2.3.1-jadval
“Andijondonmahsulot” AJda 2014-2020-yillarda ishlab chiqarilishi kutilayotgan mahsulotlar hajmi to’g’risida ma’lumot
№
|
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomi
|
Birligi
|
Korxonaning to'la quvvati
|
2014-yil (hisobot)
|
2015-yil (hisobot)
|
2016-yil (kutilish)
|
2017-yil (kutilish)
|
2018-yil (kutilish)
|
2019-yil (kutilish)
|
2020-yil (kutilish)
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Quvvatdan foydalanish darajasi %
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Quvvatdan foydalanish darajasi %
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Quvvatdan foydalanish darajasi %
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Quvvatdan foydalanish darajasi %
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Quvvatdan foydalanish darajasi %
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Quvvatdan foydalanish darajasi %
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
|
Quvvatdan foydalanish darajasi %
|
1
|
A
|
B
|
2
|
3
|
4
|
6
|
7
|
9
|
10
|
12
|
13
|
15
|
16
|
18
|
19
|
21
|
22
|
1.
|
Un
|
tonna
|
57500
|
33042
|
57,6
|
41583
|
72,3
|
42000
|
73,0
|
42500
|
74,0
|
43000
|
74,5
|
43000
|
74,5
|
43000
|
74,5
|
2.
|
Omuxta yem
|
tonna
|
33000
|
13016
|
39,4
|
19108
|
57,9
|
32000
|
97,0
|
32500
|
98,5
|
33000
|
100,0
|
33000
|
100,0
|
33000
|
100,0
|
3.
|
Makaron
|
tonna
|
300
|
52
|
17,3
|
30
|
10
|
200
|
66,7
|
250
|
83,3
|
300
|
100,0
|
300
|
100,0
|
300
|
100,0
|
Manba:“Andijondonmahsulot” AJningrejaiqtisodbo’limima’lumotlariasosidatayyorlandi.
Yuqorida keltirilgan 2.3.1-jadvalda “Andijondonmahsulot ” AJning 2014-2020-yillar da ishlab chiqarilishi kutilayotgan mahsulotlar to’g’risida ma’lumotlar taqdim etilgan. Ushbu jadval ma’lumotlari asosida 2016-yilda korxona tomonidan o’z biznes rejasida “O’zdonmahsulot” AKga taqdim etgan. Ushbu taqdim etilgan jadval asosida esa kompaniya korxonaga yillik ishlab chiqarishi zarur bo’lgan mahsulotlar hajmini rejalashtiradi. Ushbu jadval 2016- yilda korxona tomonidan taqdim etilganini hisobga olgan holda, yuqorida keltirib o’tgan 2.2.3-jadval ma’lumotlarini mazkur jadvalning 2016-yil uchun mo’ljallangan kutilish ko’rsatkichalarini solishtiradigan bo’lsak ma’lum farqlar mavjud. Korxona 2016-yilda un mahsulotlarini 42000 tonna hajmda ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Amalda esa bu hisobot yilining oxirida 40009 tonnani tashkil etdi. Kutililgan ko’rsatkichdan 1991 tonna kam miqdorda mahsulot ishlab chiqardi. Xuddi shunday omuxta yem mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 32000 tonna miqdorda kutilgan bo’lsa-da, amalda 18032 tonnani tashkil etgan. Ya’ni bunda ham kutilgan natijada 13968 tonna kam mahsulot ishlab chiqarilgan. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham biroz kamayishlar mavjud. Ushbu ma’lumotlarni inobatga olib korxonada mahsulot ishlab chiqarish uchun belgilangan rejani bajarilishida quyidagi ichki omillar ta’sir ko’rsatmoqda:
korxona eng avvalo oldindan kelgusi yillarda ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan mahsulotlar hajmini yuqori darajada rejalshtirish;
korxona faoliyatida ishlab chiqarish hajmini rejalashtirishda o’zining to’la quvvatini hamda zarur xom-ashyo resurs bazasini to’la darajada hisobga olmaslik;
korxonada ishlab chiqarish sexlarida oy boshida dam olish kunlarining uzoqligi;
ishlab chiqarish texnologiyalarining asosiy qismi ta’mirtalab hamda elektr energiyasining ko’p sarflashi;
ishlab chiqarishdagi ishchilarning kunlik ish soatining uzunligi;
korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini birja orqali tashkil etilganligi va boshqalar.
“Andijondonmahsulot” AJda ishlab chiqarish rejasini bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi tashqi omillar ham mavjud:
kompaniya tomonidan korxonaga belgilanadigan ishlab chiqarish rejasini har hisobot oyining 8-10 sanasida ya’ni dastlabki kunlarida taqdim etmasligi;
belgilangan rejaga oyning oxirgi haftasida qo’shimcha ravishda yana ishlab chiqarish rejasinig belgilanishi;
mahsulotlar realizatsiyasida lokal tarmoqda raqobatchi turdosh korxonalarning mavjudligi hamda mahsulotlarning reklamasini past darajada tashkil etilganligi va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan “Andijondonmahsulot” AJda mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi hamda sotish hajmining bajarilishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qildik. Tahlil natijasida shuni aytishimiz mumkin-ki, korxonada ishlab chiqarish rejasi hamda sotish hajmini bajarilishiga yuqori darajada erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Birinchidan korxona kelgusida ishlab chiqarilishi kutilayaotgan mahsulotlar hajmini to’g’ri rejalashtirishi zarur. Ikkinchidan korxonada ishlab chiqarish sexlarini oy boshida ta’mirlash maqsadida to’xtash vaqtini kamaytirish zarur. Uchinchidan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida bir sutka davomidagi ishchilarning ishlash vaqtini kamaytirish kerak. Bundan tashqari korxonadagi mavjud ishlab chiqarish texnologiyalaridan bosqichma-bosqich zamonaviy, ishlab chiqarish quvvati yuqori bo’lgan, va eng asosiysi mahsulotni sifatli ishlab chiqaradigan, shuningdek, elektr energiyasi hamda yoqilg’I resurslarini kam sarflaydigan texnologiyalarga o’tish zarur. “Andijondonmahsulot” AJda mazkur sanab o’tilgan muhim vazifalar o’z vaqtida amalga oshirilsa, korxonanig ishlab chiqarish rejasi bog’liq kamchiliklar bartaraf etilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |