III.Yakuniy qism. O`quvchilarga mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollarni “Kim topqir” o`yini orqali berish mumkin.
MMIBDO‘: ___________________
Sinf rahbar: ___________________
Mavzu: Milliy an’analarimiz faxrimizdir (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism
-Salom senga, navro`zi olam,
Salom senga, bahor ayyomi.
Senga olqish, senga sharaf-shon,
Yasha gullar, nahor bayrami.
II.Asosiy qism:
1 -boshlovchi:-Assalomu alaykum,qadrli bayram qatnashchilari,hurmatli mehmonlar! Mana,bugun diyorimizda bayram. Bahor tarovati bilan yashargan yurtimiz go`shalarida o`zgacha shodiyona. Yoshu qari bu shodiyonalarning birdek ishtirokchisi . Chunki Navro`z –yangi kun ,yasharish ,yangilanish fasli ,Yangi yil boshi.
Azaldan xalqimiz uchun suyukli bo`lgan ayyomdir .
2-boshlovchi:-Navro`z necha ming yillardan beri nishonlanib kelinayotgan turkiy xalqlarimizning azaliy bayramidir .Eng go`zal odatlar , insoniy qadiriyatlar bu ayyomda o`zini namoyon etadi.Kishilar bir-birbirlariga shirinso`z bo`ladilar,ginalar unitiladi,bemorlardan eng avval ko`ngil so`raladi.Ular bayram taomlari bilan siyladi.Ezgulik,qadr-qimmat,mehr-muruvvat,oqiba tu saxovat ana shu qutlug` kunda o`zini butun bo`y bastini namoyon etadi.
2-boshlovchi:-Bahor kelishi bilan chor-atrofni qushlarning yoqumli ovozi tutib ketadi,ularning sayrashlari kishiga xush kayfiyat bag`ishlaydi.Bayramimizga uzoq janub o`lkalaridan qaytgan qushlar ham mehmon bo`lib kelishibdi.Ularni davramizga taklif etamiz.
O`quvchilar (qushlarni chorlaydi):
-Bahor keldi elimizga
Quvonch to`ldi dilimizga
Keling-qushlar,
Uching qushlar.
Bizlar do`stmiz doim sizga.
1-boshlovchi:
Bolajonlar boshlaylik,
Yalla, navo-nazmini,
Savol-javob, topishmoq,
Topag`onlar bazmini.
-Yashar ko`k maysa,Eh, qanday maza!
O`rikda gullar bu qaysi fasl.?
Bolalar:-Topdik,bu go`zal Navro`z-gul fasli.
2-boshlovchi:
Ko`klam kelsa unadi,Oftob chiqsa kuladi.
U bahorning elchisi, Buni hamma biladi.
Bolalar:-Uning nomi boychechak, ko`klamdagi ilk chechak.
2-boshlovchi:
O`zi qizil ,go`zal biram,
Qirda yozar alvon gilam.
Bolalar:Budir lolaqizg`aldoq,ko`zing quvnar ko`rgan choq.
1-boshlovchi:
-Qozonsiz qaynar erta-kech,
Suvida qo`ling kuymaydi hech.
Bolalar:-Bu buloqdir bilamiz,
Ichib mazza qilamiz.
III.Yakuniy qism:
2-boshlovchi:Mana,azizlar”Navro`z” bayramiga bag`ishlangan bugungi ertaligimiz ham nihoyalab bormoqda.Har kuningiz bayram bo`lsin.Bayram tantanalaringiz dilingizga ko`chsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |