Maktab jamoasi o‘rtasida ish taqsimoti
Maktab direktorining malaka tavsiflari
Maktab direktori Sh.Abduvaliyeva
Maktab ustavini tayyorlash va uni ro’yhatdan o’tkazish;
Maktabning istiqbol rejasini tuzish va bajarilishini nazorat qilish;
Maktabning yillik rejasini tuzish va XTB ga tasdiqlatish;
Pedagogik kengash va director xuzuridagi yig’ilishlar qarorlarini bajarilishini nazorat qilish;
O’qituvchilarning shaxsiy xujjatlarini yuritilishini nazorat qilish;
Maktabda o’quvchilarni sifatli ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash;
Yuqori tashkilotlardan kelgan qaror,buyruq va hatlarni ijrosini ta’minlash;
O’quvchilar harakati daftarini yuritilishini nazorat qilish;
Maktabni malakali kadrlar bilan ta’minlash;
Maktabda mexnat jamoasi o’rtasida sog’lom muxit yaratish;
-Maktabda ichki mexnat tartib qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;
Maktabda ta’limga oid barcha ish xujjatlarini yuritilishini nazorat qilish;
Moliyaviy jarayonda tizimli ish olib boorish va moliyaviy xatoliklarga yo’l qo’ymaslikka erishish;
a)umumiy o’rta ta’lim maktabi (maktab-internat)ning (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
b) maktab o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish , ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo’nalishlarini belgilash.
v) maktabning yillik ish rejasini tasdiqlash hamda o’qituvchilar tomonidan o’quv rejasining bajarilishini nazorat qilish;
g)o’quv jarayoniga nisbatan pedagogik texnologiyalarning qo’llanishiga rahbarlik qilish;
d)maktab faoliyatining moliyaviy –xo’jalik masalalarini hal qilish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag,larning shakllanishi,undan samarali foydalanishini amalga oshirish;
e)korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo’jalik shartnomalari tuzishda maktab nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish,turli yo’nalishlardagi davlat va nodavlat jamg’armalar bilan o’zaro hamkorlikda ish yuritish;
j) o’quv jihozlari, qurilmalari va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini ta’minlash, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
z)maktabning pedagog xodimlarga bo’lgan extiyojini aniqlash, kadtlarni tanlash va joy- joyiga qo’yishni amalga oshirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;
i)o’quvchilarning bilimlari sifatini davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlash va nazorat qilish;
k)pedagog xodimlarni rag’batlantirish uchun davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishini xolis baxolashni tashkil qilish;
l)o’quvchilarni maktabga qabul qilish va sinfdan sinfga o’tkazish va bir maktabdan boshqasiga o’tkazish ishlarini tashkil qilish;
m) O’quvchilarni darsliklar va o’quv metodik qo’llanmalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish,darsliklar bilan ta’minlashning ijara tizimidan tushgan mablag’larning jamg’arilishini nazorat qilish hamda ularning maqsadga muvofiq sarflanishini ta’minlash;
n)ota-onalar,mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan o’quv tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo’yicha hamkorlikni tashkil qilish;
o) bolalikni himoya qilish bo’yicha,voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini ta’minlash;
p) kam ta’minlangan oilalarning 1-11 sinf farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini,ularning qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul ta’minlanishini tashkil etish;
s) o’quvchilarni milliy an’analar, urf-odatlar bo’yicha tarbiyalashga,ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg’unlashtirish asosida yuksak ma’naviy axloqiy sifatlarni shakllantirish, vatanga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;
t) maktab xodimlari vazifalari,lavozim majburiyatlarini belgilash,ular orasidagi eng faollarini rag,batlantirish,o’z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo’llash;
u) sanitariya–gigiyena talablari, mexnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
f) o’quvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo’yilgan sanitariya gigiyena talablariga rioya qilish;
x) kasbiy odob-axloqning umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq atvrining asosiy qoidalariga amal qilish;
3. Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o’rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ –huquqiy xujjatlarni;
b)maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini ,jamoani boshqarishning samarali usullarini;
v)o’quv va tarbiya sifati, davlat ta’lim standartlari talablarini joriy qilish natijalari bilan bog’liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish tizimlari va metodlarini;
g) kadrlarni tanlash va joy –joyiga qo’yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
d)ta’lim muassasasi va o’qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni,ta’lim muassasi faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo’llarini topishni;
e) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish,ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzish,shartnomalar tuzishni;
j) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
z) sanitariya-gigiyena talablari, mexnatni muhofaza qilish,texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.
4. Malaka talablari:
a)kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zahiraga bo’shatilgan harbiy ofitser;
b) xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
v) besh yildan kam bo’lmagan pedagogik yoki harbiy ish staji.
Do'stlaringiz bilan baham: |