“TASDIQLAYMAN”
__-maktab rahbari:
______________
________________viloyat
___________ tumani
Xalq ta’lim bo’limi tasarrufidagi
_-umumta’lim maktabining
_________________ fani o’qituvchisi
________________________________ning
____________ fanidan
Bir soatlik ochiq dars ishlanmasi”
Mavzu : Geometrik mazmundagi amaliy masalalar
Sana____
Maqsad: O’quvchilarni DTS talablari asosida bilim berish. 1 dan 1000 000 gaca bo’lgan sonlar ichida to’rt arifmetik amallarni bilishi.
Ta’limiy: O’quvchilarga Geometrik mazmundagi amaliy masalalar haqida bilim berish. TK1 matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.TK2 axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. TK3 ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish; o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtira olish.TK4 atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. FK2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: Savol javob, muammoli vaziyat , zinama – zina.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi “Milliy urf odatlar” mavzusida suhbat.
d) ingliz tili daqiqasi 60. sixty, 61 - sixte – one.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Nazorat:Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, doskada misol va masalalar yechish.
Baholash:Uy vazifasining bajarilishi, mustaqil misollar bajarishiga qarab rag’batlantirish.
III Yangi mavzu bayoni 1. Tomonlari 18 cm va 12 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini hisoblang. Xuddi shunday perimetrga ega bo‘lgan kvadratning tomoni uzunligi qanday bo‘ladi?
Yechish: (18 + 12) · 2 = 60 cm 60 : 4 = 15 Javob; 15 sm
2. Uzunligi 7 cm, eni esa undan 2 cm qisqa bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Xuddi shunday perimetrli kvadrat chizing
Yechish: 7 – 2 = 5 7 sm 6 sm
5sm ( 7 + 5) · 2 = 24 sm 6 sm
24 : 4 = 6 cm
IV Mustahkamlash
3. ABCD to‘rtburchakning tomonlarini millimetrda o‘lchang va uning perimetrini toping.
Misolni o`quvchilar mustaqil bajaradilar.
4. Perimetri berilgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetriga teng bo‘lgan boshqa to‘g‘ri to‘rtburchak chizing:
6 sm 5 mm = 65mm; 2 sm 5 mm = 25mm: (65 + 25) · 2 = 180 mm = 18 sm
5. To‘gri to‘rtburchakning perimetri 14 cm ga teng. Agar uning har bir tomoni uzunligi butun sonli santimetrlarda ifodalansa, tomonlari qanday uzunlikda bo`lishi mumkin.
Misolning bajarilishini turli xil usulda ko`rib chiqish.
V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 6 – 7 – misol va masala.
Har bir doira nechta teng qismlarga bo‘lingan va teng qismlardan nechtasi bo‘yalgan? Davom ettiring. Doiraning bo‘yalgan qismiga mos kasrlarni yozing:
Do'stlaringiz bilan baham: |