MMIBDO‘: ___________________
Sinf rahbar: ___________________
Mavzu:Tejamkorlik. Gaz, elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid ko`rgazma.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash; ma`naviyat daqiqasi.
II.Asosiy qism:
Inson hayotida ro`zg`or uy-joy tutishda tejamkorlik, ya`ni, isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik, rejalilik katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz”Tejog`lik ish –bejog`lik”deb aytishmagan.Tejamkorlik –insoning ma`naviyatini boyitadi,moddiy holatiga qut-baraka ato etadi.Ayniqsa bu narsaga o`zbek oilasida kichiklikdan o`rgatiladi. Tejash-bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash,har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.Ajdodlarimiz tejamli oilalarning barakali, piri badavlat, dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan.Tejamkorlik-avvalo, xalqni va o`z mehnatini qadrlash, qanoatli bo`lish, faqat bugunni emas, ertani ham o`ylashi,tadbirkor bo`lishdir.Tejamkorlik-savob, isrofgarchilik gunohdir.Biz elektr toki, suv va gazlarni qadrlab, tejab ishlatishimiz kerak,chunki,xalqimiz yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak, shunda oilamiz,davlatimiz farovon bo`ladi.Davlatimiz,oilamiz bor bo`lsin desangiz, har bir narsadan isrof qilmay foydalanishga odat qiling.Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalangani uchun boyib, mol-mulkga ega bo`ladi.Lekin tejayman deb o`ta xasislikka berilish ham yaramaydi.
III.Yakuniy qism: “SWOT”texnologiyasi
S - Kuchli tomon: Oquvchilarni tejamkorlikka undash.
W – Kuchsiz tomon:Haddan tashqari tejamkorlik qizg`anchiqlikka olib keladi.
O – Imkoniyat:Hikoya,xalq og`zaki ijodi,sahna ko`rinishlaridan foydalanish.
T – Tahdid:Layoqatsizlik,beparvolik.
“Uch varaqli kundalik” texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |