“TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori
________________S.X.Achilov
Karmana tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi pedagog-xodimlari o’rtasida o’tkazilgan “Ma’naviyat soati” yig’ilishi
BAYONI
2021 yil 07.01
Yig’ilish raisi: S.X.Achilov-maktab direktori
Qatnashdi: J.Haydarov-O’IBDO’
F.Jumayeva-MMIBDO’
Ishtirok etdilar: Maktabning barcha pedagog-xodimlari (ro’yxat asosida)
KUN TARTIBIDA
Yangi O'zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan.
__________________________________________________________________________
(S.Achilov, J.Haydarov,F.Jumayeva,maktab jamoasi,S.Achilov)
Yig’ilishni maktab direktori Achilov Sarvar Xojiyevich ochib barcha yig’ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi hamda so’z navbatini maktabning Geografiyai fani o’qituvchisi J.Yarashevga berdi.U o’z so’zida Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Muhtaram yurtboshimiz aytganidek «Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir» degan so’zlarini aytib o’tdi.
O’zbekistonning yangi 2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi 7 ta ustuvor yo’nalishni o’z ichiga oladi bular 1.Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish. 2.Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish. 3.Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uning o’sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash. 4.Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish inson kapitalini rivojlantirish. 5.Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish. 6.Umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim toppish. 7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish ochiq va pragmatik faol tashki siyosat olib borish. Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarning fikrlari inobatga olinib yig’ilish.
QAROR QILADI:
1. Maktabning Geografiya fani o’qituvchisi J.Yarashev axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2 . Barcha sinf rahbarlarga:
-“ Yangi O'zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan o’quvchilar o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin .
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish MMIBDO’ F.Jumaeva zimmasiga yuklatilsin.
MMIBDO’: B.Nasritdinov
Do'stlaringiz bilan baham: |