ishora tekis sekinlanuvchan (a < 0) bo‘l ganda qo‘yi ladi).4. Egri chiziqli tekis harakat. Egri chiziqli harakatning xususiy holi sifatida aylana bo‘ylab tekis harakatni olish mumkin. Bunday harakatda har doim tezlik yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib, trayektoriyaga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.Harakatning asosiy parametrlari: v – chiziqli tezlik; ω – burchak tezlik; T – ayla nishlar davri; v – aylanishlar chastotasi; Syoy – yoy uzunligi; s – bosib o‘tilgan yo‘l.
Shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan harakatlarda jism faqat bitta harakatda qatnashgan hollar o‘rganilgan. Hayotda ko‘pincha jismlar bir
vaqtning o‘zida bir nechta harakatda qatnashadi. Masalan, daryo bo‘ylab harakatlanayotgan kema, poyezd vagoni ichida yurib ketayotgan odam, uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yuk va h.k. Bunda daryoda harakatlanadigan kema o‘z dvigatelining tortish kuchi tufayli bir yo‘nalishda V1 tezlik bilan harakatlansa, suv uni V2 tezlik bilan oqim yo‘nalishida harakatlantiradi. Bu misollarda jismning ikkita harakatda qatnashayot ganligi ko‘rinib turibdi.Shunday savol tug‘iladi. Kemaga o‘z dvigatelining tortish kuchi tufayli berilgan V1 tezlik daryoning oqish tezligiga bog‘liqmi? Uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog‘liqmi?Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kemaning tezligi suvning oqish tezligiga, samol yotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog‘liq emas!Bundan shunday xulosa kelib chiqadi.
Mavzunu mustahkamlash uchun nazariy savollar.
1.Qanday hollarda tezlik vektori tashkil etuvchilarga ajratiladi?
2.Harakatning mustaqillik prinsipi nimadan iborat?
3.Nima sababdan jism bir vaqtda bir necha harakatda qatnashayotgan boʼlsa,harakatlar bir-biriga taʼsir koʼrsatmaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |