Maktabning metod birlashma a’zolari ro’yxati
t/r
|
Fanlar
|
MB rahbarlari
|
1
|
Tabiiy fanlar va aniq fanlar
|
S.Valiyeva
|
2
|
Filologiya va ijtimoiy fanlar
|
D.Qo’chqorova
|
3
|
Boshlang‘ich ta’lim
|
S.Akbarova
|
4
|
Sinf rahbarlar
|
B.Abdullayeva
|
5
|
Estetik fanlar
|
G.Toshtemirova
|
Maktabning yangi o‘quv yilidagi shiori:
«2020-2021 o’quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining pedagogik mahorati va kasbiy madaniyatini yuqori sifat darajasiga ko‘tarish hamda maktabni Namunaviy maktabga aylantirish»
Maktabning o‘tgan o‘quv yili uchun tavsifnomasi
2019-2020-o’quv yilini maktabimizning pedagog hodimlari ko’tarinki kayfiyatda boshladi. Maktabda jami 22 ta pedagog hodim bo’lib bulardan, 4 nafar 2-toifali, 17nafar ,1 nafar o’rta maxsus pedagog hodimlar ish faoliyatini olib bormoqdalar. Maktabda o’quv- tarbiya yo’nalishida samarali ishlar yo’lga qo’yilgan. O’qituvchi pedagoglar o’z ish tajribalarini yosh avlodga yanada chuqur bilim berishga Davlat Ta’lim Standartlari talablariga tayanib yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o’tishga a’lo darajada yondoshdilar.
Maktabda 167 nafar o’quvchilar ta’lim oldilar. 2019-2020- o’quv yilida 5 ta metod birlashma: 1. Filologiya va ijtimoiy fanlar – rahbari H.Hamroqulova; 2. Aniq va tabiiy fanlar – rahbari To’xtasinova G.; 3. Boshlang’ich sinflar- rahbari S.Akbarova; 4. Estetik fanlar- rahbari M.Halilovalar ish faoliyatini olib bordilar.
O’quvchilar xalq ta’limi vazirligining 2010-yil 20-iyuldagi 178-sonli “Umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari bilimlari nazorat qilishning takomillashtirilgan yangi reyting tizimini joriy etish to’g’risida”gi qarori asosida yangi reyting tizimida baholanmoqda. 1-chorak yakuniga ko’ra DTS talablari asosida 4-5-11-sinf o’quvchilaridan sifat o’zlashtirish monitoring olindi. Jumladan, tabiatshunoslik, matematika, ona tili, rus tili,; 5-sinflarda ona tili 69%, matematika 62%, geografiya 55%, tarix 55,7, 11-sinflarda ingliz tili 62%, huquq 59,6% singari natijalar aniqlandi. Past natija ko’rsatgan fanlarga director huzurida tahlil qilinib , ulardagi bo’shliqlarni to’ldirish shakllari yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi va ogohlantirish chorasi berildi. Shu fanlardan 20 kundan so’ng qayta monitoring olinishi ta’kidlab o’tildi.
1-chorakda sentabr oyida Geografiya fan oyligi o’tkazildi. Fan oyligi doirasida “Toza hudud kuni ” o’tkazildi bunda barcha maktab o’quvchilari maktab hududagi tozalikka alohida e’tibor berdilar. Zakovat kunlari, kirish va chiqish testlari o’tkazildi.
Oktabr- ona tili va adabiyot fan oyligi o’tkazildi. Ushbu fan oyligi subhidam yig’ilishida fan oyligi ochilishi o’tkazildi. “yaxshi kayfiyat dasturi”, “Eng yaxshi insholar”, “Eng yaxshi bukletlar ” ko’rik tanlovlari o’tkazildi. 21- oktabr “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.
Noyabr – rus tili fan oyligi o’tkazildi. Fan oyligi doirasida boshlang’ich va yuqori sinflarda ochiq darslar tashkillandi. “Золотая осень’” tadbiri o’tkazildi.
Ta’lim sohasiga bo’lgan e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilaridan katta ma’suliyat va mehnatni talab qiladi. Yosh avlodning kelajagi ta’lim orqali yaratilishini e’tiborga olsak uning ta’lim olishini aynan maktab qo’yib beradi. Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk, intellectual salohiyatli, jismonan sog’lom etib voyaga yetkazish borasida bir qator ezgu ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Yanvar oyida belgilangan rejalar asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi.maktabning pedagogik kengashida va direktor huzurida rejalashtirilgan barcha masalalar ko’rildi. Yanvar oyida ijtimoiy fanlar oyligida metodbirlashma rahbari H.Hamroqulova tomonidan tasdiqlanib, tarix fanidan ochiq darslar, tadbirlar va turli tadbirlar o’tkazildi. 8-sinflar orasida “Siz tarixni bilasizmi?” viktorinasi, 7-10-sinflarda ochiq darslar tashkillandi.
Yil davomida fan o’qituvchilari rejadagi darslarni o’z vaqtida zamonaviy talablar asosida o’tkazdilar, “Bilimlar bellashuvi”, “Fan olimpiadalari”, “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” tanlovlarida faol qatnashdilar. “Huquq bilimdonlari” ko’rik tanlovining maktab bosqichi 8-10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida tashkillandi va g’olib sinf shahar bosqichiga yo’llanma oldi. 2019-yil 25-yanvar kuni “Diniy ekstrimizm, terrorizm va turli xil salbiy holatlarni oldini olish” maqsadida davra suhbati tashkillandi.
Fevral oyi matematika va informatika fan oyligi doirasida bir qator ochiq darslar va davra suhbatlari tashkillandi.”Al-Xorazmiy hayoti”, “Internetdan foydalanish”, “Matematik topishmoqlar”, “Matematik alfavit” kabi ko’rik tanlovlar shular jumlasidandir.Fevral oyida o’tkaziladigan “Aniq”fanlar oyligi uchun metodbirlashma a’zolari oylik tadbirini tuzdilar, shu bilan birgalikda fan oyligi ish rejasini ham tuzib, tasdiqlashdi.
Xalq ta’lim vazirligining 2009-yil 11-sentabrda chiqarilgan “Umum ta’lim muassasalarida fan oyliklarini o’tkazish to’g’risidagi 252-sonli buyrug’i ”ga muvofiq barcha umum ta’lim muassasalarida fan oyliklarini o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mita tarkibi, tartibi va jadvali tasdiqlanib, 2013-yil sentabr oyining oxiridan boshlab joriy etila boshlandi. Shunga ko’ra , 1-fevral kuni “Aniq”fanlar oyligining ochilishi tashkillandi.
4-fevral kuni sinflar kesimida testlar tanlovi o’tkazilib, matematika fanidan kirish testlari olindi. Matematika fanidan ochiq deb e’lon qilindi.5-fevral kuni 5-sinf o’quvchilarida matematika fanidan ochiq dars tashkillandi. 6-fevral kuni 2-sinf o’quvchilarida matematika fanidan ochiq dars tashkillandi. 6-fevral kuni 8-sinf o’quvchilari ishtirokida “Yaxshi kayfiyat”dasturi tashkillandi, 8-fevral kuni esa “Eng yaxshi rasmlar”,”Eng yaxshi bukletlar” tanlovi tashkillandi.13-fevral 6-sinf o’quvchilari ishtirokida “Yaxshi kayfiyat”dasturi tashkillandi, 15-fevral sinflar kesimida “Biz matematik allomalarni bilamiz” mavzusida quvnoq startlar o’tkazildi.19-fevral 11-sinf o’quvchilarida matematika fanidan ochiq dars, 22-fevral matematika fanida faol ishtirok etgan o’quvchilar taqdirlandi, 26-“Matematik musobaqa”, sinflar kesimida chiqish test.
Fan oyligi oxirida o’quvchilardan yana sinov testlari olindi va o’quvchilaming o’rtacha samaradorligi natijasida 72% ni tashkil etdi. Oy oxirida fan oyligida faol qatnashgan o’quvchilar maktab va fan o’qituvchisi tomonidan rag’batlantirilib, esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
O’qituvchilar yil davomida past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazdilar. Darslar reja asosida yangi ped texnologiyalar asosida bo’lib o’tdi. Fan oyliklarida o’tilib borilayotgan ochiq darslar ommaviy axborot vositalari, xususan, “O’qituvchi” kanalida internet tarmog’i orqali yoritilib, ommalashtirib borildi.
Barcha fan o’qituvchilari 5tadan shogird tanlab “bilimlar bellashuvi”ga tayyorlanib bordi. “Bilimlar bellashuvi” maktab bosqichi g’oliblari shahar bosqichiga yo’llanma oldilar.
“Bilimlar bellashuvi”da qator faxrli o’rinlarni egallab maktab reyting ko’rsatkichi har yilgidan 14% ga ko’tarildi. Jumladan, rus tili 6-sinf Atalikova Sh 3-o’rin, Matematika 6-sinf Rahmatjonova J. 2- o’rin; Davlat va huquq asoslari 8-sinf Tursunaliyev Q. 2-o’rin; Tarix 8-sinf Nurmatov B. 4-o’rin shukabi qator faxrli o’rinlar qo’lga kiritildi.
Mart oyida tabiiy fanlar oyligi doirasida fizika, biologiya va kimyo fanlaridan viktorinalar tashkillandi. Biologiya fanidan 2020-yil 12-mart kuni”Yosh biolog” to’garak mashg’ulotlaridan noan’anaviy ochiq dars “Hayvonot dunyosi bilan tanishtirish” mavzusida tashkil etildi. Fizika fani o’qituvchisi F. Qosimova 2020-yil 9-mart kuni 7-sinfda “Impuls vakuch impuls ” mavzusida ochiq dars tashkilladi. “Yosh ixtirochilar” to’garagi a’zolari tomonidan tayyorlangan ixtirolarining ko’rgazmalari tashkillandi.
2019-2020-o’quv yilida Bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarida samarali natijalarga erishildi. 2020-2021-o’quv yilidan boshlab sentyabr oyida metod birlashmalar bilan birgalikda chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Haftaning har bir kuni maxsus fanlar uchun ajratilib mana shu kunlarda kun davomida fanga oid ishlar loyihalar amalga oshiriladi. Masalan, Juma- ingliz tili fani kuni bo’lsa, subhidam yig’ilishidan boshlab kun davomida o’quvchi va o’qituvchilar ingliz tilida muloqotlarini amalga oshiradi. Shu bilan birgalikda ushbu kunda turli viktorinalar o’tkazilib, reytinglari chiqarib boriladi. Bu esa albatta, o’quvchilarda fanga nisbatan muhabbat uyg’otadi va bilim sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
Maktabning ishchi guruhi monitoring bilan birgalikda choraklik rejadagi ta’lim sifati monitoring bilan birgalikda har oyning 25 sanasida oylik test sinovlari o’tkaziladi va maxsus doskaga natijalar ilib bilimli o’quvchilar taqdirlanib boriladi.
Yangi o’quv yilidan aniqlangan bo’shliqlar va kamchiliklar bartaraf etilib, yangi marralarni zabt etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |