1985-yilda Respublikada birinchilar qatorida tegirmon rekonstruksiya qilinib, yangi zamonaviy asbob uskunalar o’rnatildi. Natijada ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlari sifati yaxshilandi, oliy navli un ishlab chiqarish hajmi ko’paydi. Kombinat iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlar qilindi, mutaxassis kadrlar joy-joylariga qo’yildi. 1988-yil 1-noyabrdan «Andijondonmahsulot» boshqarmasi boshliqligiga I. Qurbonov saylandi. I. Qurbonov ishlagan vaqt davomida viloyat don mahsulotlari korxonalarida mehnat intizomi tartibga solindi. Ishchi xodimlarni ijtimoiy himoyalash uchun «Andijondonmahsulot» korxonasida yordamchi xo’jalik faoliyatini kengaytirish maqsadida Andijon tumanidagi K.Marks jamoa xo’jaligidan 16 gektar yer sotib olinib, 3000 dona turli mevali ko’chatlar (olma, o’rik, shaftoli, behi, olxo’ri) ekilib katta bog’ barpo qilindi. Oxunboboyev makka saralash jamoa korxonasida ham ishchi xodimlarni ijtimoiy va moddiy tomondan himoyasini mustahkamlash uchun katta bog’ tashkil qilindi. Bu ishlarni amalga oshirilishida boshqarma boshlig’ini hissasi katta bo’ldi. 1989-yil 14-fevraldan1996-yil 12- aprelga qadar kombinatga O.Jalolov rahbarlik qildi. Bu vaqt ichida korxona mutaxassislarini samarali izlanishlari natijasida tegirmonda 2-navli un ishlab chiqarish kamaytirilib, oliy va bug’doy yormasi (mannaya krupa) ishlab chiqarish salmog’i oshirildi. Kombinatda sutkasiga 20 tonna un ishlab chiqaradigan kichik tegirmon qurildi. 1990-yil 1-iyundan 1992-yil 27-dakabrgacha «Andijondonmahsulot» boshqarmasi boshlig’i vazifasida Umarxodjayev A. ishladi. U ishlagan vaqt davomida boshqarma tizimidagi korxonalar yordamchi korxonalarida go’sht, sut yetishtirish sezilarli darajada rivojlandi. Ishchi xodimlar manfaatdorligi oshdi. Boshkorxona o’ramida qora mollar uchun katta omborxona qurildi. Qop sexi qurish uchun ikki qavatli bino loyixa smetasi tasdiqlandi va bino qurilishi boshlandi. 1993-yil 27-yanvardan 1997-yil 17-noyabrga qadar «Andijondonmahsulot» boshqarmasi boshlig’i bo’lib G’ofurov M.B. faoliyat ko’rsatdi. Bu vaqt davomida boshqarmada va tizimdagi korxonalarda mehnat intizomi yaxshilandi. Ishchi xizmatchilarni unumli mehnat qilishlari uchun qo’shimcha sharoitlar yaratildi. Ishchilarni iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan himoya qilish yaxshi yo’lga qo’yildi. Viloyat bo’yicha boshqarma korxonalarida ishlab chiqarish rejalari ortig’i bilan bajarildi. Kombinat qoshida ikki qavatli qop sexi ishga tushirildi, tikuvchilik sexi tashkil qilindi. Shaxarning aeroport yo’nalishidagi A.Yo’ldoshev (sobiq Chapaev) ko’chasida, Soy-guzar mavzesida «Vinkler» issiq non ishlab chiqarish sexlari ishga tushirildi. Andijon viloyati hokimining «Andijon viloyatini gullar maskaniga aylantiraylik» qaroriga asosan kombinat territoriyasiga Asaka yo’li yonidagi temir yo’l yoqasidan yer qo’shib olinib gulzor va bog’ tashkil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |