O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachiga qo‘yilgan malakaviy talablar nimalar.
2.Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 sentyabrdagi 155-sonli buyrug’ini ifodalang.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni// Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 sentyabrdagi 155-sonli buyrug’i.
№2 MUSTAQIL ISH
2-mavzu. Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fanini o’qitish qonuniyatlari.
Mavzu bo‘yicha taqdimot yaratish
Topshiriqni bajarish vaqti: 8 soat
Taqdimotga qo`yilgan talablar
Birinchi taqdimotda:
taqdimot mavzusi, muallifning F.I.Sh, guruh, ta`lim muassasasi nomi (hammualliflar alfavit tartibida ko`rsatiladi),yil;
Ikkinchi taqdimotda:
Giperssilka korinishidagi taqdimotning mazmuni (taqdimot interfaolligi uchun)
Oxirgi taqdimotda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, internet- manba eng so`nggida ko`rsatiladi
Taqdimotni bezatish
Bezatishning yagona uslubiga rioya qilish;
Taqdimotdan chalg`ituvchi bezatishlardan qochish;
Ikkinchi darajali ma`lumotlar birinchi darajali ma`lumotlardan ustun bo`lmasligi; (matn,rasmlar)
Fon:
Fon tanlashda sovuqroq ranglardan foydalanish (havorang va yashil).Bir taqdimotda uch xildan ortiq rang bo`lmasligi: biri fon uchun, biri mavzu uchun, biri matn uchun;
Ayniqsa giperssilkalar rangiga alohida e`tibir berish;
Annimatsion taqdimotlar
Taqdimotda ma`lumotni namoish qilish uchun kompyuter animatsiyasi barcha imkoniyatlaridan foydalanish,shu bilan birga asosiy ma`lumotlardan chalg`itmasligiga e`tibir berish;
Axborot taqdimoti
Ma'lumot mazmunida qisqa so‘zlar va jumlalardan foydalanish kerak;
fe'l hamma joyda bir xil bo‘lishi kerak;
qisqa gaplar, qo‘shimchalar va sifatlardan foydalash;
sarlavhalar auditoriya e'tiborini jalb qilishi kerak
Sahifadagi ma'lumotlarning joylashishi ma'lumotlarning gorizontal joylashishi afzalroqdir;
eng muhim ma'lumotlar ekranning markazida bo‘lishi kerak;
slaydda tasvir mavjud bo‘lsa, uning ostiga sarlavha qo‘yilishi kerak.
Sarlavha shriftlari kamida 24;
boshqa ma'lumotlar uchun kamida 12;
oddiy shriftlarni masofadan o‘qish osonroq;
har xil turdagi shriftlarni bitta taqdimotda aralashtirib bo‘lmaydi;
ma'lumotni ajratib ko‘rsatish uchun qalin, kursiv yoki bir xil turdagi pastki chiziqdan foydalanish kerak;
katta harflarni suiiste'mol qilmaslik kerak (ular kichik harflardan ko‘ra yomonroq o‘qiladi).
Ma'lumotni ajratib ko‘rsatish:quyidagi usullaridan foydalanish kerak:
ramkalar, chegaralar, turli xil shriftdagi ranglarini to‘ldirish, chizish, strelkalar
eng muhim faktlarni tasvirlash uchun chizmalar, diagrammalar.
Bir slaydni juda ko‘p ma'lumot bilan to‘ldirmak kerak.: odamlar bir vaqtning o‘zida uchtadan ko‘p bo‘lmagan faktlarni, xulosalarni, ta'riflarni eslay oladilar.
Slayd turlari Xilma-xillikni ta'minlash uchun har xil turdagi slaydlardan foydalaning: matnli, jadvalli, diagrammalar bilan.
Umumiy-1ball
Do'stlaringiz bilan baham: |