«tasdiqlayman» «Mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti dekani m-a. Eshonov 2017 y. «Himoyagaqo’yildi


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining mazmuni va nazariy asoslari



Download 0,81 Mb.
bet15/40
Sana25.04.2023
Hajmi0,81 Mb.
#931749
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
«sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi «tasdiqlaym

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining mazmuni va nazariy asoslari

Mahsulotni ishlab chiqarish hamda uni sotish rejasi bilan tanishishdan oldin ishlab chiqarish jarayoni hamda u bilan bog’liq jarayonlarni mazmuni bilan nazariy jihatdan yaqindan o’rganishni zarur deb hisobladik.
Ishlab chiqarish jarayoni — bu xomashyoning tayyor mahsulotga aylanguncha bo‘lgan barcha jarayonlar ketma-ketligidir.Ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat predmetiga mehnat vositalari ta’siri orqali amalga oshiriladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni yoki ishlab chiqarish jarayoni mehnat predmetlari, mehnat vositalari va jonli mehnatning o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib hisoblanadi. Bu elementlarning birlashuvi ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish jarayoni mahsulot ishlab chiqarishda vazifasi bir xil bo‘lmagan turli jarayonlardan tashkil topadi. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetlarini sifat o‘zgarishlariga olib keladigan jarayonlar asosiy jarayonlar deyiladi (sifat o‘zgarishlari mehnat predmetlarining ichki xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, shakli, hajmi va boshqalar). Yordamchi jarayonlar esa asosiy jarayonlarni amalga oshirishda kerakli shart-sharoitlar yaratadi. Bularga quyidagilar misol bo‘la oladi: turli xildagi energiya ishlab chiqarish, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulotning fazodagi o‘rnini almashtirish, jihozlar remontini tashkil qilish va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy bo‘limlarga, ya’ni operatsiyalarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish operatsiyasi deb bir yoki bir nechta ishchilar tomonidan bir ish joyida bir xil mehnat predmetlari ustida va bir xil mehnat qurollari bilan bajarilgan ishlab chiqarish jarayonining qismiga tushuniladi. Ish kuchi, mehnat vositasi va mehnat predmetining o‘zaro birlashuvi bir operatsiyani bajarishni bildiradi. Bu elementlardan birining o‘zgarishi esa boshqa operatsiyaning boshlanishidan darak beradi. Mehnat predmetining bir sifat holatdan ikkinchi sifat holatga o‘tishida qatnashadigan bir yoki bir nechta operatsiyalarning birlashmasi ishlab chiqarish bosqichi deb aytiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni turli xildagi operatsiyalardan tuzilgan bo‘lib, bu operatsiyalar ikkita belgi orqali klassifikatsiyalanishi mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonida operatsiyalar vazifasi bo‘yicha operatsiyalarga bo‘linadi.
2. Ishlab chiqarish jarayonida operatsiyalar bajarilishi bo‘yicha operatsiyalarga bo‘linadi.
Operatsiyalarning bajarilishiga ko‘ra uchga bo‘linadi:
1. Mashinada bajariladigan operatsiyalar;
2. Mashina — qo‘lda bajariladigan operatsiyalar;
3. Faqat qo‘lda bajariladigan operatsiyalar.
Ishlab chiqarish jarayonida operatsiyalar vazifasi bo‘yicha asosiy va yordamchi operatsiyalarga bo‘linadi. Asosiy operatsiyalarga texnologik operatsiyalar deb aytiladi. Yordamchi operatsiyalar o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi:
1. Ko‘chuvchi (tashuvchi) operatsiyalar yoki transport operatsiyalari. Bu operatsiyalar mehnat predmetlarining o‘rnini fazoda o‘zgartiradi.
2. Nazorat operatsiyalari (temperaturani o‘lchash yoki nazorat qilish, namlikni o‘lchash, tarozida o‘lchash).
3. Xizmat ko‘rsatish operatsiyalari. Bu operatsiyalar jarayonning borishi uchun normal sharoitlar yaratib beradi (ish joyini yig‘ishtirish, tozalash, mashina va jihozlarni tozalash, yog‘lash, tekshirish va boshqalar).
Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish ishlab chiqarish jarayonida yordamchi operatsiyalarning umumiy sonidagi solishtirma og‘irligini kamaytirishni talab qiladiki, bu mahsulot ishlab chiqarish mehnat sig‘imini va ishlab chiqarish jarayoni davomiyligini qisqartiradi. Ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish uchun jadvallik va grafiklik metodlari qo‘llaniladi. Jadvallik usulda asosan 2 ta jadval to‘ldiriladi. Birinchi jadvalda ishlab chiqarish jarayoni operatsiyalarga bo‘linib, operatsiyalar bajarilishi va vazifasi bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. Ikkinchi jadvalda operatsiyalar soni aniqlanib, ularning vazifasi va bajarilishi bo‘yicha miqdorlari ko‘rsatiladi va ishlab chiqarish jarayoni mexanizatsiya darajasi hisoblanadi.
Grafik usulda har xil operatsiyalar geometrik shakllar bilan va chiziqlar bilan belgilanadi. Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish uchun har bir guruh operatsiyalarining umumiy miqdoridagi nisbiy vazni hisoblanadi. Bizga ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asosiy ishni texnologik operatsiyalar bajaradi. Shuning uchun ularning asosiy soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoni shuncha takomillashgan hisoblanadi. Har xil operatsiyalarning ularning umumiy miqdoridagi o‘zaro nisbati ishlab chiqarish jarayonining strukturasi deyiladi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish shu jarayonning mexanizatsiyalashtirish darajasini hisoblashga asos bo‘ladi. Mexanizatsiyalashtirish darajasi quyidagi formula orqali topiladi:



Bu yerda:


— mashinada bajariladigan operatsiyalar miqdori;
— mashina-qo‘lda bajariladigan operatsiyalar miqdori;
— umumiy operatsiyalar miqdori.
Tahlil natijalari asosida ishlab chiqarish jarayonining strukturasini yaxshilash tadbirlari ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish jarayoni uni ratsional tashkil qilish prinsiplari asosida doimiy takomillashtirilib boriladi. Asosiy prinsiplardan bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish