2.2.4-diagramma.
"Andijondonmahsulot" AJda 2014-2016-yillarda un mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan reja hamda uning bajarilish dinamikasi
Manba: “Andijondonmahsulot ” AJning reja iqtisod bo’limi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Yuqoridagi mahsulotlar kabi makaron ishlab chiqarish hajmi ham belgilangan rejaga nisbatan ancha past miqdorda ishlab chiqarilgan. Chunki birgina 2014-yilning o’zida 260 tonna belgilangan rejaning atigi 20 %i bajarilib, mahsulot hajmi 52 tonnani tashkil etgan. Ushbu yil davomida korxonada makaron ishlab chiqarish sexi faqatgina 3 oy ishlagan.
2015-yilda ham belgilangan 140 tonna ishlab chiqarish rejasining 21,4 %i bajarilib 30 tonna miqdorda mahsulot ishlab chiqarilgan. 2016-yilda ishlab chiqarish su’rati sezirarli darajada o’sib belgilangan rejaning 55,5 %i bajarilib 122 tonna miqdorda makaron ishlab chiqarishga erishilgan. Ushbu o’tgan hisobot yilida makaron sexi 9 oy mobaynida faoliyat yuritgan. Bu ko’rsatkichlarni quyidagi 2.2.5-diagrammada yaqqol ko’rshimiz mumkin.
2.2.5-diagramma.
"Andijondonmahsulot" AJda 2014-2016-yillarda makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan reja hamda uning bajarilish dinamikasi
Manba: “Andijondonmahsulot ” AJning reja iqtisod bo’limi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona bozor raqobatiga bardosh bera olishi uchun sifatli va iste’molchi talabini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarishi kerak. Ishlab chiqarilgan har bir mahsulot o’z vaqtida realizatsiya qilinsa, korxonaning rivojlanish darajasi yanada yuksaladi. Chunki realizatsiya natijasida korxonaga mahsulot sotishdan sof tushum tushadi, bundan ishlab chiqarish xarajatlari hamda boshqa xarajatlar va albatta davlatga majburiy to’lovlar, soliqlar to’lanadi.
Buning natijasida nafaqat korxona o’z faoliyatida sof foyda hajmini o’sishiga erishadi, balki davlatimiz iqtisodiyotini hozirgi globallashuv jarayonida yuksak darajada gullab yashnab taraqqiy etishiga o’zining oz bo’lsada munosib hissasini qo’shadi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Shunday ekan ushbu bitiruv ishimni ob’yekti hisoblangan “Andijondonmahsulot” AJ korxonasida ham ishlab chiqarilgan mahsulotlar turini ko’paytirish hamda uning realizatsiyani oshirish bo’yicha bir qancha ustuvor vazifalar amalga oshirilmoqda. Jumladan mahsulotlarni sotish bo’yicha yangi xaridorlar izlab topilmoqda. Biz endi so’nggi 3 yil ya’ni 2014-2016-yillar davomida mazkur korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni tahlil qilib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |